Asosiy mazmunga o‘tish

2 086 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

Tegishlilik
Kengaytirilgan qidiruvTahlil
Eksport

Joriy tartibdagi birinchi 1 000 ta yozuv yuklanadi (2 086 tadan).

Qidiruvni saqlash

Qidiruvni saqlash va yangi yozuvlar haqida xabar olish uchun hisobingizga kiring. Kirish

  1. Ochiq kirishMaqola

    Morfologik belgilarning mosh navlari va F1 duragay kombinatsiyalarida irsiylanish xususiyatlari

    A. DJARASOV, T. ALLAMBERGENOV, S. JAŃABAEVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada mosh navlari va ulardan olingan F1 duragaylarda morfologik belgilari va irsiylanish xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqotlarda moshning 2 ta mahalliy hamda 2 ta xorijiy tizmalari o‘rtasida diallel chatishtirish ishlari olib borilgan hamda duragay kombinatsiyalar olingan. Ota-ona shakllaridan olingan F1 duragaylarda o‘simlik bo‘yi, hosil shoxlari hamda dukkak uzinligi kabi morfologik belgilarida fenologik farqlanishlar o‘rganilgan. F1 duragaylarning ota-ona nav va tizmalariga nisbatan ijobiy yoki salbiy geterozis hosil qilishi S. Wright formulasi yordamida aniqlandi. Tadqiqot na‘tijalariga asoslanib har bir morfologik belgilari bo‘yicha ota-ona namunlariga nisbatan yuqori ko‘rsatkishga ega bo‘lgan duragay kombinatsiyalari istiqbolli namunalar sipatida keyingi selektsiya tadqiqotlari ushun tanlab olingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    Aetiology, pathogenesis and clinical signs of laminitis in cattle

    S. SULAYMANOV, K. NIYOZOV, A. RUZIYEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Laminit yuqori mahsuldor sog‘in sigirlarda uchraydigan va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan ortopedik kasalliklardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada qoramollarda laminitning etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari bo‘yicha mahalliy va xorijiy adabiyotlar tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijasida kasallikning rivojlanishida subakut rumen atsidozi, endotoksemiya, mikrotsirkulyatsiya buzilishlari, oziqlantirishdagi xatolar hamda saqlash sharoitlarining nomutanosibligi asosiy xavf omillari ekanligi aniqlandi. Laminit tuyoq lamellyar apparatida morfofunksional o‘zgarishlarni keltirib chiqarib, oqsoqlik, sut mahsuldorligining pasayishi va reproduktiv ko‘rsatkichlarning yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Kasallikni erta aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini takomillashtirish qoramolchilikda iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    Comparative evaluation of the efficacy of different anthelmintic drugs against ovine dictyocaulosis

    L. SHARIPOVA, N. YULDASHEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, diktiokaulyoz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, kasallikning uchrash darajasi 18,7–75,5 % ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlarda kasallikning ekstensivligi ayrim hududlarda 65,5 % gacha yetishi qayd etilgan. Shunga qaramay, hozirgi davrda respublikaning turli hududlarida diktiokaulyozning zamonaviy epizootik holati, tarqalish xususiyatlari, shuningdek amaliyotda qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarining samaradorligi va ularga nisbatan parazitlarning rezistentlik darajasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda chorva hayvonlari gelmintozlariga qarshi veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilayotgan Rossiya Federatsiyasining «Nita-Farm» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan LEVAMIZOL 75 va RIKAZOL®, shuningdek Xitoyda ishlab chiqarilgan IVERMEC 1 % antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligi o‘rganildi va olingan natijalar tahlil qilindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    Results of practical research on aborted sheep for salmonellosis

