Ochiq kirishMaqola
Шербеков У.А., Раджабов Ж.П. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tadqiqot asosiga ventral churra va qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining hamroh patologiyasi bo‘lgan 331 nafar bemorni davolash natijalari kiritilgan. Ventral churralarda jarrohlik korreksiyasini talab qiluvchi qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining simultan patologiyasi 52,8% ni tashkil etdi, eng ko‘p o‘t-tosh kasalligi (30,1%), ayollarda kichik chanoq a‘zolari patologiyasi (30,8%), qorin bo‘shlig‘ining bitishma kasalligi va surunkali ichak tutilishi (46,7%), shuningdek, III – IV darajali semizlik va abdominoptoz (29,7%) aniqlandi. Hamroh abdominal patologiya churra nuqsonidan uzoq masofada joylashganda (M1S8 yoki M3S2) simultan bosqichni laparoskopik texnika qo‘llagan holda bajarish ustuvor hisoblanadi, bu 37,5% bemorda, ya‘ni asosiy guruh bemorlarining 1/3 qismidan ko‘prog‘ida muvaffaqiyatli bajarildi. Ventral churralar va qo‘shma abdominal patologiyani bir vaqtli jarrohlik korreksiyasining taktik – texnik jihatlarini endovideoxirurgik texnologiyalar va taranglashtirmaydigan alloplastika usullaridan ustuvor foydalangan holda optimallashtirish operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 8,6% dan 5,3% gacha kamaytirish, operatsiya davomiyligini 72,5 ±3,4 daqiqadan 58,5±4,1 daqiqagacha qisqartirish va statsionar davolanish muddatlarini 10,2±0,4 dan 8,3±0,6 o‘rin-kungacha qisqartirish imkonini berdi.