Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

USMON NOSIR – O‘ZBEK PUSHKINI (BOG‘BONIN UNUTMAS NAZM BOG‘LARI)

Muxtorjonov AxmadjonNamangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi2022

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 1Son 3Sahifa 43–44

Annotatsiya

Usmon Nosir biografiyasi o‘rganilib yozgan asarlari tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaУСМОН НАСЫР - УЗБЕКСКИЙ ПУШКИНИ (НЕЗАБЫВАЕМЫЕ СТИХИ САДА)

Изучается биография Усмана Насира и анализируются его произведения.

inglizchaUSMON NASYR - UZBEK PUSHKINI (UNFORGETTABLE GARDEN POEMS)

The biography of Usman Nasir is studied and his works are analyzed.

Kalit so‘zlar

  • she‘riyat
  • iste‘dod
  • tasvirlash
  • ta‘sirchanligiga
  • poetik hodisa

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

USMON NOSIR – O‘ZBEK PUSHKINI (BOG‘BONIN UNUTMAS NAZM BOG‘LARI) Muxtorjonov Axmadjon Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7410565 Annotatsiya: Usmon Nosir biografiyasi o’rganilib yozgan asarlari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: she’riyat, iste’dod, tasvirlash, taʼsirchanligiga, poetik hodisa УСМОН НАСЫР - УЗБЕКСКИЙ ПУШКИНИ (НЕЗАБЫВАЕМЫЕ СТИХИ САДА) Аннотация: Изучается биография Усмана Насира и анализируются его произведения. Ключевые слова: поэзия, талант, описание, выразительность, поэтический феномен. USMON NASYR - UZBEK PUSHKINI (UNFORGETTABLE GARDEN POEMS) Abstract: The biography of Usman Nasir is studied and his works are analyzed. Key words: poetry, talent, description, expressiveness, poetic phenomenon.

KIRISH O‘zbek Pushkini nomini olgan, XX asr o‘zbek she’riyatiga chaqmoqdek kirib kelgan, yashindek qisqa umr kechirgan lekin o‘zidan momaqaldiroq ovozidek kuchli adabiy meros qoldirgan atoqli shoir Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan viloyati Chuqurko‘cha dahasida tavallud topgan. Otasidan erta yetim qolgan Usmonning bolaligi qiyinchilik bilan o‘tdi. Otasidan to‘rt yoshida ajralgan Usmon onasi Xolambibi Nosirhoji ismli insonga turmushga chiqishi ortidan Qo‘qonga ko‘chadi. U Qo‘qondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Tug‘ma iste’dodga ega bo‘lgan oʻsmir bola u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1929-1930 yillarrda, atigi bir yil, Moskva Kinematografiya institutining ssenariy fakultetida o‘qiydi, biroq qiyinchilik tufayli ta’lim yakunlanmaydi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. Bolaligidan sheʼrlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullanib keldi. U o‘zining ilk she’rini “Haqiqat” nomi bilan 1927-yilda “Yangi yo‘l” gazetasida e’lon qildi. 1931-yilda Fuqarolar urushiga bag‘ishlangan Norbo‘ta nomli dostonini yaratdi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „Quyosh bilan suhbat“ (1932), „Safarbar satrlar“ (1932), „Traktorobod“ (1934), „Yurak“ (1935), „Mehrim“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „Norboʻta“ (1932) va „Naxshon“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir 1937-yilning 14-iyulida „xalq dushmani“ sifatida qamoqqa olindi va Toshkent, Magadan, Kemerovo turmalarida yotdi. Nohaq tuhmatlar uning vujudini kemira bordi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin boʻlmaydigan qiynoqlarga duchor boʻlgan shoir 1944-yilda Kemerovoda halok boʻldi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. TADQIQOT NATIJALARI U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni sira susaytirmas, ichki kechinmalarni sof holda bayon qilar, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Oʻzbek sheʼriyatida tuygʻularni boricha, dolgʻali koʻrsatish anʼanasi yoʻq edi. Milliy sheʼriyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi va bu hech kim his

qilmagan ammo barchaga yod bo‘lib ketgan an’anaga aylanib ulgurgan edi. Usmon Nosir ana shu qoliplarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir boʻldi. Shoirning oʻz tuygʻularini: Sevgi! Sening shirin tilingdan Kim oʻpmagan, kim tishlamagan? Darding yoyday tilib koʻksidan, Kim qalbidan qonlar toʻkmagan? tarzida tasvirlashi miqyosi, koʻlami va taʼsirchanligiga koʻra mislsiz poetik hodisa edi. MUHOKAMA Shoirning: „Ilhomimning vaqti yoʻq selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob“ shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir. Usmon Nosir sheʼriyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning „Yurak“, „Nil va Rim“, „Monolog“, „Nasimaga deganim“, „Yana she'rimga“, „Begona“, „Yoshlik“ sigari oʻnlab bitiklarida yorqin namoyon boʻlgan[1][2]. Usmon Nosir she’riyati hech kimniga o‘xshamagani, she’rlarida shoirning tirik, otashin, isyonkor ruhi sezilib turishi bilan o‘zgacha. XULOSA So‘nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonlaridan beqiyos shoirning ijodi va shaxsiyatiga e’tibor kuchaytirildi. “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” gi PQ-125-sonli qaror qabul qilindi. Bu qarorda Namangan shahrida shoir haykali o‘rnatish bandi Usmon Nosirga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yana bir pog‘onaga oshirishi tabiiy.[3]

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.
  2. Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „Oʻqituvchi“. 2000.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.02.2022-yildagi PQ-125-sonli qarori

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013727
Nashr sanasi
2022-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v1i3.2791
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
43–44
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11