Comparative evaluation of the efficacy of different anthelmintic drugs against ovine dictyocaulosis
SHARIPOVA Laylo Sh.1, YULDASHEV Nurbek E.22026
- 1Scientific-Research Institute of Veterinary, Uzbekistan
- 2Tashkent Branch of Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology, Uzbekistan
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 7Sahifa 57–61
Annotatsiya
Mazkur maqolada qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, diktiokaulyoz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, kasallikning uchrash darajasi 18,7–75,5 % ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlarda kasallikning ekstensivligi ayrim hududlarda 65,5 % gacha yetishi qayd etilgan. Shunga qaramay, hozirgi davrda respublikaning turli hududlarida diktiokaulyozning zamonaviy epizootik holati, tarqalish xususiyatlari, shuningdek amaliyotda qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarining samaradorligi va ularga nisbatan parazitlarning rezistentlik darajasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda chorva hayvonlari gelmintozlariga qarshi veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilayotgan Rossiya Federatsiyasining «Nita-Farm» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan LEVAMIZOL 75 va RIKAZOL®, shuningdek Xitoyda ishlab chiqarilgan IVERMEC 1 % antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligi o‘rganildi va olingan natijalar tahlil qilindi.
Boshqa tillarda
inglizchaComparative evaluation of the efficacy of different anthelmintic drugs against ovine dictyocaulosis
This article presents the results of a comparative evaluation of the therapeutic efficacy of different anthelmintic drugs used for the control of ovine dictyocaulosis. A review of the available literature indicates that dictyocaulosis is widely distributed worldwide, with the prevalence of infection ranging from 18.7 to 75.5 per cent. Previous studies conducted in the Republic of Uzbekistan reported that the extent of invasion reached up to 65.5 per cent in certain regions. However, the current epizootic status of ovine dictyocaulosis, its distribution across different regions of the country, as well as the efficacy of commonly used anthelmintic drugs and the level of parasite resistance to them, remain insufficiently investigated. The present study comparatively evaluated the therapeutic efficacy of LEVAMISOLE 75 and RICAZOL®, manufactured by Nita-Farm LLC (Russian Federation), and IVERMEC 1 %, manufactured in the People‘s Republic of China. All of these drugs are officially registered in the Republic of Uzbekistan and are widely used in veterinary practice.
o‘zbekQo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi qo‘llanilgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy samaradorligi
Mazkur maqolada qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, diktiokaulyoz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, kasallikning uchrash darajasi 18,7–75,5 % ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlarda kasallikning ekstensivligi ayrim hududlarda 65,5 % gacha yetishi qayd etilgan. Shunga qaramay, hozirgi davrda respublikaning turli hududlarida diktiokaulyozning zamonaviy epizootik holati, tarqalish xususiyatlari, shuningdek amaliyotda qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarining samaradorligi va ularga nisbatan parazitlarning rezistentlik darajasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda chorva hayvonlari gelmintozlariga qarshi veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilayotgan Rossiya Federatsiyasining «Nita-Farm» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan LEVAMIZOL 75 va RIKAZOL®, shuningdek Xitoyda ishlab chiqarilgan IVERMEC 1 % antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligi o‘rganildi va olingan natijalar tahlil qilindi.
ruschaСравнительная оценка эффективности различных антигельминтных препаратов при диктиокаулёзе овец
В данной статье представлены результаты сравнительной оценки терапевтической эффективности различных антигельминтных препаратов, применяемых для борьбы с диктиокаулёзом овец. Анализ литературных данных свидетельствует о том, что диктиокаулёз широко распространён во многих странах мира, а уровень заражённости животных варьирует от 18,7 до 75,5 %. Согласно ранее проведённым исследованиям в Республике Узбекистан, экстенсивность инвазии в отдельных регионах достигала 65,5 %. Вместе с тем современное эпизоотическое состояние диктиокаулёза, особенности его распространения в различных регионах республики, а также эффективность применяемых антигельминтных препаратов и уровень резистентности паразитов к ним изучены недостаточно. В ходе исследований была проведена сравнительная оценка терапевтической эффективности препаратов ЛЕВАМИЗОЛ 75 и РИКАЗОЛ®, производимых ООО «Нита-Фарм» (Российская Федерация), а также препарата IVERMEC 1 %, произведённого в Китайской Народной Республике.
