YOSH PARADZYUDOCHILARNING MASHG‘ULOTLARIDA MAXSUS JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI
To‘ychiyev Tohirjon SoxadillayevichNamangan davlat universiteti San‘at va Sport fakultet Sport turlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsenti2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 227–232
Annotatsiya
Ushbu maqolada yosh paradzyudochilarning maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishning zamonaviy uslubiy yondashuvlari, maxsus mashqlarni qo‘llash asosida mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda maxsus tezkorlik, kuch, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari asosida asoslangan
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОД РАЗВИТИЯ СПЕЦИАЛЬНЫХ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ В ТРЕНИНГЕ МОЛОДЫХ ПАРА-ДЗЮДОИСТОВ
В данной статье рассматриваются современные методические подходы к развитию специальных физических качеств молодых парадзюдоистов, а также вопросы оптимизации тренировочного процесса на основе применения специальных упражнений. В исследовании разработана методика, направленная на развитие специальной ловкости, силы, выносливости и координации движений, эффективность которой подтверждена экспериментальными исследованиями.
inglizchaMETHOD OF DEVELOPING SPECIAL PHYSICAL QUALITIES IN THE TRAINING OF YOUNG PARA-JUDOES
This article discusses modern methodological approaches to developing special physical qualities of young para-judo athletes, issues of optimizing the training process based on the use of special exercises. The research has developed a methodology aimed at developing special agility, strength, endurance and coordination abilities, and its effectiveness is based on experimental work.
Kalit so‘zlar
- para dzyudochilarni maxsus jismoniy tayyorgarlik
- mashqlar
- mashg‘ulot metodikasi
- yosh sportchilar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
YOSH PARADZYUDOCHILARNING MASHGʻULOTLARIDA MAXSUS JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI Toʻychiyev Tohirjon Soxadillayevich Namangan davlat universiteti San’at va Sport fakultet Sport turlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsenti E-mail: t.s.tuychyev@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.21772671 Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh paradzyudochilarning maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishning zamonaviy uslubiy yondashuvlari, maxsus mashqlarni qoʻllash asosida mashgʻulot jarayonini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda maxsus tezkorlik, kuch, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan metodika ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari asosida asoslangan Kalit soʻzlar: para dzyudochilarni maxsus jismoniy tayyorgarlik, mashqlar, mashgʻulot metodikasi, yosh sportchilar.
МЕТОД РАЗВИТИЯ СПЕЦИАЛЬНЫХ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ В ТРЕНИНГЕ МОЛОДЫХ ПАРА-ДЗЮДОИСТОВ Туйчиев Тоиржон Сохадиллаевич Наманганский государственный университет, факультет искусств и спорта Доктор философии (PhD) в области педагогических наук, кафедра теории и методологии спорта, доцент E-mail: t.s.tuychyev@gmail.com Аннотация: В данной статье рассматриваются современные методические подходы к развитию специальных физических качеств молодых парадзюдоистов, а также вопросы оптимизации тренировочного процесса на основе применения специальных упражнений. В исследовании разработана методика, направленная на развитие специальной ловкости, силы, выносливости и координации движений, эффективность которой подтверждена экспериментальными исследованиями. Ключевые слова: Специальная физическая подготовка для парадзюдоистов, упражнения, методы тренировок, юные спортсмены.
METHOD OF DEVELOPING SPECIAL PHYSICAL QUALITIES IN THE TRAINING OF YOUNG PARA-JUDOES Tuychiyev Tohirjon Sokhadillayevich Namangan State University, Faculty of Arts and Sports Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Department of Theory and Methodology of Sports, Associate Professor E-mail: t.s.tuychyev@gmail.com Abstract: This article discusses modern methodological approaches to developing special physical qualities of young para-judo athletes, issues of optimizing the training process based on the use of special exercises. The research has developed a methodology aimed at developing special agility, strength, endurance and coordination abilities, and its effectiveness is based on experimental work. Keywords: Special physical training for para-judo athletes, exercises, training methods, young athletes.
KIRISH Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ayniqsa Olimpiya va Paralimpiya sport turlarini qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan jismoniy tarbiya va sportga oid chiqarilayotgan Farmon va Qarorlar mazmunida ayniqsa Olimpiya sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirishni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida qaralmoqda. “Barcha sport turlarini rivojlantirish orqali yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi yoʻllanmalar sonini koʻpaytirish, 2028 yil Los Anjils shahrida (AQSH)da boʻlib oʻtadigan XXXV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga sportchilarimizning har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash”ning dolzarb vazifalari samarali amalga oshirish uchun mazkur tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, kurash sportida maxsus jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish muammosi koʻplab mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan oʻrganilgan boʻlib, ular sportchilarning kuch, tezkorlik, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan turli metodik yondashuvlarni taklif etganlar. Xususan, A.A. Kerimov kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda mashgʻulot yuklamalarini bosqichma-bosqich oshirish va texnik harakatlarni koʻp marotaba takrorlash asosiy omil ekanligini ta’kidlaydi. T.S. Toʻychiyev esa maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishda kompleks mashqlar tizimini qoʻllash sportchilarning musobaqa faoliyatiga tez moslashishini ta’minlashini ilmiy asoslab bergan. Xorijiy tadqiqotlarda ham kurash va unga yaqin sport turlarida maxsus jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, G. Bompa sport tayyorgarligida periodizatsiya tamoyillarini qoʻllash orqali kuch va chidamlilikni bosqichma-bosqich rivojlantirish samarali ekanligini koʻrsatadi. L. Platonov esa yuqori malakali sportchilarda maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishda individual yondashuv va yuklama nazoratining muhimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, kurashga yaqin sport turlarida olib borilgan tadqiqotlarda (sambo, erkin kurash, yunon-rum kurash, bellbogʻli kurash) maxsus jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishda interval mashqlar, aylanma mashgʻulotlar hamda oʻzgaruvchan sharoitda bajariladigan texnik mashqlar samarali vosita sifatida qoʻllanilishi qayd etilgan. Mahalliy ilmiy manbalarda yosh kurashchilarning tayyorgarlik jarayonida maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishda mashgʻulot vositalarini integratsiyalash, texnik va jismoniy tayyorgarlikni uygʻunlashtirish zarurligi alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, ayrim tadqiqotlarda variativ sharoitlarda bajariladigan mashqlar sportchilarning tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishi isbotlangan. Umuman olganda, mavjud adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, maxsus jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish boʻyicha koʻplab ilmiy izlanishlar mavjud boʻlsa-da, yosh kurashchilarda maxsus mashqlarni bosqichma-bosqich va tizimli qoʻllash orqali kompleks rivojlantirish masalasi yetarli darajada oʻrganilmagan. Tadqiqotning maqsadi yosh kurashchilarning mashgʻulotlarida maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan uslubiyatni ishlab chiqish va uning samaradorligini asoslash.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Tadqiqotning tashkil etish usullari. Tadqiqot jarayonida ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, test sinovlari, tajriba-sinov ishlari hamda matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqot Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridagi sport maktablarida 10-13 yoshli kurashchilar ishtirokida olib borildi. Quyida adabiyotlar tahlili va kuzatuvlar natijasi aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan mashgʻulot uslubiyati yoritilgan (1-jadvalga qarang). 1-jadval. Yosh paradzyudochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan mashgʻulot uslubiyati Yuklama Metodik T/r Jismoniy sifat Mashqlar mazmuni parametrlari yoʻnalish Turnikda tortilish, qoʻllarda Tana vazni va 3-4 seriya, 8-12 bukib-yozish (yerda), sherik 1 Kuch takror, dam 60- sherikni koʻtarish va tashlash qarshiligida 90 s imitatsiyasi bajarish 10-20 m tez yugurish, Maksimal startdan portlovchi chiqish, 6-8 takror, dam 2 Tezkorlik tezlikda qisqa signal boʻyicha harakat 30-45 s intervallar reaksiyasi Uzluksiz Aylanma mashgʻulot (push- 3-5 aylanish, yuklama va 3 Chidamlilik up, squat, burpee, plank), 3-5 dam 1-2 daqiqa interval daqiqalik kurash imitatsiyasi almashinuvi Muvozanatli holatda Murakkab usullarni bajarish, bir oyoqda 4 Koordinatsiya 6-10 takror harakatlar turib harakatlar, sherik bilan ketma-ketligi kombinatsiyalar Rezina tasma bilan tortish, Maxsus tezlik- portlovchi tashlash 4-6 seriya, 6-10 Qarshilik ostida kuch imitatsiyasi, zarba va ushlab takror tez bajarish olish kombinatsiyasi Boʻgʻimlar uchun choʻzilish Mashgʻulot 6 Moslashuvchanlik mashqlari, dinamik va statik 8-12 daqiqa oxirida tiklash egilishlar rejimi
TADQIQOT NATIJALARI Mazkur mashqlar kompleksi yosh kurashchilarda maxsus jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, u kuch, tezkorlik, chidamlilik, koordinatsiya va tezlik-kuch sifatlarini bir tizimda shakllantirish imkonini beradi. Mashqlar yuklamasi yosh xususiyatlariga mos holda tanlangan va bosqichma-bosqich oshirib borish tamoyiliga asoslangan metodikaning samaradorligi quyida keltirilgan (2-jadvalga qarang).
2-jadval. Yosh paradzyudochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi koʻrsatkichlari (n=8) TB TO Nisbiy T/r Test sinovi Guruh t P (x̄ ± σ) (x̄ ± σ) oʻsish (%) 60 soniyada N 18,2 ± 1,3 19,8 ± 1,5 8,8 % 1,54 P > 0,05 texnik usullarni ketma-ket T 17,9 ± 1,2 21,9 ± 1,4 14,5 % 2,62 P < 0,05 bajarish (marta) 30 m tezlik N 6,12 ± 0,18 5,98 ± 0,16 2,3 % 1,48 P > 0,05 yugurish (s) T 6,15 ± 0,17 5,72 ± 0,14 7,0 % 2,71 P < 0,05 Turnikda tortilish N 10,4 ± 1,1 11,2 ± 1,2 7,7 % 1,49 P > 0,05 (marta) T 10,1 ± 1,0 12,9 ± 1,1 27,7 % 2,58 P < 0,05 3 daqiqalik N 22,6 ± 2,0 24,1 ± 2,1 6,6 % 1,51 P > 0,05 kurash 4 imitatsiyasi T 22,3 ± 1,9 26,8 ± 2,0 20,1 % 2,66 P < 0,05 (marta texnik harakat) Tadqiqot davomida 60 soniya ichida texnik usullarni ketma-ket bajarish testi boʻyicha nazorat guruhi (N)da boshlangʻich koʻrsatkich 18,2 ± 1,3 martani tashkil etgan boʻlsa, tajriba yakunida bu natija 19,8 ± 1,5 martagacha oshgan. Nisbiy oʻsish 8,8 % ni tashkil etib, bu oʻzgarish statistik jihatdan ishonchli emas (t = 1,54; P > 0,05). Tajriba guruhi (T)da esa ushbu koʻrsatkich 17,9 ± 1,2 martadan 21,9 ± 1,4 martagacha oshib, 14,5 % lik sezilarli oʻsish qayd etildi va bu farq statistik jihatdan ishonchli hisoblanadi (t = 2,62; P < 0,05). Bu holat taklif etilgan mashgʻulot uslubiyatining texnik tezlik va aniqlikni oshirishda samarali ekanligini koʻrsatadi (1-rasmga qarang).
