Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
ORGANIZATION OF TRAINING OF PLAYERS
Khadjayev Mansur Kabildjanovich, Kamolova Mushtariy To‘lqinjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta‘lim va mashg‘ulotga ajratish mumkin, ularni samarali tashkil etish bo‘lajak sportchilarga o‘z jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashga yordam beradi. Maqolada yosh o‘yinchilar bilan mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish haqida so‘z boradi.
- Ochiq kirishMaqola
PAXTA PNEVMOTRANSPORTI ISH REJIMINI INVERTOR QURULMASI YORDAMIDA BIR ME‘YORDA BOSHQARISH ORQALI SINOVDAN O‘TKAZISH.
Xolbayev Doniyor Jo‘raboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada paxtani pnevmotransportda tashishda havo tezligi va aerodinamik kuchning quvur ko‘ndalang kesimi bo‘yicha o‘zgarishini tadqiq qilish natijalari o‘z aksini topgan. Unda paxta pnevmotransporti jarayonini samarali boshqarish bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARI VA KO‘P TARMOQLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA TURLI YOSHDAGI BOLALARNI GRAMMATIK NUTQINI SHAKLLANTIRISH
Jabborova Marifat Qodiraliyevna, Sharipova Gulbahor Rahmatjonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ta‘limning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rivojlaninsh darajasiga, uning lug‘at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to‘g‘ri gapira olishiga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni tushunib, yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe‘l, sifat, olmosh, kelishlik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikani og‘zaki nutq, ta‘limiy o‘yinlar va mashqlar orqali amaliy ravishda o‘zlashtirib boradilar.
- Ochiq kirishMaqola
NAVOIY OBRAZI (ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANI MISOLIDA)
Ro‘zmetova Shahodat Durdiyevna, Madaminova Dilnura Bahodir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolamizda Isajon Sultonning “Alisher Navoiy“ romanida Navoiy obraziga to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek asarning mohiyati, kompozitsiyasi, strukturasi, boblari, yozuvchi mahorati, obrazlar, tarixiy voqealar, peyzaj, portret haqida so‘z boradi.
- Ochiq kirishMaqola
THE CRISIS OF FAMILY VALUES AND THE ROLE OF SOCIAL INSTITUTIONS IN ELIMINATING IT
Inoyatova Saodatkhan · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada zamonaviy falsafada oilani oliy axloqiy qadriyat sifatida talqin etish, muhabbatni anglash, komillikka, yaxlitlikka, borliqning to‘liqligiga intilish hamda nasl davom ettirish bilan bog‘liq tushuncha ustuvor ekanligi o‘rganilgan. Ya‘ni bugungi kunda zamonaviy oila qiyofasini hayotning to‘liqligi va komilligi qiyofasi bilan tavsiflash muhimdir. Oila va nikoh fenomenini tushunishning mahalliy va xorijiy an‘analarini o‘rganish oilaviy qadriyatlar inqirozi va uni bartaraf etishda ijtimoiy institutlarning o‘rni muhim bo‘lgan zamonaviy O‘zbekistonda tadqiq etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
TEMURIYLAR DAVRIDA MA‘NAVIYAT VA MA‘RIFATNING RIVOJLANISHI
Sattorov Xurshidjon · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me‘mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. Shukrlar bo‘lsinki, mustaqillik tufayli ko‘p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug‘ bobomiz Amir Temurni o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik.
- Ochiq kirishMaqola
QUESTIONNAIRE AND ITS APPLICATION
Karimova Gulnoza, Karimova Niginabonu · Research Focus International Scientific Journal · 2022
sotsiologik tadqiqotlar murakkab jarayondir. Anketa garchi oddiy so‘rov bo‘lib tuyulsa-da, aslida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish jiddiy yondashuvni talab qiladi. Anketalarni tayyorlash, respondentlarning so‘rovnomada ishtirok etishi ular bilan psixologik aloqani o‘rnatish, so‘rov o‘tkaziladigan joyni tayyorlash, anketalarni tarqatish va anketani yig‘ish kabi ishlarni tashkil etish tashkilotning murakkabligidan dalolat beradi. Shu sababli, tadqiqotchi tadqiqotni sifatli tashkil etish uchun yordamchi vosita sifatida boshqa kuch va vositalardan foydalanishi mumkin.
