“XUROSONDAGI AYYORLIK”: TARIXIY HIKOYA, MILLIY O‘ZLIK VA AYYORLIKNING BADIIY IFODASI
Uktamova XilolaPhD, katta o‘qituvchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 98–101
Annotatsiya
ushbu maqolada Xalilulloh Xaliliyning “Xurosondagi ayyorlik” asari Afg‘onistonning XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy inqirozi fonida tahlil qilinadi. Asar tarixiy roman (qissa) janrida yozilgan bo‘lib, Afg‘onistondagi so‘nggi monarxiyaning ag‘darilishi va Habibulla Kalakoniy (Bachai Saqqo) hukmronligi davri voqealarini qamrab oladi. Tahlil qahramonlik (ayyorlik) kontseptsiyasining badiiy timsoli, uning tarixiylik bilan o‘zaro aloqasi va insonparvarlik (gumanistik) g‘oyalarni yetkazishdagi roli nuqtai nazaridan olib boriladi.
Boshqa tillarda
ruscha«ХИТРОСТЬ В ХОРАСАНЕ»: ИСТОРИЧЕСКОЕ ПОВЕСТВОВАНИЕ, НАЦИОНАЛЬНАЯ ИДЕНТИЧНОСТЬ И ХУДОЖЕСТВЕННОЕ ВЫРАЖЕНИЕ ХИТРОСТИ
в данной статье анализируется произведение Халилуллаха Халили «Хитрость из Хорасана» на фоне социально-политического кризиса в Афганистане в начале XX века. Произведение написано в жанре исторической повести (рассказа) и охватывает события периода свержения последней монархии и правления Хабибуллы Калакани (Бачаи Сакко) в Афганистане. Анализ проводится с точки зрения художественного образа концепции героизма (хитрость), его взаимосвязи с историчностью и роли в передаче гуманистических идей.
inglizcha“CUNNING IN KHORASAN”: HISTORICAL NARRATIVE, NATIONAL IDENTITY AND THE ARTISTIC EXPRESSION OF CUNNING
This article analyses Khalilullah Khalili‘s work "Cunning in Khorasan" against the background of the socio-political crisis in Afghanistan at the beginning of the 20th century. The work is written in the genre of the historical novel (novella) and covers the events of the overthrow of the last monarchy in Afghanistan and the period of the rule of Habibullah Kalakani (Bacha-i Saqqao). The analysis is conducted from the point of view of the artistic embodiment of the concept of heroism (cunning), its interrelation with historicity and its role in conveying humanistic ideas.
Kalit so‘zlar
- Xalilulloh Xaliliy
- Xurosondagi ayyorlik
- afg‘on adabiyoti
- tarixiy hikoya
- milliy o‘zlik
- ayyorlik
- postkolonial adabiyot
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
“XUROSONDAGI AYYORLIK”: TARIXIY HIKOYA, MILLIY O‘ZLIK VA AYYORLIKNING BADIIY IFODASI Uktamova Xilola PhD, katta o‘qituvchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti E-mail: uktamovahilolaxon@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17914682 Annotatsiya: ushbu maqolada Xalilulloh Xaliliyning “Xurosondagi ayyorlik” asari Afgʻonistonning XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy inqirozi fonida tahlil qilinadi. Asar tarixiy roman (qissa) janrida yozilgan bo‘lib, Afg‘onistondagi so‘nggi monarxiyaning ag‘darilishi va Habibulla Kalakoniy (Bachai Saqqo) hukmronligi davri voqealarini qamrab oladi. Tahlil qahramonlik (ayyorlik) kontseptsiyasining badiiy timsoli, uning tarixiylik bilan o‘zaro aloqasi va insonparvarlik (gumanistik) g‘oyalarni yetkazishdagi roli nuqtai nazaridan olib boriladi. Kalit so‘zlar: Xalilulloh Xaliliy, “Xurosondagi ayyorlik”, afg‘on adabiyoti, tarixiy hikoya, milliy o‘zlik, ayyorlik, postkolonial adabiyot.
“ХИТРОСТЬ В ХОРАСАНЕ”: ИСТОРИЧЕСКАЯ ИСТОРИЯ, НАЦИОНАЛЬНАЯ ИДЕНТИЧНОСТЬ И ХУДОЖЕСТВЕННОЕ ВОПЛОЩЕНИЕ ХИЩНИЧЕСТВА Уктамова Хилола PhD, старший преподаватель, Ташкентский государственный университет востоковедения Аннотация: в данной статье анализируется произведение Халилуллаха Халили «Xитрость из Хорасана» на фоне социально-политического кризиса в Афганистане в начале XX века. Произведение написано в жанре исторической повести (рассказа) и охватывает события периода свержения последней монархии и правления Хабибуллы Калакани (Бачаи Сакко) в Афганистане. Анализ проводится с точки зрения художественного образа концепции героизма (хитрость), его взаимосвязи с историчностью и роли в передаче гуманистических идей. Ключевые слова: Халилуллах Халили, «Хитрость из Хорасана», афганская литература, историческая повесть, национальная идентичность, хитрость, постколониальная литература.
“CUNNING IN KHORASAN”: A HISTORICAL STORY, NATIONAL IDENTITY AND ARTISTIC EXPRESSION OF CUNNING Uktamova Khilola PhD, Senior Lecturer, Tashkent State University of Oriental Studies Abstract: this article analyzes Khalilullah Khalili’s work, “The cunning from Khorasan,” against the backdrop of the socio-political crisis in Afghanistan in the early 20th century. The work is written in the genre of a historical novel (novella) and covers the events during the overthrow of the last monarchy and the reign of Habibullah Kalakani (Bachai Saqqo) in Afghanistan. The analysis is conducted from the perspective of the artistic representation of the concept of heroism (ayyar), its correlation with historicity, and its role in conveying humanistic ideas. Keywords: Khalilullah Khalili, “The Ayyar from Khorasan,” Afghan literature, historical novella, national identity, cunning, postcolonial literature.
KIRISH Xalilulloh Xaliliy (1907-1987) Afg‘onistonning taniqli adibi, shoir va tarixchisi sifatida XX asr dariy adabiyotining yetuk namoyandasi hisoblanadi. Uning “Xurosondagi ayyorlik” asari nafaqat tarixiy mazmuni, balki noyob badiiy uslubi bilan ham sharqshunoslik va adabiyotshunoslik doiralarida e’tiborga molikdir. Ushbu asar, 1929-yildagi ijtimoiy-siyosiy inqiroz va Habibulla Kalakoniy (Bachai Saqqo) hukmronligi davri voqealariga bag‘ishlangan tarixiy qissadir. Tarixiy qissa janri, Jorj Lukach ta’kidlaganidek, tarixiy zaruriyatni insoniy taqdir orqali ifodalash funksiyasini bajaradi. Tarixiy shaxslar va voqealar badiiy timsollar orqali umumlashtiriladi. Xaliliyning ushbu asaridagi asosiy kontseptsiya “ayyorlik”dir. An’anaviy afg‘on xalqi adabiyotidagi “ayyor” (javonmardi, futuvvat) timsoli jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi chiqqan, kuchli ijtimoiy tartibga ega bo‘lmagan shaxsni ifodalaydi. Xaliliy bu an’anaviy “ayyorlik” timsolini o‘z asarida yangi zamonaviy ma’no – vatanparvarlik va halollik bilan boyitadi. Bu qahramonlik, mavjud hokimiyat (odatda, zolim deb talqin qilinadigan) tuzumiga qarshi oddiy xalq manfaatlarini himoya qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. ASOSIY QISM Xaliliy uslubida an’anaviy fors-tojik adabiyoti bilan kuchli intertekstuallik aloqalari kuzatiladi. Xususan, asarda Alisher Navoiy, Bedil, Hofiz she’rlariga istioralar mavjud. Adabiyotshunoslik nazariyasi nuqtai nazaridan qaraganda, intertekstuallik nazariyasi Julia Kristevaning qarashlariga xos, ya’ni har bir matn oldingi matnlar bilan dialogda mavjud. Ba’zi o‘rinlarda “ یکی نبود،( ”یک بودbir bor ekan, bir yo‘q ekan) deb boshlash va maqollardan mohirona foydalanishini uchratish mumkin. “Xurosondagi ayyorlik” muallifning shaxsiy tajribasi va tarixiy voqealarga asoslanib, shaxsiy xotiralari, an’analar