1-rasm. Yosh kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligining oʻsish dinamikasi 30 metrga tezlik yugurish testida ham shunga oʻxshash tendensiya kuzatildi. Nazorat guruhida vaqt koʻrsatkichi 6,12 ± 0,18 soniyadan 5,98 ± 0,16 soniyagacha yaxshilangan boʻlib, 2,3 % lik oʻsish statistik jihatdan ishonchsiz (t = 1,48; P > 0,05). Tajriba guruhida esa natija 6,15 ± 0,17 soniyadan 5,72 ± 0,14 soniyagacha yaxshilanib, 7,0 % lik sezilarli ijobiy oʻzgarish qayd etildi (t = 2,71; P < 0,05). Bu esa maxsus mashqlar tezkorlik sifatini samarali rivojlantirganini bildiradi.
Turnikda tortilish testida nazorat guruhi 10,4 ± 1,1 martadan 11,2 ± 1,2 martagacha oʻsib, 7,7 % natija qayd etdi (t = 1,49; P > 0,05). Tajriba guruhida esa 10,1 ± 1,0 martadan 12,9 ± 1,1 martagacha oshib, 27,7 % lik sezilarli oʻsish kuzatildi (t = 2,58; P < 0,05). Bu natijalar maxsus kuch sifatining tajriba guruhida ancha samarali rivojlanganini koʻrsatadi. 3 daqiqalik kurash imitatsiyasi testida ham tajriba guruhi ustunligi yaqqol namoyon boʻldi. Nazorat guruhida 22,6 ± 2,0 martadan 24,1 ± 2,1 martagacha (6,6 %; t = 1,51; P > 0,05), tajriba guruhida esa 22,3 ± 1,9 martadan 26,8 ± 2,0 martagacha (20,1 %; t = 2,66; P < 0,05) oʻsish qayd etildi. MUHOKAMA Olingan natijalar taklif etilgan uslubiyatning ustunligini barcha toʻrt test boʻyicha bir xil yoʻnalishda tasdiqlaydi: tajriba guruhida nisbiy oʻsish nazorat guruhinikidan 1,6–3,6 baravar yuqori boʻldi (60 soniyalik texnik test boʻyicha 14,5 % ga qarshi 8,8 %; 30 m yugurishda 7,0 % ga qarshi 2,3 %; turnikda tortilishda 27,7 % ga qarshi 7,7 %; kurash imitatsiyasida 20,1 % ga qarshi 6,6 %). Muhimi shundaki, nazorat guruhida hech bir testda oʻzgarish statistik ishonchli darajaga yetmagan (t = 1,48–1,54; P > 0,05), tajriba guruhida esa barcha toʻrt testda ham ishonchli farq qayd etilgan (t = 2,58–2,71; P < 0,05). Eng katta farq maxsus kuch koʻrsatkichida — turnikda tortilish testida — kuzatildi. Buni rezina tasma bilan qarshilikka qarshi bajariladigan mashqlar hamda sherik qarshiligida ishlash uslubiyatning asosiy tarkibiy qismi boʻlganligi bilan izohlash mumkin (1-jadvalga qarang). Olingan natijalar A.A. Kerimovning mashgʻulot yuklamalarini bosqichma-bosqich oshirish va texnik harakatlarni koʻp marotaba takrorlash haqidagi xulosalarini hamda G. Bompaning periodizatsiya tamoyillari samaradorligi toʻgʻrisidagi qoidalarini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, tanlanma hajmining cheklanganligi (n = 8) va kuzatuv muddatining nisbatan qisqaligi olingan natijalarni kengroq umumlashtirish imkonini bermaydi. Kelgusi izlanishlarda tanlanma hajmini oshirish hamda uslubiyatning musobaqa faoliyati natijalariga uzoq muddatli ta’sirini oʻrganish maqsadga muvofiq. XULOSA Umumiy tahlil shuni koʻrsatadiki, nazorat guruhida barcha koʻrsatkichlar tabiiy rivojlanish hisobiga kichik oʻsish bilan cheklangan boʻlsa, tajriba guruhida maxsus ishlab chiqilgan mashgʻulot uslubiyati asosida barcha testlarda sezilarli va statistik ishonchli ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi (P < 0,05). Bu esa taklif etilgan metodikaning yosh kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda samarali ekanligini tasdiqlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Kerimov F.A. Yakka kurash elementlariga ega boʻlgan harakatli oʻyinlar. Ilmiy texnika axboroti-press, 2020.-79 b. 2. Kerimov F. A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. Toshkent, 2021, 334 b. 3. T.S.Toʻychiyev “Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻsmir dzyudochilarning jismoniy rivojlanishini aniqlash usullari”. Namangan davlat universiteti Hududiy ilmiy-nazariy anjuman. 2022. 553- 559-betlar https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAA J&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:d1gkVwhDpl0C 4. T.S.Toʻychiyev Malakali kurashchilarda texnik va taktik tayyorgarligini innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash usullari. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi . 2019.2- soni 230-235-betlar.
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAA J&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:qxL8FJ1GzNcC 5. T.S.Toʻychiyev Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻsmirlarda dzyudo sport toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishda umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi tamoyilini ahamiyati. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi . 2022.11 son 456-461-betlar. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAA J&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:d1gkVwhDpl0C 6. Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar va oʻsmirlarni jismoniy shakllantirishda zamonaviy dzyudo pedagogik texnologiya elementlarini qoʻllashning afzalliklari. “Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi muammolari: tarix, zamonaviylik, kelajak”. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 2022. 351-358-betlar. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAAJ& pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:qjMakFHDy7sC 7. Ko‘zi ojiz va zaif koʻruvchi oʻsmir dzyudochilarning sport toʻgarak mashgʻulotlarida jismoniy rivojlanishini aniqlash usullari.2022 https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAAJ& pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:UeHWp8X0CEIC
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Kerimov F.A. Yakka kurash elementlariga ega boʻlgan harakatli oʻyinlar. Ilmiy texnika axboroti-press, 2020.-79 b.
- Kerimov F. A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. Toshkent, 2021, 334 b.
- T.S.Toʻychiyev “Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻsmir dzyudochilarning jismoniy rivojlanishini aniqlash usullari”. Namangan davlat universiteti Hududiy ilmiy-nazariy anjuman. 2022. 553- 559-betlar https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAA J&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:d1gkVwhDpl0C
- T.S.Toʻychiyev Malakali kurashchilarda texnik va taktik tayyorgarligini innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash usullari. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. 2019.2- soni 230-235-betlar. RESEARCH FOCUS | VOLUME 5 | ISSUE 6 | 2026 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.45) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV80.58) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAA J&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:qxL8FJ1GzNcC
- T.S.Toʻychiyev Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻsmirlarda dzyudo sport toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishda umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi tamoyilini ahamiyati. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi . 2022.11 son 456-461-betlar. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAA J&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:d1gkVwhDpl0C
- Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar va oʻsmirlarni jismoniy shakllantirishda zamonaviy dzyudo pedagogik texnologiya elementlarini qoʻllashning afzalliklari. “Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi muammolari: tarix, zamonaviylik, kelajak”. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 2022. 351-358-betlar. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAAJ& pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:qjMakFHDy7sC
- Ko‘zi ojiz va zaif koʻruvchi oʻsmir dzyudochilarning sport toʻgarak mashgʻulotlarida jismoniy rivojlanishini aniqlash usullari.2022 https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=RCX7d0MAAAAJ& pagesize=80&citation_for_view=RCX7d0MAAAAJ:UeHWp8X0CEIC
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013524
- Nashr sanasi
- 2026-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i6.2410
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 227–232
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06