Kalit so‘zlar
- sheep
- helminth
- helminthiasis
- dictyocaulosis
- larva
- geohelminth
- Dictyocaulus filaria
- prevalence of infection
- intensity of infection
- deworming
- LEVAMISOLE 75
- RICAZOL®
- IVERMEC 1 %
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Available online at https://refocus.uz/ Vol. 5, Issue 7, 2026 ISSN 2181-3833 | Uzbekistan https://refocus.uz/
R E S E A R C H A R T I C L E • PEER-REVIEW ED • OPEN ACCESS • HAC/OAK 16.00.00 — VETERINARY SCIENCES • UDC: 619:616.995.132.6:615.284
Comparative evaluation of the efficacy of different anthelmintic drugs against ovine dictyocaulosis Qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi qo‘llanilgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy samaradorligi Сравнительная оценка эффективности различных антигельминтных препаратов при диктиокаулёзе овец Laylo Sh. SHARIPOVA1, Nurbek E. YULDASHEV2 Scientific-Research Institute of Veterinary, Uzbekistan Tashkent Branch of Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology, Uzbekistan
ARTICLE TYPE Research Article LANGUAGE OF FULL TEXT O‘zbekcha (UZ) SCIENTIFIC FIELD / OAK ☑ 16.00.00 – Veterinary Sciences Veterinariya fanlari HAC Presidium decision No. 371/5, 13.06.2025 UDC / UDK 619:616.995.132.6:615.284
ARTICLE HISTORY Received: 2026-07-10 Revised: 2026-07-24 Accepted: 2026-07-30 Published: 2026-07-31
DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus.V5I7.0710
Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0). This is an open access article distributed under the terms of the CC BY 4.0 licence.
AU T H O R, TI TL E AN D AB S T R AC T M E T AD AT A (EN / UZ / RU)
ENGLISH Laylo Sh. SHARIPOVA1, Nurbek E. YULDASHEV2 1 Scientific-Research Institute of Veterinary, Uzbekistan Tashkent Branch of Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and
Abstract. This article presents the results of a comparative evaluation of the therapeutic efficacy of different anthelmintic drugs used for the control of ovine dictyocaulosis. A review of the available literature indicates that dictyocaulosis is widely distributed worldwide, with the prevalence of infection ranging from 18.7 to 75.5 per cent. Previous studies conducted in the Republic of Uzbekistan reported that the extent of invasion reached up to 65.5 per cent in certain regions. However, the current epizootic status of ovine dictyocaulosis, its distribution across different regions of the country, as well as the efficacy of commonly used anthelmintic drugs and the level of parasite resistance to them, remain insufficiently investigated. The present study comparatively evaluated the therapeutic efficacy of LEVAMISOLE 75 and RICAZOL®, manufactured by Nita-Farm LLC (Russian Federation), and IVERMEC 1 %, manufactured in the People's Republic of China. All of these drugs are officially registered in the Republic of Uzbekistan and are widely used in veterinary practice. Keywords: sheep; helminth; helminthiasis; dictyocaulosis; larva; geohelminth; Dictyocaulus filaria; prevalence of infection; intensity of infection; deworming; LEVAMISOLE 75; RICAZOL®; IVERMEC 1 %
O‘ZBEKCHA SHARIPOVA Laylo Sharipovna1, YO‘LDASHEV Nurbek Ergashevich2 1 Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali, O‘zbekiston
Annotatsiya. Mazkur maqolada qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, diktiokaulyoz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, kasallikning uchrash darajasi 18,7–75,5 % ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlarda kasallikning ekstensivligi ayrim hududlarda 65,5 % gacha yetishi qayd etilgan. Shunga qaramay, hozirgi davrda respublikaning turli hududlarida diktiokaulyozning zamonaviy epizootik holati, tarqalish xususiyatlari, shuningdek amaliyotda qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarining samaradorligi va ularga nisbatan parazitlarning rezistentlik darajasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda chorva hayvonlari gelmintozlariga qarshi veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilayotgan Rossiya Federatsiyasining «Nita-Farm» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan LEVAMIZOL 75 va RIKAZOL®, shuningdek Xitoyda ishlab chiqarilgan IVERMEC 1 % antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligi o‘rganildi va olingan natijalar tahlil qilindi.
How to cite / Iqtibos keltirish / Как цитировать: SHARIPOVA, L. Sh., YULDASHEV, N. E. (2026). Comparative evaluation of the efficacy of different anthelmintic drugs against ovine dictyocaulosis. Research Focus International Scientific Journal, 5(7), 57–61. https://doi.org/10.66073/ReFocus.V5I7.0710 © 2026 The Author(s). Published by Research Focus International Scientific Journal. Open access article under the CC BY 4.0 licence. HAC / OAK: On the HAC list of national scientific publications (Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan) for 06.00.00 Agricultural Sciences and 16.00.00 Veterinary Sciences. O‘zbekiston Respublikasi FA huzuridagi OAK ro‘yxatida: 06.00.00 – Qishloq xo‘jaligi fanlari; 16.00.00 – Veterinariya fanlari.
