FRANSUZ TILI IDIOMALARI HAQIDA
Isroilova Manzura JamolovnaTermiz davlat universiteti fransuz tili o‘qituvchisi2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 1Sahifa 605–607
Annotatsiya
Frazeologiya tilshunoslik fanining jadal rivojlanayotgan tarmog‘i bo‘lib, tadqiqotchilarning frazeologik birliklarning semantik va kommunikativ xususiyatlarini va ularning funksiyalarini o‘rganishga qiziqishi o‘zgarishsiz qolmoqda. Frazeologik birliklar o‘zlarining ma‘lumot qobiliyati va ifodaliligi bilan ajralmas bo‘lganligi sababli, ular turli xil matnlarda alohida o‘rin tutadi.
Boshqa tillarda
ruschaОБ ИДИОМАХ ФРАНЦУЗСКОГО ЯЗЫКА
Фразеология является бурно развивающейся отраслью языкознания, и неизменным остается интерес исследователей к изучению семантических и коммуникативных свойств фразеологизмов и их функций. Фразеологизмы незаменимы своей информативностью и выразительностью, поэтому занимают особое место в различных текстах.
inglizchaTHE IDIOMS OF THE FRENCH LANGUAGE
Phraseology is a rapidly developing branch of linguistics, and researchers‘ interest in studying the semantic and communicative properties of phraseological units and their functions remains unchanged. Phraseological units are indispensable for their informativeness and expressiveness, so they occupy a special place in various texts.
Kalit so‘zlar
- Idiotisme animalier
- Idiotisme botanique
- Idiotisme corporel
- Idiotisme chromatique
- Idiotisme gastronomique
- Idiotisme numérique
- Idiotisme toponymique
- Idiotisme vestimentaire
- Idiotisme artisanal ou ouvrier
- obrazli frazeologik birliklar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FRANSUZ TILI IDIOMALARI HAQIDA Isroilova Manzura Jamolovna Termiz davlat universiteti fransuz tili o`qituvchisi manzurajamolovna@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo. 7633104 Annotatsiya: Frazeologiya tilshunoslik fanining jadal rivojlanayotgan tarmog‘i bo‘lib, tadqiqotchilarning frazeologik birliklarning semantik va kommunikativ xususiyatlarini va ularning funksiyalarini o‘rganishga qiziqishi o‘zgarishsiz qolmoqda. Frazeologik birliklar o'zlarining ma'lumot qobiliyati va ifodaliligi bilan ajralmas bo'lganligi sababli, ular turli xil matnlarda alohida o'rin tutadi. Kalit so`zlar: Idiotisme animalier, Idiotisme botanique, Idiotisme corporel, Idiotisme chromatique, Idiotisme gastronomique, Idiotisme numérique, Idiotisme toponymique, Idiotisme vestimentaire, Idiotisme artisanal ou ouvrier, obrazli frazeologik birliklar. THE IDIOMS OF THE FRENCH LANGUAGE Abstract: Phraseology is a rapidly developing branch of linguistics, and researchers' interest in studying the semantic and communicative properties of phraseological units and their functions remains unchanged. Phraseological units are indispensable for their informativeness and expressiveness, so they occupy a special place in various texts. Key words: Idiotisme animalier, Idiotisme botanique, Idiotisme corporel, Idiotisme chromaticique, Idiotisme gastronomique, Idiotisme numérique, Idiotisme toponymique, Idiotisme vestimentaire, Idiotisme artisanal ou ouvrier figurative phraseological units. ОБ ИДИОМАХ ФРАНЦУЗСКОГО ЯЗЫКА Аннотация: Фразеология является бурно развивающейся отраслью языкознания, и неизменным остается интерес исследователей к изучению семантических и коммуникативных свойств фразеологизмов и их функций. Фразеологизмы незаменимы своей информативностью и выразительностью, поэтому занимают особое место в различных текстах. Ключевые слова: Идиотизм анималистический, Идиотизм ботанический, Идиотизм телесный, Идиотизм хроматический, Идиотизм гастрономический, Идиотизм нумерический, Идиотизм топонимический, Идиотизм вестиментарный, Идиотизм кустарный или образный.
KIRISH Frazeologiyaga oid kitoblar soni, iboralar (umumiy yoki ixtisoslashtirilgan) lug'atlar soni va ushbu mavzu bo'yicha ko'plab konferensiyalar bu muammoning qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Turli xil iboralarning tasnifi toifalardan kelib chiqadi.Tilshunoslikda FB liklar chegarasini ko`rsatishda turli qarashlar mavjud. Jumladan, maqol, aforizmlar, idioma, aforizmlar ham Fb ning tadqiqot ob`eykti sifadida tadqiq qilinadi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Jeffri NUNBERG, xuddi Adam MAKKAI singari FB tarkibiga kiruvchi idiomalarni, ikki turdaga bo`ladi: tarkibidagi so'zlarning har biri ma'noga ega bo'lgan va butun qismlari faqat bitta ma'noga ega bo'lgan idiomalar. Adam MAKKAI kodlash idiomasi: tinglovchiga mazmunli kombinatsiyani taqdim etadi va dekodlash idiomasi: rotsional bilishni talab etadi Odatda ikkinchi tipga kiruvchilari ko`plab savollarga javob berish lozimligini ko`rsatadi.Bunday idiomalarni asl mohiyatini, ma`nosini bilish uchun lingvokulturologik, semantik tadqiq etish zarur hisoblanadi.
Fransuz lingvisti Alain REY gallisizm-o`zlashmalarni ham turg`un idioma ekanligini ta`kidlaydi, masalan: zamonaviy grek tiliga fransuz tildan kirib kelgan « γκαρσóνι » (garsóni) – garçon-bola, ofitsiant, « κρουασάν » (kruasán) - un croissant- qandolatchilik maxsuloti. TADQIQOT NATIJALARI Fransuz tilida idiomalarning zoonimli, kiyim nomlari, tabiat hodisalari bilan bo`gliq bo`lganlari, oziq-ovqat nomlari orqali ifodalanuvchi Idiotisme animalier, Idiotisme botanique, Idiotisme corporel, Idiotisme chromatique, Idiotisme gastronomique, Idiotisme numérique, Idiotisme toponymique, Idiotisme vestimentaire, Idiotisme artisanal ou ouvrier kabi semantik maydonlari farqlanadi. MUHOKAMA Quyida dastlabki 3 semantik maydonni ko`rib chiqamiz: Idiotisme animalier (hayvon nomlari bilan bog`liq idiomalar) hayvonga xos fe`l-atvor obrazli tarzda voqea-hodisa, inson(bevosita hayvon uchun ham) hatti-harakati, xulqini ifodalash uchun ishlatiladi: avoir des ailes-(so`zma-so`z: qanoti bor bo`lmoq)-o`zini(qushdek) yingil his qilmoq; voler de ses propres ailes-(so`zma-so`z: o`zining qanoti bilan uchmoq)- mustaqil bo`lmoq; blanc-bec -(so`zma-so`z:oq tumshuq)-o`ziga haddan ziyod ishongan yosh yigit; être bête (à en manger du foin)-juda soda, go`l bo`lish; quelle sale bête !-(so`zma-so`z: qanday iflos hayvon)-dushman, yomon xulqli shaxs, shuning bilan birga tajovuzkor hayvonni ham ifodalaydi; doux comme un agneau(so`zma-so`z-qo`zichoqdek muloyim)-muloyim kishi(qo`y og`zidan cho`p olmagan); avoir un regard d'aigle-burgut ko`zli, ko`zi o`ta o`tkir; c'est un aigle-har tomonlama mukammal shaxs; âne rouge(so`zma-so`z:qizil eshak)-eshakday qaysar; brider l'âne par la queue(so`zma-so`z: eshakni dumidan jilovlamoq)-ishni teskarisini qilmoq; passer du coq à l'âne(so`zma-so`z: xo`rozdan eshakka o`tmoq)-biri bo`g`dan biri tog`dan gapirmoq; avoir un estomac d'autruche(tuyaqush oshqazoni bor bo`lmoq)-har yegan narsani oson hazm qilmoq; baleine(kit)-semiz odam; petite caille(kichkina bedana)-yosh hurliqo; tout droit sorti de la bouche du cheval(so`zma-so`z: tog`ridan-to`gri otning og`zidan chiqgan)-ishonchli manbadan olingan ma`lumot; entre chien et loup(so`zma-so`z:it va bo`ri o`rtasida)-tunda, être comme chien et chatit-mushuk bo`lmoq, qiyin vaziyatda tortishmoq va hokazo. Idiotisme botanique (tabiat bilan bog`liq bo`lgan idiomalar) insonga, voqelikka hos bo`lgan hatt-harakat, vaziyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi: l'arbre cache la forêt(so`zma-so`z:daraxt o`rmonni yashiradi)-bir detal butun tavsilotni o`zida jam etadi; avoir un cœur d'artichaut(so`zma-so`z :artisho(karam navi) yuragili bo`lmoq-sevgida sadoqatli bo`lmoq; coup de bamboo(so`zma-so`z:bambuk zarbasi)-1)to`saddan charchash; 2)issiq urishi; manger son blé en herbe(so`zma-so`z:bug`doyini o`t ustida yemoq)-mol-mulkini isrof qilmoq, sovurmoq; bœuf-carotte(so`zma-so`z: mol go`shti-sabzi)- politsiyachilar(fransuzlarda); bout de chou(so`zma-so`z:karam oxiri/adog`i)-kichkintoy, bolakay; faire chou blanc (so`zma-so`z:oq karam yetishtirmoq)-muvaffaqiyatsizlikka uchramoq; presser le citron(s.s:limonin siqmoq)-insonni haddan tashqari ezmoq(limonday siqib suvini ichmoq); filer un mauvais coton(ss:yomon paxta yigirmoq)-1)sog`ligi yomonlashmoq 2) obro`siga putur yetmoq; mettre du beurre dans les épinards(ss:ismaloqqa saryog`surmoq)-vaziyatni yingillashtirmoq; être fleur bleue(ss:ko`k gul bo`lmoq)-1)juda romantik bo`lmoq, 2)sodda, go`l; être haut comme trois pommes(ss: 3 olmadek baland bo`lmoq)-pakana bo`lmoq; être rouge comme une tomate (pomidordik qizil bo`lmoq) - yuzi qip-qizil bo`lmoq (uyatdan, sovuqdan; croquer la pomme(olma tishlamoq)-vasvasaga berilmoq va hokazolar.
Idiotisme corporel (inson tana a`zolari nomlari bilan ifodalanuvchi idiomalar)-tabiat voqea-hodisalari, insonning turli vaziyatdagi holatlarini obrazli ifodalashda ishlatiladi: à bras-lecorps(so`zma-so`z:qo`lu-tana)-o`zbek tilidagi muqobili qo`lu-oyoq(oyoq-qo`l), butun tana; couper bras et jambes(qo`l-oyog`ini kesmoq)-barcha imkoniyatlarni yo`qqa chiqarmoq; la bouche en cœur-yurakdan gapirish (ba`zida soxta zukolik bilan gapirishni ham ifodalaydi); avoir des bouches à nourrir-kimgadur qaram oila, faire la fine bouche(og`zini ado/tamom qilmoq)-qiyin vaziyatda bo`lmoq; motus et bouche cousue-lom-mim demaslik, sukut saqlamoq; tendre les bras vers quelqu’un-yordam qo`lini uzatmoq, couper les cheveux en quatre (so`zma-so`z - sochlarni 4ga bo`lmoq) - keraksiz holda biror narsani murakkablashtirish, tanlashda mujmallashmoq; mon cœur se glace ( ss: yuragim muz)-juda xavotir, qo`rquvdaman; avoir le cœur au bord des lèvres(ss: yuragi lablari oldida bo`lmoq)-yuragi ko`tarilmoq; la main sur le cœur-qo`li ko`ksida(hurmatda); laver le cerveau -miyasidan o`chirib tashlamoq, unutmoq; avoir le gros cou-mag`rur bo`lmoq va boshqalar. XULOSA Bu semantik maydonarni tashkil etuvchi FB lar juda ko`p bo`lib ular ichida idiomalar obrazlilikni ifodalashi bilan alohid ahamiyatga ega hisoblanadi. Ferdinand De SAUSSURning fikricha so`z va uning ma`nosi o`rtasidagi bo`gliqlikni bilish, kommunikatsiya jarayoniga ularni kiritishda idiomatik vositalar muhim, idiomaga xos xususiyatning yo‘qligi sintagmatik darajada amalga oshadi va paradigmatik mulohazalarda o‘z izini yo‘qotadi, ya`ni, ba`zi idiomalarda ma'lum bir ifodali birikmalarda ma`no aniq bo'lishi mumkin, boshqalarida butun kombinatsiyada ma`nomazmun anonim tarzda bo`ldi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Aвалиани, Ю.Ю. Семантическая структура слов-компонентов и семантическая структура фразеологических единиц Текст.: бюллетен по фразеологии / Ю.Ю. Aвалиани. - Самарканд, 1972. - № 1. - С. 15-17. 2. Aрутюнова П., Н.Д. Предложенийе и йего смысл: логико-семантическийе проблемы Текст. / Н.Д. Aрутюнова / AН СССР, Ин-т языкознания. М.: Наука, 1976.-383 с. 3. Гак, В.Г. О структурно-семантических группах во французской фразеологии Текст. / В.Г. Гак. ИЯШ, 1959. - № 5. - С. 21-26. 4. Marouzeau, J. Aspects du français Texte. / J. Marouzeau. Paris, 1950. -215 p. 5. Маматов А. Лексик интеграция асосида фразеологизмларнинг шаклланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1999. №6. –29-33 бетлар. 6. Guiraud, P. La semantique Texte. / P. Guiraud. Paris: Presse Universitaire de France, 1964.-126 p 7. Isroilova M. “ Phraseological Units Classification Expressed Through Colors in French Printed Media” - https://doi.org/10.47191/10.47191/rajar/v8i12.14 8. Lafleur, B. Dictionnaire des locutions idiomatiques françaises Texte. / B. Lafleur. Ottawa, Canada, Bibiliotheque nationale du Quebec (Duclot), 1979. 9. Grand Robert de la langue française. Dictionnaire alphabetique et analogique de la langue française Texte. 2-eme ed. - Paris: Robert, 1986. - En 9e volume entierement revue et enrichie par Alain Rey. 10. https://fr.wikipedia.org 11. http://books.google.com
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Авалиани, Ю.Ю. Семантическая структура слов-компонентов и семантическая структура фразеологических единиц Текст.: бюллетен по фразеологии / Ю.Ю. Авалиани. - Самарканд, 1972. - № 1. - С. 15-17.
- Арутюнова П., Н.Д. Предложенийе и йего смысл: логико-семантическийе проблемы Текст. / Н.Д. Арутюнова / АН СССР, Ин-т языкознания. М.: Наука, 1976.-383 с.
- Гак, В.Г. О структурно-семантических группах во французской фразеологии Текст. / В.Г. Гак. ИЯШ, 1959. - № 5. - С. 21-26.
- Marouzeau, J. Aspects du français Texte. / J. Marouzeau. Paris, 1950. -215 p.
- Маматов А. Лексик интеграция асосида фразеологизмларнинг шаклланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1999. №6. –29-33 бетлар.
- Guiraud, P. La semantique Texte. / P. Guiraud. Paris: Presse Universitaire de France, 1964.-126 p
- Isroilova M. “ Phraseological Units Classification Expressed Through Colors in French Printed Media” - https://doi.org/10.47191/10.47191/rajar/v8i12.1410.47191/10.47191/rajar/v8i12.14
- Lafleur, B. Dictionnaire des locutions idiomatiques françaises Texte. / B. Lafleur. Ottawa, Canada, Bibiliotheque nationale du Quebec (Duclot), 1979.
- Grand Robert de la langue française. Dictionnaire alphabetique et analogique de la langue française Texte. 2-eme ed. - Paris: Robert, 1986. - En 9e volume entierement revue et enrichie par Alain Rey.
- https://fr.wikipedia.org
- http://books.google.com
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013852
- Nashr sanasi
- 2023-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i1.2916
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 605–607
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11