Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola09.00.00Ochiq kirish

MA‘NAVIY YUKSALISH – BUGUNGI KUNNING MUHIM VAZIFASI SIFATIDA

Xusanova Dilnoza Alimqul qiziO‘zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti, 2-bosqich talabasi2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 3Sahifa 21–24

Annotatsiya

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda ma‘naviy yuksalishning mohiyatini, ma‘naviy sohani rivojlantirishning bugungi kundagi ahamiyatini oshirish haqida batafsil yoritilgan. Ma‘naviy sohani rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar, amaliy taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaДУХОВНОЕ ВОЗВЫШЕНИЕ КАК ВАЖНАЯ ЗАДАЧА СЕГОДНЯШНЕГО ДНЯ

В данной статье подробно освещены сущность духовного возвышения в построении Нового Узбекистана и повышение сегодняшнего значения развития духовной сферы. Приведены соображения, практические предложения, рекомендации и выводы по развитию духовной сферы.

inglizchaSPIRITUAL ADVANCEMENT AS AN IMPORTANT TASK OF TODAY

This article gives a detailed account of the essence of spiritual advancement in building New Uzbekistan and of enhancing the present-day importance of developing the spiritual sphere. Reflections, practical proposals, recommendations and conclusions on the development of the spiritual sphere are presented.

Kalit so‘zlar

  • Yangi O‘zbekiston
  • kino
  • ilm-fan
  • tarbiya
  • baxshichilik
  • ijtimoiy ong
  • taraqqiyot
  • yoshlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MA’NAVIY YUKSALISH – BUGUNGI KUNNING MUHIM VAZIFASI SIFATIDA Xusanova Dilnoza Alimqul qizi O‘zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti, 2-bosqich talabasi E-mail: dilnozaxusanova092@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10851570 Annotatsiya. Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda ma’naviy yuksalishning mohiyatini, ma’naviy sohani rivojlantirishning bugungi kundagi ahamiyatini oshirish haqida batafsil yoritilgan. Ma’naviy sohani rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar, amaliy taklif, tavsiya va xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, kino, ilm-fan, tarbiya, baxshichilik, ijtimoiy ong, taraqqiyot, yoshlar.

ДУХОВНЫЙ РОСТ — САМАЯ ВАЖНАЯ ЗАДАЧА СЕГОДНЯ Аннотация. В данной статье подробно описано значение духовного роста и развития духовной сферы в создании Нового Узбекистана. Приводятся мнения, практические предложения, рекомендации и выводы относительно развития духовной сферы. Ключевые слова: Новый Узбекистан, кино, наука, образование, благотворительность, общественное сознание, развитие, молодежь.

SPIRITUAL GROWTH IS TODAY'S MOST IMPORTANT TASK Abstract. This article describes in detail the importance of spiritual growth and the development of the spiritual sphere in the creation of New Uzbekistan. Opinions, practical suggestions, recommendations and conclusions are given regarding the development of the spiritual sphere. Key words: New Uzbekistan, cinema, science, education, philanthropy, social consciousness, development, youth.

KIRISH Ma’naviy yuksalishga erishish uchun harakat insoniyat tamudduni davomida necha asrlardan buyon, xalq va millatning orzu-intilishlari va maqsadlari oʻlaroq amalga oshirib kelinmoqda. Bu harakatlar xalqimizning milliy ma’naviyatini boyitish, qadim urf-odatlar va an’analar rivojlanishi, shaxs ma’naviy barkamolligi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida shakllanadi. Ma’naviyat bu ayni bir sur’atda qotib qolgan aqidalar, qarashlar yig‘indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo‘lib, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga rivojlangan holda, taraqqiyot sari davom etadi. Ma’naviy boylikni, ma’naviyatni yuksaltirishga, oʻzlikni anglashga tizimli va izchil intilmasdan turib, oldimizga qo‘ygan ezgu orzumaqsadlarimizga erishish mumkin emas. Millatning kuchi va salohiyati ham aynan ma’naviyat bilan ma’naviy soha bilan chambarchas bog‘liq. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Maʼnaviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam boʻlsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli boʻladi” [1] Zamon sur’atlari shiddat bilan tezlashib turli muammolar ortib, ko‘payib borar ekan, tabiiyki, barcha sohalarda boʻlgani kabi ma’naviy hayotimizda ham ana shu sinovlarda toblanib, yuksalib, jamiyatimiz, millatimizning yorug‘va sog‘lom kelajagini har qanday o‘zgarishlardan bezavol saqlash va asrab qolishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilishi zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ma’naviy jarayonlarni rivojlantirish, xalqimizning g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarini va ong-u tafakkurini inobatga olgan holda ma’naviy jarayonlarning quyidagi tamoyillari vujudga kelishi lozim sanaladi:

Birinchidan, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarda yuksak g‘oyaviy salohiyat shakllantirishga erishish lozim sanaladi.

Ikkinchidan, yoshlarda daxldorlik, hushyorlik, vazminlik, sabrlilik singari qadriyatlar shakllantirilishi kerak.

Uchinchidan, yoshlarning ijtimoiy ongida shakllangan bilim, koʻnikmalarini kundalik hayotda va amaliy jarayonlarda qoʻllash, tinchlikni asrash, uning qadriga yetish jarayonida ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanishi lozim.

Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga koʻtarish borasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Bugun ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak” [2] degan fikrlari zamirida ushbu sohani rivojlantirish hayotiy ehtiyojimizga aylanmoqda. Agar maʼnaviyat sohasi rivojlanmasa, yangi bosqichga koʻtarilmasa jamiyatimizni turli xil jinoyatlar, korrupsiya holatlari, oʻzaro ziddiyatlar qamrab oladi. Shuning uchun , avvalo, ma’naviy sohani rivojlantirishimiz, maʼnaviyatimizni yuqori oʻringa chiqarishimiz kerak.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan majlisida maʼnaviyatimizni yanada yuksaltirish borasida quyidagi ishlarga eʼtibor berilishi taʼkidlandi:

Birinchidan, yoshlar tarbiyasida mahalla faollari, nuroniylarning eʼtiborini kuchaytirish; Ikkinchidan, madaniy-maʼrifiy sohadagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishda hokimlarning masʼuliyatini keskin oshirish, Uchinchidan, yoshlarimizni milliy va umumbashariy gʻoyalar asosida kamol toptirishda madaniyat sohasi, xususan, teatr sanʼatining oʻrnini oshirish; Toʻrtinchidan, madaniy dam olish tizimini takomillashtirish, aholining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish; Beshinchidan, maqom va baxshichilik sanʼatini rivojlantirish, ijro va ijodiy maktablarni, bu boradagi anʼanalarni ilmiy asosda oʻrganish va qayta tiklash ishlarini yanada kuchaytirish; Oltinchidan, milliy madaniyatimiz rivojida muhim oʻringa ega boʻlgan musiqa va raqs sanʼatini ravnaq toptirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; Yettinchidan, xalqaro maydonda oʻzbek madaniy diplomatiyasini rivojlantirish, boy madaniy merosimizni xalqimizga va xorijiy sayyohlarga keng tanishtirish ishlarini yangi bosqichga koʻtarish; Sakkizinchidan, kino sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarni davom ettirish; Toʻqqizinchidan, tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirish.

Yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz aynan ma’naviyatga e’tibor qaratish borasida, ma’naviy yuksalish yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar sanaladi. Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi ham aynan ta’lim oluvchilar o‘rtasida ma’naviyat, yuksak tarbiya, namunali xulq atvorga ega bo‘lgan komil inson tarbiyasidir. Ma’naviy tarbiya berish jarayonida inson faoliyatining o‘ziga xos shakli sifatida tarbiyaning milliy jihatlariga ko‘proq ahamiyat berilishi lozim. Turli diniy ekstremistik, fundamentalistik va terroristik harakatlarga qarshi kurashda ham ko‘plab jamoalar o‘rtasida, mahallalarda shu mavzuga bag‘ishlangan suhbatlar, seminar mashg‘ulotlari, ochiq muloqotlar tashkil etish, o‘quv maskanlarida esa shu sohaga oid bo‘lgan ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish zarur. Bundan tashqari, hozirgi kunda muhim bo‘lgan malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarini ko‘proq tashkil etib borish zarur va dolzarb sanaladi.

NATIJA VA MUHOKAMA Ta‘lim-tarbiya jarayonida milliy-ma’naviy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash masalasiga keng e’tibor berish zarur. Jamiyatdagi ma’naviy o‘zgarishlarning islohotlar bilan hamohangligiga e’tibor qaratish, ijtimoiy o‘zgarishlarning kishilar ongida obyektiv in’ikos tarzida vujudga kelishiga zamin yaratish lozim. ijtimoiy ong, ya’ni psixologik va g‘oyaviy-mafkuraviy tuyg‘ularning uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘lishini alohida ta’kidlash lozim. Insoniyatning bir necha ming yillik taraqqiyoti shundan dalolat beradiki, har qanday sivilizatsiyaning asosi – ma’naviyat!

Sivilizatsiyaning asosiy belgilari quyidagilardir: murakkab mehnat taqsimoti, davlatning mavjudligi, bozor iqtisodiyoti, rivojlangan madaniyatning mavjudligi. Shu o‘rinda birgina Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarini eslash kifoya. Mutafakkirimizning asosiy g‘oyalari adolatli davlat va ma’naviy ideal barpo etishdir. Buyuk Forobiy ideal jamiyat bu – yuksak axloqqa ega shaxslar jamiyati, deydi. Uning fikricha, adolatli davlatni faqat yuksak axloqli kishilar bilangina qurish mumkin. Axloqli inson adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib o‘zibilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo‘lsin, o‘zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin. Jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yo‘qotish, g‘oyaviy-mafkuraviy boqimanda xissini bartaraf etish, kishilarda jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga befarqlik, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatidan xalos etish ham aynan ma’naviy soha rivojida muhim sanaladi.

Bugungi mafkuraviy jarayonlar avj olayotgan davrda uning jahon hamjamiyati va xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini namoyon qila oladigan ma’naviy qadriyat mezonlarini, inson huquqlari, fuqarolarning imkoniyatlari, shuningdek, umumbashariy muammolarni hal qilish istiqbollari qay tarzda amaliyotga aylanayotganligini bildiradigan omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shu o‘rinda umumjamiyat birlikda amalga oshirishi lozim bo‘lgan ma’naviy tarbiyaning quyidagi jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etish maqsadga muvofiq. Ma’naviy tarbiya deganda ko‘proq avloddan-avlodga sayqal topib, rivojlanib o‘tib kelayotgan fazilatlarning davomiyligini ta’minlash, milliy o‘zlikni saqlab qolish masalasi muhim hisoblanadi. Ma’naviy tarbiyaning yana bir eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri uning bag‘rikenglik, millatlararo munosabatlardagi mo‘tadillik tamoyillari bilan jiddiy uyg‘unligidadir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat, elatlar istiqomat qilayotgan bo‘lsa ularning o‘zaro munosabatlaridagi hamjihatlik, birodarlik, bir-biriga nisbatan kuchli ishonch - bularning bari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy tarbiyaning natijasi hisoblanadi.

Va nihoyat, ma’naviy tarbiyaning o‘ta muhim ahamiyat kasb etayotganligiga ta’sir ko‘rsatayotgan jihatlardan yana biri uning axloqiylik tamoyili bilan jiddiy uyg‘unlikda ekanligidir. Ma’naviy tarbiyaning asosini insondagi go‘zal axloq, xulq-atvor tashkil etadi. Aslida insonning asl insoniylik belgisi ham uning axloqi bilan o‘lchanadi.

XULOSA Xulosa qilib aytganda, ma’naviy jarayonlar mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi o‘zgarishlarning ijtimoiy-ma’naviy jihatlarini uyg‘unlashtiradigan uzluksiz jarayon sifatida o‘zining aniq ifodasini topadi, ya’ni barcha sohalardagi islohotlarning asosiy maqsadi bo‘lgan inson kamolotini, qadr qimmati va manfaatini ta’minlaydigan ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishdagi asosiy mezon sifatida muayyan ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy jarayonlar jamiyat rivoji bilan bog‘liq muammolarning yechimlarini o‘zida aks ettiradi hamda ularni hal etish uchun jamiyat a’zolarini birlashtirishga xizmat qiladi. Shu makonda yashayotgan turli millat va elatlarning milliy-etnik hamda diniy hamjihatlikni ta’minlash bilan bog‘liq jihatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Ya’ni jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikning muttasilligi hamda davomiyligini ta’minlash maqsadida jamiyatning umummanfaati uchun uning barcha qatlamlarini jipslashtiradi. Ijtimoiy hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish omiliga aylanadi. Albatta, ma’naviy jarayonlar bilan bog‘liq bu tamoyillar o‘z navbatida xilma-xil tarzda turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarning talabi va yo‘nalishiga ko‘ra, ularning har biri muayyan muddatga o‘z ahamiyatini yaqqolroq namoyon qilishi ham mumkin bo‘lsada, umumiy tizim rivojida ularning uyg‘unligi, uyg‘onishlar jarayonidagi serqirraligini umumlashtirish ehtiyoji doimo saqlanib qoladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2022. – B. 267.
  2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi. 2023-yil 22-dekabr.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni.
  4. www.lex.uz

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012509
Nashr sanasi
2024-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v3i3.923
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
21–24
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06