Maqola
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
2 404 natija
Maqola
2 404 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
АНАЛИЗ ИСТОЧНИКОВ ПОТЕРЬ В ЭЛЕКТРИЧЕСКИХ СЕТЯХ
Мурзакулов Нуркул Абдилазизович, Ысламов Мухаммадсадык Махаматражапович, Каламбеков Адахам · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada elektr energetikasining elektr energiyasi isroflari kabi asosiy muammolari keltirilgan. Elektr tarmoqlaridagi isroflar manbalarining tahlili o‘tkazilgan.
- Ochiq kirishMaqola
TOSHKENT SHAHRI UCHTEPA TUMANI SHIFOKORLARINI BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA DISPLAZIYASI HAQIDA XABARDORLIGI BO‘YICHA SO‘ROVNOMA
Abdullayeva Dilorom Telmanovna, Abdullayeva Dilafruz G‘ayratovna, Sayfiddin Hoji Qadriddin Shuhrat o‘g‘li, Xolmonov Dilshod Shuhrat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada Toshkent shahridagi birlamchi tibbiy yordam shifokorlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan. Toshkentlik amaliyotchilarning aksariyati surunkali kasalliklar patogenezida yotgan KTD ning tashqi fenotipik belgilari va disembriogenez stigmalarini yaxshi bilishmaydi.
- Ochiq kirishMaqola
ВТОРИЧНЫЕ МЕТАБОЛИТЫ РАСТЕНИЯ NEPETA OLGAEGE REGEL L., ПРОИЗРАСТАЮЩЕГО В НАМАНГАНЕ
Мамаджанова Мухае, Дехканов Рахматуло Султанович, Абдуллаев Шавкат Вохидович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqola Lamiaceae oilasiga mansub Nepeta Olgae Regel (L.) o‘simligi yer ustki qismining aminokislota tarkibini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Nepeta Olgae Regel (L.) o‘simliklarining sifat va miqdoriy aminokislota tarkibini o‘rganish yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usulida olib borildi va 17 ta birikma identifikatsiya qilindi. Ular orasida sistein aminokislotasi ustunlik qiladi: mos ravishda gullashdan oldingi davrda 115,0656 mg/g, gullash davrida 80,59836 mg/g.
- Ochiq kirishMaqola
RAQAMLI TA‘LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Yo‘lchiyev Shaxriyor Xusanovich, Mamasodiqova Saidaxon Soyibjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada Raqamli talim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish metodikasi hamda pedagogika oliy ta‘lim muassasasi talabalarining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha ko‘plab xorijiy va mahalliy mediapedagog olimlari tomonidan tadqiqotlarining natijalari muhokama qilingan. Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarida mediakompetentlikning mohiyati, pedagogik salohiyati va ta‘lim jarayonida turli axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish shartlari keltirilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilar ulardan foydalanishga tajribalarning tahlili haqida fikr yuritilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ПРОБЛЕМА ОКАЗАНИЯ ПЕРВОЙ МЕДИЦИНСКОЙ ПОМОЩИ ПРИ СОЧЕТАННОЙ ТРАВМЫ ГРУДИ И ЖИВОТА НА ДОГОСПИТАЛЬНОМ ЭТАПЕ
Абдуллаев С.А. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ko‘krak va qorinning qo‘shma jarohati politravmalarning eng og‘ir turlaridan biridir. Adabiyotlar ma‘lumotiga ko‘ra, jarohatning bu turi 50-80% ga yetadigan yuqori o‘lim ko‘rsatkichi bilan kechadi. Shifoxonagacha (30-70%) va shifoxona (20-50%) bosqichlarida tashxis xatolarining ko‘pligi tashxis usullarini doimiy takomillashtirish zaruratini taqozo etadi. Shifokorlar ayniqsa shu toifadagi jabrlanganlarga shifoxonagacha bosqichda davolash-tashxis yordamini ko‘rsatishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Tashxis tekshiruvlari navbatini tanlash uchun aniq mezonlar yo‘q, asoratlarning oldini olish va ularni bashorat qilish masalasiga esa kam e‘tibor qaratiladi.
- Ochiq kirishMaqola
FRANSUZ TILI IDIOMALARI HAQIDA
Isroilova Manzura Jamolovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Frazeologiya tilshunoslik fanining jadal rivojlanayotgan tarmog‘i bo‘lib, tadqiqotchilarning frazeologik birliklarning semantik va kommunikativ xususiyatlarini va ularning funksiyalarini o‘rganishga qiziqishi o‘zgarishsiz qolmoqda. Frazeologik birliklar o‘zlarining ma‘lumot qobiliyati va ifodaliligi bilan ajralmas bo‘lganligi sababli, ular turli xil matnlarda alohida o‘rin tutadi.
- Ochiq kirishMaqola
DARSNI TASHKILLASHTIRISHDA O‘QITUVCHINING MAHORATI.
Abdullayeva Charos Farxadovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
bugungi kunda darsni to‘g‘ri tashkillashtirish hr bir pedagogning muhim vazifasi. Bu unga vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga va vaqtdan unumli foydalanishga imkon yaratib beradi. Ushbu maqolada shu kabi masalaga keng to‘xtalib o‘tilgan.
- Ochiq kirishMaqola
AGE-RELATED FEATURES OF THE RESPIRATORY SYSTEM
Kudratova Zebo Erkinovna, Karimova Linara Alixanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Har qanday a‘zo singari, bolalarning bronx-o‘pka tizimi kattalarnikidan sezilarli darajada farq qiladi va o‘ziga xos xarakterli va funksional xususiyatlarga ega. Nafas olish a‘zolari tug‘ilish paytida morfologik jihatdan nomukammal bo‘ladi. Hayotning dastlabki yillarida ular jadal o‘sadi va differensiatsiyalanadi. 7 yoshga kelib nafas olish a‘zolarining shakllanishi tugaydi va shundan keyin faqat ularning o‘lchami kattalashadi.
- Ochiq kirishMaqola
CHUSTIY G‘AZALIYOTIDAGI G‘OYALAR
Abdulxamidova Diyora · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Nabixon Xo‘jayev Nurilloxo‘ja o‘g‘li hayoti va ijodi. Mumtoz she‘riyat turlari. SHoir asarlaridagi asosiy qaxramonlar. Ilgari surilgan g‘oyalar. Yangi davr va mumtoz adabiyot o‘rtasida ko‘prim vazifasini o‘tashdagi xizmatlari.
- Ochiq kirishMaqola
RINOLOGIK OPERATSIYALARDA ANESTEZIOLOGIK YONDASHUVNI ILMIY – AMALIY JIHATLARI (Adabiyotlar sharhi)
Begimov Olamgir Akram o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
So‘nggi paytlarda so‘nggi yillarda faol rivojlanayotgan otorinolaringologiya bo‘limi bo‘lgan − rinoxirurgiya, bemorlarga perioperativ yordamni optimallashtirishni talab qiladi va davolovchi shifokorlar uchun yangi vazifalarni qo‘yadi. Diagnostika usullarini takomillashtirish, burun bo‘shlig‘i (BB) va paranasal sinuslardagi patologik jarayonlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashishi, jarrohlik muolajalar sonining ko‘payishiga va ularning ko‘lamining kengayishiga olib keldi va ilgari qo‘llanilgan lokal anesteziya (LA) endi bemorni ko‘proq shikast va uzoq muddatli jarrohlik agressiyasidan etarli darajada antinotsitseptiv himoya qila olmaydi (Timoshenko A. L., 2005).
- Ochiq kirishMaqola
OTORINOLARINGOLOGIYADA ANESTEZIYA SAMARADORLIGINI BAXOLASH
Begimov Olamgir Akram o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
O‘rganilayotgan anesteziya usullarining samaradorligi anesteziya va jarrohlikning asosiy bosqichlarida anestetik dori vositalarining farmakologik ta‘siri, gemodinamikaning asosiy ko‘rsatkichlari holati, gaz almashinuvi, stress gormoni (kortizol) darajasi, shuningdek samarali gaz almashinuvi shartlari bo‘yicha baholandi.
- Ochiq kirishMaqola
BURUN SUYAKLARI REPOZITSIYASIDA ANESTEZIYA USULLARI
Begimov Olamgir Akram o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Burun suyagi va tog‘ayini sinishi bo‘lgan bemorlarda anesteziologik yondashuvning xavfsizligi va samaradorligi tahlili o‘tkazildi.
- Ochiq kirishMaqola
THE RESULT OF STUDIES OF CLINICAL AND NEUROLOGICAL COMPLICATIONS IN PATIENTS WITH POLYNEUROPATHIES OF THE ETIOLOGY COVID-19
Isametdinova U.Z. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Koronavirus kasalligi (COVID-19) SARS-CoV-2 virusi keltirib chiqaradigan yuqumli kasallikdir. COVID-19 bilan kasallanganlarning aksariyati yengil va o‘rtacha darajadagi alomatlarni boshdan kechiradi va maxsus davolashsiz tuzalib ketadi. Biroq, ba‘zilari jiddiy kasal bo‘lib, tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladi. 2019-2020 yillardagi koronavirus pandemiyasi nafaqat yangi yuqumli agentning yuqori tajovuzkorligini, balki uning yurak-qon tomir tizimiga jiddiy asoratlarni keltirib chiqarish qobiliyatini ham ko‘rsatdi. Koronavirus infektsiyasi davrida nafaqat o‘pka, balki boshqa nevrologik asoratlar ham rivojlanishi mumkin. Ba‘zi odamlarda COVID infektsiyasidan haftalar va oylar o‘tgach sodir bo‘lgan ba‘zi alomatlar periferik asab tizimi, markaziy asab tizimi (miya va orqa miya) va tananing boshqa barcha qismlari o‘rtasida signallarni yuboradigan keng aloqa tarmog‘i buzilganligini ko‘rsatadi. Maqsad: Koronavirus etiologiyasining polinevopatiyasi bo‘lgan bemorlarning klinik va nevrologik xususiyatlarini baholash. Usullari: Tadqiqotga polinevopatiyasi bo‘lgan 62 bemor, koronavirus kasalligi bilan og‘rigan 32 polinevopatiyali bemorning asosiy guruhi va polinevopatiyasi bo‘lgan 30 bemor ishtirok etdi. Natijalar: Tadqiqotga qo‘shilish vaqtida bemorlarning shikoyatlarida asosiy guruhdagi bemorlarning 97 foizida va taqqoslash guruhining 95 foizida hissiy buzilishlar, uyqusizlik, zaiflik va ish faoliyatini pasaytirish belgilari ustunlik qildi. Xulosa: O‘tkazilgan klinik va nevrologik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, polineyropatiya bilan koronavirus kasalligi bilan og‘riganidan keyin nevrologik alomatlar kuchayadi va bemorlarni joriy etish va kompleks davolash uchun maqsadli taktika talab qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
PROSPECTS FOR IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION AND EDUCATION WITHOUT CORRUPTION IN THE NEW UZBEKISTAN
Teshaboev M.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi globallashuv davrida yoki jarayonida korrupsiya muammosi jahonning deyarli har bir mamlakatida mavjudligini ko‘rish mumkin. Ammo bu – barcha davlatlarda ham korrupsiya bir xil degan ma‘noni anglatmaydi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, korrupsiyaning vujudga kelish sabablari turli mamlakatlarda turli xil bo‘lib, tarixiy rivojlanish bosqichi hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning mavjudligi hamda taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Ushbu maqolada yangi O‘zbekistonda ta‘lim sifatini oshirish va korrupsiyasiz ta‘lim istiqbollari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
YUNON RUM KURASHCHILARINI JISMONIY YUKLAMALARINI ANIQLASH USLUBIYOTINING ILMIY USLUBIY TAHLILI
N.N. Azizov, Sh. Tursunov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
ushbu maqolada yunon-rim kurashchilarining jismoniy tayyorgarligi, maxsus jismoniy tayyorgarligi, funksional ko‘rsatkichlari va yuklamalar kattaligi va me‘yorini aniqlash yuzasidan ilmiy-uslubiy taxlil olib borilgan hamda natijalar ko‘rsatilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ERKIN IQTISODIY ZONALARDAGI KORXONALARNING FAOLIYATIGA INNOVATSION MUHITNING TA‘SIRI
Maksudov Sherzod Solijonov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Erkin iqtisodiy zonalarning innovatsion salohiyati, investitsiya muhitining jozibadorligini boshqarish samaradorligi darajasi, investitsiya faolligi va jalb qilingan investitsiyalar rentabelligi ko‘rsatkichlari asosida reyting tizimidan foydalanish quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruvning strategik vazifalarini belgilash imkonini beradi. innovatsion va investitsiya imkoniyatlarini oshirish.
- Ochiq kirishMaqola
DEKORATIV USULDA NATYURMORT ISHLASHNI O‘RGATISH MUAMMOLARI.
Jabbarov Botirsher G‘ulomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada dekorativ usulda natyurmort ishlashni o‘rgatish muammolarini bartaraf qilish maqsadida me‘morlik, haykaltaroshlik, rangtasvir va xalq amaliy san‘ati uyg‘unligi asosida yaratiladigan badiiy bezash usullari, dekorativ san‘at turlari, atroflicha tahlil qilib berilgan. Shuningdek, dekorativ rangtasvir san‘atining ajralmas qismi bo‘lgan dekorativ natyurmort ishlash bosqichlari, texnologiyasini bayon qilish asosida talabalar ijodiy erkinligini rivojlantirish haqida so‘z yuritiladi.
- Ochiq kirishMaqola
AVTOMOBIL OYNALARI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARDA MATERIALLAR SARF ME‘YORLARINI XISOBINI TAKOMILASHTIRISH
Mirzayev Ravshanjon Burxonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Transport vositalarini xavfsiz oynalari ishlab chiqarishda tannarxni shakllantirishda asosiy materiallar sarf me‘yorlari va texnologik yo‘qotishlar muxim axamiyatga ega. Materiallar sarf me‘yorlarini to‘g‘ri xisoblash, shuningdek ularni taxlili ushbu maqolada ko‘rsatib o‘tishga xarakat qilingan. Xulosa sifatida materiallar sarf me‘yorlarini kamaytirish uchun tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
SHISHA ISHLAB CHIQARISHDA MAXALLIY XOM ASHYOLAR VA ULARNING TARKIBI
Shoymardonova X.S · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada shisha ishlab chiqarishda mahhalliy xomashyolarning qo‘llanishi va ularning tarkibi haqida yozilgan. Respublikamiz mustaqiligiga erishganiga 31yil bo‘lgan bo‘lsa, bugunga qadar sanoat ishlab chiqarishda ko‘plab yangi o‘zgarishlar bo‘ldi. Sanoat korxonalarini har tamonlama qulay joylashtirish, atrof muhitga chiqindi, chiqarishni kamaytirish ya‘ni chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish va boshqa muammolarni bartaraf qilish asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Xomashyo bazasini kengaytirish, sanoat ishlab chiqarishni mahalliy xom ashyo bilan ta‘minlash, jumladan shisha sanoatida maxsulotlar ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyolardan foydalanib maxsulotlar ishlab chiqarishga davlat miqyosida katta e‘tibor qaratilmoqda. Sifatli maxsulotlar ishlab chiqarish uchun albatta sifatli xom ashyoga ega bo‘lish kerak. Xom ashyoning sifatini oshirish uchun jumladan shisha maxsulotlarining xom ashyo materiallarini tozalash va boyitish fabrikalari qurish mustaqil Respublikamizning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
- Ochiq kirishMaqola
PROBLEMS OF MEASUREMENT OF VERTICAL MOVEMENTS BASED ON THE RESULTS OBTAINED IN THE GEODETIC METHODS OF THE INTERNATIONAL GEODYNAMIC SERVICE (IGS)
Alisherov Shokhrukhbek · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada Yer harakatini kuzatish bilan bog‘liq bir nechta kuzatuv tadbirlarining bosqichlari va turlari haqida ma‘lumot olishingiz mumkin. Yerning vertikal va gorizontal harakatini har tomonlama qiyosiy tahlil qilish mavjud ma‘lumotlarning fundamental tadqiqoti sifatida ta‘kidlanadi.