Kalit so‘zlar: qo‘ylar; gelmint; gelmintoz; diktiokaulyoz; lichinka; geogelmint; Dictyocaulus filaria; invaziya ekstensivligi; invaziya intensivligi; degelmintizatsiya; LEVAMIZOL 75; RIKAZOL®; IVERMEC 1 %
РУССКИЙ ШАРИПОВА Лайло Шариповна1, ЮЛДАШЕВ Нурбек Эргашевич2 Научно-исследовательский институт ветеринарии, Узбекистан Ташкентский филиал Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий, Узбекистан
Аннотация. В данной статье представлены результаты сравнительной оценки терапевтической эффективности различных антигельминтных препаратов, применяемых для борьбы с диктиокаулёзом овец. Анализ литературных данных свидетельствует о том, что диктиокаулёз широко распространён во многих странах мира, а уровень заражённости животных варьирует от 18,7 до 75,5 %. Согласно ранее проведённым исследованиям в Республике Узбекистан, экстенсивность инвазии в отдельных регионах достигала 65,5 %. Вместе с тем современное эпизоотическое состояние диктиокаулёза, особенности его распространения в различных регионах республики, а также эффективность применяемых антигельминтных препаратов и уровень резистентности паразитов к ним изучены недостаточно. В ходе исследований была проведена сравнительная оценка терапевтической эффективности препаратов ЛЕВАМИЗОЛ 75 и РИКАЗОЛ®, производимых ООО «Нита-Фарм» (Российская Федерация), а также препарата IVERMEC 1 %, произведённого в Китайской Народной Республике. Ключевые слова: овцы; гельминт; гельминтоз; диктиокаулёз; личинка; геогельминт; Dictyocaulus filaria; экстенсивность инвазии; интенсивность инвазии; дегельминтизация; ЛЕВАМИЗОЛ 75; РИКАЗОЛ®; IVERMEC 1 %
1. MAVZUNING DOLZARBLIGI Relevance of the topic Dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi hayvonlarining parazitar kasalliklarini tarqalishini o‘rganish, davolash va qarshi kurashishning optimal muddatlarini ishlab chiqish hamda ularni profilaktika qilish bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining arealini, tur tarkibini va bioekologik xususiyatlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga qarshi ilmiy asoslangan kurashish, davolash va oldini olish choralarini hududlarning biogeografik va ekologik holatini baholash bilan birga olib borish yuqori samara beradi. Respublikamizda mustaqillik yillarida agrosanoat majmuining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan chorvachilikni rivojlantirish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan rejali chora-tadbirlar natijasida chorva mollarining yuqumli, yuqumsiz va invazion kasalliklarga chalinishi sezilarli darajada kamayib, chorva mollari soni oshdi. Shu bilan birga, mamlakatimizga keyingi 20 yilda chetdan turli zotga mansub qoramollar, qo‘y-echkilar va boshqa chorva hayvonlarining olib kelinayotgani, chorvachilikda xo‘jalik yuritish shakllarining (aholi, fermer, dehqon, klaster) rivojlanib borayotgani chorva mollarining turli parazitar kasalliklari tarqalish darajasini o‘rganish hamda ularga qarshi davolash va profilaktika chora-tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan izlanishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini bildiradi.
2. ADABIYOTLAR TAHLILI Literature review Mualliflarning tahlillariga ko‘ra, bugungi kunda respublikamiz sharoitida chorva hayvonlarining turli gelmintoz kasalliklariga qarshi 240 dan ortiq antgelmint vosita qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu antgelmint vositalarning 200 dan ortig‘i chetdan valyuta hisobiga kirib kelsa, 40 tasi respublikamizda ishlab chiqariladi. Shuningdek, qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarning 110 tasi suspenziya shaklida, 48 tasi tabletka, 41 tasi bolyus, 15 tasi granula, 11 tasi eritma va qolganlari gel, pasta hamda tomchi shakllarida qo‘llaniladi [3].
Bugungi kunda gelmintozlarga qarshi qo‘llanilayotgan antgelmint vositalar — albendazol (alben, albenol, albet, valbazen, orivermin), fenbendazol (panakur, fenkur, vermitan), mebendazol (mebenvet), kambendazol (kamban, MK-905), parbendazol (gelmatak, verminum), asetamizol (2-ASB), shuningdek nilverm (tetramizol, nemitsid, nilzan, orovermol, sitarin, askaridil, apperkal, konkurat, dikaris, veterin-vermizol, vetanizol) kimyoviy jihatdan benzimidazollar guruhiga mansub bo‘lib, ular turli gelmintozlarni davolash va oldini olishda qo‘llanilib kelinmoqda [2]. Ba’zi mualliflar mayda shoxli mollarning diktiokaulyoziga qarshi kurashish uchun levamizol va oksfendazol asosidagi kombinatsiyalangan preparat — levoksni qo‘llaganlar; invaziya intensivligi 97,88 % bo‘lganda 4,25 mg/kg dozada 90 %, 5,31 mg/kg dozada esa 100 % samaradorlikka erishilgan [1]. Boshqa tadqiqotchilar ta’kidlashicha, levamizol jinsiy voyaga yetgan diktiokaulalarga jinsiy voyaga yetmaganlariga nisbatan samaraliroqdir [7]. Tadqiqotchilar kavsh qaytaruvchi hayvonlarning diktiokaulyoziga qarshi ivermektin preparatlarining yuqori samaradorlikka egaligini qayd etishgan [9, 10]. Shuningdek, diktiokaulyoz va boshqa gelmintozlarning oldini olish uchun ivermektin kapsulalarini 1,7 mg/kg dozada 100 kun davomida qo‘llash orqali samarali natija olingani ko‘rsatilgan [8]. Ko‘pgina tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘zilarning diktiokaulyozdan o‘lim darajasi kasal hayvonlar sonining 12 foizini tashkil qiladi. Turli yillarda qo‘ylar o‘limining 25–82 % diktiokaulyoz tufayli sodir bo‘lgani, diktiokaulyoz bilan zararlangan yosh hayvonlarning tirik vazni ortishi 38 foizdan ko‘proq kamayishi qayd etilgan [5]. Qo‘ylar diktiokaulyozining epizootik xususiyatlarini kengroq o‘rganish, kasallikning tarqalish qonuniyatlarini aniqlash hamda samarali profilaktika va davolash choralarini ishlab chiqish chorvachilikda iqtisodiy zararlarni kamaytirish va sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
3. MATERIALLAR VA METODLAR Materials and methods Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi «HOLTORAEV OYBEK-HM» fermer xo‘jaligidan 96 bosh qo‘ydan tezak namunalari olindi va gelmintolarvoskopik usullardan Berman-Orlovning O‘zVITI da modifikatsiyalangan usulida tekshirildi. Tekshirish natijalariga ko‘ra, 96 bosh qo‘ydan 54 boshi (56,2 %) diktiokaulyoz bilan ekstens zararlangani aniqlandi. Har bir qo‘yning yoshi, rangi va birka raqami qayd etilib, olingan tezak namunasi laboratoriya sharoitida tekshirildi. Diktiokaulalar bilan zararlangan 54 bosh qo‘y to‘rt guruhga — uchta tajriba guruhiga 13 boshdan hamda bitta nazorat guruhiga 8 bosh qilib ajratildi. Birinchi tajriba guruhidagi qo‘ylarga IVERMEC 1 % preparatidan 10 kg tirik vazniga 0,2 ml teri ostiga, ikkinchi tajriba guruhidagi qo‘ylarga LEVAMIZOL 75 preparatidan 10 kg tirik vazn hisobidan 1 ml mushak orasiga, uchinchi tajriba guruhidagi qo‘ylarga esa 10 kg vazniga nisbatan 0,4 ml miqdorda RIKAZOL® preparati mushak orasiga qo‘llanildi. To‘rtinchi — nazorat guruhidagi 8 bosh zararlangan qo‘yga antgelmint preparatlar qo‘llanilmadi. Barcha guruhlarda preparat berilganidan 7 kun o‘tgach takroriy gelmintolarvoskopik tekshiruv o‘tkazildi.
