Maqola
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
2 404 natija
Maqola
2 404 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA IJTIMOIY SHAXSIY KOMPITENTLIKNI RIVOJLANTIRISH
Mirzayev Saidmaxmud · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqola, umumta‘lim maktabi o‘quvchilarini ko‘p jixatdan kamol topishi, yurtimizda o‘tkazilayotgan isloxotlarning samarasi, ijtimoiy shaxsiy kompitentlikni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning salomatligiga bag‘ishlangan.
- Ochiq kirishMaqola
JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASI HAR XIL BO‘LGAN O‘SMIR FUTBOLCHILARDA QON AYLANISHI KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Abdullaev Bekdada G‘afurjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada maqsadi turli ixtisoslik va turli tayyorgarlik darajasidagi futbolchilarni jismoniy ko‘rsatkichlari, qon aylanishi va nafas olish ko‘rsatkichlarini adaptatsiyalanish hususiyatlarini baholash haqida ma‘lumotlar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
TIBBIY TA‘LIMDA AN‘ANAVIY VA SIKL (BLOK) ASOSIDA O‘QITISH TIZIMLARINING QIYOSIY TAHLILI: AFZALLIKLAR VA KAMCHILIKLAR
Inomov Kodirxon Saidmamatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu tadqiqot tibbiy ta‘lim jarayonida an‘anaviy (semestr davomida parallel fanlar) va sikl (blok/modul) tizimlarining samaradorligini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot "University of Business and Science" Tibbiyot fakulteti, Davolash ishi yo‘nalishining 23-01 (an‘anaviy) va 23-02 (sikl) guruhlari talabalari ishtirokida o‘tkazildi. Tadqiqot metodologiyasi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA) tahlili va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarni o‘z ichiga oladi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sikl tizimi klinik fanlarni chuqur o‘zlashtirish va diqqatni jamlashda ustunlikka ega bo‘lsa, an‘anaviy tizim fundamental bilimlarni uzoq muddatli xotirada saqlash va fanlararo integratsiyada o‘ziga xos afzalliklarga ega. Maqolada ikkala tizimning ijobiy va salbiy tomonlari yoritilib, gibrid yondashuvni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ФУНКЦИОНИРОВАНИЕ СИНТАКСИЧЕСКИХ СРЕДСТВ КОГЕЗИИ В ИДЕОСТИЛЕ Ф.М. ДОСТОЕВСКОГО (НА МАТЕРИАЛЕ РОМАНОВ «ПРЕСТУПЛЕНИЕ И НАКАЗАНИЕ» И «БРАТЬЯ КАРАМАЗОВЫ»).
Садиева Робия Шухратджон кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqola F.M. Dostoyevskiyning individuall uslubida (ideostilida) matn kogeziyasini (bog‘liqligini) ta‘minlovchi sintaktik mexanizmlarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan. «Jinoyat va jazo» hamda «Aka-uka Karamazovlar» romanlari materiali asosida sintaktik parallelizm, parsellyatsiya, kirish konstruksiyalari va o‘ziga xos bog‘lovchi-konnektorlar kabi vositalar tahlil qilinadi. Muallif Dostoyevskiy asarlarida sintaktik kogeziya nafaqat tarkibiy vazifani bajarishini, balki psixologik kuchlanish va ovozlar «polifoniyasi»ni yetkazib berish vositasi bo‘lib xizmat qilishini asoslab beradi.
- Ochiq kirishMaqola
THE PRAGMATIC ROLE OF INTERTEXTUAL REFERENCES IN SCIENCE MAGAZINE NARRATIVES
Shahnozabegim Yoqubjonova, Nodirabegim Yoqubjonova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu tadqiqot ommabop ilmiy jurnallar hikoyalaridagi (narrativ) intertekstual havolalarning pragmatik funksiyalarini o‘rganadi. Ilmiy muloqot maxsus bilimlar va jamoatchilik tushunchasi o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga intilayotgan bir paytda, mualliflar / nufuzni o‘rnatish, murakkab tushunchalarni soddalashtirish va o‘quvchining madaniy bilimi bilan bog‘lanish uchun ko‘pincha intertekstuallikdan foydalanadilar. Taniqli ilmiy nashrlardagi maqolalar korpusi asosida avvalgi ilmiy ishlarga, madaniy belgilarga va tarixiy voqealarga havolalar qanday strategik tarzda joylashtirilganligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari intertekstuallikning uchta asosiy pragmatik rolini ochib beradi: kognitiv ko‘mak, ijtimoiy moslashuv va ritorik ishontirish. Tadqiqot shunday xulosaga keladiki, intertekstual havolalar shunchaki uslubiy bezak emas, balki ilmiy jurnalistikada hikoya kogerentligini yaratish uchun muhim vositadir.
- Ochiq kirishMaqola
QUANTIFIERS IN UZBEK: ANALYTICAL STUDY
Sayidmurod S. Abdurahmonov, Gwangrak Son · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi kvantorlar tahlil qilinib, suzuvchi kvantorlar, son kvantorlari hamda suzuvchi kvantorlar bilan determinant kvantorlar o‘rtasidagi farqlar muhokama qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi suzuvchi kvantorlar odatda ravish pozitsiyasida paydo bo‘ladimi yoki ularning komplementi Spec-IP ga ko‘chganda ajralib qoladimi, degan savol ko‘tariladi. Shuningdek, mazkur ishda o‘zbek tilidagi kvantorlarning tuzilishi, tasnifi va taqsimoti o‘rganiladi hamda egalik (genitiv) va ikki kelishikli kvantorlarning hosil bo‘lish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy masalalaridan biri o‘zbek tilidagi kvantorlar A-harakat orqali hosil bo‘ladimi yoki A‘-harakat orqali shakllanadimi, degan savoldir. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kvantor suzishi asosan GEN va DCQ konstruksiyalarida DP bilan bog‘liq holda / yuzaga keladi, holbuki AQ konstruksiyalarida suzish xususiyati kuzatilmaydi. Oddiy kvantorlar esa doimo DP ichidagi adjunct sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi muhokamalar hamda qisman va ikki DPlardan kelib chiqadigan derivatsiyalarga asoslanib, o‘zbek tilidagi suzuvchi kvantorlarning tuzilishi ichki xususiyatga ega bo‘lib, A‘-harakat bilan bog‘liq ekanligi aniqlanadi. Kelgusida o‘zbek tilidagi suzuvchi kvantorlarning stranding hodisasi asosida yuzaga keladimi yoki adverbial xususiyatga ega ekanligini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.
- Ochiq kirishMaqola
TRANSLATION EQUIVALENCE AND TRANSLATABILITY: A THEORETICAL REASSESSMENT
Oybekova Gulnoza Oybek qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada tarjima ekvivalentligi va tarjima qilinuvchanlik (translatability) tarjimashunoslikning markaziy tushunchalari sifatida nazariy jihatdan qayta ko‘rib chiqiladi. Maqolada ekvivalentlik, tarjima qilib bo‘lmaslik (untranslatability) va manba hamda maqsad matnlar o‘rtasida ma‘no ko‘chirishning chegaralari bo‘yicha klassik va zamonaviy qarashlar tanqidiy tahlil qilinadi. Tarjima til birliklari o‘rtasidagi qat‘iy moslik emas, balki dinamik, talqin qilinadigan jarayon sifatida yoritiladi. Sifatli nazariy tahlil asosida lingvistik, funksional va madaniy yondashuvlar uyg‘unlashtiriladi. Natijalar ekvivalentlik ‘mutlaq birxillik‘ emas, balki matn funksiyasi, auditoriya kutishlari va madaniy me‘yorlar ta‘sirida shakllanuvchi nisbiy hamda kontekstga bog‘liq munosabat ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot tarjimonlar turli strategiyalar (parafraz, adaptatsiya, pragmatik moslashtirish) orqali lingvistik va madaniy tafovutlarni bartaraf eta olishini, mutlaq tarjima qilib bo‘lmaslik haqidagi da‘volar esa ko‘proq nazariy xarakterga ega ekanini asoslaydi. Maqolada tarjimaning adekvatligi formal takrorlashdan ko‘ra funksional va pragmatik moslikka tayanishi ta‘kidlanadi.
- Ochiq kirishMaqola
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI IKKINCHI DARAJA LEKSIK ASOSINI YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI
Latofat Yusupova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada dunyo tilshunosligida til darajalarining, xususan o‘zbek tilining o‘rganilishi va uning metodik asoslari, CEFR(L) tamoyillari asosida tillarni darajalash, hozirgi o‘zbek adabiy tili ikkinchi daraja leksik asosini yaratishning nazariy asoslari hamda uning yaratilish mezonlari haqida so‘z yuritiladi.
- Ochiq kirishMaqola
GABRIEL GARSIA MARKES ASARLARINING JAHON ADABIYOTIDAGI O‘RNI VA O‘RGANILISHI
Nematillayev Akramjon G‘ofurjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada Lotin Amerikasi adabiyotining yirik namoyandasi Gabriel Garsia Markes ijodining jahon adabiy jarayonidagi o‘rni va ta‘siri tahlil qilinadi. Asarda yozuvchining “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Vabo davrida muhabbat”, “Patriarxning kuzi” kabi romanlari orqali nafaqat Lotin Amerikasi tarixiy-sotsial muammolari, balki “condition humanum” – insoniy mavjudlikning universal mohiyati ham badiiy talqin etilgani ko‘rsatiladi. Maqolada Markes asarlari bo‘yicha olib borilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar, xususan, uning magik realizm uslubining shakllanishi, narrativ texnikasi, siyosiy va falsafiy qatlamlarining talqinlari yoritilgan. Shuningdek, yozuvchining ijodi “Lotin Amerikasi bo‘roni” (Boom) davrida va undan keyingi adabiy jarayonlarda o‘ziga xos estetik hodisa sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari Markes ijodining jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini ochib beradi hamda uning ijodiy merosi turli ilmiy-paradigmalarda o‘rganilayotganini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishMaqola
COMPARATIVE ANALYSIS OF SYMBOLS IN THE NATIONAL LINGUISTIC WORLDVIEW OF RUSSIA AND UZBEKISTAN
Gnusaryova Diana Olegovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada Rossiya va O‘zbekistonning milliy-lisoniy olam manzarasidagi ramzlarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy tilshunoslikning til va madaniyat o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi bilan belgilanadi. Ramzlar madaniy qadriyatlar va milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi lisoniy ong unsurlari sifatida ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishMaqola
ЭВОЛЮЦИЯ ЦВЕТООБОЗНАЧЕНИЙ В РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ: ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АСПЕКТ
Дехканова Шохида Гайратджон кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada rus va o‘zbek tillarida rang nomlarining evolyutsiyasi leksik-semantik jihatdan o‘rganiladi. Rang leksikasining shakllanishi va rivojlanish jarayoni, shuningdek, til taraqqiyotining turli bosqichlarida rang nomlarining semantik o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Rang nomlarining ma‘no kengayishi va torayishi, metaforik ko‘chma ma‘nolarning yuzaga kelishi masalalariga alohida e‘tibor qaratiladi. Rus va o‘zbek tillaridagi rang nomlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning evolyutsiyasidagi umumiy tendensiyalar va milliy-madaniy xususiyatlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari turli tuzilmali tillarda rang leksikasining dinamikasini chuqurroq anglashga hamda tilning olam manzarasini aks ettirishdagi o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФЕНОМЕНОВ ЭКСПЛУАТАЦИИ.
Мунисахон Отабай кизи Ташбаева · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqola zamonaviy gumanitar bilimda ekspluatatsiya fenomenining nazariy tahliliga bag‘ishlangan. Ekspluatatsiya nafaqat iqtisodiy, balki tengsizlikni qayta ishlab chiqarishning institutsional, ramziy va diskursiv mexanizmlarini ham o‘z ichiga oluvchi ko‘p darajali ijtimoiy hodisa ekanligi ko‘rsatilgan. Fanlararo yondashuv hamda klassik va zamonaviy nazariyalar tahlili asosida ekspluatatsiya shakllarining ochiq majburlashdan yashirin va qonuniylashtirilgan amaliyotlarga o‘zgarishi aniqlanadi. Zamonaviy ijtimoiy va madaniy jarayonlar sharoitida ekspluatatsiyani o‘rganishda kompleks metodologik yondashuv zarurligi haqida xulosa qilinadi.
- Ochiq kirishMaqola
ЎЗБЕКИСТОН МИСОЛИДА ИННОВАЦИОН ФАОЛИЯТГА ХОРИЖИЙ ИНВЕСТИЦИЯЛАР ВА ХАЛҚАРО ГРАНТЛАРНИНГ ЎРНИ
Ustemirov Jahongir Shotemirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу мақола Ўзбекистонда инновацион жараёнларни жадаллаштириш хорижий инвестициялар (тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар ва венчур капитал) ҳамда халқаро грант-молия дастурларининг (ташқи беғараз грантлар ва қўшма-грантлар) ўрни таҳлил қилади. Тадқиқот илм-фан, илмий марказлар, инновацияларга инвестиция киритиш билан ўсиш концепцияларига таянган ҳолда стратегик ҳужжатлар ҳамда халқаро ҳисоботлар асосида олиб борилди. Натижалар шуни кўрсатадики, хорижий инвестициялар инновацияларни, янги технологияларни, бошқарув тажрибасини трансфер қилсих орқали корхоналарни боғлайди (занжирлаш) ва кучайтиради. Грантлар юқори хавф-хатар даврларда бўшлиқни тўлдирувчи молиялаштириш бўлиб илмий тадқиқот марказларини рағбатлантириш, тижиратлаштириш, илмий ва инновацион ҳамкорликни қўллаб қувватлайди. Молиялаштириш сифатида илмий марказларни рағбатлантириб, илмий ишланмаларни тижоратлаштириш ва институтлараро ҳамкорликни қўллаб-қувватлайди. Унумдорликни ошириш учун грантларни қўшма молиялаштириш (50/50). Тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар илмий тадқиқот институтларини (марказлар в.б) саноат билан интеграциялаш билан маҳаллий ишлаб чиқариш салоҳиятини кучайтириш тавсия этилади.
- Ochiq kirishMaqola
КОНВЕКТИВНОЙ СУШКЕ ВЛАЖНОГО МАТЕРИАЛА ПРИ ЗАДАННОМ ЗАКОНЕ ИЗМЕНЕНИЯ ТЕМПЕРАТУРЫ ТЕПЛОНОСИТЕЛЯ.
Б.Э. Хайриддинов, Д.Н. Рузиева · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu ishda issiqlik va massa almashinuvi differensial tenglamalar tizimini tegishli chegaraviy shartlar bilan birgalikda yechish orqali davriy issiqlik ta‘siri sharoitida (quyosh quritish qurilmalarida) mevalarni (plastinka, silindr, shar shaklidagi) konvektiv quritishning matematik modeli olindi. Ushbu tadqiqotning maqsadi quyosh quritgichida havo kollektori va quritish kamerasini yagona energetik blokka birlashtirish yo‘li bilan quyosh energiyasidan foydalanib meva va sabzavot bo‘laklarini quritish jarayonini jadallashtirishdan iborat bo‘ldi. Ushbu maqsadga erishish uchun diffuziya va namlik ko‘chishining o‘zgaruvchan potensiallari bilan issiqlik almashinuvi jarayonlarini diagnostika qilish uslubiyati ishlab chiqildi. Issiqlik va massa almashinuvi hamda diffuziya va namlik ko‘chishi potensiallarining matematik modeli yechimi bilan birga o‘tkazilgan tajriba ma‘lumotlari tahlili eksperimental ma‘lumotlar bilan yaxshi mos keladi.
- Ochiq kirishMaqola
MULTI-OUTPUT ELECTRIC DRIVES BASED ON ELECTROMAGNETIC DEVICES WITH GRIPPING ELEMENTS
Tajiyev Xabibullo Xikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada robotlar va robototexnika tizimlari uchun mo‘ljallangan elektr yuritmalarining yangi sinfi — ko‘p chiqishli elektr yuritmalar tahlil qilindi. Maqolada ularning struktura sxemalari, ishlash va qurilish prinsiplari, shuningdek asosiy belgilar majmuasiga ko‘ra klassifikatsiyasi batafsil yoritilgan. Robotlar konstruktsiyalarida ko‘p chiqishli elektr yuritmalardan foydalanish robotlarning kompozitsiyasini soddalashtirishga, shu bilan birga massa va gabarit o‘lchamlarini kamaytirishga imkon beradi. Mazkur maqola materiallari robototexnika va elektr yuritmalar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
- Ochiq kirishMaqola
ELECTROPNEUMATIC DRIVE FOR INDUSTRIAL ROBOTS
Tadjiyev Xabibullo Xikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur ilmiy maqolada robotlar va robototexnika tizimlari uchun yangi yaratilgan elektropnevmatik yuritma, uning konstruktsiyasi, ishlash prinsipi sxemasi va chiqish vallari turli tezliklar va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlarda harakatlanishini ko‘rsatadigan grafiklar taqdim etilgan. Taklif etilayotgan yuritma asosida robotlar uchun intellektual modullar yaratish imkoniyati mavjud. Yuritma elektromagnitlar va pnevmosilindrlardan tashkil topgan bo‘lib, boshqaruv tizimi orqali chiqish vallari turli tezliklar va qadamlar bilan harakatlanishini ta‘minlaydi. Ushbu ilmiy maqola robototexnika sohasida tadqiqot olib borayotgan ilmiy xodimlar va doktorantlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
- Ochiq kirishMaqola
PAXTA LINTI ASOSIDA BIOPARCHALANUVCHI CHOKLANGAN POLIMER GIDROGELLARNI SINTEZ QILISH, XOSSALARINI O‘RGANISH VA QISHLOQ XO‘JALIGIDA QO‘LLASH
Eshbo‘riyev Tursunali Nasrullayevich, Shirinov Shavkat Davlatovich, Djalilov Abdulahat turobovich, Azimov Abdug‘ani Mutalovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Suv tanqisligi va sug‘orish rejimining beqarorligi, ayniqsa qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishini cheklovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda paxta linti asosida bioparchalanuvchi gidrogellar qisman neytrallangan akril kislota asosida erkin radikal mexanizm orqali choklangan polimer gidrogel sifatida sintez qilindi. Initsiator sifatida ammoniy persulfat, ko‘ndalang bog‘lovchi modda sifatida esa N,N‘-metilenbisakrilamid qo‘llanilib, uch o‘lchamli polimer tarmoq hosil qilindi. Sintez qilingan gidrogellarning fizik-kimyoviy xossalari kompleks tarzda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari gidrogellarning distillangan suvda 450–800 g/g, sho‘r muhitda esa 120–250 g/g gacha suv yutish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Gel fraksiyasi va ko‘ndalang bog‘lanish darajasi barqaror polimer tarmoq hosil bo‘lganligini tasdiqladi. Tuproq sharoitida olib borilgan bioparchalanish sinovlari natijasida gidrogellarning 180 kun davomida 70–85 % gacha parchalanishi aniqlandi. Qishloq xo‘jaligi sharoitida o‘tkazilgan vegetatsion tajribalar gidrogellarni tuproqqa 1,0– 2,0 g/kg miqdorda qo‘llash tuproq namligini saqlash darajasini sezilarli oshirishini va sug‘orish kamaytirilgan sharoitda o‘simlik biomassa hosil bo‘lishini 25–30 % ga yaxshilashini ko‘rsatdi. Olingan natijalar paxta linti asosidagi bioparchalanuvchi gidrogellar suvdan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish uchun ekologik xavfsiz, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va istiqbolli material ekanligini tasdiqlaydi.
- Ochiq kirishMaqola
AS–UBS SHIFOBAXSH CHOYINING ORGANIK KISLOTALAR TARKIBI
Ibrokhim Rakhimjonovich Askarov, Shavkat Vokhidovich Abdullaev, Eldorbek Rakhimjon o‘g‘li Khaydarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada Olmurut (Pyrus spp.) novdalari va Yapon saforasi (Styphnolobium japonicum) gulli kurtaklari asosida tayyorlangan AS–UBS shifobaxsh choyining organik kislotalar tarkibi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usuli yordamida o‘rganildi. Tadqiqot natijasida choy tarkibida shavel, limon, vino va yantar kislotalari aniqlanib, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilandi. Olingan natijalar AS–UBS shifobaxsh choyining antioksidantlik, metabolik jarayonlarni faollashtiruvchi va biologik faol xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi hamda uni funksional ichimlik sifatida tavsiflash imkonini beradi.
- Ochiq kirishMaqola
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПРОЕКТИРОВАНИЮ УЛИЦ И ТРАНСПОРТНЫХ РАЗВЯЗОК В ТАШКЕНТЕ
Усманов Мурадхан, Толипова Сафура · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada aholi sonining jadal o‘sishi va transport oqimining ortishi sharoitida Toshkent shahri ko‘cha-yo‘l tarmog‘i va transport tugunlarini loyihalashga zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Madaniy merosni — mahallalarni saqlab qolishga hamda ular ichida, ayniqsa masjidlar va jamoat markazlari yaqinida, avtoturargoh zonalarini tashkil etish zaruratiga alohida e‘tibor qaratilgan.
- Ochiq kirishMaqola
БОТАНИЧЕСКИЙ САД КАК ЯДРО ЗЕЛЁНОЙ СИСТЕМЫ СОВРЕМЕННОГО ТАШКЕНТА
Усманов Мурадхан, Турсунбаева Дильназ · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada Toshkent shahrining radial-halqasimon yashil tizimini shakllantirish konsepsiyasi ko‘rib chiqiladi; uning markazida «landshaft g‘ildiragi» o‘zagi sifatida Botanika bog‘i turadi. Asosiy e‘tibor bog‘ning tabiiy, rekreatsion va shahar makonlarini birlashtiruvchi barqaror ekologik karkasni shakllantirishdagi roliga qaratilgan. Botanika bog‘idan mavjud ko‘chalar, kanallar va yo‘llar bo‘ylab yashil o‘qlar radial tarzda tarqaladigan, bu o‘qlar kesishmalarida esa tugunlar — bog‘lar, xiyobonlar va yashil maydonlar shakllanadigan fazoviy model taklif etilgan. Bunday tizim mikroiqlimni yaxshilashga, biologik xilma-xillikni oshirishga va shahar muhiti sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.