Asosiy mazmunga o‘tish

14 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    SAMARQAND QISHLOQ XO‘JALIGI INSTITUTINING MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDAGI ROLI (1930–1990)

    B. Botirjonovna, U. qizi, B. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada 1930–1990-yillar oralig‘ida Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining O‘zbekiston agrar sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashdagi tarixiy o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda institutning tashkil topish shart-sharoitlari, o‘quv yo‘nalishlari, ilmiy-pedagogik faoliyati, amaliyotga yo‘naltirilgan ta‘lim tizimi hamda uning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan aloqalari o‘rganiladi. Shuningdek, institutning agronomiya, chorvachilik, veterinariya, irrigatsiya, seleksiya va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash orqali respublika agrar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Tadqiqot natijalari Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti nafaqat ta‘lim maskani, balki qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda rivojlantirgan muhim markazlardan biri bo‘lganini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    SOVET DAVRIDA O‘ZBEKISTON SSR (1960–1980 YILLAR) QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARIDA ILMIY KADRLAR TAYYORLASHNING TARIXIY TAHLILI

    Nasilloyev Sunnat Shavkat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    tadqiqot ishi O‘zbekiston SSRda 1960-1980 yillarda qishloq xo‘jaligi fanlarida aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlash, olib borilgan ilmiy siyosat, shu jumladan muammo va ularning yechimlarini o‘z ichiga olgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    XOTIRALARDA MUHRLANGAN FARYOD: ZAKI VALIDI NIGOHIDA 1916-YIL TURKISTON QO‘ZG‘OLONI

    Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqola 1916-yilda Turkistonda yuz bergan xalq qo‘zg‘olonining tarixiy-siyosiy ildizlari va oqibatlarini Ahmad Zaki Validi To‘g‘onning “Xotiralar” asari asosida tahlil etishga bag‘ishlangan. Unda muallif esdaliklarida tasvirlangan voqealar zamirida yotgan milliy iztirob, mustamlaka zulmi va xalqning erkinlikka bo‘lgan intilishi aks etgan sahifalar ochib beriladi. Ayniqsa, Zaki Validining guvohliklari orqali qo‘zg‘olon ishtirokchilari, ularning taqdirlari va chor hukumatining zo‘ravon siyosati aniq faktlar asosida yoritiladi. Maqola tarixiy xotira, shaxsiy kuzatuv va voqeiylik uyg‘unligi orqali 1916-yil fojiasining o‘ziga xos aks sadosini ochib beradi va Turkiston xalqlarining ozodlik kurashidagi muhim bosqich sifatida baholanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    ЎЗБЕКИСТОНДА СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИДАГИ ЎЗГАРИШЛАР (1945-1955 ЙИЛЛАР МИСОЛИДА)

    Junayev Farxod Abduxamidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада муаллиф иккинчи жаҳон урушидан кейинги йилларда Ўзбекистон ССРда соғлиқни сақлаш соҳасида бир мунча ўзгаришлар ҳамда муаммолар ва уларнинг тарихий таҳлилига тўхталиб ўтган. Бундан ташқари Республика аҳолисининг саломатлигини муҳофаза қилиш, уларга тиббий хизмат кўрсатишни сифат жиҳатдан яхшилаш вазифаларининг амалга оширилиши ҳамда йўл қўйилган хато ва камчиликлар ёритиб берилган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    1916-YIL QO‘ZG‘OLONI NEGA AYNAN TURKISTONDA BOSHLANDI?

    Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Garchi ko‘plab tadqiqotchilar 1916-yilda Turkistonda yuz bergan qo‘zg‘olonni o‘rgangan bo‘lishsa-da, hanuzgacha quyidagi asosiy savolga aniq javob yo‘q: nega keng ko‘lamli qo‘zg‘olon aynan Turkistonda yuz berdi, holbuki harbiy safarbarlik Sibir, Kavkaz va Qalmoq aholisi orasida ham e‘lon qilingan edi? Ushbu maqolada men bu savolga javob topishga harakat qilaman — xususan, podsho Rossiyasi davridagi Turkiston ma‘muriyati faoliyatining ayrim institutsional va amaliy xususiyatlarini tahlil qilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    ФАРҒОНА ВОДИЙСИНИ ТОҒОЛДИ ВА АДИРЛАР ЛАНДШАФТЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ

    Nazarov Abdug‘affor Abdujabbarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада Фарғона водийсини тоғолди ва адирлар (Шимолий ва Жанубий Фарғона)ландшафтлари ва уларнинг ҳозирги ҳолати ҳамда фойдаланиш имкониятлари, геомарфологияси, биологик хилма хиллиги, муҳофаза чора тадбирлари кўриб чиқилган

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    ЎТМИШ АЖДОДЛАРИМИЗНИНГ АҲИЛ ҚЎШНИЧИЛИК АЛОҚАЛАРИ «ТАРИХИ ЯМИНИ» АСАРИ МИСОЛИДА

    Abdurahmonov Akmaljon Pazildinovich, Salomiddinov Abdusamat Muhammadjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Мамлакат тараққиётида хорижий мамлакат ва халқлар, хусусан қўшнилар билан ўрнатилган ўзаро ишонч ва дўстликка асосланган ҳамкорлик муҳим ўрин тутади. Марказий Осиёда яшаб келаётган халқлар минг йиллар давомида аҳил қўшничилик алоқаларини ўрнатиб, ривожлантириб келишган. Бу жараёнларни ўрганишда тарихий манбаларнинг ўрни катта. Ана шундай манбалардан бири «Тарихи Ямини» бўлиб, унда минтақанинг X – XI асрлар тарихи ёритилган. Ушбу мақолада асарнинг қўшни халқларнинг ўзаро алоқалари таҳлил қилинган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    THE NATURE OF THE POSTGRADUATE EDUCATION SYSTEM IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS OF THE UZBEK SSR UNDER THE SOVIET GOVERNMENT

    Nasilloyev Sunnat Shavkat ogli · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada O‘zbekiston SSRda aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlashdagi muammolar va ularning yechimlari yoritilgan. Sovet hukumati fan yutuqlaridan mavjud va bo‘lajak ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish vositasi sifatida foydalanishga intilgan. Sovet Ittifoqida oliy ta‘lim tizimida ilmiy tadqiqotlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan, shuningdek respublikalarning ilmiy maqomini oshirish va kattaroq iqtisodiy naf olish maqsadida ilmiy-tadqiqot tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    GLAZING AND UNGLAZED POTTERY IN AFRASIYAB: A STUDY OF 7TH-12TH CENTURY TRANSOXANIAN CERAMICS

    Hamdamova Shoira · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu tadqiqotda Movarounnahrning muhim shaharlaridan biri bo‘lgan Afrosiyobda VII asrdan XII asrgacha sirlangan va sirlanmagan sopol buyumlarning rivojlanishi o‘rganiladi. Tadqiqotda keramikaning texnologik yangiliklari, bezak motivlari va funksional maqsadlari tahlil qilinib, mahalliy hunarmandlar madaniy, iqtisodiy va siyosiy ta‘sirlarga javoban o‘z hunarini qanday moslashtirgani va rivojlantirgani ochib beriladi. Arxeologik dalillar va tarixiy manbalardan foydalangan holda ushbu tadqiqot sopol buyumlarning Afrosiyobning kundalik va marosim hayotidagi ahamiyatini yoritib, uning mintaqaviy savdo tarmoqlari va madaniy o‘zaro aloqalardagi o‘rnini ta‘kidlaydi. Olingan natijalar keramika o‘sha davrning badiiy merosini ham, iqtisodiy sharoitlarini ham qanday aks ettirganini chuqurroq tushunish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY BARQARORLIK TENDENSIYALARI

    Mustafoyeva Feruza Xurshid qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    ushbu maqolada mamlakatimizda barpo etilayotgan Yangi O‘zbekiston sharoitida jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashning yangi tendensiyalari haqida ma‘lumotlar, fikr-mulohazalar, xulosalar va amaliy takliflar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    DUNYODA MUSIQANING YARALISH TARIXI VA UNING ELEMENTLARI

    Boboxonova Hulkarjamol Toyir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Hozirgi kunga kelib insoniyat hayotini musiqasiz tasavvur qilish oson emas chunki musiqa uyg‘onish davrlaridan o‘ziga muhabbat uyg‘otgan. “Musiqa tili” degani bu musiqa ifodalilik va tasvirlilik vositalaridan tashkill topgan tizim demakdir. Musiqiy tilning vositalari musiqaning tarkibiy elementlari hisoblanadi. Mazkur maqolada musiqaning yaratilish davri hamda uning ma‘lum bir tushunchalari yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    ENSURING GENDER EQUALITY IN THE NEW UZBEKISTAN – THE BASIS OF A SUSTAINABLE FUTURE

    Azamatova Gulmira Bayirbekovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024

    Ushbu maqolada gender tengligini ta‘minlashning ahamiyati haqida so‘z boradi, O‘zbekistonda barcha sohalarda ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikni ta‘minlashning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda gender tengligini ta‘minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg‘or qadamlaridan biri hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish