Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI

Saipova Tozagul Risboy qiziToshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika psixologiya va boshlang‘ich ta‘lim” kafedrasi o‘qituvchisi2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 223–226

Annotatsiya

Ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida tarbiya berishning yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy kamolotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Oila, ta‘lim muassasalari, mahalla hamda ommaviy axborot vositalarining milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni zamonaviy ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ВОСПИТАНИЯ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ

В данной статье рассматриваются роль и значение воспитания на основе национальных ценностей в духовно-нравственном развитии молодого поколения. Проанализирована роль семьи, образовательных учреждений, махалли, а также средств массовой информации в формировании у молодежи уважения к национальным ценностям. Кроме того, освещены вопросы формирования национального самосознания в условиях глобализации, сохранения национальных ценностей и их интеграции в современный образовательный процесс.

inglizchaTHE ROLE AND SIGNIFICANCE OF UPBRINGING BASED ON NATIONAL VALUES

This article examines the role and significance of education based on national values in the spiritual and moral development of the younger generation. It analyzes the contribution of the family, educational institutions, the mahalla community, and the mass media to fostering national values among young people. The paper also discusses the issues of developing national identity in the context of globalization, preserving national values, and integrating them into the modern educational process.

Kalit so‘zlar

  • milliy qadriyat
  • tarbiya
  • ma‘naviyat
  • yoshlar
  • oila
  • ta‘lim
  • milliy o‘zlik
  • vatanparvarlik
  • odob-axloq
  • globallashuv

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK 37.017 MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI Tozagul Saipova Risboy qizi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika, psixologiya va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.21934080 Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida tarbiya berishning yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamolotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Oila, ta’lim muassasalari, mahalla hamda ommaviy axborot vositalarining milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: milliy qadriyat, tarbiya, ma’naviyat, yoshlar, oila, ta’lim, milliy o‘zlik, vatanparvarlik, odob-axloq, globallashuv.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ВОСПИТАНИЯ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ Тозагул Саипова Рисбой кизи Ташкентский университет экономики и педагогики, факультет педагогики, преподаватель кафедры «Педагогика, психология и начальное образование» Аннотация: В данной статье рассматриваются роль и значение воспитания на основе национальных ценностей в духовно-нравственном развитии молодого поколения. Проанализирована роль семьи, образовательных учреждений, махалли, а также средств массовой информации в формировании у молодежи уважения к национальным ценностям. Кроме того, освещены вопросы формирования национального самосознания в условиях глобализации, сохранения национальных ценностей и их интеграции в современный образовательный процесс. Ключевые слова: национальные ценности, воспитание, духовность, молодежь, семья, образование, национальное самосознание, патриотизм, нравственность, глобализация.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF UPBRINGING BASED ON NATIONAL VALUES Tozagul Saipova Risboy qizi Lecturer, Department of Pedagogy, Psychology and Primary Education, Faculty of Pedagogy, Tashkent University of Economics and Pedagogy Abstract: This article examines the role and significance of education based on national values in the spiritual and moral development of the younger generation. It analyzes the contribution of the family, educational institutions, the mahalla community, and the mass media to fostering national values among young people. The paper also discusses the issues of developing national identity in the context of globalization, preserving national values, and integrating them into the modern educational process. Keywords: national values, education, spirituality, youth, family, educational institutions, national identity, patriotism, moral education, globalization.

KIRISH Har bir xalqning taraqqiyoti uning ma’naviy qadriyatlari va yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Milliy qadriyatlar xalqning ko‘p asrlik tarixiy tajribasi, urf-odatlari, an’analari, madaniyati va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik hisoblanadi. Ushbu qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish orqali barkamol, vatanparvar, ma’naviy yetuk va mas’uliyatli shaxslarni voyaga yetkazish mumkin. Bugungi globallashuv jarayonida turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siri kuchayib borayotgan bir sharoitda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yoshlar tarbiyasiga singdirish dolzarb vazifalardan biridir. Zero, milliy qadriyatlar jamiyatning ma’naviy barqarorligi va milliy o‘zligini saqlab qolishning asosiy omillaridan sanaladi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Maqolada milliy qadriyatlar asosidagi tarbiya masalasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar [1–3], ilmiy-pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar [4–8], shuningdek, mavzuga yaqin zamonaviy ilmiy ishlar [9–17] nazariy manba sifatida tahlil qilindi. Mavzuni yoritishda nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, umumlashtirish va tizimlashtirish usullaridan foydalanildi. Tahlil oila, ta’lim muassasalari, mahalla, axborot muhiti va globallashuv omillarining tarbiyaviy ta’sirini o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqishga qaratildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA Milliy qadriyatlar asosida tarbiya berish shaxsning ma’naviy dunyosini boyitadi, unda Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, halollik, insonparvarlik, bag‘rikenglik va adolat kabi fazilatlarni shakllantiradi. Bunday tarbiya insonning hayotiy qarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va ijtimoiy mas’uliyatini his etishida muhim omil hisoblanadi [16]. Milliy tarbiyaning birlamchi va eng muhim maskani oiladir. Bola dastlab oilada milliy urfodatlar, odob-axloq me’yorlari va an’analar bilan tanishadi. Ota-onalar tomonidan farzandlarga kattalarni hurmat qilish, kichiklarga mehr ko‘rsatish, mehnatni qadrlash, saxovat, halollik va vatanparvarlik kabi fazilatlarning singdirilishi ularning kelajakdagi shaxsiy kamolotiga mustahkam zamin yaratadi [12]. Ta’lim tizimi ham milliy qadriyatlarni shakllantirishning muhim institutlaridan biridir. Maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda milliy qadriyatlarni o‘quv dasturlariga integratsiya qilish zarur. Tarix, adabiyot, ona tili, san’at va tarbiya fanlari orqali yoshlar milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. O‘qituvchilar esa nafaqat bilim beruvchi, balki yoshlarning ma’naviy kamolotiga yo‘l ko‘rsatuvchi murabbiy sifatida muhim o‘rin egallaydi [9, 11]. Mahalla institutining tarbiyaviy imkoniyatlari ham alohida ahamiyatga ega. Mahallada o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, urf-odatlar va milliy bayramlar yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini yanada kuchaytiradi. Oqsoqollar va nuroniylarning hayotiy tajribasi yosh avlod uchun muhim tarbiya maktabi hisoblanadi. Badiiy adabiyot, teatr, kino, musiqa va xalq og‘zaki ijodi ham milliy tarbiyaning samarali vositalaridandir. Buyuk mutafakkirlar va adiblar merosi orqali yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fidoyilik, ilmga intilish va ezgulik kabi yuksak fazilatlar shakllanadi [4–7]. Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Shu sababli milliy qadriyatlarni zamonaviy axborot texnologiyalari orqali targ‘ib qilish dolzarb vazifaga aylandi. Elektron kutubxonalar, raqamli ta’lim platformalari, videodarslar va

ijtimoiy tarmoqlardagi ma’rifiy loyihalar milliy qadriyatlarni keng ommalashtirish imkonini bermoqda [10]. Globallashuv jarayonida ayrim salbiy madaniy ta’sirlar yoshlar ongiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday sharoitda milliy qadriyatlar yoshlarni zararli g‘oyalar, ma’naviy tahdidlar va yot mafkuralardan himoya qiluvchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Milliy o‘zlikni anglagan, tarixini va madaniyatini qadrlaydigan yoshlar jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchilariga aylanadi [12, 13, 17]. Davlat tomonidan milliy qadriyatlarni asrash va rivojlantirishga qaratilgan islohotlar ham ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirmoqda. Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, madaniy merosni asrash, milliy bayram va an’analarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda [1–3]. XULOSA Xulosa qilib aytganda, milliy qadriyatlar asosida tarbiya berish jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti va barqaror rivojlanishining muhim omilidir. Oila, ta’lim muassasalari, mahalla, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi natijasida yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash mumkin. Milliy qadriyatlar yoshlarni Vatanga sadoqatli, ma’naviy yetuk, halol, mehnatsevar va mas’uliyatli insonlar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois milliy qadriyatlarni zamonaviy ta’lim va tarbiya tizimiga yanada chuqurroq integratsiya qilish, ularni amaliy hayotga keng tatbiq etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar17 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent, 2020.
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent, 2016.
  4. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
  5. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
  6. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: O‘qituvchi.
  7. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha metodik tavsiyalar.
  9. Saipova Tozagul Risboy qizi. Zamonaviy ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida aksiologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari. “Xalq ta’limi” ilmiy- metodik jurnali. 2026. № 2/1. www.pubedu.uz.
  10. Saipova Tozagul Risboy qizi, Toshtemirova Mohinabonu Muzaffar qizi. Aksiologik madaniyatni rivojlantirishda raqamli ta’lim muhiti va mediata’limning o‘rni. “Zamonaviy pedagogikaning dolzarb masalalari” respublika ilmiy-amaliy anjumani, 23–24 aprel 2026. https://drive.google.com/file/d/1Zes86uGEmAmLMSU64QgHZNg6-oN0loaw/view.
  11. Saipova Tozagul Risboy qizi, Nishonova Go‘zal Baxtiyor qizi. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish. “Zamonaviy pedagogikaning dolzarb masalalari” respublika ilmiy-amaliy anjumani, 23–24 aprel 2026. https://drive.google.com/file/d/1Zes86uGEmAmLMSU64QgHZNg6-oN0loaw/view.
  12. Saipova Tozagul Risboy qizi, Sultonova Ruxshona Sodiq qizi. Globallashuv sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy an’analar asosida tarbiyalashning pedagogik asoslari. “Zamonaviy pedagogikaning dolzarb masalalari” respublika ilmiy-amaliy anjumani, 23–24 aprel 2026. https://drive.google.com/file/d/1Zes86uGEmAmLMSU64QgHZNg6- oN0loaw/view.
  13. Saipova Tozagul Risboy qizi. Zamonaviy sotsiomadaniy vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini aksiologik tarbiyalashning o‘rni va ahamiyati. “Цифровая трансформация образования: вызовы и перспективы XXI века” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Moskva, 10.06.2026. B. 235–239.
  14. Saipova Tozagul Risboy qizi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisini axloqiy tarbiya subyekti sifatida rivojlantirishning pedagogik asoslari. International Journal of Scientific Researchers. Vol. 18, No. 02, July 2026, 07.07.2026. B. 48–54. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.21232065. https://www.wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR. ISSN 3030-332X.10.5281/zenodo.21232065
  15. Tozagul Saipova Risboy kizi. The essence and psychological mechanisms of moral education of primary grade students in a modern socio-cultural environment. International Journal of Law. Vol. 6, No. 7, 2026, 08.07.2026. B. 28–32. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.21254045. https://ijl-apm.com/index.php/ijl. ISSN 1694-2442.10.5281/zenodo.21254045
  16. Saipova Tozagul Risboy qizi, Ergasheva Ra’no Yergeshbayevna. O‘quv jarayonida milliy qadriyat va an’analardan foydalanish yo‘llari. Scientific Review of the Problems and Prospects of Modern Science and Education. 16th International Scientific and Practical Conference, Russia, June 2026. B. 35–38.
  17. Saipova Tozagul Risboy qizi, Xalmuxamedova Shaxnaz Nuriddinovna. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy tarbiyasi konseptlari va ularning jahon ta’lim jarayonidagi o‘rni. Scientific Review of the Problems and Prospects of Modern Science and Education. 16th International Scientific and Practical Conference, Portugal, June 2026. B. 32–36.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013523
Nashr sanasi
2026-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v5i6.2409
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
223–226
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06