ATROF-MUHITNI ASRASHNING HUDUDIY VA MINTAQAVIY HUSUSIYATLARI
Abdurahmanov Sohibjon Turdialievich1, Sapaeva Maftuna Mansurjonovna22025
- 1Namangan davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti
- 2Namangan davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistrant
Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 111–113
Annotatsiya
Mazkur maqolada atrof-muhitni asrashning hududiy va mintaqaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Turli hududlarda ekologik muammolar va ularni hal etish usullari o‘ziga xosligi, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish choralari mintaqaning iqlimi, tabiiy sharoitlari va iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq holda qanday farqlanishi ko‘rib chiqiladi. Hududiy va mintaqaviy yondashuvlar ekologik muvozanatni saqlash va barqaror rivojlanishni ta‘minlashda muhim rol o‘ynashi ta‘kidlanadi. Maqola davlat boshqaruvi, mahalliy hamjamiyatlar va ekologik tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini ochib beradi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish strategiyalarini hududiy xususiyatlarga moslashtirish zaruratini yoritadi.
Boshqa tillarda
ruschaРЕГИОНАЛЬНЫЕ И МЕЖРЕГИОНАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ОХРАНЫ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ
В статье анализируются территориальные и региональные особенности охраны окружающей среды. Рассматривается специфика экологических проблем и методы их решения в различных регионах, а также различия в использовании природных ресурсов и мерах по охране окружающей среды в зависимости от климата, природных условий и уровня экономического развития региона. Подчеркивается важная роль территориального и регионального подходов в поддержании экологического равновесия и обеспечении устойчивого развития. В статье раскрывается важность сотрудничества органов государственной власти, местных сообществ и природоохранных организаций, а также необходимость адаптации стратегий охраны окружающей среды к территориальным особенностям.
inglizchaREGIONAL AND REGIONAL FEATURES OF ENVIRONMENTAL PROTECTION
This article analyzes the territorial and regional characteristics of environmental protection. The specificity of environmental problems and methods of solving them in different regions is considered, as well as how the use of natural resources and environmental protection measures differ depending on the climate, natural conditions and level of economic development of the region. It is emphasized that territorial and regional approaches play an important role in maintaining ecological balance and ensuring sustainable development. The article reveals the importance of cooperation between state administration, local communities and environmental organizations, and highlights the need to adapt environmental protection strategies to territorial characteristics.
Kalit so‘zlar
- Atrof-muhitni asrash
- hududiy xususiyatlar
- mintaqaviy yondashuv
- ekologik muvozanat
- barqaror rivojlanish
- tabiiy resurslar
- ekologik muammolar
- davlat boshqaruvi
- mahalliy hamjamiyat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ATROF-MUHITNI ASRASHNING HUDUDIY VA MINTAQAVIY HUSUSIYATLARI
Abdurahmanov Sohibjon Turdialievich Namangan davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Sapaeva Maftuna Mansurjonovna Namangan davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistran
Annotatsiya: Mazkur maqolada atrof-muhitni asrashning hududiy va mintaqaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Turli hududlarda ekologik muammolar va ularni hal etish usullari o‘ziga xosligi, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish choralari mintaqaning iqlimi, tabiiy sharoitlari va iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq holda qanday farqlanishi ko‘rib chiqiladi. Hududiy va mintaqaviy yondashuvlar ekologik muvozanatni saqlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqola davlat boshqaruvi, mahalliy hamjamiyatlar va ekologik tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini ochib beradi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish strategiyalarini hududiy xususiyatlarga moslashtirish zaruratini yoritadi. Kalit so’zlar: Atrof-muhitni asrash, hududiy xususiyatlar, mintaqaviy yondashuv, ekologik muvozanat, barqaror rivojlanish, tabiiy resurslar, ekologik muammolar, davlat boshqaruvi, mahalliy hamjamiyat
Bugungi globallashuv davrida atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi nafaqat ekologlarning, balki butun jamiyat, xususan, yosh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi pedagoglarning ham diqqat markazida turibdi. Inson faoliyatining turli ko‘rinishlari natijasida ekologik muammolar tobora chuqurlashib bormoqda. Atmosfera ifloslanishi, suv resurslarining tanqisligi, chiqindilarni qayta ishlash muammosi, biologik xilma-xillikning kamayishi – bularning barchasi zamonaviy ta’lim jarayonida alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlar hisoblanadi. Ekolog olimlardan biri A. Sodiqov ta’kidlaganidek: “Tabiat va jamiyat bir-biridan ajralmasdir. Atrof-muhitga bo‘lgan har bir munosabat, avvalo, insoniyat kelajagiga bo‘lgan munosabatdir” [1]. Shu bois, atrof-muhitni muhofaza qilishni o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish bugungi kunda zamonaviy ta’limning ustuvor vazifasidir. Yuqorida takidlanganidek tabiat va jamiyat birligini hisobga olsak va biz ham ayni jamiyatning bir bog‘ini bo‘lganligimiz boisidan ekologiyaga e’tiborsizlik qilishimiz bu albatta bizning ham tanazulimiz ekanligi turgan gap. Chunki oddiygina yo‘l chekkasiga o‘rnatilgan axlat idishlatidan turli-tuman chiqindilarni to‘lib-toshib, aralashib yotganligi ko‘ngilni xira qiladi. Zamonaviy ta’limda ekologik tarbiya uch asosiy yo‘nalishda olib boriladi: nazariy bilim berish, amaliy faoliyatga jalb qilish va ongda barqaror ekologik qadriyatlarni shakllantirish. Nazariy bilimlar o‘quv dasturlarida “Tabiiy fanlar”, “Biologiya”, “Geografiya” kabi fanlar orqali beriladi. Amaliy faoliyat sifatida esa maktab va oliy ta’lim muassasalarida ko‘chat ekish, chiqindilarni saralash, suv va elektrdan oqilona foydalanish bo‘yicha loyihalar amalga
oshirilmoqda. Kuzatish mumkinki, yurtimizda bir necha yil oldin ko‘ngilli yosh ekovalantyorlar jamoasi tabiatni muhofaza qilish, tabiat qayta tiklash va jamiyat ya’ni shaxslararo ekologik ongni shakllantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirdilar. Ekologik qadriyatlarni shakllantirishda esa ota-ona, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Mashhur pedagog V. Suxomlinskiy shunday degan: “Bola qalbiga tabiatni sevish tuyg‘usini singdirmasdan turib, uning insoniy fazilatlarini kamol toptirish mumkin emas” [2]. Bu fikr zamonaviy ta’limda ekologik tarbiyaning asosiy tamoyiliga aylangan. Shu jihatni hisobga olgan holda aytish mumkinki, ekologik tarbiya yosh avlodga ongi shaklangan davrdan boshlab singdirilishi naqadar muhim ekanligi ko‘rishimiz mumkin. Ayni jihatdan ham bu jarayon oiladan boshlanishi va ota-ona farzandiga munosib namuna bo‘la olishi kerak. Chunki bolalar bizning taqlidchilarimizdir. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga mintaqaviy yondashuv juda muhim. Har bir hududning o‘ziga xos tabiiy-iqlimiy sharoitlari mavjud: Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orol dengizi fojiasi oqibatlarini yumshatish eng dolzarb masala hisoblanadi. Ayni jihatdan ham hududda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi va Orol dengizining quruq joylariga saksovul koʻchatlari ekildi - maqsad: chang-boʻronlarni kamaytirish, mahalliy ekotizimni tiklash va bir qancha tabiat muhofazasiga qaratilgan maqsadlarni oʻzida jamlagan edi. Bu ishda ko‘plab mahalliy volontyorlar va hududiy jamoalar jalb qilinganligi va yoshlarni tabiat muhofazasiga befarq emasligi quvonarli holat albatta. Toshkent va Farg‘ona vodiysida aholi zich joylashgani sababli havoning ifloslanishini kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Va bu muammoni hal qilish doirasida Prezident eʼlon qilgan va mahalliy hokimliklar qoʻllab-quvvatlagan «Yashil Makon» dasturi doirasida 