Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA IJTIMOIY SHAXSIY KOMPITENTLIKNI RIVOJLANTIRISH

Mirzayev SaidmaxmudNamangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi b.f.n., dotsent2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 1Sahifa 118–122

Annotatsiya

Maqola, umumta‘lim maktabi o‘quvchilarini ko‘p jixatdan kamol topishi, yurtimizda o‘tkazilayotgan isloxotlarning samarasi, ijtimoiy shaxsiy kompitentlikni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning salomatligiga bag‘ishlangan.

Boshqa tillarda

ruschaРАЗВИТИЕ СОЦИАЛЬНО-ЛИЧНОСТНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ

В статье рассматривается актуальность совершенствования методической подготовки учителей физической культуры и развития социально - личностной компетентности как научно-педагогической проблемы. Обобщены взгляды зарубежных и отечественных исследователей. Научно обоснованы принципы и теоретико-педагогические аспекты профессионального развития учителей физической культуры.

inglizchaDEVELOPING SOCIAL AND PERSONAL COMPETENCE IN PHYSICAL EDUCATION TEACHERS

The article examines the relevance of improving the methodological training of physical education teachers and of developing social and personal competence as a scientific and pedagogical problem. The views of foreign and domestic researchers are generalised. The principles and the theoretical and pedagogical aspects of the professional development of physical education teachers are scientifically substantiated.

Kalit so‘zlar

  • jismoniy madaniyat
  • ta‘lim
  • me‘yoriy
  • transformativ
  • kognitiv
  • qiymatga yo‘naltirilgan
  • kommunikativ
  • kasbiy kompitentlik
  • Department of Physical Education and Applied Sports
  • Ph.D. associate professor E-mail: mirzayevs@gmail.com

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

JISMONIY TARBIYA OʻQITUVCHILARIDA IJTIMOIY SHAXSIY KOMPITENTLIKNI RIVOJLANTIRISH Mirzayev Saidmaxmud Namangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi b.f.n dotsent E-mail: mirzayevs@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18438480 Annotatsiya: Maqola, umumta’lim maktabi oʻquvchilarini koʻp jixatdan kamol topishi, yurtimizda oʻtkazilayotgan isloxotlarning samarasi, ijtimoiy shaxsiy kompitentlikni rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning salomatligiga bagʻishlangan. Kalit so‘zlar: jismoniy madaniyat, ta’lim, me'yoriy, transformativ, kognitiv, qiymatga yoʻnaltirilgan, kommunikativ, kasbiy kompitentlik, amaliy leksikon.

DEVELOPMENT OF SOCIAL-PERSONAL COMPETENCE IN PHYSICAL EDUCATION TEACHERS Mirzayev Saidmakhmud Namangan State University, Department of Physical Education and Applied Sports, Ph.D. associate professor E-mail: mirzayevs@gmail.com Abstract: The article examines the importance of improving the methodological training of physical education teachers and developing socio-personal competence as a scientific and pedagogical problem. It summarizes the views of foreign and domestic researchers. The principles, theoretical and pedagogical aspects of the professional development of physical education teachers are scientifically based. Keywords: evelopment of socio-personal competence, self-development, continuous professional development, professional needs, the principle of “lifelong learning”.

РАЗВИТИЕ СОЦИАЛЬНО-ЛИЧНОСТНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ У УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ». Мирзаев Саидмахмуд Наманганский государственный университет, кафедра физического воспитания и прикладных спортивных дисциплин, доцент E-mail: mirzayevs@gmail.com Аннотация: В статье рассматривается актуальность совершенствования методической подготовки учителей физической культуры и развития социальноличностной компетентности как научно-педагогической проблемы. Обобщены взгляды зарубежных и отечественных исследователей. Научно обоснованы принципы и теоретикопедагогические аспекты профессионального развития учителей физической культуры. Ключевые слова: развитие социально-личностной компетентности, саморазвитие, непрерывное профессиональное развитие, профессиональные потребности, принцип «обучения в течение всей жизни».

KIRISH Yurtimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu ham jismoniy, ham ma’naviy sogʻlom boʻlgan avlodni kamol toptirish hisoblanadi. Zero, bugun dunyo mamlakatlarida

keskinlashayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida yuksak ma’naviyatli va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash Vatanimiz kelajagini belgilab beruvchi va xalqimizning ezgu maqsadlarini roʻyobga chiqaruvchi eng muhim omillardan biridir. Bu ezgu amalning amalga oshirilishida uning huquqiy asoslari ham yaratilgan boʻlib, keng qamrovli ishlar qilinmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3-iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3031-son Qarori va 2018 yil 5- martdagi "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5368-son Farmoni bu sohani yanada rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadlaridan biri ham bu sohadagi nazariy va amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, jismoniy tarbiyaga oid koʻnikma va malakalarga doir tushuncha hamda atamalarni toʻgʻri shakllantirishdan iborat.Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy kompitentligini rivojlantirishda jismoniy madaniyatning oʻrni beqiyos. Ushbu maqolada boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy kompitentligini rivojlantirishda jismoniy madaniyatning oʻrni va ahamiyati haqida soʻz borgan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR F.A.Kerimovning (2020) fikrigа аsоslаnib, sроrt turlаrining о‘zigа xоs xususiyаtlаri hamda аsоsiy tаrkibiy qismlаrini shаkllаntirish yuzаsidаn kеrаkli mа’lumоtlаrni, sроrtсhilаrni tаyyоrlаshining zаrurаti nufuzli musоbаqаlаrdа qаtnаshish uсhun (mаsаlаn, Yеvrора yоki Jаhоn сhеmрiоnаtlаridа, Оlimрiyа о’yinlаridа); individuаl mоslаshuvсhаn imkоniyаtlаr sроrtсhilаrning, jismоniy tаyyоrgаrligining tuzilishi, аvvаlgi mаshg’ulоtlаrning mаzmuni bir yillik о‘qitishning zаmоnаviy tizimi XX аsrning 20-yillаridаn bоshlаb о‘nlаb yillаr dаvоmidа shаkllаngаn vа jаdаl rivоjlаnish аsоsidа hоzirgi vаqtdа tаkоmillаshtirilgаn fаn yutuqlаri hisоblаnаdi. Аsоsаn bir yillik mаshg’ulоtlаr xususiyаti bu nisbаtаn mustаqil tаrkibiy qismlаr аsоsidа qurilgаn dеb, bаrсhа еlеmеntlаr jumlаdаn umumiy реdаgоgik vаzifа bu – sроrtсhining еng yuqоri tаyyоrgаrlik hоlаtigа еrishish hisоblаnib, muvаffаqiyаtli bо’lishini tа’minlаsh аsоsiy musоbаqаlаrdа qо’llаy оlishi tushunilаdi [3; 79 b]. Ishning maqsadi: Namangan davlat universitetida jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida nazariy va amaliy mashg’ulot jarayonida ijtimoiy shaxsiy kompitentlikni rivojlantirish amalga oshirildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini tashkil etish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sado qat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, hozirgi globallashuv jarayonlari tobora keskinlashayotgan bir davrda bevosita yoshlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi bilan shugʻullanuvchi jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga qaratilayotgan e'tibor bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, ularning muhim xizmatlaridan biri shundaki, oʻquvchi-talabalarni tarbiyaviy, madaniy, tibbiy, sanoat qurilish, ishlab chiqarish kabi kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻlsa, ikkinchidan ularni maxsus jismoniy tayyorgarlik bilan qurollanishga ma’lum darajada xizmat qiladi. Bugungi kunda yosh avlodga ta’lim berayotgan oʻqituvchilarning oʻzlari zamonaviy innovatsion texnologiyalarni toʻliq oʻzlashtirgan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan oqilona

foydalana olish koʻnikmalariga ega boʻlishlari, umuman barcha ta’lim-tarbiya sirlaridan voqif boʻlishlari talab etiladi. Boʻlgʻusi jismoniy tarbiya oʻqituvchilari ilmiy pedagogik faoliyati bilan bogʻliq masalalarni oʻrganishda, eng avvalo, mazkur hodisaga oid tushunchalarning mazmun-mohiyatini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Xususan, "jismoniy tarbiya" tushunchasining oʻziga bir qancha ta’riflar berilganligini koʻrishimiz mumkin. "Jismoniy tarbiya - pedagogik jarayon boʻlib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim boʻlgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bogʻliq boʻlgan bilimlarni shakllantirish va yahshilashga qaratilgan". "Jismoniy tarbiya organizmni har tomonlama chiniqtirishga qaratilgan, sogʻliqni mustahkamlashni nazarda tutgan tarbiya, jismoniy mashqlar" kabi ta’riflar berilgan Zamonaviy dunyoda jismoniy madaniyatning inson va jamiyat tabiatini takomillashtirish omili sifatidagi, jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida ijtimoiy shaxsiy kompitentlikni rivojlantirish roli sezilarli darajada oshib bormoqda. Bugungi kunda boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchisi doimo oʻquvchilarga jismoniy mashqlarni yetkazish bilan birgalikda parallel ravishda uning ta’lim va tarbiyasi bilan shugʻullanib, u bilan oʻzaro muloqot olib boradi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchisining pedagogik faoliyatida oʻqituvchilik kasbiga sadoqatli boʻlish, oʻz fanini oʻqitish metodikasini mukammal bilishi, pedagogic qobiliyatlarini namoyish eta olishi, pedagogik texnikani oʻz oʻrnida qoʻllay bilishi eng muhim komponentlardan boʻlib hisoblanadi. Boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy kompitentligini rivojlantirish jismoni madaniyatning oʻrni haqida gapirar ekanmiz avvalo bu tushunchaning tarixiga naar tashlashimiz maqsadga muvofiq. “Jismoniy tarbiya“ “Zamonaviy dunyoda” innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya madaniyat" atamasi oʻzi-asrning oxirida Angliyada sportning jadal rivojlanishi davrida paydo boʻlgan, ammo Gʻarbda keng qoʻllanilmagan va vaqt oʻtishi bilan kundalik hayotdan deyarli yoʻqolib ketgan. Rossiyada esa aksincha, 20-asrning boshidan, 1917 yil inqilobidan soʻng, "jismoniy madaniyat" atamasi barcha oliy Sovet hokimiyatlarida tan olina boshladi va ilmiy va amaliy leksikonga mustahkam kirib bordi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy kompitentligini rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati, ularni kundalik hayotga joriy etish tobora ortib bormoqda. Jismoniy tarbiya va sport insonni hayotga tayyorlaydi, tanasini chiniqtiradi va sogʻligʻini mustahkamlaydi, uning barkamol jismoniy rivojlanishiga hissa qoʻshadi, xalq xoʻjaligining boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy kompitentligini rivojlantirish uchun kasbiy mehnatda zarur boʻlgan shaxsiy fazilatlarni, axloqiy va jismoniy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy kompitentligini rivojlantirishda jismoniy madaniyat haqidagi zamonaviy gʻoyalar uni umumiy madaniyatning oʻziga xos qismi sifatida baholash bilan bogʻliq. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida jismoniy madaniyatini oshirish deganda jismoniy mashqlar jarayonida orttirilgan va insonning jismoniy tabiatini (jismoniyligini) har tomonlama va uygʻun ravishda yaxshilashga, sogʻlom turmush tarzini olib borishga faol intilishida ifodalangan insoniy xususiyatlar majmui tushuniladi. U tashabbuskorlik, mustaqillik va ijodkorlikni faol rivojlantiradi, oʻz dunyoqarashi va fikrlash usullarini, individual xarakter

xususiyatlarini, boshqa odamlarning harakatlariga va oʻz harakatlariga tanqidiy munosabatni shakllantiradi. Shu jihatdan olganda, boʻlgʻusi jismoniy tarbiya oʻqituvchilari ilmiy pedagogik faoliyati davomida quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim deb hisoblaymiz: - jismoniy tarbiyaga doir bilimlar tizimini mukammal egallagan boʻlishi; - jismoniy mashqlarni oʻquvchilarga toʻlaqonli yetkaza olish koʻnikma va malakasiga egaligi; - oʻz fanini oʻzlashtirganligi bilan birgalikda umummetodologik fanlar asosini, xususan davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; - atrofda sodir boʻlayotgan ijtimoiy muammolar va jarayonlarni oʻz nuqtai nazardan mustaqil tahlil qila olishi; - oʻquv jarayoni davomida oʻquvchilarning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega boʻlib borishi; - oʻquvchilarning yoshga doir xususiyatlaridan kelib chiqib, zamonaviy pedagogik va psixologik bilimlarni oʻrnida qoʻllay olishi; - vujudga kelgan yangi bilimlarni mustaqil ravishda oʻzlashtirishi, takomillashtirishi va oʻz mehnat faoliyatida ilmiy asosda foydalana olishi; - oʻz ilmiy pedagogik faoliyatida me'yoriy huquqiy hujjatlardan individual foydalana olishi; - muommala madaniyatiga rioya qilishi; - oʻzlashtirilgan bilimlarni tanqidiy yondashuv asosida tahlil qila olishi; - oʻzlashtirgan bilimlarini oʻquvchilarga aniq yetkaza olishi; - oʻz kasbiga nisbatan mas'uliyat hissining shakllanganligi; - pedagogik faoliyati davomida xorijiy tillardan birini kasbiy malaka yoki ilmiy muloqot almashish vositasi sifatida egallagan boʻlishi; - zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishi; - pedagogik faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllay olishi va hakozo. Shuningdek, boʻlgʻusi jismoniy tarbiya oʻqituvchilari oʻz pedagogik faoliyatlarida qoʻllaniladigan jismoniy madaniyat atamalarini mukammal bilishlari shart. Albatta, oʻqituvchi tomonidan atamalarning tushunarli tarzda aniq va oʻz oʻrnida qoʻllanilishi oʻquvchining jismoniy tayyorgarlik sifatini ham yaxshi boʻlishiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Darhaqiqat, har birimiz kundalik hayotimizda jismoniy madaniyat atamalaridan bugun keng foydalanamiz. Deyarli, ta’lim muassasalarida mavjud barcha fanlarda ularni uchratishimiz va u bilan toʻqnashish mumkin. Boʻlgʻusi jismoniy tarbiya oʻqituvchilari oʻz pedagogik faoliyatida oʻquvchilar bilan ishlash jarayonida teran, ta’sirli, mantiqli, chiroyli gapira olishi va oʻz oʻrnida tarbiyaviy ahamiyatga molik iboralardan oʻrnida toʻgʻri foydalana olishi zarur. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, oʻqituvchining nutqi har bir oʻquvchi uchun ibrat manbai boʻlib, hatto beparvolik bilan uning jahlini chiqarib, intizomni buzib turgan oʻquvchiga nisbatan qoʻpol muomala, haqoratlash, kamsitish, shaxsiyatiga tegish bilan emas, balki pozitiv yondashgan holda vaziyatdan chiqib ketish xususiyatiga ega boʻlishi kerak. Oʻqituvchi dars mashgʻulotini olib borar ekan, uning ovozi auditoriyani boshqarish quroli boʻlishi lozim. Kompitentlik boʻlajak oʻqituvchining oʻquvchilarni oʻquv mashgʻulotlari jarayonida an'anaviy yondoshuv va fikrlashidan farqli ravishda mashgʻulot samaradorligini ta’minlashga qaratilgan yangi gʻoyalarni yaratish va mavjud muammolarni ijobiy hal qilishga boʻlgan tayyorgarligi, aniq maqsadga erishish uchun mavjud muammolarni yechimini topish va uni

bartaraf etish qobiliyati shakllanganligi, tasodifan yuzaga kelgan muammolarni oqilona, tezkorlik bilan hal qilinishiga yordam beradi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida ijtimoiy shaxsiy kompitentlik quyidagi hollarda namoyon boʻlishini koʻrish mumkin: - oʻqituvchi fikri va nutqining ravonligi; - oʻqituvchi oʻz fikrni aniq belgilangan maqsadga muvofiq yoʻnaltira olishi; - oʻqituvchining ijodkorligidagi oʻziga xoslik (originallik); - oʻqituvchidagi qiziquvchanlik, yangi gʻoyalarni yaratuvchanlik, fantaziyasining kengligi, farazlar yaratish qobiliyati; - oʻquvchining qobiliyatini, layoqatini oʻrganish va uni aniq baholash; - oʻqituvchi fan metodikasini oʻzlashtirgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etishi; - oʻqituvchi fan yutuqlariga oid yangi ma’lumotlar boʻyicha hamkasblari bilan ijodiy fikr almashishi; - oʻqituvchi sohasiga oid ilgʻor xorijiy tajribalarni mustaqil oʻrganishi va amaliyotda qoʻllay bilishi; - oʻqituvchi uzluksiz ravishda oʻz bilimi, koʻnikma va malakasini oshirib borishi; - oʻqituvchi oʻquvchining ishonchiga kira olishi, uning qalbiga yoʻl topa olishi va u bilan muloqot bogʻlay olishi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida kasbiy kompitentligini rivojlantirishda jismoniy madaniyat natijasida qoʻlga kiritilgan bu ijobiy xususiyatlarning barchasi shaxsni nafaqat jismoniy madaniyatli shaxs sifatida, balki har tomonlama va barkamol rivojlangan, shaxsning umumiy madaniyatining yuqori darajasini aks ettiruvchi yaxlit shaxs sifatida tavsiflanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir jismoniy tarbiya oʻqituvchisi doimo oʻquvchilarga jismoniy mashqlarni yetkazish bilan birgalikda parallel ravishda uning ta’lim va tarbiyasi bilan shugʻullanib, u bilan oʻzaro muloqot olib boradi. Har bir oʻquvchi aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda boʻlganligi sababli ham boʻlajak oʻqituvchi ular bilan doimiy muloqotda boʻlishi, ularning har bir psixologik xarakteri va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’sir koʻrsatish mexanizmlarini, avvalo, psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal tarzda oʻrganib, oʻz kasbiy faoliyatini doimiy rivojlantirib borishi zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-3031sonli Qarori.
  2. K.D. Yarashev «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» Toshkent Abu Ali
  3. Ibn Sino nashriyoti 2002-yil.
  4. Zimnyaya I.A. Asosiy kompetensiyalar ta’limda kompetensiyaga asoslangan yondashuvning samarali-maqsadli asosi sifatida / I.A.Zimnyaya. - M., 2004 .-- 381b.
  5. Kuxarev I.V. Professional mukammallik yoʻlida: Kitob. oʻqituvchi uchun. - M .: Ta’lim, 2001. - 159. - (Oʻqituvchining mahorati; gʻoyalar, maslahatlar, takliflar). - 159 b.
  6. Xutorskoy, A.V. Ta’lim standartlarining umumiy fan mazmuni /.V.Xutorskoy.-M., 2002 y.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013281
Nashr sanasi
2026-02-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v5i1.1973
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
118–122
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06