LAGOXILUS O‘SIMLIGINI MILKLARNING QON KETISHIDA QO‘LLANILISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Arslonova Rayxon Rajabboevna1, Chuliboyeva Ruxshona Toshniyazovna2, Muxiddinova Dinora Muxiddinovna3, Nag‘matullayev Abdulazizjon Ulug‘bekovich32024
- 1Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmakologiya kafedrasi assistenti
- 2Buxoro tibbiyot institutining turk tibbiyot fakulteti davolash ishi 2-kurs talabasi
- 3Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash fakulteti 3-kurs talabasi
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 1Sahifa 300–302
Annotatsiya
Hozirgi davrda zamonaviy tibbiyotda shifobaxsh o‘simliklar bilan davolash keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Butun Sharq mamlakatlaridagi kabi, Yevropada ham o‘simliklar tarkibidan yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan moddalar va ular asosida yangi dori vositalarning yaratilishi tez fursatda rivojlanmoqda. Shunday yuqori biologik xususiyatga ega bo‘lgan lagohilus - o‘simlikgi juda keng tarqalgan va istiqbolli yuqori bo‘lgan shifobaxsh o‘simliklarga kiradi. Lagohilus o‘simlikning tarkibidan ajratilgan tabiiy birikmalar faoliyati, ulardan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi alohida o‘rin tutadi. Lagoxilusning asosiy tarkibiy qismida aynan vitamin C, K, P suvda va yog‘da eruvchi vitaminlar bo‘lishi bu o‘simlikning gemostatik xususiyatini ko‘proq namayon etadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bemorlarda vitamin C, K, P lar etishmasligi ko‘proq uchrab milklarning qon ketishi kuzatilmoqda. Shu sababli aynan milklarning qon ketishida Lagohilus o‘simlikning samaradorligi yuqori hisoblanadi. Ushbu maqolamizda lagoxilus o‘simlikgi tayyorlash, shuningdek qon to‘xtatish tasir kuchi va ulardan tibbiyotda dori-darmon tayyorlash haqida eng so‘nggi ma‘lumotlar keltirildi.
Boshqa tillarda
ruschaОСОБЕННОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ РАСТЕНИЯ ЛАГОХИЛУСА ПРИ КРОВОТОЧИВОСТИ ДЕСЕН
Лечение лекарственными растениями широко п рименяется в современной медицине. Как и во всех странах Востока, в Европе быстрыми темпами / развиваются вещества с высокой биологической активностью из состава растений и создание новых лекарственных средств на их основе. Зайцевидный, обладающий столь высокими биологическими свойствами, является одним из наиболее распространенных и весьма перспективных лекарственных растений. Особое место занимает активность природных соединений, выделенных из состава растения зайцехилуса, и использование их в медицинской практике. Тот факт, что основной компонент лагоксилюса содержит витамины С, К, Р, являющиеся водо- и маслорастворимыми витаминами, свидетельствует о кровоостанавливающих свойствах этого растения. Поэтому в настоящее время у больных чаще встречается недостаток витаминов С, К, Р, наблюдается кровоточивость десен. По этой причине эффективность растения Lagohilus высока при кровоточивости десен. В данной статье представлены новейшие сведения о приготовлении растения лагохилуса, а также о кровоостанавливающем действии и приготовлении из них лекарственных средств в медицине.
inglizchaFEATURES OF THE APPLICATION OF THE LAGOCHILUS PLANT IN BLEEDING OF THE GUMS.
At present, treatment with medicinal plants is being applied on a wide scale in modern medicine. As in all the countries of the East, in Europe too the development of substances with high biological activity from the composition of plants and the creation of new medicines on their basis is advancing rapidly. Lagochilus, which possesses such high biological properties, is among the very widespread and highly promising medicinal plants. The activity of the natural compounds isolated from the composition of the Lagochilus plant and their use in medical practice occupy a special place. The fact that the main components of Lagochilus contain precisely vitamins C, K and P, which are water- and fat-soluble vitamins, makes the haemostatic property of this plant more manifest. Therefore, at present a deficiency of vitamins C, K and P occurs more frequently in patients and bleeding of the gums is observed. For this reason the efficacy of the Lagochilus plant is considered high precisely in bleeding of the gums. In this article the latest data on the preparation of the Lagochilus plant, as well as on its haemostatic potency and on the preparation of medicines from it in medicine, are presented.
Kalit so‘zlar
- Lagoxilus o‘simlikgi
- vitamin K
- vitamin C
- gemostatik xususiyati
- qonning ivish faktori
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
LAGOXILUS O’SIMLIGINI MILKLARNING QON KETISHIDA QO’LLANILISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Arslonova Rayxon Rajabboevna Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmakologiya kafedrasi assistenti Chuliboyeva Ruxshona Toshniyazovna Buxoro tibbiyot institutining turk tibbiyot fakulteti davolash ishi 2-kurs talabasi Muxiddinova Dinora Muxiddinovna, Nag’matullayev Abdulazizjon Ulug’bekovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash fakulteti 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10598074 Annotatsiya: Hozirgi davrda zamonaviy tibbiyotda shifobaxsh oʼsimliklar bilan davolash keng ko’lamda qoʼllanilmoqda. Butun Sharq mamlakatlaridagi kabi, Yevropada ham o'simliklar tarkibidan yuqori biologik faollikka ega bo'lgan moddalar va ular asosida yangi dori vositalarning yaratilishi tez fursatda rivojlanmoqda. Shunday yuqori biologik xususiyatga ega bo’lgan lagohilus - o'simlikgi juda keng tarqalgan va istiqbolli yuqori bo’lgan shifobaxsh o'simliklarga kiradi. Lagohilus o'simlikning tarkibidan ajratilgan tabiiy birikmalar faoliyati, ulardan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi alohida o‘rin tutadi. Lagoxilusning asosiy tarkibiy qismida aynan vitamin C, K, P suvda va yog’da eruvchi vitaminlar bo’lishi bu o'simlikning gemostatik xususiyatini ko’proq namayon etadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bemorlarda vitamin C, K, P lar etishmasligi ko’proq uchrab milklarning qon ketishi kuzatilmoqda. Shu sababli aynan milklarning qon ketishida Lagohilus o'simlikning samaradorligi yuqori hisoblanadi. Ushbu maqolamizda lagoxilus o'simlikgi tayyorlash, shuningdek qon to’xtatish tasir kuchi va ulardan tibbiyotda dori-darmon tayyorlash haqida eng so’nggi ma’lumotlar keltirildi. Kalit so’zlar: Lagoxilus o'simlikgi, vitamin K, vitamin C , gemostatik xususiyati,qonning ivish faktori.
SPECIFIC FEATURES OF THE USE OF THE LAGOCHILUS PLANT FOR BLEEDING GUMS. Abstract: Treatment with medicinal plants is widely used in modern medicine. As in all Eastern countries, in Europe, substances with high biological activity from the composition of plants and the creation of new medicines based on them are developing rapidly. Lagohilus, which has such high biological properties, is one of the most common and highly promising medicinal plants. The activity of natural compounds isolated from the composition of the Lagohilus plant, and their use in medical practice, has a special place. The fact that the main component of Lagoxilus contains vitamins C, K, P, which are water- and oil-soluble vitamins, shows the hemostatic properties of this plant. Therefore, at present, the lack of vitamins C, K, P is more common in patients, and bleeding gums are observed. For this reason, the effectiveness of the Lagohilus plant is high in bleeding gums. In this article, the latest information about the preparation of lagochilus plant, as well as the blood-stopping effect and the preparation of medicines from them in medicine, were presented. Keywords: Lagoxilus plant, vitamin K, vitamin C, hemostatic property, blood clotting factor. ОСОБЕННОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ РАСТЕНИЯ ЛАГОХИЛУСА ПРИ КРОВОТОЧИВОСТИ ДЕСЕН. Аннотация: Лечение лекарственными растениями широко применяется в современной медицине. Как и во всех странах Востока, в Европе быстрыми темпами
развиваются вещества с высокой биологической активностью из состава растений и создание новых лекарственных средств на их основе. Зайцевидный, обладающий столь высокими биологическими свойствами, является одним из наиболее распространенных и весьма перспективных лекарственных растений. Особое место занимает активность природных соединений, выделенных из состава растения зайцехилуса, и использование их в медицинской практике. Тот факт, что основной компонент лагоксилюса содержит витамины С, К, Р, являющиеся водо- и маслорастворимыми витаминами, свидетельствует о кровоостанавливающих свойствах этого растения. Поэтому в настоящее время у больных чаще встречается недостаток витаминов С, К, Р, наблюдается кровоточивость десен. По этой причине эффективность растения Lagohilus высока при кровоточивости десен. В данной статье представлены новейшие сведения о приготовлении растения лагохилуса, а также о кровоостанавливающем действии и приготовлении из них лекарственных средств в медицине. Ключевые слова: растение Lagoxilus, витамин К, витамин С, гемостатическое свойство, фактор свертывания крови.
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Organizmda kuchli qon ivish sistemasi borligi uchun qon tomirlar jarohatlanganda bu sistema faollashadi— qon iviydi, jarohatlangan joyda tromb hosil bo‘lib, qon oqishi to'xtaydi. Ba’zi kasalliklarda qon ivishi sistemasi susayib ketadi, tomirlar jarohatlanganda qon ivimay qoladi, tromb hosil bo'lmaydi, qon tomirlaming o'tkazuvchanligi oshib ketishi mumkin,bunda qonni quyultirish uchun gemostatik moddalar qo'llanadi.Hozirgi davirda qon ketishini kamaytirish uchun o'simliklardan lagoxilus, gazanda,suvqalampir va boshqalari qo'llaniladi. Bulardan lagoxilus o'simlikgi o'z tarkibida oshlovchi moddalar, vitamin C, K, P alkaloid, spirt, to'yinmagan yog'kislotalar tutganligi bilan ajralib turadi. Bu o'simlikning ta’sir mexanizmi juda aniq bo'lmasa ham, ular asosan qontomirlani, kapillyarlar devorini mustahkamlaydi, ularning o'tkazuvchanligi kamayadi, ba’zilari to'g'ridan-to'g'ri qonning quyulish sistemasiga ham ta’sir ko'rsatadi.Bu xususiyati aynan bu o’simlik tarkibida vitamin C, K, P borligi uning qon to’xtatish xususiyatini amalga oshishiga ta’sir ko’rsatadi. Lagoxilus o'simlikgi tarkibidagi vitamin K qon ivishi omillaridan bo'lib, jigarda protrombin,prokonvertin hosil bo'lishiga ta’sir etadi, shuning uchun qonni quyultirish vitamini deb ataladi . Vitamin K yetishmovchiligida qonning ivish xususiyati, profirombiimi miqdori kamayadi, to'qimalardan qontalashlar ko'rinadi, tomirlar devoir mo'rtlashadi, gemorragik diatezlar paydo bo'ladi. Bu o’simlik tarkibida vitamin С esa, organizmga fiziologik ta’sir ko'rsatadi,chunki kapillyarlar shuningdek qon tomirlar devorini mustahkamlaydi, devorlarining o'tkazuvchanligi pasaytiradi.Bu vitamin etishmovchiligida kapillyarlar jarohatlanadi, devorlarining o'tkazuvchanligi ortib ketadi, shu tufayli qon tomirlari yoriladi, qontalash boiadi, milk qonaydi, tishlar qimirlab qoladi, terida, ayniqsa, bolalar terisida gemorragik diatezlar paydo bo’ladi. Lagoxilus o'simlikgining davolash doirasi keng, chunki bu o’simlik kimyoviy jihatdan juda boy, ulaming tarkibida alkaloidlar,fermentlar, vitaminlar, bioelementlar va boshqa moddalar mavjud.O'simlik ta’siri sekin boshlanadi, ular keskin biokimyoviy o'zgarishlarga olib kelmaydi. Hozirgi vaqtda zamonaviy tibbiyotda qoʼllanilayotgan, katta miqdordagi sintetik preparatlarga qaramay, shifobaxsh oʼsimliklar bilan davolangan bemorlar soni oshib bormoqda shuning uchun davolash usulini to’g’ri tanlash muhim hisoblanadi.
TADQIQOTLARNING MAQSADI Lagoxilus o'simlikgini milklarning qon ketishida ta`sir qilishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish va amaliyotda qo’llash. TADQIQOT METODOLOGIYASI Ko’pgina ma’lumotlarga ko’ra lagochilus preparatlari shilliq pardalarning qon ketishi va teridagi,milklardan qon ketishida namoyon bo'ladigan kasalliklarni davolashda qon ketishini kamaytirish va jarrohlik operatsiyalari paytida qon ketishining ko'payishini oldini olish uchun ishlatiladi. Tadqiqot materillari shuni ko’rsatadiki shilliq pardalarning qon ketishi va jarrohlik aralashuvlar paytida qon ketishining ko'payishini oldini olish uchun kuniga 3-6 marta 1 choy qoshiqni buyurilgan. Doka salfetkalar lagoxilus damlasi bilan namlanadi va periodontitda qon ketgan to'qimalarga yoki milklarga 2-5 daqiqa davomida kuniga 3-6 marta qo'llaniladi. Bundan tashqari lagoxilus damlamasi tibbiyot amaliyotida tish,milk qon ketishida ovqatdan oldin kuniga 3-5 marta 20-30 tomchidan ichish uchun tavsiya etilgan. Lagoxilus o’simlikgidan t 65%li spirt bilan 10% damlamasi tibbiyotda keng foydaslanib asosan kattalar uchun - 1 osh qoshiqdan kuniga 3-5 stakan - gemorragik diatez, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining shikastlanishi paytida qon ketishini kamaytirish, tishni olib tashlagandan keyin qon ketishining oldini olish, periodontit uchun operatsiyalardan keyin, eksfoliativ gingivit bemorlar og'iz bo'shligini chayish uchun keng qo'llanilgan.Yana bir manbalarda Lagoxilus o'simlikining asosiy faol moddasi diterpenoiddir to'rt atomli spirt bo'lgan lagochilin va С va К vitaminlar bo’lganligi uchun, undan tayyorlangan preparatlar dori gemostatik va antiallergik vosita sifatida ishlatiladi. XULOSA Shunday qilib yuqoridagi ma’lumotlar shuni izohlaydiki Lagoxilus o'simlikining tarkibiy qismi to'rt atomli spirt bo'lgan diterpenoid lagoksilindir va С va К vitaminlar bo’lganligi samarali qon to'xtatuvchi birikmalar yaratishdan iborat hisoblanadi. Lagochilus mast qiluvchi o'simlik bo'lib, undan tayyorlangan preparatlar gemostatik burundan, milkdan, bachadondan, shiliq pardalardan qon ketganda dori sifatida keng ishlatiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Кароматов И.Дж. Простые лекарственные средства Бухара 2012.
- Юсуф Нуралиев. Лекарственных растения 1989 Душанбе
- Xolmatov H.X., Habibov Z. H., Farmakognoziya [Darslik], T., 1967;
- Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;
- Hojimatov Q., Olloyorov M. , Oʻzbekistonning shifobaxsh o’simliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;
- Xoliqov K., Oʻzbekiston janubidagi dorivor oʻsimliklar, T., 1992;
- Т.И.Цукерваник. Система рода Lagochilus (Lamiaceae). Ботанический журнал. 1985г.Т.70.с.1183-1190.
- Tskervanik, T.I. System of the genus Lagochilus (Lamiaceae). Bot. Zhurnal. 1985,
- Акопов И.Е. «Важнейшие лекарственные растения и их применение», «Медицина» УзССР 1986. 422-425.
- Mamedov, N.A.; Egamberdieva, D. Phytochemical components and pharmacological effects of licorice: a review. Plant and human health; Springer International Publishing: Cham, Switzerland, 2019; Volume 3, pages 1–21. ISBN 9783030044084.
- Шомуродов, X.Ф.; Ахмедов, А.; Сарибаева, С.Ю. Распространение и современное состояние Lagochilus acutilobus (Lamiaceae) в связи с развитием нефтегазовой отрасли Узбекистана. Экол. Квест. 2014, 19, 45–49, doi: 10.12775/EQ.2014.004.10.12775/eq.2014.004
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012394
- Nashr sanasi
- 2024-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i1.782
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 300–302
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06