Medesheva Bibinur Yerkebek qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqola XX asr Britaniya tilshunosligi rivojlanishining ba‘zi xususiyatlarini yoritadi va fanning oldingi tarmoqlari bilan aloqasi haqida ma‘lumot beradi. XX Buyuk Britaniya tilshunosligining asosiy konsepsiyasi London maktabi bo‘lgan va keyingi g‘oyalar mazkur maktab asosida shakllangan. Sistem-funksional lingvistika tilga nutq yoki yozuv kontekstida qaraydi, ularning ma‘nosiga ko‘ra til shakllarini izohlaydi. Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda mazkur tushuncha “sistem-funksional lingvistika”, “sistem linvstika”, “sistem-funksional grammatika”, “sistem grammatika” singari ataladi. Sistem-funksional lingvistikaning asoschisi – Maykl Hallidey bo‘lib, nazariyaning asosiy komponentlari paradigmatik o‘lchov hamda shaklga emas, ma‘noga e‘tibor qaratishdir. Shuningdek, lingvistik sistema asoslanadigan metafunksiyalar ham ajratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: shaxslararo metafunksiya, tajribaviy metafunksiya, matniy metafunksiya.
Gayratova Gulzoda · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Leksik birliklar tilda mavjud bo‘lib, turli semantik munosabatlar asosida turli paradigmalarni hosil qiladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabatdir. Sinonimiya. Shakli har xil, ammo ayni bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenkalarda ifodalovchi leksemalar sinonimlar deb ataladi. Sinonim leksemalar o‘rtasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Ushbu maqolada Sharof Rashidovning «Qudratli to‘lqin» asarida sinonimlarning qo‘llanilishi va ularning uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi.
Abdukhalilov Rakhmatillo Haydaraliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Doimiy tazyiq va ta‘qib bilan xarakterlanadigan ish joyidagi mobbing hodisasi ishdan qoniqishga ta‘sir qiluvchi muhim omil sifatida aniqlangan. Ushbu tadqiqot mobbingning xodimlarning ishdan qoniqish darajasiga ta‘sirini o‘rganishni, uning asosidagi mexanizmlar va potensial moderator o‘zgaruvchilarni tadqiq etishni maqsad qilgan. Kesma so‘rov dizaynidan foydalangan holda turli tarmoqlardagi xodimlarning xilma-xil namunasidan ma‘lumotlar to‘plandi. Mobbingning ishdan qoniqishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta‘sirini baholash uchun regressiya va mediatsiya modellarini o‘z ichiga olgan statistik tahlillar qo‘llanildi. Natijalar mobbing va ishdan qoniqish o‘rtasida kuchli salbiy korrelyatsiya borligini ko‘rsatadi, bunda idrok etilgan tashkiliy qo‘llab-quvvatlash va bardoshlilik muhim moderator omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu natijalar xodimlar farovonligi va tashkiliy samaradorlikni oshirish uchun ish joyidagi mobbingga qarshi kurashish muhimligini ta‘kidlaydi.
Abdugafforov Otabek Dilshodbek ugli · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu tadqiqotda dividend siyosati va korporativ boshqaruv o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro tajriba va uni O‘zbekistonda qo‘llashga urg‘u bergan holda o‘rganiladi. Turli global bozorlardan olingan keng qamrovli ma‘lumotlar to‘plamini tahlil qilish orqali tadqiqot mustahkam korporativ boshqaruv doirasida samarali dividend siyosatining ilg‘or amaliyotlari va asosiy belgilovchi omillarini aniqlaydi. Metodologiya rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda boshqaruv tuzilmalari va dividend taqsimlash strategiyalarini qiyosiy tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston kontekstida tadqiqot korporativ boshqaruvning joriy holatini va uning dividend siyosati bo‘yicha qarorlarga ta‘sirini baholaydi. Natijalar boshqaruv mexanizmlari, me‘yoriy muhit va bozor yetukligi ta‘sirida dividend amaliyotidagi sezilarli farqlarni ochib beradi. O‘zbekiston uchun korporativ boshqaruv standartlarini oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va barqaror o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida dividend siyosatini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Abdugafforov Otabek Dilshodbek ugli · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu tadqiqotda aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirishga ta‘sir qiluvchi omillar aksiyadorlik qiymatini oshirish va barqaror korporativ o‘sishni ta‘minlashga urg‘u bergan holda o‘rganiladi. Dividend siyosati kompaniyaning kapital tuzilmasiga, investorlarning qoniqishiga va umumiy bozor bahosiga ta‘sir qiluvchi muhim moliyaviy qarordir. Turli aksiyadorlik jamiyatlaridan olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish orqali ushbu tadqiqot samarali dividend siyosatining asosiy belgilovchi omillarini, jumladan rentabellik, likvidlik, bozor sharoitlari va aksiyadorlarning afzal ko‘rishlarini aniqlaydi. Tadqiqotda miqdoriy moliyaviy tahlilni korporativ boshqaruv amaliyotidan olingan sifat ma‘lumotlari bilan uyg‘unlashtiruvchi aralash usullar yondashuvi qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatli moliyaviy ko‘rsatkichlarni ham, uzoq muddatli strategik maqsadlarni ham hisobga oluvchi muvozanatli va moslashuvchan dividend siyosati investorlar ishonchini saqlash va biznesning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun zarurdir. Bundan tashqari, tadqiqotda dividend siyosatini shakllantirishda me‘yoriy-huquqiy baza va korporativ boshqaruvning ahamiyati ta‘kidlanadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish bo‘yicha shaffoflik, bashoratlilik va aksiyadorlar manfaatlariga muvofiqlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan.
