Maxmudova Z.V., Olimjonova S.G‘., Olimova U.G‘. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi kunda qandli diabet kasalligini ko‘plab insonlarda kechayotganini ko‘rib kelmoqdamiz. Biz shu kasallikni davolash, oldini olish, kasallik darajalarini bilish va tekshiruv jarayonlarini yanada osonlashtirishimiz kerak. Qandli diabet kasalligiga kasallik ta‘sir etuvchi omillar bo‘lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo‘ladi. Qandli diabet kasalligi asoratlari oqibatida ichki organlar yetishmovchiligi kelib chiqadi. Qandli diabet kasalligi hozirgi kunda dolzarb muommolardan biri bo‘lib kelinmoqda. Kasallikka qarshi kurasishdan ko‘ra uni oldini olish afzalroqdir.
Мурзакулов Нуркул Абдилазизович, Ысламов Мухаммадсадык Махаматражапович, Аскарбеков Уларбек · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada Qirg‘iziston Respublikasining olis hududlarini energiya bilan ta‘minlash uchun muqobil energiyalardan foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqilgan, ularning energetik salohiyati tahlil qilingan. Respublikaning olis hududlari uchun eng istiqbollisi quyosh energiyasidan foydalanish ekanligi aniqlangan.
Шайманова Рано, Шайманова Наргиза, Йулдошева Дильбар Нуриддин кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Qipiqlarni yelimlashdan oldin yelim suyuqligi qo‘shimchalar bilan aralashtiriladi yoki aralashtirish qurilmasida dozalanadi. Material kirish qismidagi shkala mavjud material miqdorini aniq o‘lchashni ta‘minlaydi. Yelim payrahalarga purkaladi yoki payrahalar hajmi 2-6 m bo‘lgan yelim aralashtirgichdagi oqimli forsunkalar orqali namlanadi. Yuqori qatlamdagi yelim miqdori taxminan 4-10% ni, o‘rta qatlamda esa taxminan 8-15% ni tashkil etadi. Mikserning to‘ldirilish darajasi mikser chiqishidagi qopqoqni elektron nazorat qilish hisobiga doimiy saqlab turiladi. Mazkur maqolada DSP ishlab chiqarish va uni ishlab chiqarishda foydalaniladigan yelim haqida ma‘lumot berilgan.
Т.Т.Оморов, Рахимов Дилмурод Марипжанович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada elektr yoritish, resurslarni tejash, yuqori tejamkor qurilmalarga o‘tish, yorug‘lik diodli texnika va elektr yoritishdagi yangi texnologiyalar haqida qisqacha ma‘lumotlar berilgan. Yoritish qurilmalarining asosiy sifat, yorug‘lik-texnik, elektr xarakteristikalari va ularning tashqi ta‘sirlarga chidamliligi, shuningdek, turli yoritish asboblarining afzalliklari va kamchiliklari, yorug‘lik diodli va lyuminessent yoritgichlar bilan yoritish xarakteristikalarining tahlili; yoritish sifatining tahlili ko‘rib chiqilgan.
Т.Т.Оморов, Рахимов Дилмурод Марипжанович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada kuch transformatorlari haqida qisqacha ma‘lumotlar, kuch transformatorining asosiy nosozliklari va ishdan chiqishiga olib keluvchi omillar berilgan; transformatordagi kamchiliklar tasniflarini va ularning shakllanish bosqichlarini ishlab chiqish, odatiy rejimlarga rioya qilinmasligi, transformatorlar himoyasiga qo‘yiladigan shartlar va kuch transformatorlari himoyasining qo‘llaniladigan turlari, shuningdek, transformatorning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
Хотамов Абдугафур, Жасур Нурмуродов · Research Focus International Scientific Journal · 2023
hamroh axborotni, jumladan, kam kadrli tasvirlarni uzatish imkonini beradi. Bir vaqtning o‘zida interaktivlik hisobiga kontentni shaxsiylashtirishni ta‘minlovchi Internet-eshittirish kabi yangi eshittirish shakllari rivojlanmoqda. Yer usti va sun‘iy yo‘ldosh orqali raqamli eshittirishning yangi tizimlari teskari kanal mavjud bo‘lganda o‘zlarining yuqori sifat ko‘rsatkichlari hisobiga multimedia imkoniyatlarini oshirishni nazarda tutadi. Shunday qilib, zamonaviy raqamli tovush eshittirish tizimlari asosida turli eshittirish texnologiyalari asosida turli eshittirish texnologiyalarining birlashuvi haqida gapirish mumkin.
Urinboyev Kudratullo Nematullayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Voleybolchi nafaqat o‘rgatish (o‘qitish) obyekti va subyektidir, balki u bo‘lajak kasbiy-pedagogik faoliyatning ham (o‘qituvchi, trener) obyekti va subyekti sifatida ta‘lim oladi. Maqolada bo‘lajak voleybolchilarga qo‘yiladigan taktik-texnik vazifalar haqida so‘z boradi.
G‘olibjon Karshievich Elmuradov, Baxtiyor Axmedovich Yangiev, Maxmudjon Muratjon o‘g‘li Pulatov, Yoqubjon Erkinovich Xursanov, Bobur Abdurazoq o‘g‘li Umurzoqov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Berilgan maqolada qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining yopiq shikastlanish belgilarini aniqlashda ultratovush tekshiruvining (ultratovush) diagnostik samaradorligini o‘rganish va qorin yopiq shikastining (QYoSh) ultratovush semiotikasining tavsifi o‘rganilgan. QYoShlarning turli xil sonografik semiotikalari orasida qorin bo‘shlig‘ida turli xil miqdordagi erkin suyuqlikning mavjudligi doimiy ultratovush belgilaridir. Qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik hajmini ultratovush orqali baholashning ishlab chiqilgan usuli suyuqlik qatlamining qalinligini va uning qorin bo‘shlig‘i maydonlarida tarqalishini hisobga olgan holda, jarrohlik amaliyotini murakkablashtirmaydi yoki vaqtini uzaytirmaydi. Bu esa hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan gemoperitoneumning muhim hajmlarini aniqlash imkonini beradi.
Axmedov Jaloliddin Oribovich, Ahmedov Jaloliddin, Otashev Diyorbek Rasuljon o‘g‘li, Otasheva Oysanam · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishning o‘ziga xos hususiyatlari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini metodik jihatdan to‘g‘ri o‘tkazilishi va mashg‘ulotlarda bolalarni harakat ko‘nikmalari, malakalari va unga oid bilimlarni o‘zlashtirish haqida.
Мурзакулов Нуркул Абдилазизович, Ысламов Мухаммадсадык Махаматражапович, Базарбай уулу Жолдубай · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada qishloq FAPlari uchun eng yaxshi natijalarga erishish maqsadida biogazdan hamda uning issiqlik va energiya bilan uyg‘unligidan foydalanish samaradorligi ko‘rib chiqiladi.
Fazliddinova Zulfiyaxon Dilmurod qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ikkinchi yoki chet tilini o‘rganish oson emas, chunki madaniyat, artikulyatsiya a‘zolaridan foydalanish, aksent va alifbodagi harflar turlicha bo‘lib, ular jiddiy tushunmovchiliklarga va ingliz tili talaffuzining murakkabligiga sabab bo‘lishi mumkin. Talaffuzdagi farqlar tufayli turli mamlakatlar bilan muloqot qilish usuli tilda tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Garchi o‘qituvchilar ingliz tilining to‘g‘ri talaffuzi bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga va talabalar bilan talaffuzni mashq qilish uchun vaqt ajratishga harakat qilsalar-da, ushbu o‘rganish sohasida ko‘plab muammolar mavjud. Ushbu maqola talaffuz qoidalari muammolarini aniqlash hamda ingliz tili misolida har qanday tilni ikkinchi yoki chet tili sifatida o‘rganishda talaffuzning ahamiyatini ifodalashni maqsad qiladi, chunki ingliz tili butun dunyoda keng o‘rganiladigan tildir.
Davronova Gulbahor Yigitali qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada ma‘no ko‘chish hodisalarini o‘rganishda maktab ta‘limida duch kelinadigan ayrim muammolar, ma‘no ko‘chish turlarini farqlash, ularning ta‘riflari va ularga oid mashqlar haqida so‘z boradi.
Nodira Matmusayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
ushbu maqolada istiqlol davri tarixiy romanlaridagi yangicha uslub va talqin masalasi, tarixiy ayol shaxsining ichki va tashqi ziddiyatlari badiiy obraz talqinida ochib berilishi Shahodat Isaxonovaning “Gavharshodbegim” romani misolida tahlil qilingan.
Avazbadalov Shavkat Muratovich, Butaboyev Mashxur Adixamjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada malakasi yuqori yuqori bo‘lgan gandbolchilarning hujum harakatlarini nazorat va tahlil qilish davomida hujum harakatlarining samaradorligi hamda olingan ma‘lumotlar asosida musobaqaoldi tayyorgarlik jarayoni uchun hujum harakatlarini takomillashtirishda chaqqonlik sifatining ahamiyatini belgilaydigan tomonlar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
Karimov Odiljon Baxadirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada yosh futbolchilarning tayyorgarligini samarali hamda sifatli tashkil etish haqida bir qancha ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan. Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta‘lim va mashg‘ulotga bo‘lish mumkin, ularning samarali tashkil etilishi bo‘lajak sportchilarga o‘z jismoniy tayyorgarliklarini kuchaytirishga yordam beradi.
Nabieva Farangiz Sadriddinovna, Olimjonova Sadoqat G‘ulomjon qizi, Normurodov Sardorbek Tolibboy o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Dori moddalarini immunoferment tahlil qilishning hozirgi holati ko‘rib chiqilgan. Spetsifik antitanalar, immunogenlar, ferment kon‘yugatlarini olish va tozalashning asosiy usullari tavsiflangan. Dori moddalarini immunoferment tahlil yordamida aniqlash misollari keltirilgan, dori moddalarini immunoferment tahlil usullari bilan aniqlashdagi xatoliklarning ehtimoliy sabablari sanab o‘tilgan.
Элчиева Малика Сайталиевна, Карыбекова Бермет Кенжекуловна, Шумкаров Медер · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mazkur maqola liniyaning o‘tkazish qobiliyatini oshirishning dolzarb muammolaridan biriga bag‘ishlangan. Ko‘rib chiqilayotgan muammo HEULning o‘tkazish qobiliyatini bo‘ylama kompensatsiyalash qurilmasi yordamida oshirish usulini o‘z ichiga oladi.
Карыбекова Бермет Кенжекуловна, Элчиева Малика Сейталиевна, Сатыбалды уулу Жакшыбай · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi vaqtda elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish masalalari juda dolzarbdir. Maqolada elektr tarmoqlarida ishonchlilikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi.