Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INTEGRATSIYALASHGAN TA‘LIM ORQALI KO‘RISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING TA‘M VA HID BILISH ANALIZATORLARINI RIVOJLANTIRISH ASPEKTLARI
Rahimova Dilnoza Hashimjon qizi, Mirzaolimov Elmurod Ismailovich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Mazkur maqolada ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta‘m va hid bilish analizatorlarini rivojlantirish jarayonida integratsiyalashgan ta‘limning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda korreksion-pedagogik yondashuv, sensor rivojlanish nazariyasi hamda ko‘p sezgi asosida o‘qitish metodikasining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, fanlararo integratsiya, multisensorli trening va ta‘limiy o‘yinlarning ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning idrok, ta‘m va hid sezgi tizimlarini faollashtirishdagi roli ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LISHAYNIKLARNING EKOLOGIK ROLI, BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Abdujabbarov Kozimboy, Toshmirzayeva Gavxarxon · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Mazkur maqolada lishayniklarning tuzilishi, biologik xususiyatlari hamda ularning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati keng yoritilgan. Lishayniklar suvo‘t va zamburug‘larning simbioz yashashidan tashkil topgan murakkab organizmlar bo‘lib, ular tabiatda ekologik muvozanatni saqlashda, atmosfera havosining tozaligini aniqlashda, shuningdek bioindikator sifatida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida lishayniklarning kimyoviy tarkibi, ularning tibbiyot, farmatsevtika, parfumeriya va oziq-ovqat sanoatida amaliy qo‘llanilishi o‘rganilgan. Shuningdek, lishayniklarning radionuklidlarni to‘plash xususiyati tufayli ularni biomonitoring va bioindikatsiya sohalarida qo‘llash istiqbollari tahlil qilingan. Maqola natijalari lishayniklarni ekologik tadqiqotlarda, atrof-muhit ifloslanishini baholashda va biologik xilma-xillikni saqlashda muhim bioindikator sifatida foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
EKOLOGIK JIXATDAN ATROF-MUHITGA ZARARI KAM BO‘LGAN O‘G‘IT ISHLAB CHIQARISH
Nodirov Alisher Avazovich, Nozimov E‘zoz Sadikjanovich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
har xil FXA lardan klinker usulda EFK olishda uning tarkibida P2O5 maksimal va ftor minimal miqdorlarda, olingan EFKni OFO‘ va kompleks o‘g‘itlarga qayta ishlaganda qishloq xo‘jaligi talabiga mos keladigan yuqori ozuqa komponentlariga ega bo‘lgan o‘g‘it namunalari olinishdan iborat.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IQLIM ISISHIGA QARSHI KURASHISHDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASINING AHAMIYATI
Qariyev Mirzohid, Ikramova Nozima · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada O‘zbekistonda 2021-yildan beri amalga oshirib kelinayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida millionlab ko‘chatlar ekib, yashil maydonlarni kengaytirishning global iqlim isishiga qarshi ijobiy ta‘siri muhokama qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ATROF-MUHITNI ASRASHNING HUDUDIY VA MINTAQAVIY HUSUSIYATLARI
Abdurahmanov Sohibjon Turdialievich, Sapaeva Maftuna Mansurjonovna · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Mazkur maqolada atrof-muhitni asrashning hududiy va mintaqaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Turli hududlarda ekologik muammolar va ularni hal etish usullari o‘ziga xosligi, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish choralari mintaqaning iqlimi, tabiiy sharoitlari va iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq holda qanday farqlanishi ko‘rib chiqiladi. Hududiy va mintaqaviy yondashuvlar ekologik muvozanatni saqlash va barqaror rivojlanishni ta‘minlashda muhim rol o‘ynashi ta‘kidlanadi. Maqola davlat boshqaruvi, mahalliy hamjamiyatlar va ekologik tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini ochib beradi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish strategiyalarini hududiy xususiyatlarga moslashtirish zaruratini yoritadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MINTAQAVIY EKOLOGIK XUSUSIYATLARNI TA‘LIM DASTURLARIGA KIRITISHNING METODIK VA AMALIY JIHATLARI
Toshmirzayeva Gavxharxon, Ahmedov Olmosbek · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
maqolada mintaqaviy ekologik xususiyatlarni ta‘lim dasturlariga kiritishning metodik va amaliy jihatlari yoritilgan. Ta‘lim jarayonida ekologik mazmundagi bilimlarni integratsiya qilish o‘quvchilarda ekologik tafakkur va madaniyatni rivojlantiradi. Tadqiqotda mintaqaviy tabiiy sharoit va ekologik muammolarni hisobga olgan holda ta‘lim dasturlarini boyitishning samarali metodik yondashuvlari, interfaol usullar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OROL MUAMMOSI O‘ZBEKISTON VA XORIJIY OLIMLAR HAMDA XALQARO TASHKILOTLAR NIGOHIDA
Jabborova Gulsanamkhan, Qariyev Mirzohid · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan ilmiy asarlarining tahlillari yoritilgan. Shuningdek, bu bo‘yicha xalqaro nufuzli tashkilotlarni olib borayotgan ishlari haqida ham ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
STUDY ON THE IMPACT OF ALTITUDINAL VARIATION ON THE FORMATION OF FLORA COMPOSITION IN THE FERGANA VALLEY
Rakhmatov Akhror Lutfidinovich · REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE MODERN EDUCATIONAL INTERPRETATION OF ENVIRONMENTAL PROTECTION, ITS REGIONAL CHARACTERISTICS, PROBLEMS, AND PRACTICAL SOLUTIONS” · 2025
Dissertatsiyada Farg‘ona vodiysining geografik joylashuvi, xususiyatlari va tabiiy sharoitlari haqida qisqacha ma‘lumot berilgan bo‘lib, balandlik qiyalik o‘simliklar jamoasining tuzilishi va turlarning xilma-xilligini belgilovchi asosiy ekologik omil ekanligini ta‘kidlaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI
Mukhtarova Mokhirakhon Marufjon kizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida atrof-muhitni asrash masalalari ko‘rib chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni shakllantirishning ahamiyati ta‘kidlanib, ularni tabiatga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish metod va usullari tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ekologik madaniyatni rivojlantirish uchun tashkil etiladigan tadbirlar va amaliy mashg‘ulotlarning roli ko‘rsatib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DARYO XAVZALARIDAN FOYDALANISH: EKOLOGIK JIHATLAR VA MUAMMOLAR
I. Toshkanov · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
maqolada Qum va shag‘al qazib olish jarayonida yuzaga keladigan asosiy ekologik muammolar ko‘rib chiqilgan. Qazish ishlarining tabiiy muhitga, suv oqimiga, havo sifatiga va biodiversitetga ta‘siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta‘sirlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta‘minlash uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar tavsiya qilingan. Maqola Qoradaryo misolida qum va shag‘al qazib olishning ekologik jihatlariga e‘tibor qaratgan holda, bu sohadagi ekologik muammolarni hal etish yo‘llarini o‘rganishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GEOGRAFIYA FANIDAN IQLIM O‘ZGARISHIGA DOIR MAVZULARNI O‘QITISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI
S.T. Abdurakhmanov, Z.B. Dehkanbayeva · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Ushbu maqolada geografiya fanida iqlim o‘zgarishlari mavzusining dolzarbligi yoritilib, uni o‘quvchilarga o‘qitishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishlarini o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va tabiatga mas‘uliyatli munosabatni kuchaytirish imkoniyatlari asoslanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AI-BASED GAMIFICATION METHODS IN ENVIRONMENTAL PROTECTION EDUCATION
Sobirjanova Bukhalichakhon daughter of Farkhodjon · REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE MODERN EDUCATIONAL INTERPRETATION OF ENVIRONMENTAL PROTECTION, ITS REGIONAL CHARACTERISTICS, PROBLEMS, AND PRACTICAL SOLUTIONS” · 2025
Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish ta‘limida sun‘iy intellekt (AI) va o‘yinlashtirishning integratsiyasi o‘rganiladi. Unda raqamli texnologiyalar ekologik savodxonlikni qanday oshirishi, o‘quvchilarni rag‘batlantirishi va mas‘uliyatli ekologik xatti-harakatlarni rivojlantirishi mumkinligi ta‘kidlangan. Tadqiqotda o‘quvchilarga interaktiv o‘rganish orqali ekologik jihatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam berish uchun mo‘ljallangan yangi AI asosidagi "Yashil barg" ta‘lim o‘yini taqdim etiladi. Tadqiqotda o‘quv tajribalarini shaxsiylashtirish va nazariy ekologik tushunchalarni real hayotdagi harakatlar bilan bog‘lash uchun o‘yinlashtirilgan AI tizimlarining pedagogik salohiyati ta‘kidlangan. Ushbu innovatsion yondashuv barqarorlikka yo‘naltirilgan ta‘limni kuchaytirish va ekologik jihatdan ongli kelajak avlodlarni tayyorlashga qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QURG‘OQCHIL MINTAQALARDA O‘RMON HOSIL QILISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR VA ULARNI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Mamatkomilova Mushtariybonu, Qariyev Mirzohid · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Maqolada xorijiy tajribalar asosida O‘zbekistonning qurg‘oqchil mintaqalarida o‘rmon barpo etishning amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘rmon-texnik melioratsiya, suvdan oqilona foydalanish va geografik axborot tizimlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar muhokama qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAKTABGACHA EKOLOGIK TA‘LIM VA TARBIYA NAZORATI
Nigmatov A.N., Nigmatova G.N. · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
maqolada MTTda ekologik ta‘lim-tarbiya nazoratini o‘tkazish zarurati, olib borish tartibi va qoidalari keltirilgan. Unda mazkur davlat nazoratini olib borish tarbiyalanuvchilarda ekologik ong va madaniyatning ilk qadamlarini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YOSHLARNING EKOLOGIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Rakhimov Ikhtiyor Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
mazkur maqolada yoshlarning ekologik savodxonligini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni, ularning ta‘lim jarayoniga integratsiyasi, ekologik madaniyatni oshirishdagi innovatsion imkoniyatlar yoritilgan. Shuningdek, ekologik ta‘limni raqamli muhitda tashkil etish usullari, interaktiv platformalar, mobil ilovalar, virtual laboratoriyalar va onlayn o‘yinlar yordamida o‘quvchilarda ekologik ongni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘QUVCHILARNING EKOLOGIK VOLONTYORLIK FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH
Mominov Muhammadsoli XXX, Erkinova Gulsanam Elyorbek qizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
mazkur maqolada o‘quvchilarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda volontyorlik faoliyatining o‘rni tahlil qilinadi. Ekologik volontyorlikning ta‘lim-tarbiyaviy, ijtimoiy va amaliy jihatlari yoritilib, maktab va kollej o‘quvchilari ishtirokida ekologik loyihalarni tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, volontyorlik faoliyati orqali o‘quvchilarning mas‘uliyat, jamoada ishlash ko‘nikmalari va tabiatga e‘tiborini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar taklif etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DARS JARAYONIDA “YASHIL TEXNOLOGIYALAR”NI O‘RGATISH TAJRIBASI
Zukhritdinova Oyshamomo Habibullo qizi, Rakhimov Ikhtiyor Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada ta‘lim jarayoniga “yashil texnologiyalar” konsepsiyasini integratsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Yashil texnologiyalarni o‘qitish o‘quvchilarda ekologik ong, barqaror rivojlanish tamoyillari va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o‘qitish jarayonida qo‘llangan innovatsion metodlar, interfaol yondashuvlar hamda o‘qituvchilarning tajribasi tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BARQAROR RIVOJLANISH KONSEPSIYASI DOIRASIDA EKOLOGIK SOG‘LOMLASHTIRISH CHORALARI
Kamalova Yakutkhan Bohodirovna · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
mazkur maqolada barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida ekologik sog‘lomlashtirish choralari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta‘minlashda davlat siyosati, xalqaro tajribalar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni yoritilgan. Maqolada ekologik sog‘lomlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish zaruriyati hamda amaliy natijalar muhokama qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
STEAM YONDASHUVI ASOSIDA EKOLOGIK TA‘LIMNI TASHKIL ETISH
Mominov Muhammadsoli XXX, Rakhimov Ikhtiyor Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
mazkur maqolada ekologik ta‘limni samarali tashkil etishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining imkoniyatlari va ahamiyati tahlil qilingan. Ta‘lim jarayonida fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkur, muammolarni tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalari STEAM yondashuvining o‘quvchilarni ekologik muammolarga nisbatan mas‘uliyatli qarashga undashi va barqaror rivojlanish kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni muhimligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GEOGRAFIYA TA‘LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING BUGUNGI KUN AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI
S. Abdurahmanov, F. Boltaboev · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta‘lim tizimida raqamli vositalar, geoaxborot tizimlari (GIS), interaktiv xaritalar, sputnik tasvirlari va multimedia resurslarini o‘quv jarayoniga joriy etish orqali ta‘lim sifati sezilarli darajada oshishi ta‘kidlangan. Ilmiy tadqiqotlar va amaliyotlar asosida bu texnologiyalar o‘quvchilarda ko‘nikmalarni shakllantirish, fanga qiziqishni oshirish, hamda murakkab geografik tushunchalarni oson o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutayotgani ko‘rsatib berilgan.