Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR DEONTOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH NAZARIY ASOSLARI

    Mamatqobilova Shodiya Azamat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada Imom at-Termiziy hayot faoliyati, ilm yo‘lidagi izlanishlari, «Al-Jomi‘ as-Sahiyh»  asari, asarlarida keltirilgan fikrlar, o‘qituvchi deontologik tayyorgarligi takomillashtirish uchun foydalaniladigan qismlari, foydalanish asoslari haqida keltirib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    USE OF STEAM EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN PRIMARY SCHOOL CLASSES AS A RELEVANT PEDAGOGICAL ISSUE

    Madina Xaydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san‘at va matematika) ta‘limini boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishga integratsiyalashuvi o‘quvchilarni 21-asrning muhim ko‘nikmalari bilan qurollantiradigan kompetensiyalarni shakllantirish uchun zarurdir. Ushbu maqola yosh o‘quvchilarda STEAM kompetentsiyalarini samarali shakllantirish uchun zarur bo‘lgan didaktik talablarni o‘rganadi. U ilmiy bilimlarni texnologiya, muhandislik, san‘at va matematika bilan uyg‘unlashtirgan fanlararo o‘qitish strategiyalarini o‘rganadi va loyihaga asoslangan ta‘lim, so‘rovga asoslangan o‘qitish va texnologiya integratsiyasi kabi asosiy pedagogik yondashuvlarni ta‘kidlaydi. Tadqiqot shuningdek, o‘qituvchilar duch keladigan muammolarni, jumladan, resurslarning cheklanganligi, o‘qituvchilarning etarli darajada tayyorlanmaganligi va qat‘iy o‘quv dasturlarini belgilaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    O‘QITUVCHILARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISHDA QOBILIYAT VA MAHORATNING O‘RNI

    M.U.Odilova · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada o‘qituvchi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan pedagogik mahorat hamda qobiliyatlar haqida batafsil ma‘lumot berilgan bo‘lib,unda pedagogning ta‘lim va tarbiya jarayonida turli xil vaziyatlarda o‘zini tuta olishi,muammoli vaziyatlarda tezlikda qaror qila olishi hamda pedagogik jarayonni to‘g‘ri va mukammal tashkil eta olishi yoritilgan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    KURASH BO‘YICHA MURABBIYLARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI.

    I.Yo‘ldoshev · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Kurash bo‘yicha murabbiylarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u pedagogik usullar, sport fanlari va amaliy mashg‘ulotlarni birlashtirishni nazarda tutadi. Ushbu maqolada kurash bo‘yicha murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan. U samarali murabbiylik uchun zarur bo‘lgan asosiy vakolatlarni shakllantirishda rasmiy ta‘lim va norasmiy ta‘limning rolini o‘rganadi. Tahlil sportchilarning to‘liq salohiyatini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan psixologik tayyorgarlik, muloqot qobiliyatlari va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarning muhimligini ta‘kidlaydi. Bundan tashqari, maqolada murabbiylar malakasini oshirishning markaziy tarkibiy qismi sifatida uzluksiz kasbiy rivojlanish, amaliy tajriba va yangi o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash alohida ta‘kidlangan. Nazariy asoslarni ham, amaliy strategiyalarni ham o‘rganish orqali ushbu tadqiqot kurash bo‘yicha murabbiylarni zamonaviy sportning o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun qanday qilib rivojlantirish mumkinligi haqida keng qamrovli fikrni taqdim etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    BELBOG‘LI KURASH BILAN SHUG‘ULLANUVCHI YOSH SPORTCHI QIZLARNING KOORDINATSION QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

    Gaziev Nuritdin Ruxiddinovich. · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Belbog‘li  kurash  bilan shug‘ullanuvchi sportchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida dastur (kompleks mashqlar to‘plami) tuzilib, amaliy asoslangan. Ish belbog‘li  kurash  chilarning individual psixologik xususiyatlariga mos keladigan koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan Belbog‘li  kurash  bilan shug‘ullanuvchi 9-12 yoshli qizlarning koordinatsiya qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    NEW METHODS AND ANALYSES OF COMMUNICATIVE APPROACH IN LEARNING FOREIGN LANGUAGES

    Gazieva Shakhnoza · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada chet tillarni o‘rganishda kommunikativ yondashuvning yangi metod va usullari ko‘rib chiqiladi. Kommunikativ yondashuvning mohiyati, zamonaviy metod va usullarning o‘quv jarayonidagi samaradorligi hamda til o‘rganishda innovatsion metodik yondashuvning harakatchanligi tahlillariga asoslangan ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary2
    • OpenAlex0
    • Crossref2

