Ismatov Farrukh Aslidinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada talabalarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari muammolari, jumladan stomatologik kasalliklar va ularning hayot sifatiga ta‘siri, profilaktikasi, kasallik sabablari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, ushbu kasalliklarning oldini olishning eng samarali yechimi sog‘lom turmush tarzi va gigiyenaga rioya qilish asosiy mezon ekanligi haqidagi tahlil va fikrlarga asoslanadi.
Chulliyev S.I. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqola boksda turli mahorat darajasidagi sportchilarning oldingi qo‘l bilan to‘g‘ri zarbasi (jeb) ning biomexanik tahlilini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqotda boshlang‘ich, o‘rta va elita darajasidagi bokschilar ko‘rib chiqilib, zarba tezligi, kuchi, yelka va tana aylanishi, son holati hamda energiya uzatilishi kabi turli biomexanik parametrlarga e‘tibor qaratiladi. Oldingi qo‘l bilan to‘g‘ri zarba, ya‘ni jeb, boksda asosiy zarba hisoblanadi va hujum hamda himoya taktikasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda matematik va statistik usullardan foydalangan holda boshlang‘ich, o‘rta va elita darajasidagi bokschilarda oldingi qo‘l bilan to‘g‘ri zarbaning chuqur biomexanik tahlili keltirilgan. Harakatni qayd etish va yuqori tezlikdagi videotahlil orqali biz zarba tezligi, kuchi, yelka va tana aylanishi, son holati va energiya uzatilishidagi farqlarni o‘rganamiz. Statistik tahlil va diagrammalar bilan tasdiqlangan natijalarimiz mahorat darajalari bo‘yicha biomexanikada sezilarli farqlarni ochib beradi va mashg‘ulot dasturlarini optimallashtirish uchun ma‘lumot beradi.
Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyachilarini umummadaniy kompetensiyani rivojlantirishda foydalaniladigan usullar haqida so‘z boradi.
O. E. Toshmurodov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada kurash bo‘yicha murabbiylar orasida sport maktablarida sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha hanuzgacha yagona fikr mavjud emasligi, shu sababli sport murabbiylarini tayyorlash tizimini ham yanada takomillashtirish lozimligi haqidagi qarashlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari yosh kurashchilarning tayanch-harakat apparati harakatchanligini rivojlantirish muammosi bilan bog‘liq bir qator muhim masalalarni aniqlash imkonini berdi va shu bilan birga jismoniy sifatlar yosh kurashchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini ta‘minlashda katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Шарипов Хуршед Бахронович, Мухмудова Гулноза Ахмедовна · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Surunkali endometrit ginekologiyaning hal etilmagan muammolaridan biri hisoblanadi. Endoskopiyaning rivojlanishi hozirda an‘anaviy texnologiyalarning invazivlik, anesteziya zarurati, muolajani ko‘r-ko‘rona bajarish, katta diametrli asboblardan foydalanish bilan bog‘liq travmatiklik kabi tor joylarini chetlab o‘tish imkonini beradi. Og‘ir darajali surunkali endometrit haqida klinik kuzatuv va zamonaviy adabiyotning qisqacha sharhi keltirilgan.
Зохидова Саноат Хомидовна · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada oldingi qorin devori churralari shakllanishining prostata bezi va moyakdon a‘zolari kasalliklari (varikotsele, kriptorxizm) bilan patofiziologik hamda etiologik bog‘liqligi haqidagi mahalliy va jahon adabiyoti ma‘lumotlari sharhi keltirilgan. Turli mualliflarning ma‘lumotlariga ko‘ra, prostata bezidagi operatsiyadan keyin chov churralarining yuzaga kelish chastotasi 4,8-23,9% ni tashkil etadi. Videoendoskopik operatsiyalarni bajarish chov churralari paydo bo‘lish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Sinchkovlik bilan o‘tkazilgan tashxis oldingi qorin devori churralarining subklinik shakllarini aniqlash va operatsiyadan keyingi churralar ulushini kamaytirish imkonini beradi.
Dostonbek Yusufjonov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada past bosimli Arximed vintli turbinasining eksperimental modeli ishlab chiqilgan va unga 100 Vt quvvatli generator o‘rnatilgan. Tadqiqotlar turbinaning og‘ish burchagi 100 dan 550 gacha bo‘lganda o‘tkazilgan va uning og‘ishining ruxsat etilgan burchagi 450 ni tashkil etgan. Turbinadan foydalanishda Arximed vintining optimal burchagini topib, foydali ish koeffitsiyentini oshirishga erishildi.
Turniyozova Nargiza Raxmatovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada oq(soxta) akatsiya o‘simlining kelib chiqishi, biologik xususiyatlari, ahamiyati, sistematik xususiyatlari, klassifikatsiyasi, asalchilik xusuiyati, mavsumiy va sutkalik gullash biologiyasi o‘rganilib, olingan natijalar keltirib o‘tilgan.
Асланов В.Г., Хужабаев С.Т. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Tadqiqot oshqozon-ichak yo‘li o‘smalari bo‘lgan 359 nafar bemor ma‘lumotlarini o‘rganishga asoslangan. Bunday o‘smalarda laparoskopik operatsiyalar kam invazivligi tufayli an‘anaviy jarrohlik usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Shunga qaramay, bitishma jarayoni va ingichka ichak qovuzloqlari kengaygan holatda ushbu muolajani bajarish texnik qiyinchiliklar hamda intraoperatsion asoratlar ehtimoli kabi ayrim xavflarni keltirib chiqaradi. Metodologiyaning takomillashtirilishi va laparoskopik operatsiyalar ko‘rsatmalarining aniqroq belgilanishi tufayli operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi va o‘lim ko‘rsatkichi mos ravishda 10,0% va 0,83% gacha kamaydi. Oshqozon-ichak yo‘li o‘smalari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalari ilg‘or tashxis, jarrohlik aralashuvi va operatsiyadan keyingi parvarish usullaridan foydalanish tufayli sezilarli darajada yaxshilandi. Umumiy o‘lim 4,5% ni, operatsiyadan keyingi asoratlar esa 6,7% ni tashkil etdi.
Xujabaev S.T., Kholiev O.O. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Aseptik og‘ir o‘tkir pankreatitni davolashda kam invaziv aralashuvlar ochiq jarrohlik amaliyotiga qaraganda samaraliroqdir. Bu og‘ir o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan 182 nafar bemorni davolashdan olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish orqali ko‘rsatildi. O‘lim ko‘rsatkichining kamayishi mos ravishda 6,2% va 17,2% ni tashkil etdi. Infeksiyalangan pankreonekrozda o‘lim ko‘rsatkichi 19,8% bo‘lgani sababli, ochiq jarrohlik amaliyotiga nisbatan kam invaziv muolajalarni qo‘llash afzal ko‘rildi.
Narmetova Sevara Yangiboyevna, Mardieva Jasmina Saifullo qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada topinambur o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari ko‘rsatilgan hamda ushbu o‘simlikdan tayyorlanadigan turli mahsulotlarning turli sohalarda ishlatilishi va qo‘llanilishi yo‘llari yoritilgan.
М.С.Очилова · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Bizning fikrimizcha, ta‘lim platformalarining afzallik va kamchiliklarini to‘liq baholash mamlakatda allaqachon ommaviy tarzda qo‘llanilayotgan aniq ta‘lim platformalarining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilmasdan turib mumkin emas. Ushbu maqolada biz O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan ta‘lim platformalarini ko‘rib chiqamiz. Shu bilan birga, biz amalda o‘zini oqlagan yoki davlat ta‘lim tashkilotlari bilan hamkorlikda yaratilgan eng ommabop ta‘lim platformalariga e‘tibor qaratdik.
Gulnora Nosirxodjayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ушбу мақолада халқаро терроризм ва диний экстремизмга қарши курашни кучайтириш зарурати муносабати билан тобора долзарб бўлиб бораётган бағрикенглик тушунчасининг маънавий асослари муҳокама қилинади. Ўрта Осиё илк Ўрта асрларида бағрикенглик мутафаккирлар томонидан фалсафа тарихини ўрганишга ирқий келиб чиқиши, диний ва фалсафий қарашларидан қатъи назар мурожаат этганликларида намоён бўлади
Ж.Х.Мамадалиев · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) jahon energetika tizimida tobora muhim o‘rin egallamoqda. So‘nggi uch yilda QTEM dan foydalanishning sezilarli o‘sishi kuzatildi, bu uglerod chiqindilarini qisqartirish zarurati, energetik xavfsizlikning oshishi va qazib olinadigan yoqilg‘i turlariga bog‘liqlikning kamayishi bilan bog‘liq. Ushbu maqolada QTEM ning hozirgi holati va rivojlanishi, an‘anaviy energiya manbalari bilan taqqoslash, shuningdek, kelajakka oid istiqbollar ko‘rib chiqiladi.
Б.У.Суванов, С.А.Хазиев, П.Ф.Оринбаев, Горлова И.Г · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada qorako‘l qo‘ylari uchun yaylovsiz, hosilsiz davrga pichan tarzida qo‘pol yem-xashak tayyorlashda KPP-3 cho‘l o‘rish-g‘aramlash mashinasi rotor barabanining tajribaviy kesuvchi pichog‘i shakli cho‘l yem-xashak o‘simliklari shuvoq va yantoq poyalarini kesishga ta‘sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar keltirilgan.
Xayriddinov B.E., G‘aniyev S.Y. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mayda donador shaklidagi issiqlik akkumulyatorda issiq xavoni massiv tarkibidagi qatlam bilan o‘zaro ta‘sirlashib issiqlik miqdorini samaradorligi kuchayadi. Massiv tuproq tarkibidagi katta tog‘ jinsli bloklardan tuzilgan issiqlik akkumulyatorda issiq havoning o‘zaro ta‘sirlashida sodir bo‘ladigan issiqlik miqdori donador qatlamdagiga nisbatan kam bo‘ladi. Agar bloklar oralig‘ini 2-5 sm ga ochilishi g‘ovakligi oshirilishi bilan xavo oqimini bloklar orqali sirkulyatsiyalanishi natijasida issiqlik akkumulyatorini samaradorligi ortadi.