OQ AKATSIYANING GULLASH BIOLOGIYASI
Turniyozova Nargiza RaxmatovnaO‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti2024
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 7Sahifa 8–10
Annotatsiya
Ushbu maqolada oq(soxta) akatsiya o‘simlining kelib chiqishi, biologik xususiyatlari, ahamiyati, sistematik xususiyatlari, klassifikatsiyasi, asalchilik xusuiyati, mavsumiy va sutkalik gullash biologiyasi o‘rganilib, olingan natijalar keltirib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaБИОЛОГИЯ ЦВЕТЕНИЯ БЕЛОЙ АКАЦИИ
В статье изучены происхождение, биологические свойства, значение, систематические свойства, классификация, особенности пчеловодства, сезонная и суточная биология цветения растения белой (ложной) акации и представлены полученные результаты.
inglizchaTHE FLOWERING BIOLOGY OF THE WHITE ACACIA
This article studies the origin, biological features, importance, systematic characteristics, classification, honey-bearing properties and seasonal and daily flowering biology of the white (false) acacia plant, and presents the results obtained.
Kalit so‘zlar
- Robinia pseudoacacia L
- soxta akatsiya
- oq akatsiya
- areal
- gullash biologiyasi
- Engler sistematikasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OQ AKATSIYANING GULLASH BIOLOGIYASI Turniyozova Nargiza Raxmatovna Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.12789929 Annotatsiya: Ushbu maqolada oq(soxta) akatsiya oʻsimlining kelib chiqishi, biologik xususiyatlari, ahamiyati, sistematik xususiyatlari, klassifikatsiyasi, asalchilik xusuiyati, mavsumiy va sutkalik gullash biologiyasi oʻrganilib, olingan natijalar keltirib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: Robinia pseudoacacia L., soxta akatsiya, oq akatsiya, areal, gullash biologiyasi, Engler sistematikasi.
БИОЛОГИЯ ЦВЕТЕНИЯ БЕЛОЙ АКАЦИИ Аннотация: В статье изучены происхождение, биологические свойства, значение, систематические свойства, классификация, особенности пчеловодства, сезонная и суточная биология цветения растения белой (ложной) акации и представлены полученные результаты. Ключевые слова: Robinia pseudoacacia L., ложная акация, белая акация, ареал, биология цветения, систематика Энглера.
FLOWERING BIOLOGY OF WHITE ACACIA Abstract: In this article, the origin, biological properties, importance, systematic properties, classification, beekeeping characteristics, seasonal and daily flowering biology of the white (false) acacia plant are studied and the obtained results are presented. Key words: Robinia pseudoacacia L., false acacia, white acacia, range, flowering biology, Engler systematics.
KIRISH Vatani Shimoliy Amerikaning Appalachi togʻlari boʻlib, cheklangan arealga egadir. Yer yuzida 26 ta turi mavjud. Oq akatsiya toq-patsimon barglarga ega boʻlib, gullari besh tishli gulkosasiga va kapalaksimon gulbandiga ega. Mevasi koʻp urugʻli yassi dukkak. Oq akatsiya issiqqa, yorugʻlikka talabchan boʻlib, hayotining dastlabki davrlarida tez oʻsadi, 10-12 yoshidan boshlab oʻsish tezligi pasayib ketadi va hosilga kiradi. Yaxshi aeratsiyaga ega yengil tuproqlarni ma’qul koʻradi, tuproq zichlashuvidan zarar koʻradi. Oq akatsiya daraxti qimmatli oʻrmon meliorativ daraxt sifatida seleksiya obyekti boʻlib xizmat qilgan, uning shimoliy hududlarda oʻsishga moslashgan sovuqqa bardoshli shakllari yaratilgan. Bryansk viloyati sharoitlarida oq akatsiya daraxtlari 40 yoshida 16 metr balandlikka oʻsib, 30-60 sm diametrga ega boʻlgan. ASOSIY QISM Oq akatsiya Markaziy Osiyoga introduksiya qilinganiga 100 yildan oshib ketgan [4]. Oq akatsiyaning ildiz sistemasi juda moslashuvchan, oʻq ildizidan tashqari gorizontal ipsimon ildizlari ona daraxtdan atrofga tarqalib oʻsadi. Oq akatsiya qulay sharoitlarda 5-7 yoshidan boshlab hosilga kiradi, dukkagi oktabr oyida pishib yetiladi, dukkaklari bahorgacha toʻkilmasdan daraxtda saqlanib qoladi. Urugʻlari qora rangda, yaltiroq, 1000 ta urugʻining ogʻirligi 20-25 g keladi. Urugʻlari qattiq qobiqqa ega, shu sababli ularni ekishdan avval qaynoq suvda ivitish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Unish qobiliyati yaxshi [1,3]. Oq akatsiya qurgʻoqchilikka chidamli daraxt sifatida oʻrmon melioratsiyasida keng qoʻllaniladi, ayniqsa ihota oʻrmonllari barpo etish uchun tavsiya etilgan eng muhim daraxt
turlaridan biri hisoblanadi. Yogʻochi mustahkam, zichligi yuqori, shu sababli ham chirishga chidamli, undan stolba, shpal, koʻprik boʻlaklari yasaladi [2]. METODLAR Oʻsimlikning sistematik xolati Engler sistemasi boʻyicha qilindi. Mavsumiy va sutkalik gullash biologiyasi Ponomaryov metodikasi boʻyicha oʻrganildi. Fenalogik holati Rabotnov metodikasiga asosan oʻrganildi. Olingan natijalar Exsell 2014 dasturi yordamida tahlil qilindi. NATIJALAR Oʻsimlik Engler sistemasi boʻyicha Gulli oʻsimliklar boʻlimi, Burchoqdoshlar oilasiga mansub (1-jadval). Soxta akatsiya yorugʻsevar oʻsimlik boʻlib, ochilgan gullari kunduzi ham, kechasi ham ochilib turadigan gullar toifasiga kiradi. Asalarilar yordamida changlatiladi. Oʻsimlikning gullash fazasi 14-16 kun davom etadi: birinchi gullash yilida quyosh sharoitidagi oʻsimliklarda mart oyining oxiridan aprel oyining oʻrtalarigacha, ikkinchi yil gullaganda birinchi yilga nisbatan bir necha kun erta gulladi (1-rasm). 1-jadval Sistematik katekoriyalar Oʻzbekcha Lotincha Boʻlim Gulli oʻsimliklar Magnoliophyta Sinf Ikki urugʻpallalilar Magnoliopsida Qabila Burchoqnomalar Fabales Oila Burchoqdoshlar Fabaceae Turkum Akatsiya Robinia Tur Soxta(oq) akatsiya Robinia pseudoacacia L.
1-rasm. Soxta(oq) akatsiyaning gullash fazasi
XULOSA Oq akatsiya atrof-muhitni koʻkalamzorlashtiruvchi dekarativ oʻsimlik boʻlishi bilan bir qatorda asalchil, hamda yogʻochbop oʻsimlik hisoblanadi. Oʻsimlikning sutakalik gullash
biologiyasi kuzatilib olingan natijalar shuni koʻrsatdiki, sutka davomida eng koʻp gullar kunning ikkinchi yarmiga ya’ni soat 14-16 oraligʻiga toʻgʻri kelib, 41% ni tashkil etdi. Bu oʻsimlik yorugʻsevar oʻsimliklar qatoriga kiradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- A.Q. Qayimov, E.T. Berdiyev “DENDROLOGIYA” darslik, Toshkent-2012 268-269 b.
- Xurramov O. G. Islamov BS SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA GLABRA L //NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI. – Т. 257.
- Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior oʻsimligining dorivorlik xususiyatlari //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 8-10.
- www.plantarium.ru
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010779
- Nashr sanasi
- 2024-08-24
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i7.809
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 8–10
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06