18 natija
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
Tegishlilik▾
Kengaytirilgan qidiruvTahlilEksport▾
Barcha 18 ta yozuv yuklanadi.
Qidiruvni saqlash▾
Qidiruvni saqlash va yangi yozuvlar haqida xabar olish uchun hisobingizga kiring. Kirish
Ochiq kirishMaqola
Мунисахон Отабай кизи Ташбаева · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqola zamonaviy gumanitar bilimda ekspluatatsiya fenomenining nazariy tahliliga bag‘ishlangan. Ekspluatatsiya nafaqat iqtisodiy, balki tengsizlikni qayta ishlab chiqarishning institutsional, ramziy va diskursiv mexanizmlarini ham o‘z ichiga oluvchi ko‘p darajali ijtimoiy hodisa ekanligi ko‘rsatilgan. Fanlararo yondashuv hamda klassik va zamonaviy nazariyalar tahlili asosida ekspluatatsiya shakllarining ochiq majburlashdan yashirin va qonuniylashtirilgan amaliyotlarga o‘zgarishi aniqlanadi. Zamonaviy ijtimoiy va madaniy jarayonlar sharoitida ekspluatatsiyani o‘rganishda kompleks metodologik yondashuv zarurligi haqida xulosa qilinadi.
Ochiq kirishMaqola
Mamurov Humoyun Boxodirjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada zamonaviy axborot jamiyatida sun‘iy intellektning (SI) ijtimoiy farovonlikni ta‘minlashdagi o‘rni falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot L. Floridi tomonidan ilgari surilgan “onlife” konsepsiyasi va infosfera nazariyasiga tayangan holda, analog va raqamli olam uyg‘unlashgan yangi ontologik makonda SI ning ijtimoiy institutlarga ta‘sirini yoritadi. Maqolada sun‘iy intellekt nafaqat texnologik vosita, balki qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etuvchi aqlli agent sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, SI tizimlarini loyihalashda inson markaziyligi, axloqiy mas‘uliyat, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillarining ustuvor ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari sun‘iy intellektni ijtimoiy-falsafiy loyiha sifatida tushunish va uning jamiyat barqarorligiga xizmat qiluvchi modelini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Ochiq kirishMaqola
Karimov Ulmasbek · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada yangi rivojlanish bosqichida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag‘batlantirish ustuvorliklari falsafiy kontekstda tahlil qilinadi. Davlat siyosatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaxshilash, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish, kichik biznes va xususiy tashabbuslarni kengaytirish hamda bandlikni ta‘minlash hisobiga iqtisodiy barqarorlikka erishish masalalariga alohida e‘tibor qaratiladi. Ayni paytda tadbirkorlik subyektlari uchun huquqiy, moliyaviy va tashkiliy kafolatlarning mustahkamlanishi, davlat va xususiy sektor hamkorligining rivojlanishi milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida baholanadi. Ilmiy tahlil natijasida tadbirkorlikni rag‘batlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashishi, balki jamiyatning ijtimoiy va ma‘naviy taraqqiyotiga ham xizmat qilishi ilmiy asoslab berilgan.
Ochiq kirishMaqola
К.А.Пулатов · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada «sekulyarizm» tushunchasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi XVII asrning huquqiy-kanonik va siyosiy kontekstidan tortib uning Gegel, Kont va Veber asarlaridagi falsafiy institutsionalizatsiyasigacha tadqiq etilgan. Ayniqsa, sekulyarizmni taraqqiyot va aqlning mustaqilligi g‘oyasi sifatida talqin qilishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Ochiq kirishMaqola
Пулатов К.А · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada jamiyat sekulyarizatsiyasi jarayonida jadidchilik harakatining ijtimoiy ahamiyati XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi O‘zbekistonning tarixiy konteksti misolida tadqiq etiladi. Jadidchilikning ta‘lim tizimini modernizatsiya qilishga, madaniy transformatsiyaga va milliy o‘zlikni anglashning rivojlanishiga ta‘siri tahlil qilinadi. Ijtimoiy modernizatsiya va sekulyarizatsiyaning nazariy jihatlari muhokama qilinadi, shuningdek, jadidlarning zamonaviy dunyoviy jamiyat asoslarini shakllantirishga hissa qo‘shgan o‘zgarishlar agenti sifatidagi roli ko‘rib chiqiladi.
Ochiq kirishMaqola
Пулатов К.А · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Gender tengligi va sekulyarizm Markaziy Osiyoning podsho Rossiyasi davridagi ijtimoiy-siyosiy kontekstida murakkab jarayonlarni ifodalaydi. Bu jarayonlar islohotchi harakatlarni hamda dinni davlatdan ajratishga bo‘lgan urinishlarni o‘z ichiga olgan. Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida muhim rol o‘ynagan musulmon modernizmining ta‘sirchan yo‘nalishi — jadidchilik g‘oyalari tahlil qilinadi. Jadidlarning gender tengligiga bo‘lgan qarashlari, ayollar uchun ta‘lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan sa‘y-harakatlari va diniy institutlarni davlat tuzilmalaridan ajratish yo‘lidagi intilishlariga alohida e‘tibor qaratiladi. Shuningdek, bu masalalar atrofida kechgan munozaralar va islohotchilarning o‘sha davr jamiyat ongiga ko‘rsatgan ta‘siri tahlil qilinadi.
Ochiq kirishMaqola
Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada zamonaviy bozor munosabatlarining o‘zgarishi va ularning kasbiy va o‘rta maxsus ta‘lim tizimidagi integratsiya jarayonlariga ta‘siri ijtimoiy-falsafiy tahlil qilinadi. Globallashuv, raqamlashtirish va mehnat bozori talablarining o‘zgarishi sharoitida ta‘lim makonini rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari ko‘rib chiqiladi. Muallif ta‘lim muassasalarini yangi ijtimoiy-iqtisodiy voqelikka moslashtirishning ahamiyatini, shuningdek, kasbiy ta‘limni biznes muhiti va davlat tuzilmalari bilan birlashtirish zarurligini ta‘kidlaydi. Talabalar o‘rtasida yangi vakolatlarni shakllantirish, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda uzluksiz ta‘lim va ijtimoiy sheriklikning o‘rni masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Ochiq kirishMaqola
Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada milliy ta‘lim tizimi va bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy taraqqiyotning falsafiy mohiyati o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Ta‘lim siyosatining jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta‘sirining asosiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi, shuningdek, progressiv ijtimoiy jarayonlarni shakllantirishda ta‘limning rolini asoslaydigan falsafiy tushunchalar tahlil qilinadi. Muallif ta‘lim strategiyalarini iqtisodiy sharoitlarga qarab o‘zgartirishga, ularning ijtimoiyharakatchanlikka, qiymat yo‘nalishlarini shakllantirishga va jamiyatning barqarorligiga ta‘sirini aniqlashga alohida e‘tibor beradi.
Ochiq kirishMaqola
Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada bozor munosabatlari transformatsiyasi jarayonida kasb-hunar va o‘rta maxsus ta‘lim tizimidagi integratsiya masalasi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Integratsiya jarayonining mohiyati, uning inson kapitali shakllanishidagi o‘rni, muammolari va yechimlari falsafa, sotsiologiya va ta‘lim nazariyasi nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
Ochiq kirishMaqola
Paxriddinov Umidjon Mo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Bugungi kunda globalizatsiya sharoitida migratsiya jarayoni yanada kuchayib bormoqda, bu esa yangi ijtimoiy muammolar va madaniy to‘qnashuvlarga olib kelmoqda. Shuning uchun, falsafiy va madaniy antropologiya nuqtai nazaridan migratsiyani o‘rganish, insonlar va ularning jamiyatlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni tushunishga yordam beradi. Ushbu maqolada, biz migratsiyaning falsafiy va madaniy antropologiya kontekstida qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lishini, shuningdek, bu jarayonning ijtimoiy identitet, madaniy integratsiya va inson huquqlari bilan bog‘liq jihatlarini tahlil qilamiz.
Ochiq kirishMaqola
Paxriddinov Umidjon Mo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqalada migratsiya jarayonining zamonaviy tendensiyalari, globalizatsiya sharoitidagi o‘zgarishlar va migratsiya siyosatining ahamiyati muhokama qilinadi. Falsafiy va sotsiologik yondashuvlar yordamida, migratsiyaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, inson huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq masalalar ham o‘rganiladi. Ushbu maqola natijalari, migratsiya jarayonini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Ochiq kirishMaqola
Paxriddinov Umidjon Mo‘minovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada falsafiy va sotsiologik nuqtai nazardan migratsiya tushunchasi ilmiy-nazariy tahlil etiladi. Migratsiya, insonlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi jarayoni sifatida, turli ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Tadqiqotda avvalo, migratsiyaning falsafiy asoslari, uning insoniyat tarixidagi o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Keyinchalik, sotsiologik jihatdan migratsiyaning ijtimoiy tuzilmalarga, identitetga va madaniyatlararo munosabatlarga ta‘siri tahlil etiladi.
Ochiq kirishMaqola
Maqsumova Umidaxon Sodiqjonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligining ijtimoiy-falsafiy tabiati va uning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada ayollar tadbirkorligining ko‘p o‘lchovli jihatlari — iqtisodiy, huquqiy, madaniy va ramziy jihatlari — Burd‘yoning kapital turlari nazariyasi, Nussbaumning «imkoniyatlarga yondashuvi» va Batlerning «interseksionallik» konsepsiyalari asosida yoritilgan. Yakunda tadbirkorlikda gender inklyuziyani joriy etish (shuningdek, uni mustahkamlash strategiyalari) uchun demokratik institutlar, ta‘lim va ijtimoiy siyosat mexanizmlari taklif etilgan.
Ochiq kirishMaqola
Karimov Hayotdzon Abdulboqievich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada «inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat» tushunchasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Insonmarkazlilik prinsipining tarixiy ildizlari va uning Sharq hamda G‘arb falsafiy an‘analaridagi ko‘rinishlari ko‘rib chiqiladi. Muallif davlat va jamiyat o‘rtasidagi dialektik aloqani inson qadr-qimmati va ijtimoiy adolat kategoriyalari orqali ochib beradi, inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlatni paternalistik modeldan farqlovchi asosiy jihatlarni aniqlaydi. Zamonaviy O‘zbekiston misolida maqolada ijtimoiy siyosat, huquqiy islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi inson manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv mezonlariga qanday ta‘sir ko‘rsatishi ko‘rsatib berilgan. Konseptual tahlil, tarixiy-genetik izlanish va normativ yondashuvlardan foydalangan holda tadqiqotda inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat g‘oyasining ham konseptual asoslari, ham amaliy tatbiqi uchun nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar taklif etiladi.
Ochiq kirishMaqola
Dadakhanov Shavkat Shakirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada O‘zbekiston ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy mohiyati falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shaxslarning jamiyatdagi o‘rnini, ularning huquqni muhofaza qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash funksiyalarining falsafiy asoslarini aniqlashdan iborat. Maqolada huquq, etika va siyosatshunoslikning sharhlovchi hamda nazariy yondashuvlarini birlashtirgan dialektik-materialistik va fenomenologik metodlardan foydalanilgan. Tahlil jarayonida ichki ishlar organlari xodimlarining jamiyat bilan o‘zaro munosabati, ijtimoiy shartnoma chegaralari, ular asosida shakllangan vakolat va mas‘uliyat hamda prinsip o‘rganilgan.
Ochiq kirishMaqola
Saloydinova Maxliyoxon Abduvali qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqola O‘zbekistonning 1991–2010-yillardagi mustaqillik davrida milliy o‘zlikni shakllantirish siyosatining tarixiy asoslari va ijtimoiy ta‘sirini tahlil qiladi. Sovet Ittifoqining parchalanishi fonida boshlangan bu jarayon davlat ramziyligi, ta‘lim tizimi va adabiyot orqali milliy identitetni mustahkamlashga qaratilgan strategiyalarni o‘rganadi. Maqolada Temuriylar merosi, Alisher Navoiy va Abdulla Oripov kabi shaxslarning adabiy faoliyati hamda ularning milliy o‘zlikni shakllantirishdagi roli alohida e‘tibor markazidadir. Shuningdek, globalizatsiya va etnik guruhlar integratsiyasi kabi sinovlar tahlil qilinadi. Maqola ushbu davrda milliy o‘zlik tushunchasining jamiyatdagi o‘zgarishlarga ta‘sirini yoritib, zamonaviy O‘zbekistonning madaniy va ijtimoiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi. Bundan tashqari maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng amalga oshirilgan milliy o‘zlikni shakllantirish siyosatining tarixiy ildizlari, g‘oyaviy asoslari va uning ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy-ma‘naviy hayotga ta‘siri tahlil qilinadi. Shuningdek, 1991–2010 yillar davomida bu siyosatning asosiy yo‘nalishlari, natijalari va ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi.
Ochiq kirishMaqola
Xidirov Xoshim Ibodullayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Мақолада коррупциянинг кенг тарқалган шаклларидан бири бўлган сиёсий ва маиший коррупция, аҳолининг барча қатлашлари орасидасиёсий ва ҳуқуқий тафаккурни шакллантирмасдан туриб ушбу салбий иллатга қарши курашиб бўлмаслиги ҳақида сўз боради
Ochiq kirishMaqola
Xusanova Dilnoza Alimqul qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda ma‘naviy yuksalishning mohiyatini, ma‘naviy sohani rivojlantirishning bugungi kundagi ahamiyatini oshirish haqida batafsil yoritilgan. Ma‘naviy sohani rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar, amaliy taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.