Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI: PIRLS TAJRIBASI HAMDA UNING AHAMIYATI
M. Xabibovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro baholash dasturlari — PIRLS va ePIRLSning mazmun-mohiyati, metodologik asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholashda qo‘llaniladigan kognitiv jarayonlar, matn turlari va topshiriqlar darajasi batafsil yoritilgan. Ayniqsa, raqamli muhitda axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ePIRLS tizimining an‘anaviy baholashdan farqli jihatlariga alohida urg‘u berilgan. Maqolada o‘quvchilarning muvaffaqiyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, oilaviy muhit va ota-onalar ishtirokining ahamiyati statistik ma‘lumotlar asosida asoslab beriladi. Tadqiqot yakunida milliy ta‘lim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va o‘quvchilarning tahliliy fikrlash qobiliyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
- Ochiq kirishMaqola
YOSHLARDA EKOLOGIK ONG VA MAS‘ULIYATNI OSHIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI
K. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada yoshlarda ekologik ong va mas‘uliyatni oshirishda milliy qadriyatlarning o‘rniga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ekologik muvozanatni tartibga keltirish, bunda yoshlar tushunishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar hamda bu jarayonning yurt rivojiga ta‘siriga oid tahlillar keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
RAQAMLI TA‘LIM MUHITIDA BO‘LAJAK CHET TIL O‘QITUVCHILARINING TANQIDIY FIKRLASH MALAKASINI TAKOMILLASHTIRISH: DIAGNOSTIKA, MEZONLAR VA TAJRIBA-SINOV NATIJALARI
I. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada raqamli ta‘lim muhitida bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash malakasini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tajriba-sinov ishlarining metodologiyasi, natijalari va ilmiy-amaliy xulosalari bayon etiladi. O‘zbekiston Respublikasining 6 ta oliy ta‘lim muassasasini qamrab olgan, jami 463 nafar talaba ishtirokidagi kvazi-eksperimental tadqiqotda CTDF (Critical Thinking Development Framework) modeli sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari tajriba guruhi talabalarining tanqidiy fikrlash malakasi barcha besh mezon bo‘yicha statistik jihatdan ahamiyatli darajada o‘sganligini ko‘rsatdi (p
- Ochiq kirishMaqola
FUQAROLIK KOMPETENSIYASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK MOHIYATI
D. Baxodirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada “fuqaro kompetensiyasi”, “fuqarolik tuyg‘usi” tushunchalarining mazmun-mohiyati orqali fuqarolik kompetensiyasi tuzilmasi aniqlashtirilgan. Shuningdek, fuqarolik kompetensiyasining asosiy jihatlari va funksiyalari yoritib berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
MA‘NAVIY VA MADANIY QADRIYATLARNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI
B. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada yoshlar tarbiyasida ma‘naviy tarbiyani madaniy qadriyatlar orqali uyg‘un holda yuksaltirish borasida so‘z yuritilgan. Mamlakatimiz taraqqiyotida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda yoshlar tarbiyasida madaniy qadriyatlarning o‘rni tahlil etilgan. Bunda madaniy qadriyatlarni har bir shaxsning ongida shakllantirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
- Ochiq kirishMaqola
14–15 YOSHLI VOLEYBOLCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
B. Soliha · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada 14–15 yoshli voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Unda yoshga xos xususiyatlar, asosiy jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish metodlari hamda mashg‘ulot jarayonini tashkil etish ko‘rib chiqilgan. Ilmiy va tizimli yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
KURASH SPORTIDA ASOSIY JISMONIY SIFATLAR VA ULARNI RIVOJLANTIRISH USULLARI
B. Soliha · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur ishda kurash sportida muhim bo‘lgan asosiy jismoniy sifatlar — kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Ushbu sifatlarni shakllantirish va takomillashtirishda qo‘llaniladigan asosiy mashg‘ulot usullari hamda ularning sport natijalariga ta‘siri qisqacha tahlil qilingan. Ish kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
- Ochiq kirishMaqola
IMPROVING THE MECHANISMS OF INDIVIDUALIZING THE EDUCATIONAL AND TRAINING PROCESS OF YOUNG NATIONAL WRESTLERS AT THE INITIAL STAGES OF TRAINING
A. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada yosh milliy kurashchilarning mashg‘ulotlarini dastlabki bosqichlarda tashkil etishda ta‘lim va tarbiya jarayonini individuallashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida sportchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, psixologik holati va individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etishning samarali usullari tahlil qilingan. Shuningdek, murabbiy-pedagog faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, differensial yondashuv va individual rejalashtirish asosida sportchilarni tayyorlashning ahamiyati ochib berilgan. Natijada yosh kurashchilarning jismoniy rivojlanishi, texnik-taktik mahorati hamda ma‘naviy-axloqiy tarbiyasini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishMaqola
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI JARGONLARNING STRUKTUR–SEMANTIK XUSUSIYATLARI
O. Ravshanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi jargonlarning struktur va semantik xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Jargonlarning shakllanish usullari, ularning nutqdagi funksional vazifalari hamda ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari ikki til leksik tizimida jargonlarning tutgan o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
VEB NASHRLARDA EKOLOGIK MAVZULARNING YORITILISHI (DIGITAL JURNALIZM VA ONLAYN MEDIA PLATFORMALARINING ROLI VA AHAMIYATI)
A. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Bu maqolada veb nashrlari va onlayn media platformalarida ekologik mavzularning yoritilishi o‘rganilgan. Digital jurnalizmning rivojlanishi ekologik axborot tarqatishda yangi imkoniyatlar ochib berdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, veb saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va digital platformalar ekologik savodxonlikni oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston kontekstida onlayn media atrof-muhit masalalarini qamrab olishda rivojlanayotgan soha bo‘lib, davlat organlari va ijtimoiy tashkilotlar ekologik axborotni tarqatishda faol foydalanmoqda. Maqolada ekojurnalistika, digital kommunikatsiya strategiyalari, ijtimoiy medianing ahamiyati va veb platformalarining oqilona ishlatilishi tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishMaqola
BOSMA NASHRLARDA EKOLOGIK MAVZULARNING YORITILISHI (O‘ZBEKISTON TAJRIBASIDA)
A. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Bu maqolada O‘zbekiston Respublikasining bosma nashrlari (gazeta va jurnallari) orqali ekologik masalalarning yoritilish xarakteristikasi o‘rganilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasidagi joriy ekologik muhim mavzular bosma ommaviy axborot vositalarida qanday taqdim etilayotganini tahlil qiladi. Ish jurnal va gazeta materiallarining 2020- 2024-yillardagi kontent-me‘yoriy tahlilini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekologik mavzular O‘zbekiston bosma nashrlarida muammoli o‘rin egallaydi va bu sohadagi ixtisoslashgan nashrlar yetishmaydi. Maqolada ekologik savodxonlik va ommaviy xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
QISHLOQ XO‘JALIGIDA BANK XIZMATLARI BOZORINING NAZARIY ASOSLARI
H. Xidirovich, F. Fayozbek · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning nazariy asoslari muhokama qilingan bo‘lib, bank xizmatlari va operatsiyalari tahlil qilingan. Maqolada tahlillarga asoslangan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishMaqola
JANUBIY OROL MINTAQASIDA 2000–2025-YILLARDAGI SUV RESURSLARI DINAMIKASINI SONLI TAHLIL QILISH
P. Djengisbaevna, K. Adilbaevna, B. Tleubergenovna, B. Tleubergenovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqola Orol dengizi mintaqasining, asosan, janubiy qismida 2000– 2025-yillardagi suv resurslari dinamikasini global modellar va masofadan zondlash ma‘lumotlari bilan ishlash metodikasiga tayangan holda raqamli tahlil qilishga qaratilgan.
- Ochiq kirishMaqola
KUZGI BUG‘DOYNING “ULTRA” VA “FLESH” NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI
N. Durdiyev, Z. G‘opporova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada 2024–2025-yillarda dala sharoitida olib borilgan tajribalar asosida kuzgi bug‘doyda ko‘chat qalinligining shakllanishi hamda o‘simliklarning qishki sovuqlarga chidamliligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida qishdan oldingi va erta bahordagi ko‘chat qalinligi hamda qishda sovuqdan nobud bo‘lgan o‘simliklar ulushi aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, qishdan oldingi ko‘chat qalinligi 451,4–471,4 ming dona/m² oralig‘ida, bahorgi ko‘rsatkich esa 401,4–455,8 ming dona/m² diapazonda qayd etildi. O‘simliklarning sovuqdan nobud bo‘lish darajasi variantlar va yillar kesimida 8,8–52,7 % oralig‘ida o‘zgarishi aniqlangan.
- Ochiq kirishMaqola
O‘TLOQI-BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA G‘O‘ZANING “S-01” NAVI HOSILDORLIGIGA MINERAL O‘G‘ITNING TA‘SIRI
H. Xidirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada Navoiy viloyatining paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za o‘stirishda kaliyli o‘g‘itni 120 kg/ga (K2O) hisobida N-250, P-175 kg/ga fonida qo‘llash g‘o‘zaning “S-01” navining o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay oziqlanish muhitini yaratib, ko‘rsatib o‘tilgan sharoitda g‘o‘za navidan mo‘l va sifatli paxta hosili yetishtirish imkoniyati mavjudligi yoritilgan.
