Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola05.00.00Ochiq kirish

UCH FAZALI ELEKTR ENERGIYASI ISTEMOLCHILARDAGI ISROF BO‘LAYOTGAN ELEKTR ENERGIYASINI FOYDALI ISH KOEFITSIENTINI IQTISODIY KO‘RSATGICHLARGA TA‘SIRI

Ismoilov Hasanboy Abduvali o‘g‘liNamangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O‘zbekiston2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 6Sahifa 19–21

Annotatsiya

Ushbu maqola sanoat korxonalarida Uch fazali elektr energiyasi istemolchilardagi isrof bo‘layotgan elektr energiyasini foydali ish koefitsientini iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta‘siri Elektr energiyasini iste‘mol vaqtida foydali ish koefitsientini oshirish uslublari va sano‘at korxonalarni texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta‘sirini ko‘rsatib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ ПОТРЕБЛЕНИЯ ТРЕХФАЗНОЙ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ НА ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ

В статье рассмотрено влияние потребления трехфазной электроэнергии на промышленных предприятиях на экономические показатели коэффициента полезной работы затрачиваемой электроэнергии у потребителей. Показаны способы повышения коэффициента полезной работы при потреблении электрической энергии и влияние промышленных предприятий на технико-экономические показатели.

inglizchaTHE EFFECT ON ECONOMIC INDICATORS OF THE USEFUL WORK COEFFICIENT OF THE ELECTRIC ENERGY BEING WASTED BY THREE-PHASE ELECTRICITY CONSUMERS

This article shows the effect on economic indicators of the useful work coefficient of the electric energy being wasted by three-phase electricity consumers at industrial enterprises, the methods of raising the useful work coefficient during the consumption of electric energy, and their effect on the technical and economic indicators of industrial enterprises.

Kalit so‘zlar

  • quvvat koeffitsienti
  • texnologik jarayonlar elektirlashtirish
  • elektr energiyasi iste‘mol qiladigan va sanoat korxonalari
  • elektirlashtirish
  • avtomatlashtirish
  • energetika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UCH FAZALI ELEKTR ENERGIYASI ISTEMOLCHILARDAGI ISROF BO‘LAYOTGAN ELEKTR ENERGIYASINI FOYDALI ISH KOEFITSIENTINI IQTISODIY KO‘RSATGICHLARGA TA’SIRI Ismoilov Hasanboy Abduvali o‘g‘li Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O'zbekiston E-mail: ixasanboy1993@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.12619445 Annotatsiya: Ushbu maqola sanoat korxonalarida Uch fazali elektr energiyasi istemolchilardagi isrof bo‘layotgan elektr energiyasini foydali ish koefitsientini iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta’siri Elektr energiyasini iste’mol vaqtida foydali ish koefitsientini oshirish uslublari va sano‘at korxonalarni texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta’sirini ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: quvvat koeffitsienti, texnologik jarayonlar elektirlashtirish, elektr energiyasi iste’mol qiladigan va sanoat korxonalari, elektirlashtirish, avtomatlashtirish, energetika.

EFFECT OF THREE-PHASE ELECTRIC POWER CONSUMPTION ON ECONOMIC INDICATORS Abstract: The article describes the methods of increasing the cost of electricity consumption in manufacturing enterprises and their impact on the technical and economic performance of the enterprise. Keywords: energy, electrification, manufacturing enterprises, technological process, automation, power factor.

ВЛИЯНИЕ ПОТРЕБЛЕНИЯ ТРЕХФАЗНОЙ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ НА ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ Аннотация: В статье рассмотрено влияние потребления трехфазной электроэнергии на промышленных предприятиях на экономические показатели коэффициента полезной работы затрачиваемой электроэнергии у потребителей. Показаны способы повышения коэффициента полезной работы при потреблении электрической энергии и влияние промышленных предприятий на технико-экономические показатели. Ключевые слова: коэффициент мощности, электрификация технологических процессов, электропотребляющие и промышленные предприятия, электрификация, автоматизация, энергетика.

KIRISH Ishlab chiqarish korxonalarni elektr yuklamalari va elektr energiyani istehmoli ishlab chiqarilayatgan maxsulotni turi va miqdori, texnologik jarayonni mexanizatsiyalanganligi va avtomatlashtirilganligini darajasi, mazkur ishlab chiqarishni sanitariya va gigiena talablari, ishchi va xizmatchilarni mehnatini muxofaza qilish va lozim bo‘lgan ish sharoitlarini yaratish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Bahzi sanoat korxonalarini elektr energiya istehmolchilarini o‘rnatilgan quvvat miqdorlari million kilovat va undan yuqori bo‘lishi mumkin [1]. ASOSIY QISM Ishlab chiqarish korxonalarida asosan asinxron dvigatellar, payvandlash va boshqa maxsus transformatorlar, kontaktor va relelarni g‘altaklari, elektr uzatish liniyalari aktiv va reaktiv quvvatni ham iste’mol qiladi. Ma'lum bo‘lganidek, aktiv quvvat o‘zgarmasligida reaktiv quvvat qancha katta bo‘lsa, quvvat koeffitsienti shuncha past. cos φ-ni elektir qabul qilgichlarni alohida

