Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

AKSIOLOGIK QARASHLAR YORDAMIDA TALABALARNING FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Djumaqulov Shuxrat BaxodirovichToshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Chirchiq, O‘zbekiston2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 102–107

Annotatsiya

Mazkur maqolada “Aksiologiya”,“Kompetensiya”, “Fuqarolik kompetensiyasi” tushunchalarining mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, aksiologik qarashlar yordamida talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ ГРАЖДАНСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ АКСИОЛОГИЧЕСКИХ ПОДХОДОВ

В статье разъясняются понятия «Аксиология», «Компетенция», «Гражданская компетенция». Также освещается вопрос развития гражданской компетенции студентов через аксиологические взгляды.

inglizchaISSUES OF DEVELOPING THE CIVIC COMPETENCE OF STUDENTS THROUGH AXIOLOGICAL APPROACHES

This article reveals the essence of the concepts of "axiology", "competence" and "civic competence". It also examines the issue of developing students‘ civic competence with the help of axiological approaches.

Kalit so‘zlar

  • Aksiologiya
  • qadriyat
  • kompetensiya
  • fuqarolik kompetensiyasi
  • kompetentlik
  • fuqaro kompetentligi
  • huquq
  • erkinlik
  • majburiyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

AKSIOLOGIK QARASHLAR YORDAMIDA TALABALARNING FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti professori, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Chirchiq, O‘zbekiston E-mail: shuxratdjumaqulov834@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17893318 Annotatsiya: Mazkur maqolada “Aksiologiya”,“Kompetensiya”, “Fuqarolik kompetensiyasi” tushunchalarining mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, aksiologik qarashlar yordamida talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Kalit so‘zlar: “Aksiologiya”, “qadriyat”, “kompetensiya”, “fuqarolik kompetensiyasi”, “kompetentlik”, “fuqaro kompetentligi”, “huquq”, “erkinlik”, “majburiyat”.

ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ ГРАЖДАНСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ АКСИОЛОГИЧЕСКИХ ПОДХОДОВ Аннотация: В статье разъясняются понятия «Аксиология», «Компетенция», «Гражданская компетенция». Также освещается вопрос развития гражданской компетенции студентов через аксиологические взгляды. Ключевые слова: «аксиология», «ценность», «компетенция», «гражданская компетенция», «компетентность», «гражданская компетентность», «право», «свобода», «обязательства».

ISSUES OF DEVELOPING STUDENTS' CIVIC COMPETENCE USING AXIOLOGICAL PERSPECTIVES Abstract: The article explains the concepts of "Axiology", "Competence", "Civic competence". It also highlights the issue of developing students' civic competence through axiological views. Key words: "Axiology", "Value", "Competence", "Civic competence", "Right", "Freedom", "Responsibilities".

KIRISH Mamlakatimizda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohada islohotlar olib borilayotgan bir davrda aksiologik qarashlar yordamida oliy ta’lim muassasalari talabalarining fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish dolzarb masalalaridan biridir. Fuqarolik kompetensiyasi o‘zida kognitiv, qadriyatli, xulq-atvorga doir, refleksiv komponentlarni aks ettiruvchi hamda vatanni sevish, o‘z xalqining qiziqishlarini himoya qilish, ona tabiatni muhofaza qilish, xalqining tili va madaniy an’analarini saqlash, avloddan- avlodga yetkazish qobiliyatini namoyon etuvchi shaxs integrativ sifatidir. Shunday ekan talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda aksiologik qarashlarning o‘rni kattadir. Talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish, ularning jamiyatimizdagi har bir masalaga daxldorlik hissini kuchaytirish, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda, olib borilayotgan islohotlarimizning tadrijiyligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, kompetentligi yuqori bo‘lgan shaxslarni shakllantirish dolzarb masalalardandir. Kompetentligi yuqori bo‘lgan shaxslarni shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Ta’lim sohasining yana bir eng asosiy vazifasi bugungi kun uchun zarur bo‘lgan yangi avlodni, ilm-fan va o‘z ixtisosligi asoslarini puxta egallagan bilimli yoshlarni tarbiyalashdan iboratligi shubhasiz. Shu bilan birga, aniq fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, jamiyat, davlat manfaatlarini himoya qiladigan, xalq hayotidagi o‘zgarishlar va islohotlarda faol qatnashadigan, zamonaviy va keng tafakkurli yoshlar avlodini shakllantirish vazifasi ham nihoyatda muhim, albatta [1]” degan fikrlari diqqatga sazovordir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI Aksiologiya atamasi ilmiy bilimlar sohasiga XX asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologi E.Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to‘g‘risidagi fan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qadriyatshunoslik, deb atash mumkin. Har bir fanga o‘z nomini bergan asosiy tushunchalar bo‘lgani kabi qadriyat tushunchasi ham qadriyatshunoslik atamasi uchun shunday asos rolini bajaradi. G‘arbda bu atama grekcha “axio” (qadriyat) va “Iogos” (fan, ta’limot) tushunchalariga asoslanadi[2].

Qadriyatlarning mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllar bilan bog‘liq muammolarning tahlili uzoq tarixga ega. Bunda Yevropa olimlaridan Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Demokrit, J.J.Russo, A.Sen-Simon, Sh.Furye, R.Ouen, I.Kant, M.Sheler, N.Gartman, V.Vindelband, G.Rikkert, Ujeyms, J.Dyui, N.Berdyayev, P.Sorokin, E.Dyurkgeym, T.Parsons va boshqalarning ijodiy merosida aksiologiyaning rivojiga qo‘shgan hissasini ko‘rishimiz mumkin.

Markaziy Osiyolik mutafakkirlar hamda olimlar Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, al-Buxoriy, at-Termiziy, Yassaviy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy, Mashrab, Bedil, Maxtumquli, Abay, Behbudiy, Avloniylar ijodida ham qadriyatshunoslikka oid qimmatli ma’lumotlarni olish mumkin.

Qadriyatlar muammosining falsafiy-tarixiy tahlili zaminimizda yaratilgan qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Xalq og‘zaki ijodida ko‘proq umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan. Spetamen, Alpomish, To‘maris va Shiroq to‘g‘risidagi dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoiylik ruhi badiiy tasvirlangan [3] .

Ajdodlarimizning qadimgi kitobi Avesto diniy-falsafiy merosimizning eng yorqin namunasi, qadimgi xalqlarimizning umuminsoniy qadriyatlari yoritib berilgan asardir. Avestoda yurtimiz zaminida yashagan xalqlarning islomgacha bo‘lgan davrdagi tabiiy-ilmiy, ayniqsa, axloqiy qadriyatlarining rivojlanishi tarixiga oid g‘oyat muhim ma’lumotlar berilgan.

Buyuk mutafakkirlaridan biri Muhammad Muso al-Xorazmiy ilgari surgan g‘oyalarda qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari izohlangan. Xorazmiy olimning qadri, o‘tmishlari fikrlarini kelajakka hokisor yetkazib berishda, deb hisoblar edi. Mutafakkir quyidagicha yozadi: “O‘tmish davrlarda o‘tgan olimlar fanning turli tarmoqlari sohasida asarlar yozish bilan o‘zlaridan keyingi keladiganlarni nazarda tutardilar. Ulardan biri o‘zidan avvalgilardan qolgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib ketadi, uni o‘zidan keyin keluvchilarga meros qoldiradi, boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi, bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi , o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi”[4]. Bu so‘zlar butun sharq olimlari uchun umumiy talab, kamolot mezoni, hozirgi intellektual mulk egalari ma’naviy qiyofasining asosiy xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi.

Abu Nasr Forobiy ham qadriyatlarga katta e’tibor bergan. Forobiyning qadriyatlar to‘g‘risidagi fikrlarini “Madina al-fozila” ta’limotida yaqqol kuzatish mumkin. Qomusiy olim sifatida Forobiy fozil jamiyat to‘g‘risidagi ta’limotida yuksak g‘oyalar, adolatli ijtimoiy munosabatlar qaror topgan davrda vujudga keladigan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning umumiy tizimini izohlab bergan. Forobiy bunday jamiyatda diniy qadriyatlar ham muayyan ahamiyatga ega bo‘lishini, ammo unda kalom (teologiya) va fiqh (huquqshunoslik) vakillari kishilarning ma’naviy-ahloqiy kamoloti uchun javob beradigan sohalarni boshqarishlari, ijtimoiy munosabatlarning asosiy sohalari esa faylasuf-hukmdorlar tomonidan boshqarib borilishini ta’kidlaydi.

Abu Rayhon Beruniy fikricha ma’naviy qadriyatlarning vujudga kelishi ijtimoiy munosabatlar, kishilarning yashash tarzi, moddiy ehtiyojlari, qiziqishlari, manfaatlari, talablari va maqsadlari bilan uzviy bog‘langan. Masalan, kishilar o‘rtasidagi hamkorlik odamlarning birlashish ehtiyojlari ko‘pligi, himoya qilish qurollari kamligi va dushmanlardan o‘zini himoya qilish zarurati tufayli vujudga kelgan. Beruniy hunar, savdo-sotiq, mamlakatlararo madaniy-ilmiy aloqalarni kuchaytirish, ijtimoiy hayotda ilm-fanni rivojlantirish, uning rolini oshirishning tarafdori edi.

Qadriyatlar masalasi Abu Ali Ibn Sinoning asarlarida ham muhim o‘rin egallaydi. Uning “Donishnoma”, “Solomon va Ibsol” kabi asarlarida bu masalaga to‘xtalib o‘tilgan. Ibn Sinoning nazarida o‘z ibtidosini Allohdan olgan borliq va tabiat insonni o‘rab turuvchi abadiy makondir. Shu jihatdan uning qadri beqiyos, inson esa hamma boyliklarni tabiatdan oladi, undan o‘ziga davo topadi. Ibn Sino inson, uni o‘z-o‘zini idora qilishi haqidagi fanlarning ahamiyatini to‘g‘ri ta’kidlaydi[5].

Ibn Sino ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyatiga ham katta e’tibor bergan. Uningcha, odamning qadri boshqalar bilan hamkorligi, yaxshi ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lishga intilishi, donologi, boshqalarga yaxshilik qila olishidadir.

Siyosiy qadriyatlar talqinida Amir Temurning qarashlari katta o‘rin tutadi. Podshohlar, hukmdor va siyosiy arboblarning axloq-odob talablari, davlat va siyosat yuritish san’ati bayon qilingan “Temur tuzuklari”da ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga katta ahamiyat berilgan, asar Sharqda va G‘arbda mashhur bo‘lgan, ko‘p marta chop etilgan.

Umumbashariy qadriyatlar tahlilida Mirzo Ulug‘bekning fikrlari ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. U o‘z atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mutafakkirlarni to‘pladi, ular bilan birga umumbashariy qadriyatlar, koinot sirlari, unda ro‘y berayotgan jarayonlarning ahamiyatini o‘rganish borasida o‘z zamonasidan ilgarilab ketdi. Sirasini aytganda, ular nafaqat umumbashariy qadriyatlarni tadqiq etdilar, balki ilm-ma’rifat, haqiqat, ziyolilik, fozillik kabi umuminsoniy qadriyatlarning turli xususiyatlarini izohlab berdilar. Ulug‘bek akademiyasining faoliyati o‘rta asrlar ilmiy hurfikrliligining eng yaqqol namunalaridan biridir, u boshchilik qilgan olimlar esa koinot va yulduzlarni inson uchun abadiy makon bo‘lgan olamning bashariy qadriyatlari sifatida tushunganlar va tadqiq qilganlar.

Yurtimiz madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining asarlarida qadriyatlar masalasiga katta e’tibor bergan. Uning fikrlari ham tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liq. Ushbu ta’limot faqat Navoiy emas, balki Sa’diy, Jomiy kabi boshqa o‘rta asr mutafakkirlarining qarashlariga ham ta’sir ko‘rsatgan. Navoiyning odil jamiyat to‘g‘risidagi qarashlarida umumijtimoiy qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa eng yetuk inson qiyofasiga xos shaxsiy qadriyatlar tizimi ta’riflangan. Bunda ikki qadriyatlar tizimining aloqadorligi yaqqol ko‘rinib turadi.

Keyingi asrlarda A.Donishning “O‘g‘illarga nasihat” (XIX asr oxiri), A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” (XIX asr boshlari) asarlarida ham aksiologiya ya’ni qadriyatlar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki aksiologiyaning rivojida nafaqat g‘arb mamlakatlari olimlari balki sharq allomalarining ham xizmati kattadir. TADQIQOT METODOLOGIYASI Aksiologiyaning mazmunini o‘rganish bilan birga kompetensiya tushunchasini o‘rganish va tadqiq etish ham muhim hisoblanadi. Kompetentli yondashuv jiddiy meyoriy bazaga ega bo‘lgan oliy ta’lim rivojlanishining ustuvor va istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Bunda kompetensiyalarni o‘zlashtirish ta’limning asosiy maqsadi va natijasidir. Olimlar tomonidan ilmiy-pedagogik adabiyotlarda “kompetensiya” va “kompetentlilik” atamalari turlicha talqin etiladi. N.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi “qobiliyat” demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi, kompetentlik talabalarning shaxsiy sifatlari to‘plami hamda kasbiy sohaning tayanch talablarini o‘zida ifoda etadi [6]. B.Xodjayev kompetensiya - ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (meyorlar)dan ham o‘zib ketishi, kompetentlik esa, tayanch, umumiy va fanga doir kompetensiyalarning o‘zlashtirilishi, degan xulosaga kelgan[7]. I.G.Galyamina kompetensiyani turli sohalardagi kasbiy muammolarni hal qilishda bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish qobiliyati va unga insonning tayyorligi, kompetentlilikni esakompetensiyalar yig‘indisining namoyon bo‘lishi sifatida tushunadi[8]. I.A.Zimnyaya kompetensiyalar deb ba’zi ichki, potensial, yashirin bilimlar, tasavvurlar, harakatlar algoritmlari, qadriyatlar tizimlarini hisoblaydi, ular esa keyinchalik insonning kompetentligida o‘zini namoyon etadi, degan fikrni qayd etib o‘tgan. Kompetentlik, uning fikriga ko‘ra, bilimlarga asoslangan dolzarb, shakllantiradigan shaxsiy sifat, insonning intellektual va shaxsiy belgilangan ijtimoiy-kasbiy tavsifnomasi, uning shaxsiy sifatidir[9]. TAHLIL VA NATIJALAR Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, “kompetensiya” tushunchasini tavsiflashda ko‘pincha intilish, qobiliyat, tayyorlik fe’llariga tayaniladi, kompetentlik esa, integrativ shaxsiy sifat yoki sifatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’limning asosiy muammolaridan biri bu asosiy kompetensiyalarni tanlab olish bo‘lib, ular umumkasbiy va fanga doir guruhlarga ajratiladi. Tadqiqotlarda asosiy kompetensiyalarning psixologik-pedagogik asoslarini ajratib ko‘rsatish, ularning mazmuni, xususiyatlari va tarkibiy asoslarini aniqlash muammolariga katta e’tibor qaratiladi. Bizning tadqiqotlarimiz doirasida ma’naviy fazilat sifatida fuqarolik kompetensiyasini tadqiq etish muhim o‘rin tutadi. Fuqarolikni asosiy kompetensiya sifatida ajratib ko‘rsatish 1990-yillarning ikkinchi yarmida boshlanadi. I.A.Zimnyaya tomonidan “fuqarolik tuyg‘usi bilan bog‘liq kompetensiyalar” atamasi fanga kiritildi[9]. Zamonaviy pedagogika fanida “fuqarolik kompetensiyalari” tushunchasi va o‘z mazmun-mohiyati jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan yana bir qator atamalar uchraydi. Bular “fuqaro kompetentligi”, “fuqarolik hissi kompetentligi”, “fuqarolik kompetensiyasi” kabi atamalardir. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining fuqarolik kompetentliligini shakllantirish masalasi V.G.Jurova, A.Akramovlar tomonidan o‘rganilgan.

Fuqarolik kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishning siyosiy jihati Y.YE.Podlesnaya tomonidan tahlil etilgan.

Fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish muammosiga I.A.Zimnyaya, Z.S.Mazir, L.V.Orinina tadqiqotlarida ham e’tibor qaratilgan.

I.A.Zimnyaya - fuqarolik kompetensiyalari deganda, fuqaroning huquq va majburiyatlarini bilish va ularga rioya qilish, erkinlik va mas’uliyat, o‘ziga ishonch, o‘z qadr-qimmati, fuqarolik burchi, davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya) haqida bilimga ega bo‘lish va ulardan g‘ururlanish nazarda tutiladi. Uning fikricha, fuqaro kompetentligiga, insonni jamiyat a’zosi, davlatga tegishlilik sifatida uning sotsial, ijtimoiy mohiyatining asosi sifatida qarash kerak[9].

Z.S.Mazir fuqarolik kompetensiyasini huquq, siyosat, jamiyat, davlat to‘g‘risidagi bilimlarni qo‘llashga, muayyan ijtimoiy vaziyatlarda fuqarolik rollarini bajarishga imkon beradigan siyosiy-huquqiy ko‘nikma va malakalarni egallashga (saylovchi, qonunlarni hurmat qiluvchi fuqaro, jamoatchilik ishlarida faol) tayyorlik, deb ta’riflaydi[10].

L.V.Orininaning fikricha, fuqarolik kompetensiyasi deganda shaxsning integrativ sifati tushunilib, u kognitiv, qadriyatli, xulq-atvorli va refleksiv komponentlarni o‘z ichiga oladi va Vatanni sevish, o‘z Vatani manfaatlarini himoya qilish, ona-tabiatni asrash-avaylash, o‘z xalqining madaniy urf-odatlari, an’analarini saqlab qolish va avloddan avlodga yetkazish qobiliyati va boshqa xalqlarga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini rivojlantirishda namoyon bo‘ladi[11].

XULOSA Yuqoridagi tahlillarga tayangan holda, fuqaro kompetentliligi - bu subyektning fuqarolik kompetensiyalari yig‘indisini egallashdan iborat bo‘lib, u o‘zini jamiyatning (davlatning) to‘laqonli a’zosi sifatida anglashi, uning manfaatlariga sodiq bo‘lishi, huquq, erkinlik va majburiyatlar yig‘indisini egallashi, fuqaro sifatida harakat qilishida namoyon bo‘lishi, fuqarolik kompetensiyasi - bu o‘z bilim, malaka, tajribasi, shaxsiy sifatlarini faoliyatda amalga oshirishga intilish, buning uchun tayyorlik va qobiliyati yig‘indisidir degan fikrga keldik. Shundan kelib chiqqan holda talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda aksiologik qarashlardan foydalanish, ularga buyuk allomalarimizning asarlarida asoslab berilgan qadriyatlarimizni o‘qitish orqali bugungi kunda davlat va jamiyat oldidagi daxldorlik hissini anglash, huquq va erkinliklarini bilish va ulardan foydalanish bilan birga, majburiyatlarini bajarish kabi sifatlarni shakllantirish lozim.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Mirziyoyev.Sh.M. “Yangi O‘zbekiston Strategiyasi” T.: O‘zbekiston, 2021. 230-231-betlar.
  2. Назаров Қ.Н. Қадриятлар фалсафаси (Аксиология) Илмий-услубий комплекс. Т.: 2004. 3 -бет.
  3. Ўзбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихидан. Т.: Ўзбекистон, 1995. 6-бет.
  4. Мухаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар. Т.: Фан, 1983. 59-бет.
  5. Абу Али Ибн Сино. Тиб қонунлари. 1 китоб. Т.: Мерос, 1993. 5-бет.
  6. Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари: Пед.фан.докт. ... дисс. Тошкент: 2007. - 357 б.
  7. Ходжаев Б.Х. Умумтаълим мактаби ўқувчиларида тарихий тафаккурни модернизациялашган дидактик таъминот воситасида ривожлантириш: Педагогика фанлари доктори. ... дисс. Тошкент, 2016. - 314 б.
  8. Галямина И.Г. Проектирование государственных образовательных стандартов высшего профессионального образования нового поколения с использованием компетентностного подхода: материалы к шестому заседанию методологического семинара 29 марта 2005 г. М, 2005.
  9. Зимняя И.А. Общая культура и социально-профессиональная компетентность человека // Профессиональное образование. 2006.- №2. - С. 18.
  10. Мазыр З.С. Формирование гражданской компетенции учащихся в процессе обучения в школе: диссертация … кандидата педагогических наук.- Самара, 2005.- 176 с.
  11. Оринина Л.В. Формирование гражданской компетенции студентов в условиях поликультурной образовательной среды университета: диссертация … кандидата педагогических наук. - Магнитогорск, 2007. - 159 с.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013154
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
11
DOI
10.66073/researchfocus.v4i11.1838
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
102–107
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06