Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

TEXNIK IJODKORLIKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

F.YusupovaO‘qituvchi, Farg‘ona davlat universiteti2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 2Sahifa 152–156

Annotatsiya

Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda mutaxassislik fanlari taraqqiyoti va uning texnikada qo‘llanilishdagi ijodiy jarayonning o‘ziga xos tomonlarini bilishi muhim. Texnik yo‘nalishdagi talabalarning ilmiy-texnik ijodkorligini rivojlanishida nazariy tushunchalar asosida yotuvchi qonunlarning amaliyotdagi o‘rnini ko‘rsatib o‘tish, ularning yangicha qo‘llanishlarini topishga yo‘l ochadi.

Boshqa tillarda

ruschaСПЕЦИФИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ТЕХНИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА

При развитии творческих способностей студентов важное значение имеет знание особенностей творческого процесса, развитие науки по специальности и его применения в технике. В развитые научно-технического творчества у студентов технического направления, определение место законов лежащих на основе теоретических понятий в практических применениях, открывает пути к нахождению их новых применений.

inglizchaSPECIFIC FEATURES OF TECHNICAL CREATIVITY.

In developing the creative abilities of students it is important to know the development of the specialist subjects and the distinctive features of the creative process in their technical application. In the development of the scientific and technical creativity of students of technical fields, demonstrating the practical place of the laws underlying theoretical concepts opens the way to finding new applications for them.

Kalit so‘zlar

  • nazariya
  • absolyut fazo
  • absolyut vaqt
  • moddiy dunyo
  • fizikaviy va texnik tushunchalar
  • elektromagnit hodisalar
  • elektromagnit maydon

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TEXNIK IJODKORLIKNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI. F.Yusupova O‘qituvchi, Farg‘ona Davlat Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10702362 Annotatsiya: Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini oʻstirishda mutaxassislik fanlari taraqqiyoti va uning texnikada qoʻllanilishdagi ijodiy jarayonning oʻziga xos tomonlarini bilishi muhim. Texnik yo’nalishdagi talabalarning ilmiy-texnik ijodkorligini rivojlanishida nazariy tushunchalar asosida yotuvchi qonunlarning amaliyotdagi o’rnini ko’rsatib o’tish, ularning yangicha qo’llanishlarini topishga yo’l ochadi. Kalit so'zlar: nazariya, absolyut fazo, absolyut vaqt, moddiy dunyo, fizikaviy va texnik tushunchalar, elektromagnit hodisalar, elektromagnit maydon.

СПЕЦИФИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ТЕХНИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА. Аннотация: При развитии творческих способностей студентов важное значение имеет знание особенностей творческого процесса, развитие науки по специальности и его применения в технике. В развитые научно-технического творчества у студентов технического направления, определение место законов лежащих на основе теоретических понятий в практических применениях, открывает пути к нахождению их новых применений. Ключевые слова: теория, абсолютное пространство, абсолютное время, материальный мир, физические понятия, электромагнитные явления, электромагнитное поле.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF TECHNICAL CREATIVITY. Abstract: When solving the problem of developing the creative abilities of students in teaching physics, it is necessary, first of all, to know the features of the development of this science and the creative process when it is used in technology. Keywords: theory, absolute space, absolute time, material world, physical concepts, electromagnetic phenomena, electromagnetic field.

KIRISH Ijod insonlarning buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli qismatidir. Lekin, ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki insonning fikr yuritishi, biror tadbirni oʻylab topish, orzusidir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar oddiygina boʻlsada qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayonida tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim. ASOSIY QISM Fizikada ilmiy ijodkorlik taraqqiyoti fizikaviy nazariya asosida yotuvchi fizikaviy tushunchalarning oʻzgarishi bilan, ularning yangicha tushunilishi bilan bogʻliqdir. Masalan, klassik mexanika absolyut fazo, absolyut vaqt moddiy dunyo strukturasining diskretligi, massaning oʻzgarmasligi, biror masofada moddiy nuqtalarning bir-biriga ta’sirini ifodalovchi oʻzaro ta’sir kabi tushunchalarga asoslanadi. Fizikaning boshqa soxalarining rivojlanishi munosabati bilan bu tushunchalarni oʻzgartirish yoki ularga boshqacha mazmun berishga toʻgʻri keladi.

Masalan, M.Faradeyning elektromagnit hodisalarni tekshirishi uni yaqindan ta’sir etish haqidagi tasavvurga olib keladi. Bu tasavvur elektr va magnit maydonlarni tekshirish natijasida erishilgan tajriba faktlari yuzaga keladi.

1-rasm. Temir qirindilariga magnit maydonining ta’siri.

Xususan, temir qirindilariga elektr tokining ta’sirini oʻrganish tajribalari, elektr toki qirindi kiritilgan muhitda ularga ta’sir etib, muhitning oʻziga xos holatini yuzaga keltiradi, degan tasavvurni hosil qilish uchun asos boʻldi (1-rasm). Maksvellning ifodalashicha, oʻtmishdoshlari masofadan boshqa hech narsani koʻrolmagan joyda M.Faradey oraliq muhitni koʻra bildi. Yaqindan turib ta’sir etish haqidagi tasavvur shunday paydo boʻldi. Izdoshlarning, xususan, Maksvell va Gertslarning elektromagnit narzariyani ishlab chiqqandagi mehnatlari tufayli yaqindan turib ta’sir etish konseptsiyasi klassik mexanika asosida yotuvchi uzoqdan turib ta’sir etish konsepsiyasi oldida ustunlikka ega boʻldi. Maksvell ishlab chiqqan elektromagnit maydonning matematik nazariyasi katta ahamiyatga ega boʻldi. Xususan, uning tenglamalariga konstanta kiritilib, uning fizikaviy ma’nosi elektromagnit toʻlqinning boʻshliqda tarqalish tezligi sifatida talqin qilindi. Nazariy jihatdan oldin aytilgan bu kattalikning yorugʻlik tarqalish tezligining tajribada olingan natijalari bilan mos kelishi, shuningdek, bu sohada olib borilgan keyingi nazariy va eksperemental tekshirish ishlari natijasida Gers elektromagnit toʻlqinlari, issiqlik nurlanishlari va yorugʻlikning barchasi yangi nazariyaning haq ekanligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar hisoblanadi.Yangi nazariya klassik mexanikaning boshqa konsepsiyasi-materiyaning diskretligini shubxa ostiga olib, uning oʻrniga uzluksizlikni tan ola boshladi. Yorugʻlikning toʻlqin nazariyasi va Maksvell elektrdinamikasining haq ekanligining tajribada tobora tasdiqlana borishi va elektromagnit maydonning moddiyligi haqidagi tasavvurning rivojlana borishi bilan materiyaning uzluksizligi haqidagi tasavvur tobora mustaxkamlana boradi (2-rasm). Elektromagnitizm nazariyasining ishlab chiqilishi vaqtiga kelib, yorugʻlikning toʻlqin nazariyasi gʻalaba qildi. XVII asrda Gyugens rivojlantirgan bu nazariyani I.Nyuton rad qilgan edi. Chunki bu nazariya dastlab qabul qilingan moddiy dunyoning modelini ifodalovchi N’yuton qarashlariga muvofiq kelmas edi. Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega boʻlishini fransuz olimi A.Puankare koʻrsatib oʻtgan edi. Xususan, u teoremasini «Fanning oʻzida intuitsiya, agar bir

qancha ustunliklarga ega boʻlganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakkayu-yagona qonuniy quroli boʻlishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol boʻlib qolaveradi» - deb yozadi. Ijodkorlikni amalga oshirish davrlari va uning bosqichlari toʻgʻrisida boshqa olimlar ham bir necha bor oʻz fikrlarini bildirganlar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M. Born quyidagilarni yozadi: «…men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini koʻrmayapman.

Ayrim kriteriyalar boʻyicha koʻrsatilgan obraz toʻliq hisoblanib, unga xarakterli boʻlgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish qisman ma’lum boʻlgan hodisaning real obrazi oʻzining haqiqiyligidan farq qiladi, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan boʻlsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffaqiyati intuitsiyaga juda bogʻliqdir…». M.Born oʻz fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshiradi, boshqasi esa, shu kunga qadar aloqasiz boʻlgan tajribalarning oʻzaro bogʻliqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi. Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leverhelarning boshqa planetalar harakatida yuz bergan bir oz oʻzgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha, bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga boʻlgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yoʻq; bu ma’lum boʻlgan Nyuton mexanikasining qoʻllanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi». Ikkinchi tip ixtiroga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan “Quyosh yaqinida yorugʻlikning chetlanishi” kiradi. Bu inert va gravitatsion massaning praportsionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M. Bornning tahbiricha, «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez», deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi. Dalil va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga oʻtishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga oʻtishda ilmiy intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan bogʻliqligi, ixtirochilik gʻoyalarining kelib chiqishida tutgan oʻrnini belgilashdagi muammolar murakkab boʻlib, uni hozirgacha toʻla hal qilinmagan deyish mumkin.

XULOSA Psixologik lugʻatda intuitsiya - "paydo boʻlish yoʻllari va shartlari anglanmagan holda hosil boʻluvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga koʻra sub’yekt unga "bevosita yuzaga" kelgan natija sifatida ega boʻladi" deb ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil boʻluvchi asosini oʻzida aks ettirmaydi va shu sababli uni toʻliq deb boʻlmaydi. Bizning fikrimizga koʻra intuitsiya - bu sub’yekt tomonidan oʻziga fikran qoʻyiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar boʻlib, u toʻplangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar17 ta adabiyot

  1. Turaqulov X.A., Sharipov Sh.S. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirish. Metodik tavsiyanoma. Jizzaz, 1998.
  2. Брыкцина О.Ф. Информационно- коммуникационные технологии в образовании: учебник / О.Ф. Брыкцина, Е.А. Пономарева, М.Н. Сонина. – М.: ИНФРА-М, 2018. Брыкцина О.Ф. Информационно- коммуникационные технологии в образовании: учебник / О.Ф. Брыкцина, Е.А. Пономарева, М.Н. Сонина. – М.: ИНФРА-М, 2018.
  3. Симоненко В.Д., Матяж Н.В. Технология: учеб. для 11 кл. общеобразоват. Учр. – М.: Вентана-графф, 2000.
  4. Sh.Yakubova, F. Yusupova. “Texnologik ta’lim asoslari” fanida o’qitishning kreativ usullaridan foydalanish. Uslubiy qo’llanma. Farg’ona 2022 yil.
  5. Ш.Якубова, Ф. Юсупова. Применеие креативной инновационной технологии в высших учебных заведениях. «Вопросы инновационного развития науки, образования и техники» Международная научно – практическая онлайн конференция. 2022 йил 12 апрель, Андижон.
  6. Ш.Якубова, Ф. Юсупова. Применение АКТ и креативных технологии для студентов технических специальностей. Ta’lim jarayoniga raqamli nexnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etishda ta’lim sifatini boshqarish myammolari mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy anjuman MATERIALLARI. 2022 yil, 20 may. Qo’qon – 2022.
  7. Ш.Якубова, Ш.Якубова, Х. Хошимов, М. Кадыралив Использование ИКТ в преподавании уроков технологии. O’zbekistonda fanlararo nnovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. USSN: 2181 – 3302. 2022 20 iyun 9-son.
  8. Dehqonova, O. Q. (2020). Connectivity evaluation of physics and mathematics in secondary schools. Scientific reports of Bukhara State University, 4(3), 307-311.
  9. Qosimjonovna, D. O. (2021). Use of ict tools to increase the effectiveness of teaching physics in general secondary schools. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.5 Pedagogical sciences).
  10. INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINI MAXSUS KOMPETENTSIYALARINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. G Hojikarimova Scientific journal of the Fergana State University, 25-25
  11. Использование инновационных форм обучения инновационного характера в повышении качества и эффективности образования М Ахмедов, Г Ходжикаримова Общество и инновации 2 (2), 1-7
  12. INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES OF DEVELOPING SPECIFIC COMPETENT SKILL OF TEACHERS OF BOL AJAK TECHNOLOGICAL EDUCATION.G Hajikarimova.Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences 2 (19), 99-103
  13. KREDIT–MODUL TIZIMIDA OQITISHNING TALIM SAMARADORLIGI HG Tadjialiyevna SUSTAINABILITY OF EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY 1 (11), 67-70.
  14. BO ‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O ‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI HG Tadjialiyevna Gospodarka i Innowacje. 37, 91-93
  15. PEDAGOGIK MAXORATNI TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI ROLI HG Tadjialiyevna IJODKOR O'QITUVCHI 3 (31), 85-90
  16. BO ‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI (tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish fani misolida) HGTHG Tadjialiyevna, USU Shoiraxon.Scientific journal of the Fergana State University, 86-86
  17. DIDACTIC POSSIBILITIES OF THE DIDACTIC POSSIBILITIES OF THE INTEGRATIVE APPROACH TO THE DEVELOPMENT OF SPECIAL COMPETENCIES OF FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION. HG Tadjialiyevna Research Focus 2 (12), 62-65

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012446
Nashr sanasi
2024-09-11
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v3i2.847
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
152–156
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06