4. NATIJALAR VA MUHOKAMA Results and discussion Tajriba natijalari 1-jadvalda keltirilgan. Jadval ma’lumotlarini tahlil qilsak, birinchi tajriba guruhidagi 13 bosh qo‘y gelmintolarvoskopik tekshirilganda ular 100 % diktiokaulalar bilan ekstens zararlangani, invaziyaning intensivligi esa minimal 17, maksimal 68, o‘rtacha 42 nusxani tashkil etgani aniqlandi. Ushbu guruhdagi qo‘ylarga IVERMEC 1 % antgelmint preparatidan 10 kg tirik vazniga nisbatan 0,2 ml teri ostiga yuborildi va 7 kundan keyin qayta gelmintolarvoskopik tekshiruvdan o‘tkazildi. Takroriy tekshiruv xulosasiga ko‘ra, IVERMEC 1 % antgelmint vositasining ushbu miqdori 100 foiz ekstens samara berdi. Ushbu preparat qo‘llanmasida chorva mollarining oshqozon-ichak strongilyatozlariga — bunostomum, Cooperia, chabertiya, gemonxus, nematodirus, ezofagostomum, strongilyus va trixostrongilyuslarga, shuningdek lichinkali telaziya hamda gipodermalarga va bit-kanalarga qarshi qo‘llanilishi qayd etilgan. Ammo qo‘llanmada o‘pka nematodalariga, xususan 1-jadval diktiokaulalarga qarshi qo‘llanilishi ko‘rsatilmaganligi sababli ushbu preparat ham sinovdan o‘tkazildi va uning yuqori samaradorligi haqida ma’lumotga ega bo‘lindi.
Ikkinchi tajriba guruhida 13 bosh qo‘y diktiokaulalar bilan ekstens zararlangan bo‘lib, invaziyaning intensivligi minimal 22, maksimal 57 va o‘rtacha 39 nusxani tashkil etdi. Ushbu qo‘ylarga LEVAMIZOL 75 preparatidan 10 kg vazniga 1 ml miqdorda mushak orasiga yuborildi. 7 kundan keyin takroriy gelmintolarvoskopik tekshirganda 13 bosh qo‘yning 10 tasi diktiokaulalardan to‘liq ozod bo‘lgani, 3 boshida esa diktiokaulalar aniqlanib, invaziyaning intensivligi pasaygani qayd etildi: o‘rtacha 39 nusxadan 7 nusxagacha kamaydi. LEVAMIZOL 75 antgelmint preparatining qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi ekstens samaradorligi 77 % ni tashkil etdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu preparatning qo‘llanmasida diktiokaulalarga qarshi samaradorligi qayd etilgan bo‘lsa-da, u bizning tajribalarimizda qo‘ylarni diktiokaulalardan to‘liq ozod qilmadi.
Uchinchi tajriba guruhidagi 13 bosh qo‘yda 100 foiz ekstens zararlanish hamda minimal 15, maksimal 75 va o‘rtacha 45 nusxada diktiokaula lichinkalari bilan intens zararlanish aniqlandi. So‘ngra qo‘ylarning 10 kg tirik vazniga nisbatan 0,4 ml miqdorda RIKAZOL® preparati mushak orasiga qo‘llanildi. 7 kundan keyingi gelmintolarvoskopik tekshirishda 13 bosh qo‘ydan 1 boshida (7,7 %) diktiokaulalar aniqlandi, ya’ni preparatning ekstens samaradorligi 92,3 % ni tashkil etdi.
Nazoratdagi to‘rtinchi guruhdagi zararlangan qo‘ylarga antgelmint preparatlar qo‘llanilmadi. Dastlabki tekshirishda ushbu guruhda 8 bosh qo‘y diktiokaulalar bilan zararlangan bo‘lib, invaziyaning intensivligi minimal 18, maksimal 56 va o‘rtacha 35 nusxani tashkil etdi. 7 kundan keyingi takroriy gelmintolarvoskopik tekshirishda zararlangan qo‘ylar soniga yana 7 bosh qo‘shilib, ularning umumiy soni 15 taga yetdi. Invaziyaning intensivligi ham ortdi: maksimal 56 nusxadan 62 nusxagacha va o‘rtacha 35 nusxadan 40 nusxagacha ko‘paydi. Bu esa davolanmagan oilalarda invaziya o‘z-o‘zidan kamaymasligini, aksincha kuchayib borishini ko‘rsatadi.
