Yo‘ldosheva Gulsara Bahridinovna, Abduxoliqova Gavhar Abdurasul gizi, Utemurotov Oybek Ravshanbek uli, Qulmurodova Dildora Azamat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqola orqali jigar va o‘t yo‘llari, o‘t yo‘llari tuzilishi, joylashuvi, funksiyalari, ayrim anamaliyalari va ularni ultratovush orqali ko‘rinishi, ularni kasalliklarini bir biridan farqilash haqida tushunchaga ega bo‘lamiz. Jigar va o‘t yo‘llari tekshirish texnikasi, qoidalari, texnikani noto‘g‘ri qo‘llaganda kelib chiqadigan asoratlar haqida bilimlarga ega bo‘lamiz.
Vivek Selvapriya, Yunusova Guzal Fayzullaeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada kasallik boshlanganidan keyingi dastlabki 72 soat ichida laparoskopiya o‘tkazilgan, fermentativ peritonit bilan asoratlangan o‘tkir pankreatitli 102 bemorni kompleks tekshirish va davolash natijalariga asoslangan klinik material tahlil qilingan. Klinik taqqoslash guruhini o‘tkir pankreatitning shishli shakli bilan og‘rigan 42 bemor tashkil etdi. Jami 144 bemor (erkaklar - 90, ayollar - 54), o‘rtacha yosh 53,6±3,4 yil.
Umarov Xusniddin Nuriddinovich, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada gijjalar (gelmintlar) bilan zararlanishning asosiy yo‘llari, ularning inson organizmiga kirish mexanizmlari, yashash joylari, sog‘liqqa salbiy ta‘siri, xavf guruhlari, klinik belgilari, diagnostika usullari hamda zamonaviy davolash va oldini olish choralari haqida batafsil ma‘lumot berilgan. Ayniqsa, bolalar salomatligi va himoyasi, oziq-ovqat gigiyenasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, shuningdek, tibbiy-profilaktik tadbirlarning ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratilgan.
Ulug‘murotova Gulhayo Shuhrat qizi, Abdurahmonova Z. E. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada dori vositalarini aniqlash uchun ionselektiv elektrodlar (ISE) ishlab chiqishda qo‘llaniladigan yangi ionoforlar sintezi va ularning xossalari o‘rganildi. Tadqiqotda dododekowolframofosfat va dodekomolibdofosfat kislotalari asosida dibazol, trimekain hamda piridoksin preparatlari uchun selektiv ionoforlar yaratildi. Sintez jarayonlari, elektrod tayyorlash usullari, eritmalar konsentratsiyasi va pH ta‘siri chuqur tahlil qilindi. Ushbu usullar arzon, oson bajariladigan va yuqori aniqlikka ega bo‘lib, farmatsevtik analizda keng qo‘llanilishi mumkin. Olingan natijalar asosida yangi selektiv elektrodlar ishlab chiqishning amaliy ahamiyati asoslab berildi.
Shadiev Sadulla Samexjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Sinuslifting operatsiyasi o‘tkazilgan 63 nafar bemorlarda tadqiqotlar o‘tkazilgan. Sinusliftingda ishlatilgan Kolapol KP-3 va Ovis suyak hosil qiluvchi materiallarni samaradorligi baholangan. Rentgenologik nazorat va suyak zichligi aniqlangan. Ovis qo‘llanilgan asosiy guruhdagi bemorlarda 2 yildagi operatsiya samaradorligi 98,4 % tashkil etganligi qayd etilgan. Sinuslifting operatsiyassida suyak hosil qiluvchi materiallarni qo‘llash yonoq implantlarini qo‘yishga muqobil usul bo‘lib hisoblanadi.
Narzullayeva Aziza Nodir qizi, Baxriddinov Tolibjon Shamsidin o‘g‘li, Normurodova Sohiba Mallayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada qadimiy va zamonaviy tabobatda keng qo‘llaniladigan dorivor o‘simlik — jenshen haqida so‘z boradi. Jenshenning biologik tarkibi, sog‘liq uchun foydali xususiyatlari, shuningdek, u qanday kasalliklarda va qanday shakllarda ishlatilishi haqida ma‘lumot beriladi. Shuningdek, jenshen iste‘molida e‘tiborli bo‘lish zarur bo‘lgan jihatlar ham yoritilgan. Maqola jenshenning tonik, adaptogen
va immunostimulyator xususiyatlarini o‘rganishga qiziquvchilar uchun foydalidir.
Mehmonov Alisher Zafarovich, Asrorov Shaxrizod Umidjonovich, Jalilova Dildora Murot qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Dorivor o‘simliklarga oid kerakli ma‘lumotlar tabiatni e‘zozlash masalasi "Atrof-muhitni muhofaza qilish" umumiy tushunchasi bilan birlashtirilgan alohida o‘simliklarni ham himoya qilish masalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, birinchi navbatda himoya qilinishi kerak bo‘lgan o‘simliklarni bilish kerak. Dorivor o‘simliklar bilan u yoki bu tarzda shug‘ullanadigan ko‘plab ishchilar dorivor o‘simliklar bo‘yicha maxsus qo‘llanmalardan foydalanishga imkon beradigan ta‘limga ega emaslar. Shuning uchun maqsadli dorivor o‘simliklarni o‘rganish, to‘plash, tayyorlash, yetishtirish, qayta ishlash va ulardan foydalanishga qiziquvchilarga o‘simliklarning tashqi ko‘rinishi, o‘sish sharoitlari, dorivor xususiyatlari va ulardan foydalanish mumkinligi haqida asosiy ma‘lumotlarni o‘qib o‘rganish izlash muhimdir. Shundagina xalq tabobatini yuksaltirishga erishiladi.
Lapasova Madina Alisher qizi, Xudoyberdiyeva Sabina, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yadro kimyosi – atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari va o‘zgarishlarini o‘rganadigan fan sohasi bo‘lib, bugungi kunda uning tibbiyot sohasidagi qo‘llanilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, diagnostika, terapiya va davolash usullarini rivojlantirishda yadro kimyosining o‘rni beqiyosdir. Ushbu maqolada yadro kimyosining tibbiyotdagi asosiy qo‘llanilish yo‘nalishlari, jumladan, nuklear tibbiyot, radiologik diagnostika, radioterapiya va radiofarmatsevtika haqida batafsil ma‘lumot beriladi.
Islamov Nurali Hikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada konservativ va jarrohlik davolash usullarining qon ivish tizimiga ta‘siri o‘rganiladi. Turli xil kasalliklarda qo‘llaniladigan davolash yondashuvlari gemostaz holatiga qanday ta‘sir qilishi tahlil qilinadi. Xususan, jarrohlik aralashuvlardan so‘ng yuzaga keladigan tromboz yoki qon ketish xavfi, konservativ terapiyada esa antikoagulyant davo fonida kuzatiladigan o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari davolash taktikalarini tanlashda qon ivish tizimini baholash muhimligini ko‘rsatadi.
Islamov Nurali Hikmatovich, Kamolov Bobir Tenglashovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu ilmiy ishda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar (JYYK) tahlil qilingan. Tadqiqotda gonoreya, sifilis, xlamidiya va HIV kabi infektsiyalarni o‘rganib chiqildi. JYYKlarning klinik namoyon bo‘lishi, ularning tashxisi, davolash yondashuvlari va ularni boshqarish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, JYYKlarning ko-infektsiya bilan bog‘lanishi, ya‘ni bir vaqtning o‘zida bir nechta kasalliklarning rivojlanishiga ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari JYYKlarning vaqtida davolanmasligi ko‘plab sog‘liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Islamov Nurali Hikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur ilmiy ishda eksperimental sharoitda kuzatilgan issiqlik kuyigidan so‘ng erkak kalamushlar qoni tarkibida jinsiy gormonlar — testosteron, LH (luteinlashuvchi gormon) va FSH (follikul stimullovchi gormon) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari kuyish jarohatlarining endokrin tizim faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar reproduktiv sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi ta‘kidlandi.
Fayziyeva Gulsanam Muhiddin qizi, Ziyodullayeva Sevinch Qodir qizi, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada kashnich o‘simligining urug‘i – kashnich urug‘ining shifobaxsh xususiyatlari yoritilgan. Maqolada uning hazm qilish tizimini yaxshilashi, yallig‘lanishga qarshi ta‘siri, qandli diabetga ijobiy ta‘siri, yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlashi, asab tizimiga tinchlantiruvchi ta‘siri va bakteriyalarga qarshi xususiyatlari ilmiy asosda bayon etilgan. Ayniqsa, xalq tabobatida ayollar salomatligi uchun ishlatilishi alohida ta‘kidlangan. Kashnich urug‘i tabiiy dorivor vosita sifatida qadimdan qo‘llanilgan bo‘lib, zamonaviy tadqiqotlar uning foydasini yana bir bor tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, maqolada ushbu urug‘dan foydalanishda ehtiyotkorlik va mutaxassis maslahati zarurligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola sog‘lom turmush tarziga e‘tiborli o‘quvchilar uchun foydali manbadir.
Xudoyberganov O.K. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada ayol kursantlarining kasbiy jismoniy tayyorgarligining xususiyatlari ko‘rib chiqilib, xususan ayol kursantlarda tezkor-kucsifatlarini rivojlantirish masalalari ochib berilgan.
Eksperimental guruhlarning ayol kursantlarining tajriba boshida ham, oxirida ham tezkor-kuch tayyorgarligi ko‘rsatkichlari dinamikasi keltirilgan. O‘quv jarayonida ayol kursantlarda tezkor-kuhc sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish shartlari qayd etildi.
Раушан Узакбаевна Торежанова · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Xalq amaliy bezak ijodi va shaxs o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rib chiqar ekan, maqola muallifi uzluksiz ta‘lim tizimida shaxs rivojlanishiga nisbatan uning ustuvor funksiyalari o‘zgarishini kuzatadi va uning pedagogik salohiyatini belgilaydi.
Раджабова Гузал Зарифовна · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada talabalarda ijtimoiy vaziyatlarda qaror qabul qilish kompetensiyasini shakllantirishning psixologik va pedagogik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot qaror qabul qilish jarayonida ijtimoiy kontekstlarni anglash, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy mas‘uliyat hissini shakllantirishning rolini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada, shuningdek, talabalarning samarali va ongli qarorlar qabul qilishi uchun ijtimoiy anglash va refleksiv fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi trening dasturlari hamda uslubiy yondashuvlar keltirilgan.
Xolmatov Nizomjon Umarjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yosh futbolchilar jismoniy tayyorgarligining tabaqalashtirilgan metodika samaradorligini aniqlash uchun jami tayyorgarlik davrini qamrab olgan pedagogik tajriba tashkil etildi va o‘tkazildi. Olib borilgan pedagogik tajriba doirasida amalga oshirilgan mashg‘ulot jarayonining asosiy vazifasi yosh futbolchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratildi.
Umarova Feruzabonu Bobir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonida etiket va kasbiy etiketning tutgan o‘rni hamda ularni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan. Etiket qoidalariga rioya qilish nafaqat shaxsiy madaniyat ko‘rsatkichi, balki ta‘lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasbiy etiket tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va o‘qituvchi shaxsida shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik muhitda etiketni rivojlantirishda interaktiv metodlar, rol o‘yinlari, kommunikativ mashg‘ulotlar kabi zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvlar taklif etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini tutish, nutq madaniyati va muloqot etikasini shakllantirish orqali pedagogik madaniyatni yuksaltirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.
To‘ychiyev Tohirjon Sahodillayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada Paradzyudo kurashchilarni yuklamalarini rejalashtirish ishlab chiqilgan xamda ilmiy uslubiy adabiyotlar taxlili, mavzuni dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar berilgan.
Shokirjonov Kudratjon Shuxrat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yosh futbolchilarni yuqori sport natijalariga erishishida ularning jismoniy tayyorgarligi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Ilmiy va amaliy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mashg‘ulotlarning yillik rejalashtirilishi va ularning mazmuniy yo‘naltirilishi futbolchilarning yoshi, jismoniy rivojlanishi va funktsional tayyorgarligiga to‘liq mos kelishi lozim.
Parmonov Akmal Abdupattoyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Bugungi kunda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga motivatsion yondashuvlar va munosabatlar tizimini yaratishning ijtimoiy-pedagogik zarurati ortib bormoqda. Bu esa ularni o‘qitish, kadr sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Shu ma‘noda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini zamon talabalari asosida o‘qitish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi masalalar yoritilgan.