Maqola
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
2 404 natija
Maqola
2 404 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
FORMATION OF A DIGITAL CULTURE OF FUTURE SPECIALISTS IN THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS
G. R. Muratova · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Jamiyatning jadal raqamli transformatsiyasi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligiga raqamli kompetensiyalarni integratsiya qilishni taqozo etadi. Ushbu maqolada oliy ta‘lim muassasalari talabalarida raqamli madaniyatni shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari o‘rganilgan. Tadqiqotda zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta‘lim samaradorligini oshirish, metodik ta‘minotni takomillashtirish va innovatsion pedagogik amaliyotni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. O‘tkazilgan tadqiqot asosida jismoniy tarbiya va sport sohasida raqamli madaniyatning asosiy tarkibiy qismlari, jumladan axborot savodxonligi, raqamli muloqot ko‘nikmalari hamda kasbiy faoliyatda texnologik vositalarni qo‘llash malakasi aniqlangan.
- Ochiq kirishMaqola
AKSIOLOGIK QARASHLAR YORDAMIDA TALABALARNING FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada “Aksiologiya”,“Kompetensiya”, “Fuqarolik kompetensiyasi” tushunchalarining mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, aksiologik qarashlar yordamida talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritilgan.
- Ochiq kirishMaqola
“XUROSONDAGI AYYORLIK”: TARIXIY HIKOYA, MILLIY O‘ZLIK VA AYYORLIKNING BADIIY IFODASI
Uktamova Xilola · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada Xalilulloh Xaliliyning “Xurosondagi ayyorlik” asari Afg‘onistonning XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy inqirozi fonida tahlil qilinadi. Asar tarixiy roman (qissa) janrida yozilgan bo‘lib, Afg‘onistondagi so‘nggi monarxiyaning ag‘darilishi va Habibulla Kalakoniy (Bachai Saqqo) hukmronligi davri voqealarini qamrab oladi. Tahlil qahramonlik (ayyorlik) kontseptsiyasining badiiy timsoli, uning tarixiylik bilan o‘zaro aloqasi va insonparvarlik (gumanistik) g‘oyalarni yetkazishdagi roli nuqtai nazaridan olib boriladi.
- Ochiq kirishMaqola
SOVET DAVRIDA O‘ZBEKISTON SSR (1960–1980 YILLAR) QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARIDA ILMIY KADRLAR TAYYORLASHNING TARIXIY TAHLILI
Nasilloyev Sunnat Shavkat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
tadqiqot ishi O‘zbekiston SSRda 1960-1980 yillarda qishloq xo‘jaligi fanlarida aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlash, olib borilgan ilmiy siyosat, shu jumladan muammo va ularning yechimlarini o‘z ichiga olgan.
- Ochiq kirishMaqola
ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ЭНЕРГЕТИКЕ
Кувондиков Камронбек Одилбек угли · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada raqamli energetika sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ularning afzalliklari va qo‘llanish sohalari ko‘rib chiqiladi. Katta ma‘lumotlar asosida ishlovchi raqamli servislar, masofaviy boshqaruv tizimlari, kengaytirilgan diagnostika vositalari, shuningdek yagona axborot modelining kontseptsiyasi yoritilgan. Bundan tashqari, kiberxavfsizlik masalalari, milliy texnologiyalarni rivojlantirish hamda inson xavfsizligini ta‘minlash jihatlariga alohida e‘tibor qaratiladi.