Yuqorida qiyosiy o‘rganilgan uchta antgelmint preparat orasida Xitoyda ishlab chiqarilgan IVERMEC 1 % preparati diktiokaulyozga qarshi eng samarador antgelmint vosita ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi IVERMEC 1 %, LEVAMIZOL 75 va RIKAZOL® antgelmint vositalari samaradorligini qiyosiy o‘rganish natijalari / Table 1. Comparative efficacy of IVERMEC 1 %, LEVAMISOLE 75 and RICAZOL® against ovine dictyocaulosis
Guruh vositalar nomi, Qo‘ylar raqami miqdori va soni IE qo‘llanish shakli soni % min 1-tajriba IVERMEC 1 % — 13 13 100 17 guruhi 10 kg / 0,2 ml, teri ostiga 2-tajriba LEVAMIZOL 75 — 13 13 100 22 guruhi 10 kg / 1,0 ml, mushak orasiga 3-tajriba RIKAZOL® — 10 13 13 100 15 guruhi kg / 0,4 ml, mushak orasiga Nazorat — 8 8 100 18 guruhi IE — invaziya ekstensivligi; II — invaziya intensivligi (bir namunadagi lichinkalar soni).
1. Qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi qiyosiy sinovdan o‘tkazilgan uch turdagi antgelmint preparat orasida Xitoyda ishlab chiqarilgan IVERMEC 1 % preparati (10 kg tirik vazniga 0,2 ml, teri ostiga
Antgelmintlar berilgach 7 kundan keyin Samaradorlik, II IE II % ES mak o‘rtacha soni % min mak o‘rtacha 68 42 — — — — — 100
yuborilganda) eng yuqori terapevtik samaradorlikni namoyon etib, 100 % ekstensiv samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi. 2. Rossiya Federatsiyasining «Nita-Farm» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan RIKAZOL® preparati (10 kg tirik vazniga 0,4 ml, mushak orasiga yuborilganda) qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi 92,3 % ekstensiv samaradorlik ko‘rsatdi.
3. Rossiya Federatsiyasining «Nita-Farm» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan LEVAMIZOL 75 preparati (10 kg tirik vazniga 1,0 ml, mushak orasiga yuborilganda) qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi 77,0 % ekstensiv samaradorlik ko‘rsatgani aniqlandi.
DECLARATIONS Declarations Author contributions CRediT Conceptualization; Methodology; Investigation; Data curation; Formal analysis; Writing – original draft; Writing – review & editing. All authors have read and agreed to the published version of the manuscript. Funding This research received no external funding. Ethics approval The study was carried out on a commercial sheep farm as part of ordinary therapeutic deworming practice, in accordance with the veterinary and sanitary requirements in force in the Republic of Uzbekistan and with the agreement of the owner of the farm. All preparations were used at the doses and by the routes stated in their registered instructions. No human participants were involved. Informed consent All authors have read and approved the final version of the manuscript and have given their consent to its submission and publication. The owner of the farm agreed to the trial and to the publication of the results. The study involved no human participants and no personal data.
Data availability statement All data supporting the findings of this study are presented in the table of the article and are available from the corresponding author upon reasonable request. Conflict of interest The authors declare no conflict of interest. The manufacturers of the preparations tested had no part in the design of the study, in the collection or analysis of the data or in the preparation of the manuscript. Acknowledgements The authors thank the management and staff of the HOLTORAEV OYBEK-HM farm of the Akhangaran district for their assistance in carrying out the trial. Generative AI disclosure Generative AI was used only partially. The authors used Claude (Anthropic, Opus 5) for language editing, formatting of the reference list and preparation of the English and Russian metadata. No text, data, figures or conclusions were generated by AI. The authors reviewed and verified all output and take full responsibility for the content of the publication.
EXTENDED SUMMARY IN ENGLISH Kengaytirilgan inglizcha xulosa / Расширенный реферат на английском языке Purpose and research problem A wide range of measures is being carried out worldwide to study the distribution of parasitic diseases of farm animals, to determine the optimal timing of treatment and control and to prevent these diseases. Timely determination of the range, species composition and bioecological characteristics of the pathogens, combined with an assessment of the biogeographical and ecological state of the territories concerned, gives the highest effect. In Uzbekistan extensive measures have been carried out to develop animal husbandry, and as a result the incidence of infectious, non-infectious and invasive diseases of livestock has fallen appreciably while animal numbers have grown. At the same time, the import of cattle, sheep and goats of various breeds over the past twenty years and the development of different forms of farming — household, farmer, dehqan and cluster — make it necessary to study the distribution of parasitic diseases and to improve treatment and preventive measures. According to the literature, dictyocaulosis is widespread in many countries, with prevalence between 18.7 and 75.5 per cent, and earlier studies in Uzbekistan recorded an extent of invasion of up to 65.5 per cent in certain regions; nevertheless the present epizootic status of the disease, the features of its distribution and the efficacy of the anthelmintics used in practice, together with the level of parasite resistance to them, remain insufficiently studied. The aim of this work was to compare the therapeutic efficacy of three anthelmintic preparations registered in the Republic of Uzbekistan — LEVAMISOLE 75 and RICAZOL®, produced by Nita-Farm LLC of the Russian Federation, and IVERMEC 1 %, produced in China — against dictyocaulosis of sheep. Materials and methods Faecal samples were collected from 96 sheep on the HOLTORAEV OYBEK-HM farm in the Akhangaran district of the Tashkent region and examined by the helmintholarvoscopic method of Berman and Orlov as modified at the Scientific-Research Institute of Veterinary. The age, colour and ear-tag number of each sheep were recorded. Examination showed that 54 of the 96 sheep, or 56.2 per cent, were infected with Dictyocaulus. The 54 infected sheep were divided into four groups: three experimental groups of 13 head each and one control group of 8 head. Sheep of the first experimental group received IVERMEC 1 %
subcutaneously at 0.2 ml per 10 kg of live weight; sheep of the second group received LEVAMISOLE 75 intramuscularly at 1.0 ml per 10 kg of live weight; sheep of the third group received RICAZOL® intramuscularly at 0.4 ml per 10 kg of live weight. The eight infected sheep of the fourth, control group received no anthelmintic. Seven days after treatment all groups were re-examined by the same helmintholarvoscopic method, and both the extent of invasion (the proportion of infected animals) and the intensity of invasion (the number of larvae per sample, recorded as minimum, maximum and mean) were determined before and after treatment.
Results and discussion Before treatment all four groups were 100 per cent infected. In the first experimental group the intensity of invasion was 17 larvae at minimum, 68 at maximum and 42 on average; seven days after subcutaneous administration of IVERMEC 1 % at 0.2 ml per 10 kg no larvae were detected in any animal, giving an extensive efficacy of 100 per cent. It should be noted that the manufacturer's instruction for this preparation lists activity against gastrointestinal strongylatoses — Bunostomum, Cooperia, Chabertia, Haemonchus, Nematodirus, Oesophagostomum, Strongylus and Trichostrongylus — and against Thelazia larvae, Hypoderma and lice and mites, but does not mention lung nematodes and in particular Dictyocaulus; the preparation was therefore included in the trial, and its high efficacy against this parasite was established. In the second experimental group the intensity of invasion before treatment was 22 at minimum, 57 at maximum and 39 on average; seven days after intramuscular administration of LEVAMISOLE 75 at 1.0 ml per
10 kg, 10 of the 13 sheep were completely free of Dictyocaulus while larvae were still detected in three animals, the mean intensity falling from 39 to 7 larvae; the extensive efficacy was 77.0 per cent. Although the instruction for this preparation states activity against Dictyocaulus, in the present experiment it did not free the sheep of the parasite completely. In the third experimental group the intensity of invasion before treatment was 15 at minimum, 75 at maximum and 45 on average; seven days after intramuscular administration of RICAZOL® at 0.4 ml per 10 kg, larvae were found in only one of the 13 sheep, that is in 7.7 per cent, corresponding to an extensive efficacy of 92.3 per cent. In the untreated control group all eight sheep remained 100 per cent infected after seven days, and the intensity of invasion rose from a maximum of 56 to 62 larvae and from a mean of 35 to 40 larvae, confirming that the reduction observed in the experimental groups was due to the preparations and not to natural fluctuation. Of the three anthelmintics compared, IVERMEC 1 %, produced in China, proved to be the most effective against ovine dictyocaulosis.
Conclusion and contribution Of the three anthelmintic preparations subjected to comparative testing against ovine dictyocaulosis, IVERMEC 1 %, produced in China and administered subcutaneously at 0.2 ml per 10 kg of live weight, showed the highest therapeutic efficacy, with an extensive efficacy of 100 per cent. RICAZOL®, produced by Nita-Farm LLC of the Russian Federation and administered intramuscularly at 0.4 ml per 10 kg of live weight, showed an extensive efficacy of 92.3 per cent against ovine dictyocaulosis. LEVAMISOLE 75, produced by the same company and administered intramuscularly at 1.0 ml per 10 kg of live weight, showed an extensive efficacy of 77.0 per cent. The practical contribution of this work is twofold: it establishes a clear efficacy ranking for three preparations that are actually on the Uzbek market, and it documents that a preparation whose label makes no claim against lung nematodes nevertheless cleared Dictyocaulus completely, while a preparation that does carry such a claim did not.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar21 ta adabiyot
- References (original language)
- Аранов В.В., Диденко П.П., Белоусов Н.Н. Левокс при диктиока- улёзе овец и токсокарозе собак. Ветеринария, 2001, № 5, с. 34–35.