2024–2025 yillar uchun qoʻshimcha mablagʻajratilganligini va mintaqalarda tashkil etilgan ommaviy daraxt ekish aksiyalarida ko‘plab volontyorlar ishtirok etganligini ham ko‘rsatish mumkin. Bu kompaniyalarda talabalar, mahalla aktivi va ekologik guruhlar faol qatnashgan. Hududlarda esa universitetlarda ekovolontyorlik harakatlari rasmiylashtirilmoqda - talabaekovolontyorlar uchun seminarlar, o‘quv dasturlari, chiqindi-saralash va hududiy ekologik loyihalar tashkil etilmoqda. Bu tashabbus yoshlar orasida barqaror ekologik madaniyat yaratishni maqsad qiladi. Ekolog olim T. Qodirov shunday yozadi: “Ekologik muammolarni faqat umumiy nazariya asosida emas, balki har bir hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib hal etish kerak” [3]. Atrof-muhitni muhofaza qilishda quyidagi muammolar kuzatilmoqda: 1. Aholining ekologik savodxonligi yetarli emas - ko‘plab fuqarolar chiqindilarni saralash yoki energiyani tejashning ahamiyatini to‘liq anglamaydilar. 2. Sanoat chiqindilari – zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilishiga qaramay, ayrim ishlab chiqarish korxonalari ekologik standartlarga rioya qilmayapti. 3. Qonunchilik ijrosining sustligi – mavjud qonun va qarorlar amalda to‘liq tatbiq etilmayapti. 4. Ekoturizm va tabiatni asrashga yetarli investitsiya yo‘qligi – bu esa ekologik loyihalarning barqarorligini ta’minlashga to‘sqinlik qiladi. Akademik I. Karimov ta’kidlaganidek: “Ekologik xavfsizlik – milliy xavfsizlikning ajralmas qismidir. Bu masalaga befarq qarash kelajak avlodga xiyonatdir” [4]. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi amaliy yechimlarni ko‘rsatish mumkin:
Hududiy dasturlar: mintaqalarning o‘ziga xos muammolarini hisobga olgan holda maxsus ekologik dasturlar ishlab chiqish. Ekotexnologiyalarni rivojlantirish: qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (quyosh, shamol) keng foydalanish. Texnika va texnologiyalardan keng foydalangan holatda chiqindilarni umumchiqindidan ko‘ra, chiqindilarni turiga qarab ajratilishiga alohida e’tibor berish, nazorat qilish va ularni qayta ishlashga yo‘naltirish orqali ham ekologik tizimni yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati ishtiroki: nodavlat tashkilotlar, mahallalar va yoshlar harakatini ekologik loyihalarga jalb qilish. Ekologiya bo‘yicha xalqaro mutaxassis R. Carsonning mashhur fikrini esga olish joiz: “Tabiatga qilingan har bir zarar oxir-oqibat insoniyatning o‘ziga qaytadi” [5]. Bu albatta kutilgan va ko‘rinib turgan fikr ekanligini hisobga olgan holda atrof-muhitga alohida mas’uliyat bilan yondashishimizni talab qiladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish - bu faqat ekologlarning vazifasi emas, balki butun jamiyatning umumiy burchidir. Zamonaviy ta’lim jarayonida ekologik madaniyatni shakllantirish orqali yoshlarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga undash mumkin. Hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan ekologik dasturlar, qonunchilikning samarali ijrosi va fuqarolarning faol ishtiroki bu borada asosiy kafolatdir. Kelajagi buyuk bo‘lishi uchun jamiyatimiz bugundan tabiatni asrashga jiddiy kirishishi shart. Zero, tabiat – insoniyatning yagona umumiy uyi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Sodiqov A. Ekologiya va tabiat muhofazasi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2018.
- Suxomlinskiy V. Bola qalbi haqida. – Moskva: Pedagogika, 1979.
- Qodirov T. O‘zbekiston mintaqalarida ekologik muammolar va ularni hal etish yo‘llari. – Toshkent: Fan, 2020.
- Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
- Carson R. Silent Spring. – Boston: Houghton Mifflin, 1962.
- O‘zbekiston Respublikasi “Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.
- UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives. – Paris: UNESCO, 2017.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011211
- Nashr sanasi
- 2025-10-24
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/188
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 111–113
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25