М. Хайитбаева · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada atom energetikasi haqida qisqacha tushuncha, kelajakda O‘zbekistonda atom energetikasining o‘rni berilgan; atom energetikasining rivojlanishi fundamental energiyaning asosiy manbaiga aylanishi mumkin. Atom elektr stansiyalari nisbatan past karbonat angidrid chiqindilari bilan xarakterlanadi.
Izzatullayev I.X · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada Namangan viloyatidagi faoliyat yuritayotgan nasos stansiyalaridagi mavjud energetik muammolari, elektr energiyasining asosiy sifat ko‘rsatkichlari (kuchlanishi, chastotasi vat ok kuchi) va ularning oshirish yo‘llari, elektr energiyasi istemoli, energtik balansi taxlili, nasos stansiyalaridagi elektrotexnik uskunalarni va elektrotexnologik qurilmalarini eksplutatsiyadagi qurulmalarni takomillashtirish orqali elektr energiyani tejalishi va ularning quvvat koeffitsentini oshirish, ularning ishchi xarakteristikalarini o‘rganib taxlil qilish, nasos stansiya ish rejimlarini o‘rganish, xamda ularni optimallashtirishga qaratilgan izlanishlarni yoritib berilgan.
Ismoilov Hasanboy Abduvali o‘g‘li, Tojimirzayev Dilshodbek Sirojiddin o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Respublikamizda qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish, birinchi navbatda gidroenergetika salohiyatidan foydalanish borasida "O‘zbekenergo" DAK tomonidan ma‘lum ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin.
Ismoilov Hasanboy Abduvali o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqola sanoat korxonalarida Uch fazali elektr energiyasi istemolchilardagi isrof bo‘layotgan elektr energiyasini foydali ish koefitsientini iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta‘siri Elektr energiyasini iste‘mol vaqtida foydali ish koefitsientini oshirish uslublari va sano‘at korxonalarni texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta‘sirini ko‘rsatib o‘tilgan.
F.F.Sodiqov, SH.O.Bebitov, J.X.Ishanov, J.B.Rajabov, M.SH. Xayitbayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Qayta tiklanadigan energiya manbalari elektr energiyasi ishlab chiqarishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Shamol, quyosh, geotermal, okean termal va biomassa kabi turli qayta tiklanadigan energiya manbalari elektr energiyasi ishlab chiqarish va kundalik energiya ehtiyojlarimizni qondirish uchun ishlatilishi mumkin. Quyosh energiyasi elektr energiyasini ishlab chiqarishning eng yaxshi variantidir, chunki u hamma joyda mavjud va ulardan foydalanish bepul. Quyosh fotoelektrik (PV) massivi quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Fotoelektrik massivning ishlashiga quyosh izolyatsiyasi, soyalanish, harorat ta‘sir qiladi va bu maksimal quvvat nuqtasining (MPP) siljishiga olib keladi. Chiqish xarakteristikalari bir nechta maksimal nuqtani ko‘rsatadi. Shuningdek, fotoelektrik (PV) massividan maksimal samaradorlikni olish uchun turli xil mahalliy maksimallardan GPPni kuzatish import qilinadi. Ushbu maqola Fotoelektrik (PV) massivlari uchun turli xil maksimal quvvat nuqtasi kuzatuvchisi (MPPT) bo‘yicha tadqiqot olib boradi. Shuningdek, u shu maqolada quyosh izolatsiyasining o‘zgarishi va quyosh panelidagi harorat va soya ta‘sirining ta‘siri tushuntiriladi va GPPni kuzatish uchun qadamlar beriladi.
Axmadjonov Usmonjon Zokirjon o‘g‘li, Xudaynazarov Anvar Panji o‘g‘li, Xayitbayeva Mashhura Shavkat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada namunaviy xonadonlarni isitish va issiq suv bilan ta‘milash uchun zamonaviy qurilmalardan biri bo‘lgan isssiqlik nasoslari va ularning samoradorligi yoritib berilgan. Namunaviy xonadonlar uchun isssiqlik nasoslarini qanday tanlash va hisoblash formulalari keltirib o‘tilgan.
Qurvonboyev Botirjon Isroiljon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Suv taminoti tizimida elektr energiya menejmentini optimal reja asosida shakllantirish va ishlashini tizimlashtirish muhim masaladir. Ushbu maqolada suv taminoti tizimlarining elektr energiya istemolini kamaytirish muammosi choralari tahlil etilgan. Bu quyidagi muhim jihatlarni nazarda tutadi: Suv taminoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkor tizimlar algaritmini shakllantirish. Ushbu loyihalar orqali suv taqsimotidagi elektr energiya istemolini oldindan hisoblashga qaratilgan bo‘lib, bundagi natijalar suv taminoti tizimida energiya samaradorligini oshirishda faol ishlatilishi uchun tizimlarni qo‘llashni va energetik samarador usullar algaritmlarini qo‘llashga misollar keltirilgan.
Murod Arslanovich Ibragimov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur ilmiy tadqiqot ishida tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, imkoniyati cheklangan yunon-rum kurashchilariga texnik usullarni to‘g‘ri o‘rgatish metodikalari, musobaqa faoliyatida qo‘llaniladigan texnik harakatlar va kurashchilarning individual xususiyatlari aniqlanganligi va natijalari musobaqa jarayonida ko‘p qo‘llaniladigan asosiy usullarni rivojlantirish uchun texnik usullar majmuasini ishlab chiqish va me‘yorlash hamda tavsiyalarni mashg‘ulot jarayoniga joriy etishga imkon yaratilganligi to‘g‘risidagi so‘rovnoma asosida olingan natijalarga asoslanganligi bilan izohlanadi.
M.M.Ahmedov, G.T.Hojikarimova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada texnologik ta‘lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv tizimini takomillashtirishda dars jarayonida «Ijodiy masalalarni ishlab chiqish» usulidan foydalanilganda ta‘lim va tarbiya jarayonlari samaradorligini aniq vaziyatlarga ko‘ra belgilash uchun vaziyatli yondashuvdan foydalaniladi; muammoli yondashuv faoliyatiga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarida, talabalarning muammoli masalalarga yechim topishida, turli muammoli vaziyatlarda vazifalarni aniq hal qila olish qobiliyati, talabalarning bilim darajasi, o‘quv jarayoni samaradorligi va talabalarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni kuzatildi. Vaziyatli yondashuvning o‘ziga xosligi shundaki, dars jarayonidagi vaziyatlar tahlili asosida muhim muammolarni aniqlash va turli vaziyatlarda erishilishi lozim bo‘lgan natijalar samaradorligini oldindan belgilash uchun dars jarayonida «Ijodiy masalalarni ishlab chiqish» usulidan foydalanish tavsiya etiladi. ...
L.Z. Kholmurodov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada tashkiliy ta‘limda 9-10 yoshli bolalarda muvozanat funksiyasini rivojlantirishda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajriba va uning natijalari muhokamasi keltirilgan.
Jumanov Alisher Raxmatkulovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada oyoq bilan zarba berish texnikasi tezligini oshirish muhimligi, inson organizmida zarba tezligiga qanday omillar ta‘sir qilishi va yuqori natijalarga erishish yo‘llari haqida so‘z boradi.
Ikromov Davron Ikrom o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada tasviriy san‘at va chizmachilik fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy ta‘lim texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi, o‘quvchilarda ijodiy ko‘nikmalar hosil qilishdagi o‘rni va ahamiyati mualif tomonidan keng va atroflicha yoritib berilgan
Ikromov Davron Ikrom o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo‘lgan o‘qitish anjomlari, elektron slaydlari ishlanmasi, grafikaviy ta‘lim jarayonini tashkil etishda chizmachilik fanini o‘qitishning nazariy - amaliy asoslari va chizmachilikning fanlararo aloqadorlik ahamiyati keltirilgan
F.Yusupova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda mutaxassislik fanlari taraqqiyoti va uning texnikada qo‘llanilishdagi ijodiy jarayonning o‘ziga xos tomonlarini bilishi muhim. Texnik yo‘nalishdagi talabalarning ilmiy-texnik ijodkorligini rivojlanishida nazariy tushunchalar asosida yotuvchi qonunlarning amaliyotdagi o‘rnini ko‘rsatib o‘tish, ularning yangicha qo‘llanishlarini topishga yo‘l ochadi.
Aralov Bunyod · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur ilmiy maqolada dzyudochilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha tadqiqot natijalar nazariy-uslubiy jihatdan asoslanganligi dzyudochilarning mashg‘ulot jarayonlarining nazariyasi asoslarini olimlar va amaliyotchi murabbiylarning fikr-mulohazalariga asoslanganligi tadqiqot vazifalariga mos, o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tadqiqot usullarining qo‘llanilganligi tahlil va tadqiqot vazifalarini son va sifat jihatdan ta‘minlanganligini tajriba-sinov ishlarini tahlil qilish usullaridan foydalanilgan.