va tarixiy faktlarni birlashtirib, Afg‘onistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi mustamlakachilikka qarshilik kurashi, ichki nizolar va jamiyatning o‘zgarishi haqida badiiy tasvir orqali ma’lumot beradi. Asarning markazida “ayyorlik” tushunchasi bo‘lib, u an’anaviy jamiyatda adolat, jasorat va himoya ramzi hisoblanadi. Xaliliy bu tushunchani qayta talqin qilish orqali murakkab tarixiy shaxslar, xususan, Habibullo Kalakoniyning obrazini chuqur o‘rganadi, ularning harakatlarini milliy mustaqillik va ijtimoiy adolat kontekstiga joylashtiradi. Xaliliy asarida tarix va adabiyot o‘rtasidagi chegarani siyraklashtiradi. U an’anaviy tarixiy ma’lumotlarni shubha ostiga oladi va “pastdan qarab” yangi nuqtai nazarni taklif etadi. Asarda, masalan, Boburiy imperiyasining qulashi, Britaniya aralashuvi va Afg‘oniston mustaqilligi kabi voqealar shaxsiy tajribalar va mifologik hikoyalar orqali aks ettirilgan. Tarixiy faktlar to‘liq hujjatli aniqlikda berilmay, balki asar g‘oyasiga xizmat qiladigan tarzda tanlanib, badiiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Asarda hokimiyatga intiluvchi shaxslar va ular keltirib chiqargan tartibsizlik (xalq yashagan qiyinchiliklar) bir tomonda, adolatparvar, xalqchil qahramonlar (ayyorlar) ikkinchi tomonda tasvirlanadi. Bu esa yuzaga kelgan tarixiy vaziyatga muallifning shaxsiy bahosini aks ettiradi. Asardagi “Kosa minorasi” jangi kabi sahifalar tarixiy voqeani epik va hissiy jihatdan boyitilgan holda tasvirlaydi. Bu yondashuv Xayden Vaytning “tarixiy hikoya” g‘oyasiga mos keladi, bunda tarixchilar voqelikni tushuntirish uchun adabiy tuzilmalardan foydalanadilar. Xaliliy an’anaviy tarixda chetlashtirilgan qahramonlar (masalan, oddiy askarlar, ayollar, qaroqchilar)ga gapirish imkonini beradi, ularning qahramonligi va qurbonliklarini ko‘rsatib beradi. “Kosa minorasi” – mustamlakachilikka qarshilik ramzi sifatida aks ettirilgan.
Asar Afg‘onistonning mustamlakachilik kuchlari (Buyuk Britaniya, keyin Sovet Ittifoqi) va zamonaviylashtirish siyosati o‘rtasidagi murakkab munosabatlarini ochib beradi. Xaliliy G‘arb modernizatsiyasini ko‘plab an’analar va diniy qadriyatlar bilan to‘qnashuv sifatida tasvirlaydi, bu esa ichki ziddiyatlarga olib keladi. “Kosa minorasi” jangi kabi epik tasvirlar orqali afg‘on xalqining mustaqillik uchun kurashi aks etadi. Sovet Ittifoqining Afg‘onistondagi siyosiy aralashuvi va uning xalq hayotiga salbiy ta’siri tanqid qilinadi. Buxoro va Samarqanddan qochgan muxojirlarning og‘ir ahvoli orqali Sovet rejimining zo‘ravonligi ochib berilgan. Omonulloh Xon hukmronligi davridagi islohotlar (kigiz shapkalar kiyish, ta’til kunlarini o‘zgartirish) jamiyatning bir qismi tomonidan diniy va madaniy hujum sifatida qabul qilingan. Bu Frants Fanonning postkolonial nazariyasiga mos keladi, bunda mustamlakachilikdan keyingi jamiyatlar madaniy meros va modernizatsiya o‘rtasidagi ziddiyatni boshdan kechiradilar. Xaliliy bu ziddiyatni “ayyorlik” xususiyati orqali hal qilishga harakat qiladi, ya’ni an’anaviy qadriyatlar asosida zamonaviylikka qarshilik ko‘rsatish. Xaliliy Habibullo Kalakoniy obrazini oddiy “qaroqchi” yoki “qahramon” emas, balki murakkab tarixiy shaxs sifatida tasvirlaydi. Uning hokimiyatga kelishi va qulashi orqali muallif siyosiy beqarorlik, sinfiy kurash va tashqi aralashuv mavzularini ochib beradi. “Ayyorlik”tushunchasi afg‘on va O‘rta Osiyo adabiy manbalarida uzoq tarixga ega. Dastlabki bosqichlarda u asosan “futuvvat” (olijanoblik, yigitlik) va “javonmardi” (mardlik, saxovat) axloqiy mezonlari bilan bog‘liq edi. Adolat uchun kurashish, himoyasizlarga yordam berish, ritsarlik qoidalari, sir saqlash qobiliyati va hukmdorlarga qarshi chiqish. Masalan, “Kalila va Dimna” kabi hikoyalarda yoki Siston tarixiga oid dostonlarda ayyorlar jamiyatda tartib-intizom o‘rnatishga harakat qilgan norasmiy kuch sifatida tasvirlanadi. Bu an’anaviy ayyor ko‘pincha qonundan tashqari, ammo axloqiy jihatdan baland turuvchi shaxs bo‘lgan. Asardagi ayyor timsoli hukmron sinfning (monarxiyaning ag‘darilishi paytidagi) zaifligi va siyosiy opportunizmiga qarshi turuvchi axloqiy kompas rolini o‘ynaydi. U hokimiyatga intilmaydi, balki adolat va tartibni tiklashni maqsad qiladi. Bu, G‘arb adabiyotshunosligidagi “Anti-qahramon” (Anti-hero) konsepsiyasi bilan qisman o‘xshash bo‘lishi mumkin, chunki u rasmiy tuzum tomonidan tan olinmagan yoki hatto jinoiy hisoblangan shaxs bo‘lsa-da, axloqiy jihatdan ideal qahramonlik xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Asarda tasvirlangan ayyor shaxsning asosiy motivlari shaxsiy boylik yoki hokimiyat emas, balki adolat va g‘ururdir. Bu bilan Xaliliy asarga chuqur gumanistik ma’no beradi: asardagi “ayyor”lik, oddiy odamlarni himoya qilish va mamlakatdagi tartibsizliklarga qarshi turish kabi vatanparvarlik harakatlari bilan bog‘lanadi. Bu, gumanistik g‘oyalarning milliy o‘zlikni anglash kontekstida namoyon bo‘lishidir. Kalakoniy obrazini tasvirlashda yozuvchi “yaxshi” va “yomon” o‘rtasidagi an’anaviy qarama-qarshilikdan qochadi. Bu tarixiy shaxslarni qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan intilishni aks ettiradi, ularni qahramonlar harakat qilgan tarixiy sharoitda tushunishga harakat qiladi. Bu yondashuv tarixiy adabiyotda “buyuk odam” nazariyasidan uzoqlashishni ifodalaydi. Asar o‘quvchilarga tarixiy voqealarning murakkabligiga qaramay, shaxsiy axloqiy mas’uliyatning muhimligini yetkazishga urinadi. Ayyorlar timsoli orqali muallif afg‘on jamiyatidagi oliyjanoblik, bag‘rikenglik va jasoratning barqaror qadriyat ekanligini ta’kidlaydi. Muallif uslubida realizm va ramziylik o‘rtasida muvozanat mavjud: realistik tasvir sifatida ijtimoiy adolatsizliklar, qashshoqlik, siyosiy korrupsiya batafsil tasvirlansa, ramziylik asnosida ayyorlik - milliy ozodlik ramzi, Kosa minorasi - mustamlakachilikka qarshilik ramzini ifodalaydi. XULOSA
“Xurosondagi ayyorlik” nafaqat tarixiy hikoya, balki Afg‘onistonning murakkab o‘tmishini tushunish, milliy o‘zlikni qayta aniqlash va mustamlakachilikdan keyingi davrda kelajakni ko‘rish uchun muhim vosita hisoblanadi. Xaliliy “ayyorlik” xususiyatini qayta kashf etish orqali afg‘on xalqiga tarixiy izohlilik va ma’naviy mustahkamlik manbai sifatida xizmat qiladi. Asar shuni ko‘rsatadiki, tarix nafaqat podshohlar va urushlar haqida, balki odamlarning jasorati, qurbonligi va orzulari haqidadir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Anderson B. Imagined Communities: Reflections on the Origin and Spread of Nationalism. – London: Verso, 1983.
- Bakhtin M.M. The Dialogic Imagination. – University of Texas Press, 1981.
- Ehteshami A. "Contemporary Persian Literature". – Routledge, 2018.
- Ingarden R. The Literary Work of Art. – Northwestern University Press, 1973.
- Kristeva J. Desire in Language: A Semiotic Approach to Literature and Art. – Columbia University Press, 1980.
- White H. Metahistory: The Historical Imagination in Nineteenth-Century Europe. – Johns Hopkins University Press, 1973.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013153
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 11
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i11.1837
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 98–101
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06