toifalari uchun qiymati katta darajada ularni spetsifik xususiyatlari va ish rejimlariga bog‘liq. Masalan, ish rejimlari tsiklli bo‘lgan dastgox uskunalari, qaytaqisqa ish rejimli tsex kranlari, elektr payvandlash transformatorlari, induktsion elektr pechlari cos φ-si past guruhlarga qaraydilar. SHu bilan birga qarshilikli elektr pechlari, qurituvchi apparat va shkaflarga o‘xshash qabul qilgichlar cos φ-ni yuqori (birga yaqin) qiymatlariga egalar [2]. Elektr energiasidan foydalanishda quvvat koeffitsientini oshirish metodlari. Elektr energiyasida isrof bo’layotgan elektr energiyasi asosiy qismini, korhonadagi barcha elektr yuritmalar, sinxron hamda asinxron dvigatellar korxonani foydali ish koefitsientiga yetarlicha katta ta’sirini o‘tkazadi. Asinxron dvigatellarni quvvat koeffitsienti ularni yuklanganlik darajasiga bog‘liq va yuklanganlik pasayganda sezilarli kamayadi. Asinxron dvigatellarni salt ishlashida foydali ish koefitsienti= 0,1-0,23. SHuning uchun texnologik uskunalarni salt rejimda ishlashiga yoki kam yuklanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Transformatorlarni ham yetarlicha yuklanmasligi korxonani quvvat koeffitsientini pasayishiga olib keladi. Transformatorni salt ishida foydali ish koefitsienti= 0,1-0,2. Texnologik uskunalarni ish rejimi kattagina darajada quvvat koeffitsientini qiymatiga tahsir qiladi. Uzuluvchi texnologik jarayonlar hamda tashkil etish va sozlashga katta vaqt talab etadigan jarayonlar, davomiy yordamchi va tayyorlovchi amallar, qoidadagidek, korxonani quvvat koeffitsientiga salbiy tahsir qiladilar. Elektr uskunalarini quvvat koeffitsienti ularni turi, konstruktiv bajarilishi va ishlatilish xolatiga ham bog‘liq. Masalan, yuqori volg‘tli, sekin aylanuvchi asinxron dvigatellar past foydali ish koefitsienti-ga ega. Asinxron dvigatellarni nominal tezligi qancha katta bo‘lsa, ularni foydali ish koefitsienti-si shuncha yuqori. Asinxron dvigatellarning sifatsiz tahmirlanishidan keyin havo oralig‘ini ko‘payishi magnitlovchi toklarni ko‘payishiga olib keladi va, demak, dvigatelni foydali ish koefitsienti-sini pasayishiga olib keladi. Quvvat koeffitsientini ko‘paytirish tadbirlari ikkita asosiy toifaga bo‘linadi: 1) tabiiy, ular o‘rnatilgan elektr uskunalarni ishlatilishini yaxshilash bilan bog‘liq; bu toifaga shartli ravishda yangi uskunalarda sinxron dvigatellarni qo‘llash va mavjud uskunalarda asinxron dvigatellarni sinxronlarga almashtirish kiradi; 2) sunhiy, ular maxsus kompensatsiyalovchi uskunalarni qo‘llanilishini talab etadilar [3]. Tabiiy tadbirlarga quyidagilar qaraydi: texnologik jarayonni tartiblashtirish, bu uskunalarni energetik rejimini yaxshilanishiga olib keladi; – stator chulg‘amlaridagi kuchlanishni uchburchakdan yulduzga qo‘lda yoki avtomatik qayta ulab pasaytirish (agar dvigatelni yuklanishi nominal quvvatini 30- 40% dan oshmasa va agar dvigatelni stator chulg‘amlari uchburchak ulanganligida normal ishlasa), sektsiyalangan chulg‘amda faza chulg‘amlarini ketma-ket ulangan sektsiyalar sonini ko‘paytirish, korxonani nimstantsiyasidagi kuchli transformatorlarni chulg‘amidagi o‘ramlar sonini o‘zgartirish (antsapf) va kuchlanishni tiristorli rostlagichlarini qo‘llash; – asinxron dvigatellarni salt ishlashini salt ishini cheklovchilar yordamida bartaraf etish (agar amallar orasidagi tsikl 10 sekunddan katta bo‘lsa); – kam yuklangan asinxron dvigatellarni kichikroq nominal quvvatga ega dvigatellarga almashtirish; – nominal quvvatiga qaraganda 30%- dan kam yuklangan transformatorlarni kichik quvvatlilarga almashtirish; – elektr yuritmani hamma yangi uskunalari uchun sinxron dvigatellarni qo‘llash va asinxron dvigatellarni sinxronlarga almashtirish Sanoat korxonalari elektr uskunalarini ishlatish tajribasi ko‘rsatadiki, sinxron dvigatellarni qo‘llash umumkorxona quvvat koeffitsientini oshirishni effektiv vositasidir. Sunhiy tadbirlarga qaraydilar: kosinusli (statik) kondensatorlarni va sinxron kompensatorlarni o‘rnatish. Sanoat korxonalarida asosan kosinusli kondensatorlar qo‘llaniladi. Ular ham past (uch fazali), ham yuqori kuchlanishlar uchun (10,5 kV bir fazali) tayyorlanadi. Rasm 1-da kompensatsiyalashni turli usullarida kondensatorlarni ulanishini printsipial elektr sxemalari