- Йўлдошев Н.Э. Гельминтозларга қарши курашишнинг замонавий услуб ва воситалари: вет. фан. док. дисс. Самарқанд, 2018, б. 37–
- Йўлдошев Н.Э., Эшмуродов С.Х., Яхшиева Д.А. Республикамиз ветеринария амалиётида қўлланилаётган антгельминт препа- ратларнинг доривор шакллари бўйича ўтказилган таҳлилий ўрга- нишлар. Veterinariya meditsinasi, 2024, № 4, б. 32–33.
- Орипов А.О., Давлатов Р.Б., Йўлдошев Н.Э. Ветеринария гель- минтологияси. Тошкент, 2016, 384 б.
- Панасюк Д.И., Шильников В.И. Диктиокаулёзы и пути их ликви- дации. Москва, Колос, 1966, с. 4–7.
- Шеховцов В.С. Эффективность ивомека при лёгочных и кишеч- ных стронгилятозах овец. Бюллетень Всесоюзного института гельминтологии им. К.И. Скрябина, 1988, вып. 49, с. 59–62.
- Bhat T.K., Sharma R.L., Dhar D.N. Levamisole: evaluation of anthel- mintic activity in lambs. Indian Veterinary Journal, 1987, p. 64.
- Rehbein S., Visser M. Efficacy of ivermectin delivered via a con- trolled-release capsule against small lungworms (Protostrongylidae) in sheep. Parasitology, 2003, no. 127, pp. 179–187.
- Swan E. Efficacy of ivermectin against internal parasites of sheep. Journal of the South African Veterinary Association, 1984, no. 55, pp. 165–169.
- Yazwinski T.A. Antiparasitic efficacy studies in ruminants. 1986, pp. 186–187. REFERENCES (ROMAN SCRIPT) Transliterated list — required by Scopus and Web of Science
- Aranov V.V., Didenko P.P., Belousov N.N. Levoks pri diktiokauleze ovets i toksokaroze sobak [Levox in ovine dictyocaulosis and canine toxocarosis]. Veterinariya, 2001, no. 5, pp. 34–35. (in Russian)
- Yuldashev N.E. Gelmintozlarga qarshi kurashishning zamonaviy uslub va vositalari [Modern methods and means of controlling helmin- thiases]. DSc dissertation. Samarkand, 2018, pp. 37–43. (in Uzbek)
- Yuldashev N.E., Eshmurodov S.Kh., Yakhshieva D.A. Respublikamiz veterinariya amaliyotida qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarning dorivor shakllari bo‘yicha o‘tkazilgan tahliliy o‘rganishlar [Analytical study of the dosage forms of anthelmintic preparations used in veteri- nary practice in Uzbekistan]. Veterinariya meditsinasi, 2024, no. 4, pp. 32–33. (in Uzbek)
- Oripov A.O., Davlatov R.B., Yuldashev N.E. Veterinariya gelmin- tologiyasi [Veterinary helminthology]. Tashkent, 2016, 384 p. (in Uz- bek)
- Panasyuk D.I., Shilnikov V.I. Diktiokaulezy i puti ikh likvidatsii [Dic- tyocauloses and ways of eliminating them]. Moscow, Kolos, 1966, pp. 4–7. (in Russian)
- Shekhovtsov V.S. Effektivnost ivomeka pri legochnykh i kishechnykh strongilyatozakh ovets [Efficacy of Ivomec in pulmonary and intesti- nal strongylatoses of sheep]. Byulleten VIGIS, 1988, iss. 49, pp. 59–
- Bhat T.K., Sharma R.L., Dhar D.N. Levamisole: evaluation of anthel- mintic activity in lambs. Indian Veterinary Journal, 1987, p. 64.
- Rehbein S., Visser M. Efficacy of ivermectin delivered via a con- trolled-release capsule against small lungworms (Protostrongylidae) in sheep. Parasitology, 2003, no. 127, pp. 179–187.
- Swan E. Efficacy of ivermectin against internal parasites of sheep. Journal of the South African Veterinary Association, 1984, no. 55, pp. 165–169.
- Yazwinski T.A. Antiparasitic efficacy studies in ruminants. 1986, pp. 186–187.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013539
- Nashr sanasi
- 2026-08-05
- Til
- inglizcha
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus.v5i7.0710
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 57–61
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-27 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06