Asosiy mazmunga o‘tish

LISHAYNIKLARNING EKOLOGIK ROLI, BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Abdujabbarov Kozimboy1, Toshmirzayeva Gavxarxon22025

  1. 1Namangan davlat pedagogika instituti, biologiya yo‘nalishi iqtidorli talabasi
  2. 2Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi katta oqituvchisi.

Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 124–127

Annotatsiya

Mazkur maqolada lishayniklarning tuzilishi, biologik xususiyatlari hamda ularning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati keng yoritilgan. Lishayniklar suvo‘t va zamburug‘larning simbioz yashashidan tashkil topgan murakkab organizmlar bo‘lib, ular tabiatda ekologik muvozanatni saqlashda, atmosfera havosining tozaligini aniqlashda, shuningdek bioindikator sifatida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida lishayniklarning kimyoviy tarkibi, ularning tibbiyot, farmatsevtika, parfumeriya va oziq-ovqat sanoatida amaliy qo‘llanilishi o‘rganilgan. Shuningdek, lishayniklarning radionuklidlarni to‘plash xususiyati tufayli ularni biomonitoring va bioindikatsiya sohalarida qo‘llash istiqbollari tahlil qilingan. Maqola natijalari lishayniklarni ekologik tadqiqotlarda, atrof-muhit ifloslanishini baholashda va biologik xilma-xillikni saqlashda muhim bioindikator sifatida foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaЭКОЛОГИЧЕСКАЯ РОЛЬ, БИОЛОГИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА И ЗНАЧЕНИЕ ЛИШАЙНИКОВ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА

В данной статье подробно рассматриваются строение, биологические свойства лишайников, их значение в природе и жизни человека. Лишайники – сложные организмы, состоящие из симбиотических водорослей и грибов, которые играют важную роль в поддержании экологического равновесия в природе, определении чистоты атмосферного воздуха, а также являются биоиндикаторами. В ходе исследования изучался химический состав лишайников и их практическое применение в медицине, фармацевтике, парфюмерии и пищевой промышленности. Также, в связи со способностью лишайников накапливать радионуклиды, проанализированы перспективы их использования в биомониторинге и биоиндикации. Результаты статьи свидетельствуют о необходимости использования лишайников в качестве важных биоиндикаторов в экологических исследованиях, оценке загрязнения окружающей среды и сохранении биоразнообразия.

inglizchaECOLOGICAL ROLE, BIOLOGICAL PROPERTIES AND IMPORTANCE OF LICHEN IN HUMAN LIFE

This article extensively discusses the structure, biological properties of lichens, and their importance in nature and human life. Lichens are complex organisms consisting of symbiotic algae and fungi, which play an important role in maintaining ecological balance in nature, determining the purity of atmospheric air, and also as bioindicators. During the study, the chemical composition of lichens and their practical application in medicine, pharmaceuticals, perfumery, and the food industry were studied. Also, due to the ability of lichens to accumulate radionuclides, the prospects for their use in biomonitoring and bioindication were analyzed. The results of the article indicate the need to use lichens as important bioindicators in ecological research, assessing environmental pollution, and preserving biodiversity.

Kalit so‘zlar

  • lishaynik
  • simbioz
  • tabiiy
  • radionuklid
  • bioindikatsiya
  • zamburug‘
  • suvo‘t
  • lakmus
  • rochchela
  • kosmitalogiya
  • tadqiqot
  • mikroelementlar
  • poykilogidrid
  • monitoring
  • Cetraria cucullata