    O. ABDURAIMOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada fermer xo‘jaligida abort qilgan qo‘ylarda o‘tkazilgan patologoanatomik tekshiruv natijalari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida homila va yo‘ldoshdagi makroskopik patologik o‘zgarishlar o‘rganilib, ularning salmonellyozga xos belgilari differensial diagnostika nuqtai nazaridan baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, aniqlangan patologik o‘zgarishlarning o‘zi salmonellyoz tashxisini tasdiqlash uchun yetarli bo‘lmadi. Tadqiqot natijalari qo‘ylarda abortlarning sababini aniqlashda kompleks diagnostik yondashuv, jumladan patologoanatomik, bakteriologik va boshqa laboratoriya tekshiruvlarini birgalikda qo‘llash muhimligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    Monitoring the radioecological state of the agroecosystem of the Navbahor area, Bekabad district, Tashkent region (a case study of the Khoji-Ahmad farm)

    B. KHAKIMOV, H. HOJIQULOV, J. AYUPOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada Toshkent viloyati Bekobod tumanining «Navbahor» hududida joylashgan «Xoji-Ahmad» sut yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan radiometrik tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Tadqiqot vaqtidagi radiatsion-gigiyenik holatni har tomonlama baholash maqsadida xo‘jalik hududidagi tuproq, suv havzalari, shuningdek chorva ozuqasi hisoblangan beda va pichan namunalarida radiatsiyaviy ko‘rsatkichlar va radionuklidlar miqdori laboratoriya sharoitida atroflicha tahlil qilingan. Olingan tahlil natijalari asosida hududning radiatsion foni holatiga baho berilgan hamda sut yo‘nalishidagi chorvachilik mahsulotlarining ekologik xavfsizligi va radiatsion tozaligini ta‘minlash bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    Radiological monitoring of environmental objects on farms in the Bekabad district of the Tashkent region

    B. KHAKIMOV, H. HOJIQULOV, J. AYUPOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada Toshkent viloyatining Bekobod tumani «Turon» hududida joylashgan sut yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida o‘tkazilgan radiometrik va radiatsion-gigiyenik tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida ushbu xo‘jaliklardagi radiatsiyaviy muhit holati, jumladan tuproq, ozuqa bazasi hamda chorva mahsulotlari (sut) tarkibidagi radionuklidlar miqdori va gamma-nurlanish dozasining quvvati tahlil qilingan. Olingan ma‘lumotlar asosida chorvachilik mahsulotlarining ekologik va radiatsion xavfsizligini ta‘minlash hamda hududdagi radiatsion fonni baholashga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xo‘jalik hududidagi tuproq, beda, suv havzalari va pichan namunalari laboratoriya sharoitida tekshirilgani haqida batafsil ma‘lumotlar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    Pathomorphological evaluation of the antituberculosis efficacy of Rifizostrep in experimental calf tuberculosis

    G. MAMADULLAEV, O. DJURAEV, O. DJURAKULOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Rifizostrep preparatining tajribadagi buzoqlar eksperimental tuberkulyozida ichki a‘zolardagi patologoanatomik va gistomorfologik o‘zgarishlar bo‘yicha tekshirishlar natijalari bayon qilingan. Yangi kombinatsiyalangan Rifizostrep preparati Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tuberkulyoz laboratoriyasi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Preparat eksperimental tuberkulyozda M. tuberculosis qo‘zg‘atuvchilariga qarshi yetarli darajada samarali bakteritsid faollikka ega ekanligi aniqlangan. Shu bilan bir qatorda, Rifizostrep hayvon organizmiga va buzoqlarning ichki a‘zolari strukturasiga nomaqbul ta‘sir ko‘rsatmaydi. Tahlillarga ko‘ra, preparat buzoqlar organizmiga uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda ichki a‘zolarda nisbatan kam sonli strukturaviy o‘zgarishlar — parenximatoz a‘zolar hujayra strukturasida gemosideroz ko‘rinishida va oshqozon-ichak traktida sekretsiyaning bir oz kuchayishi kabi o‘zgarishlar kuzatilgan. Patologoanatomik va gistomorfologik tekshirishlar natijasiga ko‘ra, preparat hayvon organizmi uchun bezarar bo‘lib, umumiy va o‘tkir toksik ta‘sirga ega emas.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    Histomorphological assessment of a drug complex in experimental tuberculosis of calves