- Ochiq kirishMaqola
QUYOSH RADIATSIYASINI PYTHON DASTURLASH YORDAMIDA MODELLASHTIRISH VA EKSPERIMENTAL MA‘LUMOTLAR BILAN TAQQOSLASH
Roziqov Jurabek Yuldashboy o‘g‘li, Ro‘ziboyev Valijon Umarali o‘g‘li, Kamolova Muhabbat Muhiddin qizi, Ahmedova Shalola Yunusali qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh radiatsiyasi intensivligini uchta keng qo‘llaniladigan “ochiq osmon” modellaridan foydalangan holda – ASHRAE 2001, Hottel (1976) va ASHRAE 2009 – kompleks sonli modellashtirish va tekshirish natijalari taqdim etiladi. Tadqiqotning maqsadi yil davomida ushbu modellar aniqligini baholash bo‘lib, hisob-kitoblar Python va MATLAB dasturlash tillarida amalga oshirilgan. Har bir model yilning kuniga hamda qabul qiluvchi sirtning og‘ish burchagiga bog‘liq holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tarqoq quyosh radiatsiyasi miqdorini hisoblashga tatbiq qilindi. Hisoblangan qiymatlar har bir modelning amaliyligini va cheklovlarini aniqlash maqsadida eksperimental ma‘lumotlar bilan grafik tarzda taqqoslandi. Model aniqligini miqdoriy baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlar hisoblab chiqildi hamda natijalar ASHRAE 2001 modeli sinovdan o‘tkazilgan modellar ichida eng yuqori moslikka ega ekanini ko‘rsatdi. Ushbu tadqiqot quyosh energiyasi tizimlarini loyihalashni optimallashtirish, ma‘lum iqlim sharoitlari uchun model tanlash hamda takrorlanuvchanlikni ta‘minlash maqsadida ochiq manbali Python realizatsiyasini taqdim etadi.
- Ochiq kirishMaqola
GIBRID ELEKTR STANSIYASINI ENERGIYA SAQLOVCHI TIZIMSIZ ELEKTR TARMOQQA ULASH.
Rajabov Jamoliddin Baxtiyar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu ishda 3-6.2 kW quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini mahalliy elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha texnik va muhandislik yechimlari o‘rganildi. Quyosh energiyasidan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiyalash hamda ekologik barqarorlikni ta‘minlash maqsadida kichik quvvatli fotoelektr tizimlarning ahamiyati ortib bormoqda. Tadqiqot davomida quyosh panellari, invertor, muhofaza vositalari va ulash uskunalari tanlovi, shuningdek, Gibrid FES ni on-grid tizimida ulab ishga tushurish va ortiqcha energiyani elektr tarmoqqa uzatish yo‘llari keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
KESIK KONUSSIMON QUVURLI QUYOSH SUV ISITGICH KOLLEKTORINING ISSIQLIK UZATILISHI VA SAMARADORLIGINI EKSPERIMENTAL TAHLILI.
Esanaliyeva N.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Quyosh energiyasi tobora ko‘proq energiya manbai sifatida e‘tirof etilmoqda. Quyosh suv isitgichlari (QSI) energiyani qayta tiklanuvchi manbalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi texnologiyalar qatoriga kiradi. Ushbu maqolada kesikkonussimon absorberli QSI kollektorining eksperimental tadqiqot natijalari, uning foydali ish koeffitsienti (FIK) va issiqlik almashinuv samaradorligi tahlil qilinadi.Quyosh suv isitgich kollektorlarining issiqlik uzatish qobiliyati bir nechta omillarga bog‘liq.
- Ochiq kirishMaqola
RESULTS OF THE ASSESSMENT OF PROTECTED SPECIES IN THE FERGANA VALLEY AS A REGION WITH THREATENED BIODIVERSITY ON THE BASIS OF INTERNATIONAL CRITERIA
G‘ulomov Rustamjon Komiljon o‘g‘li, Xoshimov Xushbaxt Rustamjon o‘g‘li, Toshmatov Sarvar Omonjon o‘g‘li, Dexqonov Davron Burxonovich, Batoshov Avazbek Risqulovich, Tog‘ayev Ibrohim Usamovich, Sheraliyev Abdurahmon · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Incarvillea olgae Regel CR – B1a,b(iii, iv)+B2a,b(iii, iv). Pomir-Oloydagi juda kamyob, yo‘qolib ketish arafasidagi relikt o‘simlik. Ferula korshinskyi Korovin CR – B2ab(ii,iii,iv). Shimoliy Pomir-Oloyga xos kamyob endemik o‘simlik. Restella alberti (Regel) Pobed EN – B1a,b(iii, iv). Pomir-Oloy va G‘arbiy Tiyon-Shon tog‘larida uchraydigan kamyob o‘simlik. Salvia margaritae Botsch. EN – B1a,b(i, iii, iv) + B2a,b(iii). Oloy tizmasining tog‘oldi hududlarida tarqalgan kamyob o‘simlik. Phlomoides kirghisorum EN – B1ab(ii,iii) + 2ab(ii,iii,iv); C1. Fag‘ona vodiysini shimoli-sharqiy hududidagi kamyob subendemik o‘simlik.
- Ochiq kirishMaqola
DETERMINATION OF THE AMINO ACID CONTENT IN THE OKRA (Hibiscus esculentus L.) VEGETABLE PLANT
D.O‘.Bozorova, N.CH Namozov, A.X.Islomov, SH.A.Tinchlikova · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada bamiya (Hibiscus esculentus L.) o‘simligining urug‘i va mevasi tarkibidagi erkin aminokislotalar miqdori aniqlanib, ularning taqqoslovchi tahlili keltirilgan. Erkin aminokislotalarni ajratish va aniqlash yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usuli yordamida olib borildi. Natijalar bamiya mevasi urug‘iga nisbatan ko‘proq umumiy aminokislotalar kontsentratsiyasiga ega ekanligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishMaqola
THEORETICAL STUDY OF THE ELECTRONIC STRUCTURE AND SPECTRAL PROPERTIES OF THE 2,5-DIPHENYLOXAZOLE (PPO) MOLECULE USING QUANTUM CHEMICAL METHODS
X.Z.Botirov, U.J. Turdiyev, T.Y. Murodov, I.A. Raxmatullayev, P. Xong · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu nazariy tadqiqot yuqori energiyali nurlanish detektorlarida birlamchi organik stsintillyator sifatida keng qo‘llaniladigan 2,5-difeniloksazol (PPO) molekulasining geometrik, elektron va spektral xossalarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda kvant-kimyoviy usullar, xususan gibrid B3LYP funksionali va 3-21+G* bazisidan foydalangan holda zichlik funksionali nazariyasi (DFT) qo‘llanildi. Hisoblashlar Gaussian 09 dasturiy paketi yordamida bajarilib, natijada molekulaning optimal geometriyasi va global minimal energiyasi (-704,379679 Xartri yoki -19167,1473 eV) aniqlandi. Natijalar PPO molekulasi yuqori barqarorlikka ega ekanini ko‘rsatadi, buni 4,18 eV (yoki 0,15362 Xartri) ni tashkil etuvchi HOMO-LUMO energetik tirqishi tasdiqlaydi.
- Ochiq kirishMaqola
ИЗУЧЕНИЕ ХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА ЭФИРНОГО МАСЛА НАДЗЕМНОЙ ЧАСТИ РАСТЕНИЯ RANUNCULUS BALDSHUANICUS
Дехканов Рахматилла Султанович · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Namangan viloyatida o‘sadigan Ranunculus Baldshuanicus o‘simligining yer ustki qismlaridan gidrodistillatsiya usulida efir moyi ajratib olindi. Olingan efir moyining tarkibi gaz xromatografiya–mass-spektrometriya (GX-MS) usuli bilan tahlil qilindi. Natijada 16 ta komponent aniqlangan.
- Ochiq kirishMaqola
TURLI TABIIY MANBALARDAN AJRATIB OLINGAN POLISAXARIDLARNING ДИСПЕРСЛИК ДАРАЖАСИНИ АНИҚЛАШ
Dexkonov Raxmatilla Sultonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu tadqiqot ishida turli tabiiy manbalardan olingan kraxmal namunalarining disperslik darajasini baholash maqsadida, ular suspenziyalarining sedimentatsion tahlili amalga oshirildi. Sedimentatsion tahlil suspenziyaning dispers fazasini tashkil qilgan kraxmal moddasiga nisbatan o‘tkazildi. Tajriba natijalariga asoslanib, sedimentatsion egri chiziqlari qurildi va zarrachalarning taqsimlanishi aniqlandi. Suspenziyalarning har bir fraksiyasining nisbiy miqdori zarrachalarning o‘lchamlari bo‘yicha taqsimoti differensial taqsimot egri chiziqlari yordamida tahlil qilindi. Shuningdek suspenziya namunalarida zarrachalarning maaksimal, minimal va o‘rtacha o‘lchamlari hisoblab topildi, bu esa muhim texnologik ko‘rsatkich hisoblanadi.
- Ochiq kirishMaqola
YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIDAN MASALALAR YECHISHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Dexkonov Raxmatilla Sultonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fanidan masalalar yechishning ahamiyati va roli tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, masalalar yechish nafaqat talabalar bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, balki ularning mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini ham oshiradi. Shuningdek, maqolada yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fanidan misol tariqasida masalalar keltirilgan va ularni yechish usullari bayon qilingan.