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

LISHAYNIKLARNING EKOLOGIK ROLI, BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Abdujabbarov Kozimboy Namangan davlat pedagogika instituti, biologiya yoʻnalishi iqtidorli talabasi E-mail: abdujabbarovkozimjon@gmail.com Toshmirzayeva Gavxarxon Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi katta oqituvchisi. E-mail: gavxarxontoshmirzayeva@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada lishayniklarning tuzilishi, biologik xususiyatlari hamda ularning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati keng yoritilgan. Lishayniklar suvo‘t va zamburug‘larning simbioz yashashidan tashkil topgan murakkab organizmlar bo‘lib, ular tabiatda ekologik muvozanatni saqlashda, atmosfera havosining tozaligini aniqlashda, shuningdek bioindikator sifatida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida lishayniklarning kimyoviy tarkibi, ularning tibbiyot, farmatsevtika, parfumeriya va oziq-ovqat sanoatida amaliy qo‘llanilishi o‘rganilgan. Shuningdek, lishayniklarning radionuklidlarni to‘plash xususiyati tufayli ularni biomonitoring va bioindikatsiya sohalarida qo‘llash istiqbollari tahlil qilingan. Maqola natijalari lishayniklarni ekologik tadqiqotlarda, atrof-muhit ifloslanishini baholashda va biologik xilmaxillikni saqlashda muhim bioindikator sifatida foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar. Lishaynik, simbioz, tabiiy, radionuklid, bioindikatsiya, zamburug‘, suvo‘t , lakmus, rochchela, .kosmitalogiya, tadqiqot, mikroelementlar, poykilogidrid, monitoring, setrariya kukullata.

Yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydigan o‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ro‘li beqiyosdir. Lishayniklar o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, ularning tallomi ikki organizmning simbioz yashashidan vujudga keladi. Ularning tarkibini suvo‘tlari va zamburug'lar tashkil etib, bu organizmlarning har biri ma’lum vazifalarni bajaradi. Jumladan, zamburug'lar tallomni suv va mineral moddalar bilan ta ’minlab tursa, suvo‘tlari esa fotosintez natijasida organik moddalarni vujudga keltiradi [1].Lishayniklar tabiatda o‘ziga xos xusussiyatga ega bo‘lgan, tabiatning ajralmas bir qismi hisoblanib, ularning qishloq xo‘jaligida, tabobatda keng miqyosda foydalanib kelinadi. Lishayniklar ham o‘simliklar dunyosining asl tuzilgan tabiiy bir guruhi bo‘lib, tuban o‘simliklar turlari ichida alohida o‘rin tutadi. Lishayniklar 400 turkum va 26000 ta turni o‘z ichiga oladi. Lishayniklar simbioz bo‘lib yashash natijasida paydo bo‘lgan organizmlar ekanligini 1867- yilda rus olimlaridan akademik A. S. Faminsin va I. V. Baraneskiylar aniqlagan[5] Lishayniklarning kimyoviy tarkibi ham birmuncha murakkab. Ularda xitin moddasi, lishaynik kraxmali deb ataladigan lixenin, disaxaridlardan saxaroza, turli fermentlar invertaza, amilaza, katalaza, lipaza, ko‘plab aminokislotalar, vitaminlardan A, B1, B2, B6, B12, C, D askorbin kislota, biotin, nikotin kislota kabilar uchraydi [5,9]

L.ning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon L. sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon L. birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida. Butasimon L. ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. L. anatomik tuzilishiga koʻra gomeomer (suvoʻtlar L. tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar L. tanasining faqat ustki poʻstlogʻi ostida joylashgan) boʻladi. L. jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda L. zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali L.) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali L.) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻsporalari usadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi L. tallomi - vegetativ tana hosil qiladi, L. tallomning kichik qismi orqali vegetativ koʻpayadi. L.dagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda L. tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi[2,10] Lishayniklar dunyosi juda hilma hillikka boy dunyodir. Bu organizmlarni rangli turlari bir ko‘rishda ko‘zga yaqqol ko‘rinadi. Shimoliy tundrada o‘suvchi setrariya kukullatadan vitamin C olinadi (1-rasm). “Dub mohi” deb ataladigan everniya lrunastriy lishaynigida xushbo‘y moddalar ko‘p bo‘lganligidan, u parfumeriya sanoatida efir moyi olish uchun xom ashyo sifatida foylalaniladi va undan “Shipr” atri va odikoloni tayyorlanadi. Bu lishaynikdan Turkiya va Misrda nonni xushbo‘y qiluvchi modda sifatida foydalaniladi. Lishayniklardan iqtisodiy foydalanishning yana bir sohasi bu farmatsevtika. U yuqori molekulyar og‘irlikdagi organik birikmalar lishayniklarining tallomi tarkibi - "lishaynik kislotalari" taxminan 230 dan ortiq bakteriostatik va antibakterial xususiyatlariga ega. Usnat natriy infeksiyalangan yaralarni, trofik yaralarni, kuyishlarni davolashda tashqi tomondan ishlatiladi. Bu glyukoza konditer sanoatidagina emas, tibbiyotda ham katta ahamiyatga ega. Bir sentner quruq setrariya islandika lishaynigidan tarkibida 65 - 75% glukoza bo‘lgan 1s patoka, undan esa, 70 kg.ga yaqin glyukoza kristali olinadi. Lishaynikning kladoniya va setrariya turlaridan 80 - 86% li spirt olish mumkin. O‘rta dengizga yaqin Azor va Kanar orollarida ko‘p tarqalgan lishayniklarning Rochchela turlaridan lakmus va orseyl bo‘yoqlari olinadi. Lakmus olish uchun lishaynklar maydalanib suvga qoriladi va unga ozroq ammiak qo‘shiladi. Bu qorishma maxsus bakteriyalar vositasi bilan achiydi, achigan qorishma to‘q-qizil rangga bo‘ladi. Agar unga ishqor qo‘shilsa, ko‘k rangga kiradi[3,8]. Lishayniklar dunyosi vakillari nafaqat go‘zal balki vitamin va minirallarga boy organizmlar hisoblanadi .Kosmitalogiya va ilim fan doirasida ham foydalanamiz.

1-rasm. Setrariya kukullata lishaynigining umumiy ko‘rinishi. Oʻrganilayotgan hududda atmosfera havosida radionuklidlarning mavjudligini aniqlash uchun birinchi marta lishayniklardan atrof-muhit sifatining bioindikatori sifatida foydalanish usuli qoʻllanildi . Bioindikatsiya - bu yashash muhit sifatini va uning individual xususiyatlarini tabiiy sharoitda biologik holatiga koʻra baholash yoki boshqacha aytganda, atrof-muhitdagi ifloslantiruvchi moddalar yoki boshqa vositalarni aniqlash uchun oʻta sezgir organizmlardan foydalanishdir . Tadqiqotlar davomida tabiiy muhit holatini monitoring qilish va aerogen ifloslanish vaqtida yuz beradigan oʻzgarishlarni tezkor baholashda bioindikator sifatida lishayniklardan foydalanish imkoniyatlari oʻrganildi . Lishayniklarning keng tarqalganligi, morfologik va fiziologik xossalari, suvni oʻziga tez shimib olish; poykilogidrid qobiliyati va atrof muhitning salbiy sharoitlariga sezgirligi ekotoksikantlarga yuqori sezuvchanligi bu oʻsimliklardan bioindikator sifatida foydalanish imkonini beradi . Lishayniklar asosan atmosfera havosi tarkibidagi barcha mikroelementlarni oʻziga «qabul qiladi», ularni butun umri davomida oʻzida ushlab turadi va toʻplaydi . Tahlillarni zamonaviy usullardan foydalangan holda olib borish, tahlil uchun namunalar yigʻilgan hududda atmosfera yogʻinlarining elementar tarkibini oʻrganish maʼlum vaqt davomida lishayniklar tallomida toʻplangan radionuklidlarning miqdoriy konsentratsiyasini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot olib borilgan hududlarda keng tarqalgan, atmosfera ifloslanishiga chidamli boʻlgan “Epilit” lishaynik turini biomonitoring uchun tavsiya etish mumkin. Ulardan radionuklidlar (Ra, Th, K va boshqalar.) bilan atrof-muhit ifloslanishining bioindikatorlari sifatida foydalanish eng istiqbolli hisoblanadi[4,7] Lishayniklar bioindikator sifatida respublikamiz va dunyo miqyosida keng va muhim ro‘l o‘ynaydi.

Xulosa. Lishayniklar ekologik barqarorlikni ta’minlashda, tabiat muhitining tozaligini aniqlashda va biotsenozlarning muhim bo‘g‘ini sifatida beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois ularni o‘rganish, asrash va tabiiy xilma-xilligini saqlash ekologik jihatdan dolzarb masalalardan biridir. Lishayniklar-tabiatdagi eng qadimiy va ekologik jihatdan muhim organizmlardan biri bo‘lib, ular o‘zining noyob simbioz tuzilishi, yuqori moslashuvchanligi va bioindikatorlik xususiyati bilan ajralib turadi. Ular zamburug‘va suvo‘tlarning o‘zaro foydali yashashidan hosil bo‘lgan murakkab sistemadir. Lishayniklar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlashda, balki atrof-muhitning tozaligini, ayniqsa atmosfera havosining holatini aniqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Lishayniklarning tarkibida turli organik birikmalar, vitaminlar va mikroelementlar mavjud bo‘lib, ular tibbiyot, farmatsevtika, parfumeriya va oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, lishayniklardan bioindikatsiya va biomonitoring sohalarida foydalanish ekologik tadqiqotlarning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. O‘. PRATOV, L. SHAMSUVALIYEVA, E. SULAYMONOV, X. AXUNOV, K. IBODOV, V. MAHMUDOV. “Botanika” T.;2010. 120 c.
  2. X.Saydazizova. LISHAYNIKLARNING UMUMIY TAVSIFI VA TUZILISHI. ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI. 2025.62 b.
  3. I.Qodirov LISHAYNIKLARNING XUSUSIYATLARI 2023.244 b.
  4. Baxtiyor ogli, R. I. TALIM JARAYONIDA ELEKTRON RESURSLAR SALMOG „INI OSHIRISH BO „YICHA SAMARALI STRATEGIYA ISHLAB CHIQISH.
  5. N.Obidova. LISHAYNIKLARNING TABIATDA TARQALISHI VA UNING AHAMIYATI. 2024.117 b.
  6. Назиркулова, М. Б., Тошмирзаева, Г. Р., & Юлдашева, М. Ю. (2020). ВОЗДЕЙСТВИЕ КЛИМАТА НАМАНГАНСКОГО РЕГИОНА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО. Экономика и социум, (1 (68)), 630-635.
  7. Исагалиев, М. Т., Юлдашев, Г. Ю., Тошмирзаева, Г., Юсуфжонова, З., & Солиева, С. (2016). Плодородие и генезис пустынно-песчаных почв Центральной Ферганы. In АГРАРНАЯ НАУКА-СЕЛЬСКОМУ ХОЗЯЙСТВУ (pp. 351-352).
  8. Qoriyev, M. (2025). NAMANGAN VILOYATIDAGI SUG ‘ORILADIGAN YERLARNING IKKILAMCHI SHO ‘RLANISH MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH IMKONIYATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (2), 231-231.
  9. Кориев, М. Р., & Тошмирзаева, Г. Р. (2023). Оценка возможностей развития лалминского садоводства на основе естественной влажности бурных почв. Экономика и социум, (4-2 (107)), 613-618.
  10. Koriev, M. R., & Toshmirzaeva, G. R. Researching the Natural Moisture of the Hilly Soils of the Namangan Region with the Aim of Developing Rain-fed Gardening. JournalNX, 9(11), 39-44.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011214
Nashr sanasi
2025-10-24
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/191
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
124–127
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25