    O. DJURAEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada tuberkulyozga qarshi preparatlarning yangi kompleksi «Rifizostrep»ning ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha sinovlarda bo‘lgan tajriba buzoqlarining ichki a‘zolarini gistologik tekshirish natijalari keltirilgan. Aniqlanishicha, mazkur preparat eksperimental tuberkulyozdagi hayvonlarga uzoq muddat davomida qo‘llanganda kasallikning M. tuberculosis-7880 shtammiga qarshi yuqori darajadagi bakteritsid faollikka ega. Shu bilan bir qatorda, Rifizostrep tajriba hayvonlarining organizmiga umuman va ichki a‘zolarning strukturaviy tuzilishiga xususan biron-bir nojo‘ya yoki salbiy oqibat ko‘rsatmasligi aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    Clinical symptoms, seasonal dynamics and diagnosis of eimeriosis

    U. ABBOSOV, A. KHUSHNAZAROV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi hayvonlarida, ayniqsa quyonlarda uchraydigan eymeriozlarning klinik belgilari, kasallikning kechish xususiyatlari, oqibatlari va yoshga bog‘liq ma‘lumotlar keltirilgan. Quyonlarda kasallikning yil fasllariga qarab uchrash holati, xo‘jaliklardagi kuzatishlar natijalari, kasallikni aniqlashda keng qo‘llaniladigan klassik usullar va ularni bajarish tartibi ketma-ketlikda bayon qilingan. Bulardan tashqari, eymerioz bilan zararlangan yoki zararlanmagan quyonlarni tashqi ko‘rinishidan aniqlash, anamnez ma‘lumotlarini olish va paypaslash usullarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar keltirilgan. Maqoladagi asosiy ma‘lumotlar adabiyot manbalaridan tahlil qilib olingan va mujassamlashtirilgan holda taqdim etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    Distribution of cattle trematodosis pathogens in the agroecosystems of the Fergana Valley (literature review)

    O. MURODULLAYEV, J. ISAYEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Farg‘ona vodiysi agroekotizimlarida qoramollarda uchraydigan asosiy trematodoz qo‘zg‘atuvchilari — Fasciola hepatica, Fasciola gigantica, Paramphistomum spp. va Dicrocoelium dendriticum ning populyatsion-bioekologik xususiyatlari adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. Trematodalarning rivojlanish sikli, oraliq xo‘jayinlari, ekologik omillarga moslashuvi hamda agroekotizimlarda tarqalish qonuniyatlari tahlil qilingan. Farg‘ona vodiysining iqlim va gidrologik sharoitlari trematodozlarning epizootologik jarayonlariga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    Methods for the diagnosis and control of dermatomycosis (saprolegniosis) in snakehead fish

    S. BALIYEV, N. SULAYMANOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu ilmiy maqolada ilonbosh va ilonbaliqlar (Channidae oilasi va Anguilliformes turkumi vakillari) biologiyasi, ularning zamonaviy intensiv baliqchilikdagi va akvakulturadagi yuqori iqtisodiy hamda dietik ahamiyati kompleks ravishda tahlil qilingan. Maqolada dunyo miqyosida sanoat usulida yetishtirilayotgan asosiy baliq turlarining umumiy tavsifi va baliq go‘shtining kimyoviy tarkibi, inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar, omega-3 kislotalari, mikro- va makroelementlar balansi batafsil yoritilgan. Tadqiqotning asosiy qismi ilonbaliqchilik tarmog‘ining bugungi kundagi dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan zamburug‘li kasalliklarga, xususan, Saprolegnia oilasi vakillari tomonidan qo‘zg‘atiladigan dermatomikoz (saprolegnioz) kasalligiga bag‘ishlangan. Maqolada ushbu infeksiyaning ilonbaliqlar organizmida kechishi, suv havzalari bo‘ylab tarqalish qonuniyatlari, kasallikni keltirib chiqaruvchi ekologik va etologik omillar hamda o‘ziga xos klinik belgilari ilmiy asoslangan holda bayon etilgan. Shuningdek, ilonbosh va ilonbaliqlarda dermatomikoz patologiyasiga qarshi kurashishda zamonaviy ixtiopatologik usullar, kimyoviy va biologik preparatlarni qo‘llash texnologiyalari tizimlashtirilgan. Baliqchilik xo‘jaliklari uchun suv muhitini sog‘lomlashtirish, ohaklash (kalsiy oksidi va gidroksidi), dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish va baliqlar immunitetini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    Evaluation of the effectiveness of control measures against American and European foulbrood in honey bees

    M. RAXIMOV, S. BALIYEV, X. SAFAROV, K. AKRAMOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Tadqiqotning maqsadi asalarilarda Amerika chirishi va Yevropa chirishining klinik-epizootologik xususiyatlarini baholash hamda ularga qarshi qo‘llaniladigan veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlarining amaliy samaradorligini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotlar Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti sharoitida va turli asalarichilik xo‘jaliklarida olib borildi. Epizootik holat nosog‘lom va shartli sog‘lom asalari oilalarini klinik kuzatish, laboratoriya diagnostikasi va epizootologik monitoring asosida baholandi. Natijalar Amerika chirishida Paenibacillus larvae sporalarining tashqi muhitda uzoq saqlanishi infeksiya o‘chog‘ini bartaraf etishni murakkablashtirishini ko‘rsatdi. Yevropa chirishi, asosan, ochiq naslni zararlashi hamda oziqa tanqisligi va noqulay mikroiqlim sharoitlarida kuchayishi bilan tavsiflandi. Varroa destructor invaziyasi mavjud oilalarda kasalliklarning klinik kechishi og‘irlashgani kuzatildi. Kasallangan oilalarni dezinfeksiya qilingan uyalarga ko‘chirish, zararlangan mumkataklarni chiqarib tashlash, dezinfeksiya va ona arini almashtirish kabi zooveterinariya tadbirlari ijobiy natija berdi. Antibiotik vositalar klinik belgilarni kamaytirgan bo‘lsa-da, rezistentlik va asal mahsulotlarida qoldiq moddalar xavfi sababli ularni nazoratsiz qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Sut zardobi asosidagi ishlovlar Yevropa chirishining dastlabki bosqichlarida istiqbolli yordamchi yondashuv sifatida qayd etildi. Kompleks bioxavfsizlik va veterinariya-sanitariya choralarini birgalikda qo‘llash kasalliklarni nazorat qilishning asosiy sharti sifatida baholandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    ГИГАНТСКАЯ ПАРАСАГИТТАЛЬНАЯ МЕНИНГИОМА ПРАВОЙ ЛОБНО-ТЕМЕННОЙ ОБЛАСТИ С ИНВАЗИЕЙ ФАЛЬКС-СИНУСНОГО УГЛА, ЭПИЛЕПТИЧЕСКИМИ ПРИСТУПАМИ, ЛЕВОСТОРОННИМ ГЕМИПАРЕЗОМ И ПРОГРЕССИРУЮЩИМ МАСС-ЭФФЕКТОМ: КЛИНИЧЕСКИЙ СЛУЧАЙ

    Д. Равшанов · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Yuqori sagittal sinusning o‘rta uchligini qamrab olgan parasagittal meningiomalar funksional jihatdan muhim kortikal venalar, yirik venoz kollektorlar va bosh miyaning motor sohalariga yaqin joylashganligi sababli eng murakkab intrakranial o‘smalar qatoriga kiradi. Maqolada o‘ng peshona-tepa sohasida joylashgan, falks–sinus burchagiga invaziya qilgan, epileptik xurujlar, chap tomonlama gemiparez, perifokal shish va yaqqol masseffekt bilan kechuvchi gigant parasagittal meningiomaning klinik holati bayon etilgan. 31 yoshli bemorda progressiv bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, chap qo‘l-oyoqlarda paresteziyalar, emotsional labillik, uyqu buzilishi va takroriy epileptik xurujlar kuzatilgan. Dinamik magnit-rezonans tomografiya ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘sma o‘lchamlari 2023 yildagi 60×55×48 mm dan 2026 yilga kelib 83×65×62 mm gacha kattalashgan. O‘sma bosh miyaning o‘rta tuzilmalarini chap tomonga 17,2 mm gacha siljitgan. Sindou–Alvernia klassifikatsiyasiga ko‘ra, yuqori sagittal sinusning zararlanishi II tipga mos kelgan. O‘smaning hujjatlashtirilgan progressiv o‘sishi, o‘choqli nevrologik defitsitning kuchayishi, epileptik sindrom, perifokal shish va yaqqol dislokatsion masseffekt jarrohlik davolash uchun asos sifatida baholangan. Operativ davolashni rejalashtirishda yuqori sagittal sinus o‘tkazuvchanligini va funksional ahamiyatga ega kortikal venoz oqimni saqlashga alohida e‘tibor qaratilgan. Ushbu klinik kuzatuv o‘sma hajmini dinamik baholash, klinik-radiologik korrelyatsiya va maksimal xavfsiz rezeksiya tamoyiliga asoslangan personallashtirilgan jarrohlik taktikasining muhimligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    ОПТИМИЗИРОВАННАЯ МНОГОКОМПОНЕНТНАЯ МЕДИКАМЕНТОЗНАЯ ТЕРАПИЯ С ВКЛЮЧЕНИЕМ КОЛХИЦИНА В ПРОФИЛАКТИКЕ РЕЦИДИВОВ СТЕНОКАРДИИ У ПАЦИЕНТОВ ПОСЛЕ ЧРЕСКОЖНОГО КОРОНАРНОГО ВМЕШАТЕЛЬСТВА

    И. Агабабян, Б. Курбанов · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada muvaffaqiyatli teri orqali koronar aralashuvdan keyin ham qaytalanuvchi stenokardiya muhim klinik muammo bo‘lib qolayotgani yoritilgan. Prospektiv randomizatsiyalangan nazoratli tadqiqotga muvaffaqiyatli koronar aralashuvdan o‘tgan 120 nafar bemor kiritildi. Bemorlar har biri 60 nafardan iborat ikki guruhga ajratildi. Asosiy guruh standart terapiyaga qo‘shimcha ravishda kuniga 0,5 mg dozada kolxitsin qabul qildi, nazorat guruhi esa faqat standart terapiya oldi. Kuzatuv muddati 12 oy davom etdi. Birlamchi yakuniy ko‘rsatkich stenokardiya qaytalanish chastotasi bo‘ldi. Ikkilamchi ko‘rsatkichlar LDL-xolesterinning maqsadli darajasiga erishish, yallig‘lanish markerlari (yuqori sezgir CRP, IL-6) dinamikasi, hayot sifati va katta noxush yurak-qon tomir hodisalari chastotasini qamrab oldi. 12 oy yakunida stenokardiya qaytalanishi asosiy guruhda 7 nafar (11,7%) bemorda, nazorat guruhida esa 17 nafar (28,3%) bemorda kuzatildi. Kolxitsin qo‘shilgan terapiya yallig‘lanishni kamaytirish, lipid ko‘rsatkichlarini yaxshilash va hayot sifatini oshirish bilan birga kechdi. Tadqiqot natijalari past dozali kolxitsinni standart davolashga qo‘shish ChKVdan keyingi bemorlarda stenokardiya qaytalanishini kamaytirishi va uzoq muddatli prognozni yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    ПЕРСОНАЛИЗИРОВАННЫЙ АЛГОРИТМ ПРЕДОПЕРАЦИОННОЙ СТРАТИФИКАЦИИ ПАЦИЕНТОВ С ФАРМАКОРЕЗИСТЕНТНОЙ ФОКАЛЬНОЙ ЭПИЛЕПСИЕЙ

    Б. Абдувойитов · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Farmakorezistent fokal epilepsiya zamonaviy epileptologiya va funksional neyroxirurgiyaning eng murakkab muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda, chunki bemorni operatsiyadan oldingi baholashga kech yo‘naltirish nazorat qilinmaydigan xurujlar davrini uzaytiradi, hayot sifatini yomonlashtiradi va jarrohlik davolashning ijobiy natija berish ehtimolini kamaytirishi mumkin. Prospektiv bir markazli kuzatuv tadqiqoti o‘tkazilib, unga ixtisoslashtirilgan epileptologik va neyroxirurgik markazda tekshirilgan 86 nafar bemor kiritildi. Barcha bemorlarda xurujlarning klinik-semiologik tahlili, bosh miya MRT, rutin EEG, uzoq muddatli video-EEG monitoring, nevrologik va neyropsixologik baholash o‘tkazildi. Stratifikatsiya mezonlari sifatida MRT ma‘lumotlari bo‘yicha struktur o‘choq mavjudligi, xurujlarning lokalizatsiyalangan boshlanishi, semiologiyaning taxminiy epileptogen zonaga mosligi, lokal epileptiform faollik, MRT va EEG ma‘lumotlari konkordantligi, xurujlar chastotasi, ikkilamchi bilateral tonik-klonik generalizatsiya mavjudligi, progressiv kognitiv defitsit hamda taxminiy aralashuv zonasining funksional ahamiyati baholandi. Umumiy klinik-diagnostik baholash asosida bemorlar jarrohlik istiqboli past, o‘rta va yuqori guruhlarga ajratildi. Yuqori jarrohlik istiqboli 29 nafar bemorda, o‘rta darajadagi istiqbol 36 nafar bemorda, past istiqbol esa 21 nafar bemorda aniqlangan. Epileptogen zonani lokalizatsiya qilish imkoniyati bilan eng ko‘p bog‘liq bo‘lgan omillar MRT-pozitiv struktur o‘choq, video-EEG bo‘yicha lokal iktal yoki interiktal boshlanish, klinik semiologiyaning taxminiy anatomik zonaga mosligi hamda MRT/EEG konkordantligi bo‘ldi. Taklif etilgan algoritm bemorlarni standart kuzatuv, kengaytirilgan operatsiyadan oldingi tekshiruv yoki invaziv monitoringni muhokama qilish uchun birlamchi stratifikatsiya qilishning qulay modeli sifatida qo‘llanishi mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    СТРУКТУРНЫЕ ПРИЧИНЫ ФАРМАКОРЕЗИСТЕНТНОЙ ЭПИЛЕПСИИ И ИХ ВЗАИМОСВЯЗЬ С КЛИНИЧЕСКОЙ СЕМИОЛОГИЕЙ ЭПИЛЕПТИЧЕСКИХ ПРИСТУПОВ

    Б. Абдувойитов · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Farmakorezistent epilepsiya zamonaviy klinik nevrologiya, epileptologiya va funksional neyroxirurgiyaning eng murakkab muammolaridan biri hisoblanadi. Bunda kasallikning struktur shakllari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, epileptik xurujlar bosh miyada morfologik jihatdan aniqlanadigan zararlanish o‘chog‘i bilan bog‘liq bo‘ladi. Retrospektiv klinikneyrovizualizatsion tadqiqot o‘tkazilib, unga struktur farmakorezistent epilepsiyaga ega 120 nafar bemor kiritildi. Barcha bemorlarda klinik-anamnestik tahlil, nevrologik tekshiruv, elektroensefalografiya va bosh miya magnit-rezonans tomografiyasi bajarildi. Eng ko‘p uchragan struktur sabablar mezial temporal skleroz, fokal kortikal displaziya, epilepsiya bilan assotsiatsiyalangan xavfsiz o‘smalar, posttravmatik glioz, kavernoz malformatsiyalar va postinsult o‘zgarishlar bo‘ldi. Mezial temporal skleroz ko‘proq ong buzilishi bilan kechuvchi fokal xurujlar va temporal auralar bilan, fokal kortikal displaziya kasallikning erta debyuti va xurujlar polimorfizmi bilan, posttravmatik hamda postinsult o‘zgarishlar esa yaqqolroq o‘choqli nevrologik defitsit bilan bog‘liqligi aniqlandi. Olingan ma‘lumotlar diagnostik va davolash taktikasini rejalashtirishda struktur substrat, klinik semiologiya va bemorning funksional holatini kompleks baholash zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    C2 TISHSIMON O‘SIG‘I II-TIP SINIB-CHIQISHI VA ATLANTOAKSIAL NOSTABILLIK FONIDA RIVOJLANGAN KRANIOVERTEBRAL KOMPRESSION MIYELOPATIYA: KLINIK HOLAT

    D. Ravshanov · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Dolzarblik. Kraniovertebral o‘tish sohasi travmalari neyroxirurgiya amaliyotida yuqori xavfli patologiyalar qatoriga kiradi, chunki bu sohada orqa miyaning yuqori bo‘yin segmentlari, uzunchoq miya bilan funksional bog‘liq o‘tkazuvchi yo‘llar, vertebral arteriyalar va atlantoaksial stabilizatsiyani ta‘minlovchi murakkab ligamentar-suyak kompleks joylashgan. C2 tishsimon o‘sig‘ining Anderson–D‘Alonzo bo‘yicha II-tip sinishi bitish qobiliyatining pastligi, segmentar nostabillik va orqa miya kompressiyasi xavfi yuqoriligi bilan klinik jihatdan muhim hisoblanadi. Klinik holat. Bemor balandlikdan yiqilishdan keyin bo‘yin sohasida kuchli og‘riq, qo‘loyoqlarda harakat cheklanishi, ikki tomonlama braxiopleksalgiya, uyushish va umumiy holsizlik shikoyatlari bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Nevrologik statusda tetraparez, Frankel shkalasi bo‘yicha C daraja, McCormick bo‘yicha 3-daraja, VAS bo‘yicha 8 ball og‘riq sindromi aniqlangan. Diagnostik tekshiruvlarda C2 tishsimon o‘sig‘ining patologik sinib-chiqishi, qisman osteoliz va siljish, C1 laterolistezi, C1–C2 segmenti nostabilligi, spinal kanal stenozi va orqa miya kompressiyasi aniqlangan. Bemorga C1–C2 orqali transpedikulyar fiksatsiya, reduksiya, stabilizatsiya va dekompressiya bajarilgan. Xulosa. Mazkur klinik holat kraniovertebral o‘tish sohasi travmalarida erta MSKT/MRT diagnostikasi, standart nevrologik baholash, segmentar barqarorlikni tiklash va orqa miya dekompressiyasining muhimligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    YOSH PARADZYUDOCHILARNING MASHG‘ULOTLARIDA MAXSUS JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI

    T. To‘ychiyev · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada yosh paradzyudochilarning maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishning zamonaviy uslubiy yondashuvlari, maxsus mashqlarni qo‘llash asosida mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda maxsus tezkorlik, kuch, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari asosida asoslangan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI

    T. Saipova · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida tarbiya berishning yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy kamolotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Oila, ta‘lim muassasalari, mahalla hamda ommaviy axborot vositalarining milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni zamonaviy ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    DIDACTIC OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING FOREIGN LANGUAGE READING COMPETENCE OF CHEMICAL ENGINEERING STUDENTS IN ESP-BASED EDUCATION

    M. Shokirova · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqola kimyo muhandisligi yo‘nalishi talabalarida xorijiy tilda o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini ESP (kasbiy maqsadlar uchun ingliz tili) asosidagi integratsiyalashgan o‘qitish modeli orqali tadqiq etadi. Fan va texnologiyalarning xalqaro integratsiyalashuvi kimyo muhandisligi yo‘nalishi talabalarida xorijiy tilda o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish zaruratini kuchaytirmoqda. Mazkur tadqiqot ESP (English for Specific Purposes) asosidagi integratsiyalashgan o‘quv modeli orqali ushbu kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda 60 nafar bakalavriat talabasi ishtirok etib, ular tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Intervensiya jarayoni o‘qish kompetensiyasining lingvistik, kognitiv, strategik va kasbiy komponentlarini o‘z ichiga oldi. Natijalar tajriba guruhidagi talabalarning matnni tushunish, metakognitiv strategiyalardan foydalanish va texnik matnlarni talqin qilish ko‘nikmalari sezilarli darajada yaxshilanganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari til o‘rganishni kognitiv va kasbiy kontekstlar bilan integratsiyalash ESP o‘qitish samaradorligini oshirishini tasdiqlaydi. Tadqiqot texnik oliy ta‘limda kasbiy o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taklif etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish