Ochiq kirishMaqola
Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, Norov Mirvokhid Chariyevich, Juraeva Zilola Aramovna, Boynazarov Mekhrojmirzo Eshnazarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Qorining qo‘shma shikastlanishlari bilan 70 nafar bemorlarda noxush - salbiy oqibat omillari tadqiqotlarining prospektiv tahlili o‘tkazildi.Birinchi kecha-kunduzda bemorlar ahvolining og‘irligini baholash APACHE II va SAPS II shkalalari buyicha o‘tkazildi va uziga xos xususiyatli ishchi egri grafiklari (ROC) va egri grafik egallagan maydon bahosi (AUROC) ishlab chiqildi. Aloqalar kuchini va xususiyatini aniqlash uchun APACHE II va SAPS II shkala usullaridan foydalanildi, bir-biriga bog‘liqlik xususiyatini aniqlash uchun korrelyatsion va regression taxlillar o‘tkazildi. APACHE II va SAPS II shkalalar o‘rtasida tug‘ridan – tugri kuchli korrelyatsion aloqalar borligi aniqlandi (ch=0,851). Jarrohlik taktikasini ishlab chiqish uchun, shikastlanganlarni qabul qilish vaqtida, keng tarqalgan klinik - laborator ko‘rsatkichlar: gemoglobin, gematokrit, leykotsitlar, YUKS, AB, Algover indekslari (AI) orqali sinov utkazildi. Og‘ir qo‘shma jarohatlarda shikastlanganlarning ahvoli og‘irligi oqibatini va asoratlar rivojlanishini APACHE II va SAPS II shkalalarini baholash asosida oldindan aytish imkoniyati bor deb hisoblaymiz.