Ochiq kirishMaqola
Шомуродов Х.А, Шакиров Б.М, Тухтаев Дж.К · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Kuyish jarohati ham rivojlanayotgan, ham rivojlangan mamlakatlarda avtohalokatlardan keyin jarohatlar bilan bog‘liq o‘limning ikkinchi eng keng tarqalgan sababi hisoblanadi. Keng maydonli kuyish inson ola oladigan, ammo omon qolishga umid qiladigan eng halokatli jarohatdir. Keng maydonli kuyishlardan keyin omon qolish, shubhasiz, birinchi darajali vazifa bo‘lib, jarohatdan oldingi holatni tiklash va jamiyatga qaytish jabrlanganlar uchun ham, shifokorlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chuqur kuyishlar, ayniqsa IIIA darajali yuza kuyishlar mustaqil bitgandan so‘ng ko‘pincha (8,3-21,3% kuzatuvda) patologik (keloid yoki gipertrofik) chandiqlar hosil bo‘ladi. Ta‘kidlash joizki, Markaziy Osiyoda, ayniqsa bolalarda chuqur kuyishlarning tez-tez uchrashi sovuq faslda isitish uchun hozirgacha «sandal» dan foydalanilishi bilan bog‘liq. Sandaldan kuyishlar to‘qimalarning og‘ir, chuqur shikastlanishi, hatto oyoq-qo‘llarning distal qismlari ko‘mirlanishi bilan tavsiflanadi.