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    SMART TEXNALOGIYALARNING TA‘LIMGA KIRIB KELISHI VA PEDAGOGLARNI FOYDALANISHGA O‘RGATISH

    Aliqulov Abdulla Baxtiyor o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada SMART texnalogiyalarining ta‘lim jarayoniga kirib kelishi va ularning turlari haqida keng yoritib berilgan. SMART texnalogiyalarining hozirgi kunda ta‘lim tizimida o‘rni beqiyos hisoblanib zamon talablaridan kelib chiqgan holda kadrlarni yuqori bilim egasi qilib tayorlashda darslarni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida bir nechta ilovalar, dasturlar, patformalar hamda texnik uskunalardan samarali foydalanish haqida so‘z boradi. Shuningdek qayta tayorlash inistitularida pedagog kadrlarning malakasini oshirish, ta‘lim tizimiga kirib kelgan eng so‘ngi texnalogiyalardan xabardor qilish va ulardan bemalol foydalanishlari, darslarda qo‘lay bilishlari uchun maxsus kurslarni tashkil qilish kerakligi, SMART texnalogiyaladan foydalangan holda masofaviy o‘qitish tizimini takomillashtirish haqida fikir mulohozalar yuritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    MILLIY TARBIYA XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARINING ASOSI SIFATIDA

    Abduraximova Muxabbat Allayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalq og‘zaki ijodi namunalarini yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan.Boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilarini kreativ yondashgan holda xalq og‘zaki ijodi namunalridan darslarda keng foydalanish bo‘yicha yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA TASAVVUF TALQINING YORQINLIGI

    Nazarova X.G · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlar maqolatlardagi tassavvufiy g‘oyalarni tas‘diqlaydi, misol tariqasida isbotlashga xizmat qiladi, ammo shunga qaramay tas‘diqlovchi g‘oyaviy yakun keltiriladi. Ushbu hikoyatlar qisqa-qisqa shaklda bo‘lib, asosiy voqeani bayon etishga e‘tibor qilingan. Biroq shu qisqa syujet ichida ham shoir qahramonning xatti-harakati, asosiy xislat va karomati, hozirjavobligini ko‘rsata olgan. Navoiy har bir maqolatga ma‘lum bir masala qo‘yib, hal qilish yo‘llarini tezis shaklida ko‘rsatib, bir-biridan go‘zal tasavvufiy, tarixiy so‘fiylar siymosini yaratgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    METAPHORS AND PROBLEMS OF THEİR CLASSİFİCATİON İN MODERN WORLD LİNGUİSTİCS

    Husniyya Tanriverdiyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Metaforalar badiiy matnlarda obrazlilik yaratuvchi badiiy-lingvistik vositadir. Kundalik hayotimizda biz bu vositalardan muqarrar ravishda yetarlicha foydalanamiz. Metafora assotsiativ xarakterga ega murakkab fikrlash amallariga asoslanadi. Bu muammoni Qadimgi Yunonistonda Aristotel va Teofrast troplar nomi ostida, Rimda esa Tsitseron, Germogen va boshqalar katta qiziqish bilan o‘rgangan. Ular metaforalar (troplar) haqida gapirganda, ularning poetik ta‘sirini va so‘zlar semantikasiga ta‘sirini ko‘rib chiqqan. Troplar haqida gapirar ekan, Aristotel metaforalarga mantiqiy yondashgan va ularda sillogizmlar hamda mantiqiy figuralarning namoyon bo‘lishini ko‘rgan. Metaforalarga mantiqiy yondashuv ritorika mantiq va falsafadan ajralmagan davr bilan bog‘liq. Qadimgi faylasuflar nutqni bezovchi ushbu hodisaning namoyon bo‘lishini qadimgi sanskrit poetik matnlari asosida tavsiflagan. Metaforalarni o‘rganish yunon va rim bosqichidan keyin uzoq vaqt davomida susayadi. Bu masalaga sof lingvistik nuqtai nazardan yondashish poetikaning bir qismi sifatida qaytadan paydo bo‘ladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    POETIC FUNCTIONS OF PHONETIC UNITS USED IN DEVOTIONAL CREATIVITY

    Abdullayeva Manzura Nasibullo qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu qisqa tadqiqotda shoir Hayratiy asarlarida qo‘llanilgan fonetik birliklarning poetik vazifalari tahlil qilinadi. Fonopoetik ifodalar orasida unli va undosh tovushlarning birgalikdagi takrori orqali turli so‘z birliklari yuzaga kelishi misollar asosida ko‘rsatib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    THE IMPORTANCE OF THE CHEMICAL COMPOSITION OF THE STEM JUICE OF SWEET SORGHUM IN THE PREPARATION OF FEED FOR BEES

