G‘O‘ZANING QO‘SHQATOR “SHINJON” VA YAKKA QATOR EKISH SXEMALARIDA OZIQLANTIRISH SAMARADORLIGI
X. Zaripov, D. Namozov, S. Sharipov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada g‘o‘zaning qo‘shqator “shinjon” hamda yakka qator ekish sxemalarida mineral o‘g‘itlar qo‘llash samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida hosildorlik, o‘sish-rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Aniqlanishicha, qo‘shqator ekish sxemasi o‘simliklarning oziqlanish maydonini yaxshilab, o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida 76 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15–18 donani tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘shqator (76 × 10 sm) “shinjon” usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta‘minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10–12 donani tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi.