Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola10.00.00Ochiq kirish

INGLIZ TILIDA LEKSIK DERIVATSIYANING VOQELANISHI

Karimov Ihom Tursunovich1, Normurodova Sohiba Mallayevna22024

  1. 1Samarqand Zarmed universiteti Tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi
  2. 2Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 10Sahifa 45–48

Annotatsiya

Bu maqola ingliz tilidagi so‘zlarning qanday derivatsiya bilan voqealanishiga asoslangan bo‘lib, bu orqali biz so‘zlarni qanday tuzilishi haqidagi voqelikni bilib olamiz. Bundan tashqari, biz so‘zlarni xususiyatlari hamda ularni grammatik asosdagi o‘rni va ishlatilishiga doir ma‘lumotlarni ham ushbu maqolada uchratamiz va shuningdek bu sohada qanday olimlar izlanishlar olib borganligi haqidagi ma‘lumotlarga ega bo‘lamiz.

Boshqa tillarda

ruschaВОЗНИКНОВЕНИЕ ЛЕКСИЧЕСКОЙ ДЕРИВАЦИИ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ

Эта статья основана на происхождении английских слов, чтобы мы могли узнать, как в реальности образуются слова. Кроме того, в этой статье мы найдём информацию о характеристиках слов и их месте и употреблении в грамматической основе, а также получим информацию о том, какие учёные проводили исследования в этой области.

inglizchaTHE REALIZATION OF LEXICAL DERIVATION IN THE ENGLISH LANGUAGE

This article is based on how words in the English language are realised through derivation, by means of which we learn the reality of how words are formed. In addition, in this article we also encounter information on the features of words and on their place and use on the grammatical basis, and we likewise obtain information about which scholars have carried out research in this field.

Kalit so‘zlar

  • derivatsiya
  • leksik ma‘lumotlar
  • marfologiya
  • leksik ma‘no va grammatika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

INGLIZ TILIDA LEKSIK DERIVATSIYANING VOQELANISHI Karimov Ihom Tursunovich Samarqand Zarmed universiteti Tillar kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Normurodova Sohiba Mallayevna Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tillar kafedrasi o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14031369 Annotatsiya: Bu maqola ingliz tilidagi so'zlarning qanday derivatsiya bilan voqealanishiga asoslangan bo'lib, bu orqali biz so'zlarni qanday tuzilishi haqidagi voqelikni bilib olamiz. Bundan tashqari, biz so'zlarni xususiyatlari hamda ularni grammatik asosdagi o'rni va ishlatilishiga doir ma’lumotlarni ham ushbu maqolada uchratamiz va shuningdek bu sohada qanday olimlar izlanishlar olib borganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo'lamiz. Kalit so'zlar: derivatsiya, leksik ma’lumotlar, marfologiya, leksik ma'no va grammatika.

THE OCCURRENCE OF LEXICAL DERIVATION IN ENGLISH Abstract: This article is devoted to derivation of the words in English which means that we can understand and are aware of how words are derived to use in this language. Moreover, there is a lot of information concerning systematic features of the words and their usage according to grammar units. We can also gain more data regarding scholars who worked in this field throughout their life. Keywords: derivation, lexical resources, morphology, lexical meanings and grammar.

ВОЗНИКНОВЕНИЕ ЛЕКСИЧЕСКОЙ ДЕРИВАЦИИ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ Аннотация: Эта статья основана на происхождении английских слов, чтобы мы могли узнать, как в реальности образуются слова. Кроме того, в этой статье мы найдём информацию о характеристиках слов и их месте и употреблении в грамматической основе, а также получим информацию о том, какие учёные проводили исследования в этой области. Ключевые слова: деривация, лексическая информация, морфология, лексическое значение и грамматика.

KIRISH Shuni alohida qayd etish lozimki, soʻz yasalishi muammosi tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti davriga kelib tadqiqotlar kun tartibidagi asosiy va nufuzli masalalardan biriga aylandi. Bu masalaning grammatikada yoxud leksikologiyada oʻrganilishiga ham aynan ana shu davrda chek qoʻyildi. Bunda asosiy omil sifatida uni grammatikada (morfologiyada) oʻrganganimizda soʻz yasalishi bilan bogʻliq leksik-semantik muammolar, leksikologiyada oʻrganganimizda esa formal-struktur muammolar nazardan chetda qolib ketishi koʻrsatilmoqda. Ana shu bois soʻz yasalishi masalasi grammatika ham, leksikologiyada ham oʻrganilmasdan, tilshunoslikning mustaqil boʻlimi sifatida oʻz maqomiga ega boʻldi. Albatta, bunday maqom soʻz yasalishi hodisasining mukammal oʻrganilishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Tilshunoslik fanining bugungi taraqqiyoti davriga kelib baʼzi olimlar mazkur hodisani til sistemasining alohida sathlaridan biri sifatida talqin eta boshladilar, Masalan, B.N.Golovin bu masalaga ana shunday maqom bermoqda. Biroq bunday fikr va mulohazalarga qoʻshilmayotgan tilshunoslar ham yoʻq emas [1.2.].

ASOSIY QISM Darhaqiqat, soʻz yasalishini tilning alohida sathi deb qaraydigan boʻlsak, u holda tilning boshqa sathlarida boʻlganidek, uning oʻziga tegishli birligi boʻlmogʻi lozim edi. Yasama soʻzlarni esa bunday maqomga ega deb boʻlmaydi. Chunki ular ham soʻz hisoblanganligi uchun tilning soʻz sathi birligi sanaladi. Ammo bu bilan soʻz yasalishi hodisasini tilshunoslik fanining mustaqil boʻlimi sifatida oʻrganish maqsadga nomuvofiq degan xulosaga kelish nooʻrin, deb oʻylaymiz. Chunki uning alohida sath maqomiga ega emasligi bunga monelik qila olmaydi. Biroq shuni ham aytish joizki, soʻz yasalishi hodisasini anʼanaga koʻra morfologiyada oʻrganish, bizningcha, katta xato hisoblanmaydi. Negaki, yasama soʻzlar ham tub soʻzlar singari, leksik maqomga ega boʻlgan birliklardir. Ammo ular yasalish tushunchasi bilan bogʻliq boʻlgani uchun ikkilamchi xarakterlidir. Tub soʻzlar esa bunday belgiga ega emas. Shuning uchun yasama soʻzlarni tilshunoslikning alohida sohasi sifatida oʻrganish maqsadga muvofiq koʻrinadi. Bunday vaziyatda ularga xos boʻlgan formal-semantik, genetik. struktur-funksional aspektlarning barchasini mukammal yoritish imkoniyati vujudga keladi [3]. Aslini olganda, soʻz yasalishi hodisasi leksikologiya bilan ham, morfologiya bilan ham, sintaksis bilan ham uzviy aloqadordir. Uning bunday xususiyati tilshunoslikning barcha sohalari bilan yonma-yon turishidan dalolat beradi. Biroq soʻz yasalishi hodisasi ikkilamchi xarakterli boʻlgani uchun ulardan oʻziga xos yoʻsinda farq qiladi. Soʻz yasalishi bilan bogʻliq bunday masalalarning barchasini Ye.S. Kubryakova mukammal yoritib bergan va shu bilan birga, soʻz yasalishi jarayonini shakllantiruvchi asos, yasovchi, hosila kabi tushunchalar izohini ham atroflicha tavsiflagan [1]. Unga koʻra asos deb yasama soʻz tarkibidan barcha grammatik vositalarni olib tashlangandan keyin qolgan qismini tushunmoq kerak. Boshqacha aytganda, fleksiyalardan holi qism asosi tashkil etadi, Shu bois faqat oʻzak morfemaning oʻzi asos sanaladi va u hosila belgilariga ega boʻlmaydi. Soʻz yasalishida affiks muhim vazifa bajaradi, zero, uning yordamida yangi soʻz yasaladi. Biroq affiks soʻz asosiga turlicha maqsadga qoʻshilishi mumkin. Agar u soʻz oʻzgartiruvchi xarakterli boʻlsa, yangi soʻz yasalmaydi, balki forma yasaladi. Affiks vositasida yangi soʻz yasalgandagina soʻz yasalishi hodisasi shakllanadi. Bunday affiks derivatsion vazifa bajaradi va shu bois uni yasovchi deb atashadilar. Soʻz yasalishi bilan bogʻliq ishlarda derivatsion nufuzga ega boʻlgan affiksni formant deb ham atash mumkin. Ayni paytda soʻz yasalishi asosi yasovchi formant va hosila struktura haqida mulohaza yurita olamiz. Albatta, formantning soʻz yasalish asosiga qoʻshilishi jarayoni har doim ham bir xil, yaʼni mushtarak modellarni vujudga keltirmaydi. Bu jarayonda modellashtirish hodisasi roʻy beradi. Masalan, muayyaan bir affiks yordamida kasb-hunar otlari yasalsa, boshqa bir affiks qurol otlarini, yana boshqa biri esa yasama sifatlarning muayyan turini va hokazolar shakllantiradi. Ana shu jarayonda soʻz yasalishida mushtaraklik kuzatilishi yagona model doirasida vujudga keladi va buni soʻz yasalishi tipi deya ataymiz. Maʼlum bir modelga asoslanadigan soʻz yasalishi tipi haqida dastlab chex olimlari fikr bildirgan edilar. Chex tilshunosi N.A.Yanko Trinitskoy bu haqda quyidagilarni taʼkidlaydi: “Model - bu yasama soʻzning kategorial xarakteristikasi va uning qaysi affiks vositasida vujudga kelishini koʻrsatib beruvchi yasama soʻzning struktur sxemasidir” [4]. Tabiiyki, soʻz yasalishi hodisasi har bir tilning oʻz ichki imkoniyatlari doirasida shakllanadi. Lekin shunday boʻlishiga qaramasdan, tillar oʻrtasida bu jihatdan oʻxshashlik boʻlishi ham mumkin. Masalan, affiks vositasida yangi soʻz yasalishi hodisasi koʻp tillarda kuzatiladi.

Bundan tashqari, tillarda affiks ishtirokisiz faqat oʻzak morfemani taqozo etuvchi soʻzlar ham yasama boʻlishi mumkin. Bunga ingliz tilida morfemalarga boʻlinmaydigan konversiya usulida yasalgan soʻzlar misol boʻlishi mumkin (love (sevgi) ot, love (sevmoq) feʼl). Biroq leksik derivatsiyada boshqa vositalarga qaraganda affiksatsiya usuli ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuni ham aytish kerakki, yasama soʻz oʻzining mazmuniy salmogʻiga koʻra soʻz birikmasi va hatto gapga tenglashishi ham mumkin. Amerika strukturalizmi vakillaridan biri R.Liz, buni qoʻshma soʻzlar misolida koʻrsatib berishga harakat qiladi. R.Liz bunda qoʻshma soʻzlarning nominativ birlik ekanidan kelib chiqib, ularning shu maqomi transformatsion oʻzgarishdan keyin ham saqlanib qolishini taʼkidlaydi. Masalan: housekeeper (xonadon xizmatkori) - Не keeps а house (U uyning tozaligiga qaraydi ); girl - friend (dugona) = The friend is a girl (друг - девушка). XULOSA Koʻrinadiki, R.Liz qoʻshma soʻzlarning yasalish maqomi jumla tarkibida ham shu holatda saqlanishini koʻrsatib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Biroq, bizningcha, keltirilgan misollarda bu mulohaza oʻz isbotini topgan deyish qiyin, Chunki berilgan qoʻshma soʻzlar strukturalari (housekeeper, girl-friend) oʻzgarishsiz qoʻllanmagan. Umuman olganda, R.Lizning gʻoyasi bu oʻrinda asossiz emas, Yasama soʻzlarning, shu jumladan, qoʻshma soʻzlarning ham nutqda qoʻllanilishi bilan bogʻliq muammolar talqinini berish ilmiy jihatdan oʻziga xos ahamiyat kasb yetishi shubhasizdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar25 ta adabiyot

  1. Кубрякова Е.С. Словообразование // Общее языкознание. Внутренияя структура изыка - М. 351.
  2. Xayrullayev X. Til birliklarining pogʻonali munosabati. - Toshkent, 2008, 19-bet.
  3. Лопатин В.В., Улуханов И.С. Словообралование // Основы по строения одиеательной мматики современныго рууского литературного языка - М.. 1966.
  4. Daksti M, Tvoteni slov vd. Cestine Teoriodvozaváni slov Praha, 1962.
  5. Normurodova Sokhiba Mallaevna the main indicators of the communication culture of a medical worker https://bestpublication.org/index.php/jaj/issue/view/102
  6. Normurodova Sohiba, Aitmuratova Perkhan: THE ROLE OF LATIN TERMS IN MEDICINE. SSN2277-3630 (online),PublishedbyInternational journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research., underVolume: 12Issue:10inOctober-2023 https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR/article/view/1978
  7. Sohiba, N., & Perkhan, A. (2023). The role of latin terms in medicine. International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 12(10), 1-3.
  8. Zafar, M., & Sohiba, N. (2023). Kundalik turmushda keng qo’llanilishda bo’lgan suyuqliklarni ifodalovchi dori shakllari haqida chet el ilmiy nashrlaridan olingan fikrlar. Involta Scientific Journal, 2(5), 199-204.
  9. Soxiba, N. (2023). Syntactical structure of binary tautologisms. International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 12(11), 53-56.
  10. Mallaevna, N. S., & Khalid, A. (2023, November). TOPIC CHEMICAL TERMINOLOGY OF SALTS. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 1, No. 5, pp. 226-229).
  11. Mardanovich, M. Z., Aliaskarovna, S. U., Kenjaevna, B. M., Genjebaevna, A. P., & Salimovich, S. B. (2021). Some Considerations about Legal Solutions and Practices of Certain Problems Writing Recipes. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 5341-5352.
  12. Mukhamadiyeva, M., & Sharipov, B. (2022). LATIN AS THE MAIN LANGUAGE OF MEDICINE. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 1(7), 337-339.
  13. Salimovich, S. B. (2022). Studies of Reciprocality in Linguistics. Eurasian Scientific Herald, 8, 221-224.
  14. Шарипов, Б. С. (2022). TIL BIRLIKLARINING NUTQDA FAOLLASHUVI HAQIDA. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 5(1).
  15. Sharipov, B. (2023). SOME CONSIDERATIONS ON THE FORMATION OF CLINICAL TERMS IN LATIN. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(6), 477-479.
  16. Salimovich, S. B. (2022). RECIPROCAL SYMMETRY AND ITS GRAMMATICAL INDICATIONS. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 7(12), 129-131.
  17. Mardanovich, M. Z., & Salimovich, S. B. Auditоriyadan tashqari ta'lim-tarbiyaga maqsadli, tizimli yondashish. In Конференция состоялась 5 марта 2022 года на базе Ташкентского государственного стоматологического института по адресу: Республика Узбекистан, 100047, г. Ташкент, ул. Махтумкули, 103. Цель конференции–знакомство и обмен опытом в обучении и в работе с цифровыми данными, технологиями их применения в гуманитарных (p. 455).
  18. Nasimjanovna, K. F., & Salimovich, S. B. (2023). NAMES OF DISEASES AND THEIR USE IN CLINICAL TERMINOLOGY. Journal of Universal Science Research, 1(6), 469-474.
  19. Isroilova, M., & Sharipov, B. (2023). SOME OBSERVATIONS ON LATIN PRONUNCIATION AND SPELLING. Science and innovation in the education system, 2(7), 127-129.
  20. Махмудов, З. М., & Шарипов, Б. С. Талабаларнинг фанни яхши ўрганишлари учун психо–эмоционал таъсир этишда халқ мақол ва маталларидан тўғри фойдаланиш (лотин тили ва тиббий терминология фани мисолида). Zbiór artykułów naukowych recenzowanych, 112.
  21. Bektoshevna, E. D., & Salimovich, S. B. (2023). LATIN AND GREC TERMINOLOGY IN THE PROCESS OF STUDY OF OPERATIVE SURGERY. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 1(6), 66-72.
  22. Mardanovich, M. Z., & Salimovich, S. B. Auditоriyadan tashqari ta'lim-tarbiyaga maqsadli, tizimli yondashish. In Конференция состоялась 5 марта 2022 года на базе Ташкентского государственного стоматологического института по адресу: Республика Узбекистан, 100047, г. Ташкент, ул. Махтумкули, 103. Цель конференции–знакомство и обмен опытом в обучении и в работе с цифровыми данными, технологиями их применения в гуманитарных (p. 455).
  23. Salimovich, S. B. (2024). USE OF LATIN TERMINOLOGY IN THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF A DOCTOR (BASED ON THE MATERIAL OF AN OUTPATIENT’S MEDICAL CARD). Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(1), 276-281.
  24. Salimovich, S. B. (2024). ANATOMICAL, PHARMACEUTICAL AND CLINICAL TERMINOLOGY IN LATIN CLASSES. Journal of Universal Science Research, 2(1), 483-
  25. Mallaevna, N. S., & Khalid, A. (2023, November). TOPIC CHEMICAL TERMINOLOGY OF SALTS. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 1, No. 5, pp. 226-229).

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012601
Nashr sanasi
2024-11-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v3i10.1094
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
45–48
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11