    M. N Abdurazzokova, N.M.Kurbanov · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada butun dunyoda tabiiy, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligi mavzusi ko‘tarilgan bo‘lib, u zamonamizning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi; xususan, aholining iste‘mol madaniyati oshishi natijasida tabiiy va shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortmoqda, shu jumladan asal va asal mahsulotlariga bo‘lgan talab ham o‘smoqda. Respublikamizda yetishtirilayotgan asalari oilalarini mavsumlararo davrda tabiiy, vitamin va minerallarga boy ozuqa bilan ta‘minlash maqsadida tadqiqot ob‘ekti sifatida shirin oq jo‘xori tanlandi, chunki respublikamizda shirin oq jo‘xori o‘simligi xonakilashtirilgan, shuningdek yetishtirish uchun yetarli xomashyo bazasi va sharoitlar mavjud. Maqolada shuningdek qayta ishlangan shirin oq jo‘xori poyasi sharbatini kimyoviy tahlil qilish usullari va natijalari keltirilgan. Shirin oq jo‘xori poyasi sharbati tarkibidagi vitaminlar, mineral moddalar, uglevodlar, og‘ir metallar, aminokislotalar va oqsillar miqdori aniqlangan hamda olingan natijalar bo‘yicha asalari oilalari uchun ozuqa yaratishga mo‘ljallangan foydali xususiyatlar haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Shirin oq jo‘xori o‘simligini o‘rganish asosida poya sharbati uglevodlar, vitaminlar, makro- va mikroelementlarga boy ekanligi, o‘simlikning o‘zi esa qurg‘oqchil va sho‘rlangan iqlim sharoitlarida ham kutilgan hosil berishi aniqlangan. Asalari oilalarini kuzgi va erta bahorgi oylarda quyultirilgan shirin oq jo‘xori sharbati qo‘shib tayyorlangan ozuqa bilan boqishda nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmadi va ozuqa asalarilar tomonidan yaxshi o‘zlashtirildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALGAN EUPHORBIA L. TURKUM TURLARINING BALANDLIK VA EKOMINTAQALARDA TARQALISHI

    Najmiddinov Asilbek Nosirjon o‘g‘li, Xoshimov Xushbaxt Rustamjon o‘g‘li, Batoshov Avazbek Risqulovich, G‘ulomov Rustam Komiljon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Mazkur tadqiqot ishi Farg‘ona vodiysi florasidagi Euphorbia turkum turlarining ekomintaqalar va balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishini o‘rganishga qaratilgan. Euphorbia L. turkumi tarkibidagi 27 turning ekomintaqalar bo‘yicha tahlili natijalariga ko‘ra Hisor-Oloy ochiq o‘rmonzor, Oloy-G‘arbiy Tyan Shan dasht hamda Pomir-Oloy cho‘l va tundra ekomintaqalari turkum turlari uchun optimal ekologik muhit ekanligi aniqlangan bo‘lsa, balandlik mintaqalari bo‘yicha tahlil turkum turlari uchun adir, tog‘ va yaylov balandlik mintaqalari qulay muhit ekanligi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary3
    • OpenAlex0
    • Crossref3

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    ФОЛИЕВАЯ КИСЛОТА

    Изатуллаев Сарвар Абдумоннонович, Амракулов Султонмурод Туйчимуродович, Беканов Бобуржон Зафарович · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada folat kislotasining roli, shuningdek folat kislotasi yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex1
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    OLMA SHARBAT CHIQISHINI OSHRISHDA FERMENTLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

    Voqqosov Zuhriddin Komolxon o‘g‘li, Orifbayeva-Fayzullayeva Muattar Farxod qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Respublikamizda mevalardan katta hajmda va keng assortimentda sharbatlar ishlab chiqariladi. Ularni olish uchun fermentativ qayta ishlash, maqsadli fermentatsiya kabi zamonaviy usullar amalda qo‘llanilmaydi. Ushbu usullarning istiqbollari nafaqat tejamkor texnologik rejimlardan foydalanish, energiya resurslarini tejash, yo‘qotishlar va chiqindilarni kamaytirish, balki sifatli mahsulotlarni olish uchun xom-ashyo tarkibiy qismlarini "yumshoq" modifikatsiyalash imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada ishlab chiqarishda olma mevasiga turli xil Pektomaserin, Pectinex Ultra SP-L, Pektomaserin G10X, Rizopus mikrosporuks kabi fermentlar ta‘siri natijasida, sharbatlar chiqish miqdorini oshirishi aniqlandi. Fermentlar maseratsiya ta‘siri samaradorligi qiyosiy tahlil etildi. Olma sharbati ishlab chiqarish texnologik sxemasi tayyorlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    MALAKALI ERKIN KURASHCHILARNING MUSOBAQAOLDI TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISH BO‘YICHA ISHLAB CHIQILGAN METODIKA

    Juraxanov Xamidullo Xojimirzayvich · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    ushbu maqolada Yuqori malaka erkin kurashchilarni musobaqa oldi yuklamalarini rejalashtirish ishlab chiqilgan xamda ilmiy uslubiy adabiyotlar taxlili, mavzuni dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОТНОШЕНИЯ ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА К СЕБЕ.

    Дадашзаде Лейла Сафарбековна · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ilmiy maqolada o‘smirlarning o‘ziga munosabatining psixologik xususiyatlari izchil sharhlangan. Maqolada ta‘kidlanishicha, o‘ziga munosabat insonning xulq-atvoriga, moslashish usuliga, muloqotiga ta‘sir qiladi, bu esa o‘smirlik davrini o‘rganishni ayniqsa dolzarb qiladi. O‘ziga munosabat individual shakllanish bo‘lib, shu sababli uning butun tuzilishi va mazmuni sub‘ektning real munosabatlarida ochib beriladi. O‘z-o‘zini baholash insonning o‘z imkoniyatlarini jamiyat qo‘yayotgan talablar bilan taqqoslash orqali o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishini nazarda tutadi. O‘ziga munosabatning shakllanish davrida o‘smir ko‘proq xavotirli bo‘lib qoladi, o‘ziga ishonchi pasayadi. Hissiy tomon o‘smir shaxsining shakllanishiga tobora ko‘proq psixologik ta‘sir ko‘rsatadi. Ilmiy maqolada o‘ziga munosabat mezonlari bilan psixologik farovonlik o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek ijtimoiy guruhlarda sub‘ektiv farovon va nofarovon o‘smirlarning miqdoriy nisbati aniqlangan. O‘z-o‘zini anglashning asosiy tarkibiy qismi o‘ziga munosabat bo‘lib, u shaxsning keyingi harakatlarini va umuman faoliyatini belgilaydi, har bir insonning hayotida muhim o‘rin egallaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    PEDAGOGICAL FEATURES OF FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN STUDENTS

    Mamanazarov Uchqun Burxon o‘g‘li, Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi, bu ularning mehnat faoliyatiga muvaffaqiyatli o‘tishi uchun juda muhimdir. Ta‘lim tizimlari ko‘proq kompetensiyaga asoslangan modellarga o‘tishi bilan talabalarda asosiy ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish metodologiyasini tushunish katta ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda kasbiy kompetentlikni shakllantirishga ko‘maklashuvchi turli ta‘lim yondashuvlari, o‘quv muhitlari va o‘qitish strategiyalari o‘rganiladi. Nazariy asoslar va amaliy misollarga tayanib, unda pedagoglar kompetentlikni rivojlantirish uchun e‘tibor qaratishi lozim bo‘lgan muhim tarkibiy qismlar yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, faol o‘qitish, amaliy tajriba va qayta aloqa mexanizmlarini o‘quv dasturiga integratsiya qilish talabalar kompetentligini sezilarli darajada oshiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary4
    • OpenAlex0
    • Crossref3

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    KASHTACHILIKDA RANG VA NAQSHNING PSIXOLOGIK TA‘SIRI

    Turdiyeva Qurbonoy Obloberdiyevna · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu tadqiqot kashtachilikda rang va naqshlarning psixologik ta‘sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ranglar va naqshlar inson hissiyotlari, ruhiy salomatlik va ijodiy jarayonlarga qanday ta‘sir ko‘rsatishini tushuntirish maqsadida, turli xil statistik ma‘lumotlar va tadqiqot natijalari keltirilgan. Kashtachilikda ishlatiladigan ranglar, masalan, qizil, yashil, moviy, sariq va qora, har biri o‘ziga xos hissiy ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, geometrik, organik va milliy naqshlar ham psixologik ahamiyatga ega bo‘lib, ularning har biri shaxsning ruhiy holatiga va ijtimoiy aloqalariga ta‘sir qiladi. Kashtachilikning an‘anaviy va zamonaviy shakllari, shuningdek, san‘at terapiyasidagi roli ko‘rsatilgan. Ushbu tadqiqot kashtachilikda ranglar va naqshlarning ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi va bu san‘at shaklini ruhiy salomatlik va ijodiy ifodaning samarali vositasi sifatida qo‘llashga imkon yaratadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish