Karimov Ihom Tursunovich, Normurodova Sohiba Mallayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Bu maqola ingliz tilidagi so‘zlarning qanday derivatsiya bilan voqealanishiga asoslangan bo‘lib, bu orqali biz so‘zlarni qanday tuzilishi haqidagi voqelikni bilib olamiz. Bundan tashqari, biz so‘zlarni xususiyatlari hamda ularni grammatik asosdagi o‘rni va ishlatilishiga doir ma‘lumotlarni ham ushbu maqolada uchratamiz va shuningdek bu sohada qanday olimlar izlanishlar olib borganligi haqidagi ma‘lumotlarga ega bo‘lamiz.
Abadov Masim Kazim oglu · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Bugungi kunga qadar raqamli valyuta yaratish mavzusini va yangi sanoat inqilobi vujudga keltirgan boshqa yo‘nalishlarni tezkor amalga oshirish uchun yagona muvofiqlashtirish tizimi yaratilmagan. Raqamli o‘zgarishlarni sinov rejimida ilgari surish Ozarbayjonning har bir mintaqasidan ushbu sohada tegishli kasbiy mahoratga ega mutaxassislarni jalb qilgan holda kechiktirmasdan boshlanishi lozim va Prezident janoblari ta‘kidlaganidek, Ozarbayjon bu sohada yetakchi bo‘lishi kerak. Chunki boshqa mamlakatlar mavjud sohada katta qadamlar tashlab, allaqachon oldinga siljimoqda. Bu tendensiyadan orqada qolish xavflidir. Markaziy banklar va tartibga soluvchi organlar raqamli valyutalarni joriy etishda hisobga olishi lozim bo‘lgan ko‘plab muhim masalalar mavjud. Har bir davlat bu masalada turlicha javoblar topishi va strategiyalar ishlab chiqishi kerak. Raqamli valyutalarni joriy etish murakkab jarayon bo‘lib, puxta rejalashtirishni talab qiladi. Kriptovalyutalarning iqtisodiyotga ta‘siri ko‘p qirrali bo‘lib, ijobiy va salbiy tomonlarga ega. Kriptovalyutalar kelajakda iqtisodiyotga qanday ta‘sir qilishi asosan ularning tartibga solinishiga, texnologik ishlanmalarga va ular keng jamoatchilik tomonidan qanday qabul qilinishiga bog‘liq.
Vaxobova Sojida Komiljonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada qayta tiklanadigan xomashyo manbalaridan biri bo‘lgan g‘o‘za poyasining chirindisidan qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan foydalangan holda biogaz olish texnologiyasi haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari chirindisidan biomassadan foydalanish imkoniyatlari, biomassaning kimyoviy tarkibi, uning atrof-muhitda hosil bo‘lish sharoitlari, shuningdek, biogaz olishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish, ulardan foydalanish va takomillashtirish usullari hamda atrof-muhitning ekologik holati o‘rganiladi.
Vakhobova Sojida Komiljonovna, Erkinov Akobirbek Akmaljon ugli · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada korxona energetika xo‘jaligining haqiqiy holatini belgilovchi ma‘lumotlar to‘plangan va tahlil qilingan, energetik faoliyat mohiyatini belgilovchi elektr energiyasini tejash chora-tadbirlari dasturi, shuningdek tashkiliy asoslarda korxona faoliyatini oqilona tashkil etish masalalari yoritilgan hamda huquqiy va texnik faoliyat taqdim etilgan.
Nematov I.L., Xayriddinov B.E., Umarova S.U. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada kombinatsiyalashtirilgan quyosh va yer osti issiqlik energiyalarini akkumulyatsiyalash jarayonlaridan samarali foydalanib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish texnologik jarayonlari xususan issiqlik akkumulyatorli hajmli havo qizdirish kollektorida qovun qirqimlarini va uryukni kuraga massasini nam saqlash miqdorini kinetikasi, quritish intensivligini sifatli quritilgan mahsulot tayyorlashdagi issiqlik almashinuv namlik jarayonidagi diffuzion bug‘lanish xarakteristikasini analiz qilish metodikasi ishlab chiqilgan.
Israilov Davronbek, Hajiyeva Zulkhumor · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sifatida axborot jamiyatida odamlarning xatti-harakati va bu jarayonda axborotdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalarining shakllanishi kabi masalalar yuzasidan fikr yuritiladi.
Иброхимжон Абидов, Фарход Хошимов · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada modifikatsiyalangan ammofos ishlab chiqarishning texnologik jarayonini nazorat qilish uchun fiziologik faol moddalarni aniqlashning spektrofotometrik usulini ishlab chiqish natijalari keltirilgan.
M. H.Raxmonberdiyeva, D.RXaydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqola ruhiy kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy sintetik preparatlar va ularning kimyoviy tarkibi haqida umumiy ma‘lumot beradi. Zamonaviy tibbiyotda psixofarmakologiya sohasi rivojlanib, yangi turdagi antidepressantlar, antipsixotiklar, anksiolitiklar va trankvilizatorlar yaratilmoqda. Ushbu preparatlarning tarkibi, ta‘sir mexanizmlari va davolashdagi ahamiyati keng tahlil qilingan.
Ibrohimjon Abidov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada fiziologik faol moddalar (FFM) bilan ammofos ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. O‘zgartirilgan ammofosda FFMni kuzatish usullari ishlab chiqilgan. FFM tarkibining og‘irligi 0,05% dan oshishi aniqlandi.
M.N. Mamatkulov, F.F. Isayev, I.T. Bozarov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Usbu maqolada tabiiy fanlarni o‘rganishda elektron sxemalarni kompyuterli loyihalashtirish va sxemotexnik modellash dasturlari xususiyatlari va afzalliklari keltirilgan.
Мавлянова З.Ф., Дониёров Б.Б., Джурабекова А.Т. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Professional sportni rivojlantirishning kalit va tizim shakllantiruvchi jihati sportchilar faoliyatining asosini tashkil etuvchi yuklamalarni bajarishga psixonevrologik chidamlilikdir. O‘z psixologik holatini nazorat qilish va psixologik boshqaruv qoidalariga malakali amal qilish sportchilarga yuqori darajadagi stress va xavotir sharoitlarida ham raqobat muhitiga samarali moslashish imkonini beradi.
Saloydinova Maloxat Qodirjon kizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida tuproq namligini saqlash va hosildorlikni oshirish uchun qo‘llaniladigan namlik saqlovchi preparatlarni ishlab chiqarish jarayonlari va uskunalarini takomillashtirishga e‘tibor qaratilgan. Unda ishlab chiqarish qurilmalarining konstruksiyasi va samaradorligidagi yutuqlar, jumladan optimallashtirilgan kimyoviy jarayonlar hamda ekologik toza materiallar o‘rganiladi. Ushbu takomillashtirishlarni mavjud qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy etish barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik va miqyoslanuvchanlik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda takomillashtirilgan namlik saqlovchi preparatlarning suv tanqisligi muammolarini yumshatish va yanada barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirishdagi o‘rni ta‘kidlanadi. Shuningdek, ushbu sohani kelajakda rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
Y.N.Bo‘ronov, S.B.Raximov, Mamanazarov M.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Gossipol asosida olingan Shiff asoslari ayrim metallar bilan maxsus sharoitlarda o‘ziga xos rangli birikmalar hosil qiladi. Gossipol birikmalarining ushbu xossalariga asoslanib ularni analitik kimyoda metall ionlarini aniqlashda reagent sifatida ishlatilishi mumkin. Ushbu maqolada Co3+ kationini miqdoriy va sifat tahlilini o‘tkazishda 2-amino 4-metil piridindan foydalanish imkoniyatlari, ushbu kompleksni olish sharoitlari va xossalari o‘rganildi. Gossipol 2-amino 4-metil piridinning kobalt (III) ioni bilan kompleks hosil qilishining optimal sharoitlari ya‘ni eritmaning pH muhiti, reagent miqdori, bufer tarkibiga bog‘liqligi, vaqtga nisbatan barqarorligi va quyilish tartibi o‘rganildi. Hosil bo‘lgan komplekslar nur yutishga asoslangan spektrofotometr, IQ spektroskopiyasi, skanerlovchi elektron mikroskopiya usullari yordamida o‘rganildi, shuningdek komplekslarning tarkibi Izomolyar serialar metodida tahlil qilindi va kompleks uchun Me:R o‘zaro 1:3 nisbatta ekanligi aniqlandi. Kompleks hosil bo‘lishidan olingan natijalar tahlil qilindi va matematik qayta ishlandi. Olingan natijalarga ko‘ra hosil bo‘lgan komplekslar o‘rtacha barqarorlikka ega ekanligi aniqlandi.
Хидиров Лазиз Фахриддиннович, Намозова Нилуфар Баратовна, Хушвактов Хуршид Мустафаевич, Ахмедов Рахматилло Фуркатович · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Yuqori o‘limga olib keladigan eng og‘ir asoratlardan biri kuygan bemorlardagi sepsis bo‘lib, u turli a‘zo va to‘qimalarda ikkilamchi metastatik yiringli o‘choqlar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Uning rivojlanishidan oldin bakteriemiya yuzaga keladi, u ko‘plab infeksiya rezervuarlaridan bakteriyalarning qon o‘zaniga translokatsiyasi natijasida paydo bo‘ladi. Ikkilamchi infeksiya o‘choqlari shakllanishining ajralmas sharti tabiiy immunitet omillarining yetishmovchiligi va immunotanqislik bo‘lib, ular og‘ir kuyish jarohati natijasida rivojlanadi.
Mamanazarov Uchqun Burxon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
O‘smirlik davri inson shaxsiyatining eng murakkab va o‘ziga xos davri bo‘lib, bu bosqichda axloqiy o‘zini o‘zi anglash jarayoni shakllanadi. Ushbu maqolada o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi anglashning rivojlanishiga oid ilmiy-nazariy yondashuvlar, jumladan, kognitiv-rivojlanish nazariyasi, sotsial domen nazariyasi va psixoanalitik yondashuvlar batafsil tahlil qilinadi. Maqola davomida axloqiy qarorlar qabul qilish, emotsional rivojlanish, ijtimoiy ta‘sirlar va shaxsiy tajribalarning o‘smirlar axloqiy rivojlanishiga qanday ta‘sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, axloqiy o‘zini o‘zi anglashning rivojlanishi ko‘plab kognitiv, ijtimoiy va madaniy omillarga bog‘liq. Ushbu maqola orqali o‘smirlarning axloqiy rivojlanishini chuqurroq o‘rganish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar beriladi.
Akramov K.Sh. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada tovuqlar orasida keng tarqalgan gelmintozlar - nematodozlarga (askaridoz, geterokidoz, kapillyarioz, singamoz) qarshi kurashish, ya‘ni ularni davolash va oldini olish bo‘yicha qat‘iy chora-tadbirlar majmui haqida ma‘lumot berilgan. Ushbu chora-tadbirlar ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, veterinariya mutaxassislari uchun dastur bo‘lib xizmat qiladi.
Хамроев О.З., Дусияров М.М. Акбаров М.М. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ishda o‘tkir biliar pankreatit bilan og‘rigan 221 nafar bemorni davolashning retrospektiv tahlili keltirilgan. Tosh katta duodenal so‘rg‘ichga tiqilib qolganda dastlabki soatlarda endoskopik papillotomiya, xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, xolangit va o‘tkir biliar pankreatitda esa bemor klinikaga kelgandan keyingi birinchi sutkada bajariladigan endoskopik papillotomiya va litoekstraksiya tavsiya etiladi. Xoletsistektomiyani, odatda laparoskopik usulda, yengil biliar pankreatit konservativ yo‘l bilan bartaraf etilgandan so‘ng yaqin 3-7 sutka ichida bajarish maqsadga muvofiq. Endoskopik papillotomiya bajarilgandan keyin, agar muolaja asoratsiz o‘tgan bo‘lsa, xoletsistektomiyani statsionardan chiqarmasdan bajarish ham o‘zini oqlaydi. Steril yoki infeksiyalangan suyuqlik to‘planishlari bilan asoratlangan o‘tkir biliar pankreatitda xoletsistektomiyani ular to‘liq bartaraf etilgunga va tizimli yallig‘lanish reaksiyasi yo‘qotilgunga qadar kechiktirish lozim.
Хамроев О.З., Дусияров М.М. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ishda o‘tkir biliar pankreatit bilan og‘rigan 221 nafar bemorni davolashning retrospektiv tahlili keltirilgan. Tosh katta duodenal so‘rg‘ichga tiqilib qolganda dastlabki soatlarda endoskopik papillotomiya, xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik, xolangit va o‘tkir biliar pankreatitda esa bemor klinikaga kelgandan keyingi birinchi sutkada bajariladigan endoskopik papillotomiya va litoekstraksiya tavsiya etiladi. Xoletsistektomiyani, odatda laparoskopik usulda, yengil biliar pankreatit konservativ yo‘l bilan bartaraf etilgandan so‘ng yaqin 3-7 sutka ichida bajarish maqsadga muvofiq. Endoskopik papillotomiya bajarilgandan keyin, agar muolaja asoratsiz o‘tgan bo‘lsa, xoletsistektomiyani statsionardan chiqarmasdan bajarish ham o‘zini oqlaydi. Steril yoki infeksiyalangan suyuqlik to‘planishlari bilan asoratlangan o‘tkir biliar pankreatitda xoletsistektomiyani ular to‘liq bartaraf etilgunga va tizimli yallig‘lanish reaksiyasi yo‘qotilgunga qadar kechiktirish lozim.
Хамидов Обид Абдурахманович · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada tibbiy radiologiyani o‘qitishning innovatsion texnologiyalar va o‘qitish usullarini integratsiya qilishga yo‘naltirilgan zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Asosiy e‘tibor radiologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash jarayonida simulyatsion tizimlar, virtual va to‘ldirilgan voqelik, shuningdek, sun‘iy intellektdan (SI) foydalanishga qaratilgan. Ushbu usullarni ta‘lim jarayoniga joriy etishning afzalliklari va kamchiliklari, ularning materialni o‘zlashtirish sifatiga ta‘siri, shuningdek, ta‘lim dasturlarini yanada rivojlantirishning mumkin bo‘lgan istiqbollari muhokama qilinadi. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi.
Файзуллаева Угилой Жалолиддин кизи, Юлаева Ирина Андреевна, Даминов Феруз Асадуллаевич · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Qorin pardasi kantseromatozi xavfli o‘smalarning jiddiy asorati bo‘lib, bunda saraton hujayralari qorin bo‘shlig‘i bo‘ylab tarqaladi. Bu jarayon ko‘pincha oshqozon, yo‘g‘on ichak, tuxumdon va oshqozon osti bezi saratonida yuzaga keladi. Kantseromatozni erta aniqlash davolashni o‘z vaqtida boshlash va bemorlar uchun prognozni yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zamonaviy laborator diagnostika usullari instrumental tekshiruvlar bilan birgalikda tashxis qo‘yish aniqligini oshirish va kasallik bosqichini baholash imkonini beradi.