keltirilgan. Kompensatsiyalovchi uskunani kerakli quvvati (kondensatorlar va razryadlovchi rezistorlardagi isroflarni hisobga olmasdan) ifodadan topiladi: Qc = P(tg φ – tg φ1) bu yerda: P – uskunani aktiv quvvati; φ va φ1 – kompensatsiyalashdan oldin va keyingi tok va kuchlanish orasidagi faza siljish burchagi. Oldin tahkidlanganidek, reaktiv quvvat korxonani tahminlovchi tarmoq va transformatorlarida aktiv isroflarni vujudga keltiradi. cos φ1-ni qiymati ko‘paytirilganda bu isroflar kamayadi. XULOSA TN – kuchlanish transformatoridan, quvvat koeffitsientini ko‘tarilishi kompensatsiyalovchi uskunalarga harajatlarni talab etadi. Foydali ish koefitsienti-ni, reaktiv yuklamalarni uzatish va kompensatsiyalashda harajatlar eng kichik bo‘ladigan qiymati optimal quvvat koeffitsienti deyiladi. Ammo, quvvat koeffitsientini muammosini ko‘rilayatganda faqat korxonani manfaatlarini ko‘zda tutish mumkin emas, chunki bahzida korxonada foydali ish koefitsienti-ni o‘ta ko‘tarib yuborilishi energosistemadagi yig‘indi isroflarni pasayishiga emas, ko‘payishiga olib keladi. SHuning uchun kompensatsiyalovchi uskunalar qo‘llanilishini hamma xollarida quyidagi shart bajarilishi kerak: DRets > DRkq, bu yerda: DRets – kompensatsiyalash uskunalarini qo‘llash natijasida elektr tahminot sistemasida aktiv quvvatni isroflarini pasayishi; DRkq – kompensatsiyalovchi qurilmadagi aktiv quvvatni isroflari. Kompensatsiyalovchi uskunalarni tanlashda tejamkorlikni o‘lchovi – bu keltirilgan harajatlarni minimumligi. Bundan tashqari, tarmoqqa generatsiyalanayatgan toklarni tarmoqdagi yuklamalar ozligida ortiqligi kuchlanish darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu yorituvchi lampalarni ish muddatini kamayishiga, bahzida esa ularni ko‘pini ishdan chiqishiga olib keladi. Demak, korxonada reaktiv quvvatni kompensatsiyalash va kuchlanishni rostlash masalalari kompleks hal etilishi kerak.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Imomnazarov A.T. Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarning elektr jixozlari. – Tolshkent, “ILM ZIYO”. – 2006 y.
  2. Дементьев Ю.Н., Чернышев А.Ю., Чернышев И.А. Электрический привод: учебное пособие. – Томск: Изд-во ТПУ, 2010.
  3. Даминов А.А. Автоматическое регулирование источников реактивной мощности / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Б.Б. Мамадалиев // Science Time. – 2019. – № 4(64). – С. 68-71.
  4. Перспективные направления автоматизированного управления процесса производства, передачи и потребления электроэнергии / А.А. Даминов, Т.У. Атмирзаев, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. – 2017. – № 2-3. – С. 59-62.
  5. Use of hudropover plants and its main problems Texas Journal of Engineering and Technology № 100-101 ISNN NO: 2770-4491 22.05.2022 Akmalov Jamshid Xakimjon o‘g‘li
  6. Даминов А.А. Применение бесконтактных аппаратов и логических элементов в схемах управления электроприводами / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Science Time. – 2016. – № 11(35). – С. 143-147.
  7. Даминов А.А. Автоматичечкое управление гидрогенератров и турбогенератров электростанции / А.А. Даминов // Инновационные подходы в современной науке: сборник статей по материалам LXXXII международной научно-практической конференции, Москва, 20 ноября 2020 года. – Москва: Общество с ограниченной ответственностью "Интернаука", 2020. – С. 32-37.
  8. Murodov R.N Geron Favorasining qo‘llanilish samaradorligi International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Livorno, Italy 03.05.2022

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012470
Nashr sanasi
2024-09-11
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v3i6.879
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
19–21
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-15 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06