- Ochiq kirishMaqola
РАЗВИТИЕ ВОЗОБНОВЛЯЕМЫХ ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА РЫНОК ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ И СЕТЕВУЮ ИНФРАСТРУКТУРУ
М. Н.А, Т. Гулзар, С. Цюйхуэй, И. Нурсултан · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi ehtimoliy kelajak energetika ssenariylari ko‘rib chiqilgan, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sektorining hozirgi holati haqida batafsil ma‘lumot berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ПОВЫШЕНИЕ ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТИ КОМПРЕССОРНЫХ И ВЕНТИЛЯТОРНЫХ ЭЛЕКТРОМЕХАНИЧЕСКИХ СИСТЕМ В УСЛОВИЯХ ПЕРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ РЕЖИМОВ
А. Шавазов, И. Илекерова, Ш. Тураханов · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada turli texnologik sharoitlarda ishlaydigan kompressor va ventilyatorli elektromexanik tizimlarning energiya samaradorligini oshirishning zamonaviy usullari ko‘rib chiqiladi. Asinxron elektr yuritmalarning energetik xarakteristikalariga o‘zgaruvchan yuklama, o‘tish jarayonlari, qisman yuklama rejimlari va to‘xtab turish vaqtlarining ta‘siri tahlil qilindi. Chastotaviy boshqariladigan yuritma, adaptiv boshqarish algoritmlari va intellektual boshqarish usullarini qo‘llash orqali energiya yo‘qotishlarini kamaytirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Energiya samaradorligiga erishish uchun ventilyatsiya tizimlarini dinamik modellashtirish va kompressor qurilmalarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Ish rejimini optimallashtirish tizimlari va rostlanuvchi elektr yuritmalardan foydalanish energiya sarfini 20–40 foizga, ba‘zan esa undan ham ko‘proq tejash mumkinligi ko‘rsatilgan. O‘zgaruvchan texnologik sharoitlarda elektromexanik tizimlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar so‘nggi ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishMaqola
DETERMINATION OF TOTAL PROTEIN CONTENT IN THE AERIAL PART OF PHLOMOIDES KIRGHISORUM USING THE KJELDAHL METHOD
M. Abdulhakimova, D. Haydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu tadqiqotda Phlomoides kirghisorum o‘simligining yer ustki qismida umumiy oqsil miqdori Kjeldal usuli yordamida aniqlandi. Tadqiqot obyekti sifatida vegetatsiya davrida yig‘ilgan va quritilgan o‘simlik xomashyosi tanlandi. Tahlil jarayonida namunadagi umumiy azot miqdori aniqlanib, oqsilga aylantirish koeffitsienti (6,38) yordamida umumiy oqsil miqdori hisoblab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlik tarkibidagi umumiy azot miqdori 2,44 % ni, umumiy oqsil miqdori esa 15,57 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar Phlomoides kirghisorum turining oqsil moddalarga nisbatan boy ekanligini ko‘rsatdi. Aniqlangan oqsil miqdori ushbu o‘simlikning biologik va farmakologik qiymatini baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Tadqiqot natijalari dorivor o‘simliklar tarkibini kompleks o‘rganish hamda ularni farmatsevtika va fitoterapiya amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy asoslash uchun xizmat qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
GAZ RAZRYADLI YARIMO‘TKAZGICHGA EGA FOTOGRAFIK IONIZATSION KAMERADA UZOQ TO‘LQINLI INFRAQIZIL NURLANISHNI QAYD ETISH MEXANIZMLARI
S. Utamuradova, B. Xaydarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Yarimo‘tkazgich elektrodlarga ega gaz razryadli yacheykalarda fizik jarayonlar nazariy va eksperimental jihatdan tadqiq qilindi. Plazmali kontaktlarning gaz razryadi stabilligini oshirishi aniqlandi. Qo‘shimcha dempferlovchi kaskadli fotografik ionizatsion kamera 0,38–11 mkm va undan yuqori infraqizil diapazonda obyektlarni qayd etish imkonini berdi. Eksperimental natijalar nazariy hisoblar bilan mos keldi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MINERAL VA MIKROELEMENTLI O‘G‘ITLARNING BUG‘DOYNING O‘SIB-RIVOJLANISHI HAMDA DON SIFATIGA TA‘SIRI
A. R.T., D. M.M. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu tezisda bug‘doy hosildorligi va don sifatini oshirishda makroelementlar bilan bir qatorda mikroelementlarning ham muhim o‘rin tutishi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Ushbu tahlil natijalaridan kelib chiqib, ko‘pchilik ilimiy-izlanishlarda mikroelementlarning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, fotosintez jarayonlari, oziq moddalar almashinuvi hamda hosil elementlarining shakllanishiga ta‘sirini o‘rganishga qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotlar tahliliy natijalari bo‘yicha mikroelementli preparatlar bilan bug‘doy urug‘lariga ishlov berish va vegetatsiya davrida qo‘llash bug‘doyning unuvchanligi, tuplanishi, hosildorligi hamda don sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashini ko‘rsatgan. Shuningdek, Orolbo‘yi hududining tuproq-iqlim sharoitlarida mikroelementlarning samarali meyorlari va qo‘llash usullarini aniqlash yuqori va sifatli hosil olishning muhim omillaridan biri ekanligi bo‘yicha ham tahliliy ma‘lumotlar keltirilganligini kuzatish mumkin.