- Ochiq kirishMaqola
RAMAN SPECTROSCOPIC ANALYSIS OF TUNGSTEN SILICIDE (WSI2) PHASE FORMATION AND LATTICE STRESS IN P-TYPE SILICON.
Sh.B. Utamuradova, Sh.Kh. Daliev, J.J. Khamdamov, Y.Z. Mardiyev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu tadqiqotda yuqori haroratli (1573 K, 5 soat) termik diffuziya yo‘li bilan volfram (W) kiritilishining p-tipli monokristall kremniy (p-Si) namunalarining tarkibiy va strukturaviy xossalariga ta‘siri o‘rganildi. Namunalarning xossalari Raman sochilish spektroskopiyasi yordamida tahlil qilindi. Raman spektroskopiyasi tahlili p-Si namunasida kremniyning asosiy LO cho‘qqisi intensivligining kamayishini, shuningdek ~244 sm⁻¹ va ~429 sm⁻¹ chastotalarda yangi, o‘tkir cho‘qqilarning paydo bo‘lishini tasdiqladi. Bu o‘zgarishlar kremniy yuzasida yangi barqaror faza – volfram silitsidi (WSi2) hosil bo‘lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, 2TA cho‘qqisi markazining yuqoriroq chastotaga (~319 sm⁻¹) siljishi panjarada kuchli siquvchi mexanik kuchlanishlar yuzaga kelganini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishMaqola
FTIR SPECTRUM ANALYSIS OF SILICON DOPED WITH ERBIUM
Sharifa B, Utamuradova, Jonibek J. Khamdamov, Bekzod Sh. Alikulov, Khojakbar S. Daliyev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Kremniy asosidagi yarimo‘tkazgich materiallar zamonaviy mikroelektronika va optoelektronikaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xususan, kristall panjaraga erbiy (Er) kiritilganda kremniy tuzilishida bir qator muhim strukturaviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Kremniyda bunday o‘zgarishlar infraqizil (FTIR) spektroskopiya yordamida ayniqsa yaxshi aniqlanadi, chunki bu usul Si–O–Si, Er–O, Si–C kabi bog‘lanishlarning tebranish modalarini aniq qayd etish imkonini beradi. Tuzilishda yangi fazalarning hosil bo‘lishi, oksidlanish darajasi va optik faol kislorod konsentratsiyasi FTIR yordamida olingan cho‘qqilarning joylashuvi, intensivligi va kengligi bo‘yicha baholanadi. Eng muhim o‘zgarishlar Si–O–Si assimetrik valent tebranishi (νₐs) chizig‘i atrofida qayd etildi. Erbiy atomlari kiritilgan namunada bu cho‘qqi 1099 sm⁻¹ da aniqlangan bo‘lsa, dastlabki namunada u 1109 sm⁻¹ ga siljigan, intensivligi ham kamaygan va chiziq kengaygan. Bu o‘zgarishlar termik ishlov berish jarayonida kislorodga boyigan, biroq kuchli tartibsizlangan amorf SiOₓ qatlamining hosil bo‘lishi bilan izohlanadi. Natijada Si–O–Si bog‘lanishlaridagi burchak kengayadi, bog‘lanish uzunligi biroz ortadi, bu esa bog‘lanish elastikligining kamayishi bilan birga tebranish chastotasining pasayishiga olib keladi. Cho‘qqining kengayishi tuzilishdagi burchak va bog‘lanish uzunligi taqsimotining ortishidan dalolat beradi.
- Ochiq kirishMaqola
ФАСЦИОЛЁЗ В СРЕДНЕЙ АЗИИ: ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПРОФИЛАКТИКЕ
Мурадуллаев Отабек Мухаммаджон угли · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqola O‘rta Osiyo mamlakatlarida fastsilyozning tarqalishini epidemiologik xususiyatlar, xavf omillari va diagnostika hamda profilaktikaning zamonaviy usullariga e‘tibor qaratgan holda kompleks tahlil qiladi. Tadqiqot turli hududlardagi kasallanish darajasini qiyosiy tahlil qilish, gelmintozning tarqalishiga ta‘sir etuvchi iqlim va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni baholash, shuningdek invaziyani nazorat qilishning an‘anaviy va innovatsion yondashuvlarini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonda statistik ma‘lumotlar va dala tadqiqotlari asosida asosiy muammolar aniqlandi va aholi hamda qishloq xo‘jaligi hayvonlari o‘rtasida kasallanishni kamaytirishga doir amaliy tavsiyalar taklif etildi.
- Ochiq kirishMaqola
BUZOQLAR STREPTOKKOZINI TARQALISH OMILLARI (Adabiyot ma‘lumotlari asosida)
Navruzov N.I., Qurbonova Z.S · Research Focus International Scientific Journal · 2025
maqolada adabiyot ma‘lumotlari asosida buzoqlarning Str.pneumoniae infeksiyasi bilan hududlar bo‘yicha zararlanish darajasi o‘rganilgan. Streptococcus pneumonianing buzoqlar organizmida kasallikning patogenezi, uning yoshga oid o‘zgarishlari, patologoanatomik o‘zgarishlarining o‘ziga xos klinik ko‘rsatkichlari haqidagi ma‘lumotlar berilgan. Buzoqlar organizmida streptokokk kasalligining o‘tkir yoki surunkali kechishidagi patologik jarayonlarni ochiqlantirishga qaratilgan.
- Ochiq kirishMaqola
КЛИНИКО-МИКРОБИОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОСТРЫХ ДИАРЕЙНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ
Мукаррам Салимджановна Шаджалилова, Нозимахон Камолиддин кизи Зупарова · Research Focus International Scientific Journal · 2025
O‘tkir diareyalar yuqumli patologiya tuzilmasida yetakchi o‘rinlardan birini egallashda davom etmoqda. Ishimizning maqsadi bakterial kelib chiqishli o‘tkir diareyalarning klinik-mikrobiologik tavsiflarini o‘rganish bo‘ldi. Vazifalar o‘tkir diareya kasalliklari bilan og‘rigan 84 nafar bemorda klinik-laborator tadqiqotlar o‘tkazish va keyinchalik infeksiya qo‘zg‘atuvchisining poliresistent shtammlarini aniqlash, shuningdek asosiy klinik belgilarni aniqlash va ichak mikrobiotsenozi holatini belgilashdan iborat edi.
- Ochiq kirishMaqola
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ КЛИНИЧЕСКИХ, НЕЙРОСОНОГРАФИЧЕСКИХ И ТОМОГРАФИЧЕСКИХ ДАННЫХ ПРИ ЛИКВОРОДИНАМИЧЕСКИХРАССТРОЙСТВАХ У ДЕТЕЙ
Ибрагимова Шахзода Умидовна, Эргашев Сухроб Сайидович, Абдукодырова Шахноза Бахроновна · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Tadqiqot maqsadi bolalarda likvorodinamik buzilishlarda klinik ko‘rinishlar, neyrosonografiya ma‘lumotlari va kompyuter/magnit-rezonans tomografiya natijalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish, shu orqali tashxisni yaxshilash va kasallik kechishini bashorat qilish edi. Ishga likvor oqimining buzilishiga shubha qilingan turli yoshdagi bolalar — gidrotsefaliyadan tortib turli etiologiyali kalla ichi gipertenziyasigacha — kiritildi. Klinik manzarani (nevrologik holat, nevrologik rivojlanish, shikoyatlar) tizimli baholash, bosh miyaning ultratovush tekshiruvlari (neyrosonografiya) hamda morfologik o‘zgarishlar, qorinchalar tizimining kengayish darajasi, atrofiya yoki o‘choqli patologiya belgilarini baholash uchun KT/MRT bajarildi. Usullar o‘rtasidagi mos kelish va farqlarning qiyosiy tahlili o‘tkazilib, klinik simptomlar og‘irligi bilan ventrikulomegaliya darajasi o‘rtasidagi tipik korrelyatsiyalar, shuningdek funksional buzilishlar morfologik o‘zgarishlardan oldinroq aniqlangan holatlar ochib berildi. Chaqaloqlarda skrining usuli sifatida neyrosonografiyaning afzalliklari va cheklovlari hamda jarrohlik aralashuvidan oldin batafsil anatomik kartalash uchun tomografiyaning roli muhokama qilindi. Likvorodinamik buzilishlarga shubha qilingan bolalarni tekshirish algoritmi va keyingi kuzatuv yoki davolashga ko‘rsatmalarni belgilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.