Ochiq kirishMaqola
Мизамов Ф.О. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Exinokokk kistalarining morfologik shakli kasallik retsidivi rivojlanish chastotasiga ta‘sirini aniqlash uchun biz tomonimizdan operatsiya bayonnomalarining retrospektiv tahlili o‘tkazildi va operatsiya qilingan bemorlarning 93 nafarida (36,9%) kistalarning morfologik tuzilishi echinococcus hominis modifikatsiyasiga, 128 nafarida (50,8%) – echinococcus veterinorum va 31 nafarida (12,3%) – echinococcus acephalocystis modifikatsiyasiga mos kelishi aniqlandi. Bunda kasallik retsidivi rivojlangan 47 nafar bemordan 29 nafarida (61,7%) echinococcus hominisga mos morfologik belgilar, 18 nafarida (38,3%) echinococcus veterinorum aniqlandi, morfologik tuzilishi echinococcus acephalocystisga mos bo‘lgan operatsiya qilinganlarda retsidiv aniqlanmadi. Shunday qilib, morfologik tuzilishi echinococcus hominis shakliga mos bo‘lgan jigar exinokokkozi bo‘yicha operatsiya qilingan 93 nafar bemordan 29 nafarida, ya‘ni 31,2% holatda kasallik retsidivi kuzatildi, kistalarining morfologik modifikatsiyasi echinococcus veterinorum bo‘lgan 128 nafar operatsiya qilingan bemordan 18 nafarida, ya‘ni 14,1% holatda ham operatsiyadan keyingi uzoq muddatlarda retsidiv exinokokkoz rivojlandi.