- Ochiq kirishMaqola
BANK PERSONALI BOSHQARUVI RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI
Abdulaziz Mutalibov, O‘tkirbek Karimov · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Jahon iqtisodiy munosabatlari sharoitida bank sohalari raqobatbardoshligini ta‘minlashda menejment yondashuvlaridan foydalanish talab etilmoqda. Bu esa, boshqaruvning zamonaviy kontseptsiyalaridan samarali foydalanish asosida bank personali boshqaruvini takomillashtirish kabi muhim vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda.
- Ochiq kirishMaqola
STUDY OF THE MACROSTRUCTURE OF REFRACTORY ADHESIVE COMPOSITIONS FIRED AT HIGH TEMPERATURES OBJECTS AND METHODS
Shamadinova Nargis Erkinovna, Eshburiev Tursunali Nasrullaevich, Jalilov Abduxalil, Mamajonov Maxamadadil Mamajanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ishlab chiqilgan Al2O3*-Cr2O3-H3PO4 alyumofosfatli o‘tga chidamli yelim kompozitsiyalarida gil komponentlari qo‘shilgan holda turli haroratlarda struktura hosil bo‘lishi va fazaviy tarkib shakllanishini petrografik tadqiq etish natijalari keltirilgan. Kuydirilgan namunalar kompozitsiyasining fazaviy tarkibida qutblovchi kristobalit, tridimit va rombik modifikatsiyali AlPO4 kristallari kuzatilishi aniqlandi; ular termik barqaror birikmalar bo‘lib, o‘tga chidamli materiallarni yelimlashda yuqori ekspluatatsion xossalarni ta‘minlaydi.
- Ochiq kirishMaqola
LISTENING IS AN ESSENTIAL SIGN OF EFFECTIVE COMMUNICATION
O.A. Tursunova, Sh.A. Khalikova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqola nutq kompetensiyasi turlaridan biri bo‘lgan tinglab tushunish haqida bo‘lib, unda diqqat bilan tinglash muloqotning kommunikativ, interaktiv, perseptiv turlarida muhim ekanligi ta‘kidlanadi.
- Ochiq kirishMaqola
USMON NOSIR – O‘ZBEK PUSHKINI (BOG‘BONIN UNUTMAS NAZM BOG‘LARI)
Muxtorjonov Axmadjon · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Usmon Nosir biografiyasi o‘rganilib yozgan asarlari tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishMaqola
ВЗГЛЯДЫ ДВУХ ШКОЛ В НЕЙРОЛИНГВИСТИЧЕСКОМ ИССЛЕДОВАНИИ
Мухайё Муталлиевна Дедаханова · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqola neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘rnatilgan an‘analariga ko‘ra ikkita maktabining rivojlanishini ochib beradi - A. R. Luriyaning Moskva neyrolingvistika maktabi (hozirda T. V. Axutina tomonidan ishlab chiqilmoqda) va Balonov-Deglinning Sankt-Peterburg neyrolingvistika maktabi (hozirgi rahbari T. V. Chernigovskaya), shuningdek, ma‘lum bir muhit ta‘sirida nutq, oilaviy tarbiya bo‘yicha tadqiqotlar. Talabalarda nutqning rivojlanishi, fanning alohida predmeti sifatida va neyrolingvistikada ikki maktabning bo‘linishi, shuningdek, nutq jarayoni miya yarim korteksining bir qator hamkorlik sohalariga tayanadi.
- Ochiq kirishMaqola
ФОРМИРОВАНИЯ КОГНИТИВНЫХ ДЕЙСТВИЙ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ПРИ ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ
Дедаханов Абдумалик Муталлиевич · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammosining shakllanishi ochib berilgan. So‘nggi yillardagi psixologik-pedagogik davriy nashrlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu masala olimlar, o‘qituvchilar va ota-onalar hamjamiyatining jiddiy e‘tiborida turibdi.
- Ochiq kirishMaqola
СОВРЕМЕННЫЕ ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ – НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ
Бабамирзаева Нозима Азамат кизи, Джуманазарова Зилола Обиджановна · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Oliy ta‘limda ta‘lim jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kundan-kunga ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta‘lim imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatlaridan foydalanib, yer sharining istalgan nuqtasidan ta‘lim olish mumkin. An‘anaviy ta‘lim o‘z mavqeini saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari tobora ommalashib bormoqda.
- Ochiq kirishMaqola
ВЛИЯНИЕ ИНТЕРНЕТА НА МОЛОДОЕ ПОДРАСТАЮЩЕЕ ПОКОЛЕНИЕ
Бекирова Адиле Баходировна, Джуманазарова Зилола Обиджановна · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Mazkur maqolada internetning ijobiy va salbiy tomonlari, uning yosh avlodga qanday ta‘sir ko‘rsatishi va bolalar erta yoshdan smartfonga qanday qaram bo‘lib qolishi ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishMaqola
ФОРМИРОВАНИЕ ЧУВСТВА ПАТРИОТИЗМА У СТУДЕНЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ.
Турамирзаева Умидабону Мухаммаджон кизи, Джуманазарова Зилола Обиджановна · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash xalqimizning asriy orzusini ro‘yobga chiqarishda katta ahamiyatga ega. Vatanparvarlik va milliy g‘urur insonning o‘z oilasi, ajdodlar sha‘ni, vijdon, burch va o‘z so‘ziga sodiqlikka bo‘lgan chuqur hurmatini tahlil qilishga asoslanadi.
- Ochiq kirishMaqola
PAXTA PNEVMOTRANSPORTI USKUNASIDA HAVO TEZLIGINING QUVUR KO‘NDALANG KESIMI BO‘YICHA TAQSIMLANISHINI DROSSELLAR YORDAMIDA BOSHQARISH
Xolbayev Doniyor Jo‘raboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada paxta tozalash korxonalarining pnevmatik tizimlari uchun samarali pnevmatik quvur konstruktsiyasi ishlab chiqilgan. Pnevmatik quvur ichki Xavo oqimining optimal qiymatini ta‘lminlash va boshqarish imkonini beruvchi quvur, ventilyator va drossel qurilmalarining konstruktiv parametrlari aniqlangan.
- Ochiq kirishMaqola
POSSIBILITIES OF EDUCATION AND SOCIALIZATION FACTORS IN THE FORMATION OF PERSONAL SPIRITUAL CULTURE
Maxmudova Gulnoza Nodirbek qizi, To‘raxonova Barno Tursunboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida ma‘naviy dunyoqarash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda ta‘limning o‘rni va ahamiyati bayon qilingan. Muallif ijtimoiylashuv bosqichlari muammolarini hal etishda ta‘lim va tarbiya, ilmiy tafakkurni shakllantirish va shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantirish masalalariga e‘tibor qaratadi.
- Ochiq kirishMaqola
СРАВНИТЕЛЬНЫЕ РЕЗУЛЬТАТЫ ЛЕЧЕНИЯ ПОСЛЕОПЕРАЦИОННЫХ И РЕЦИДИВНЫХ ГРЫЖ ПЕРЕДНЕЙ БРЮШНОЙ СТЕНКИ
С. Рузибоев, А. Авазов, Е. Хурсанов · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada qorin oldingi devorining operatsiyadan keyingi va retsidiv churralari bo‘lgan, autoplastik va alloplastik («onlay» va «sublay» usullari) operatsiyalar bajarilgan 85 nafar bemorni davolash natijalari tahlil qilingan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qorin oldingi devori plastikasining alloplastik usullarini qo‘llash operatsiyadan keyingi va retsidiv churralarni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini oshirish, retsidivlar sonini kamaytirish hamda operatsiyadan keyingi davr kechishining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.
- Ochiq kirishMaqola
BIOGAZ QURILMALARI UCHUN ISSIQLIK ENERGETIK XISOBLAR ASOSLARINI ISHLAB CHIQISH
T. Shermatov, M. Umrzaqova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada biogas kontseptsiyasi, mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai nazaridan ularning istiqbollari, biogaz qurilmalarini ishlab chiqarish usullari baholangan