Asosiy mazmunga o‘tish

160 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    TUT BARGI VA IPAK QURTI RIVOJLANISHIGA ULTRABINAFSHA NURLAR TA‘SIRI

    Yuldashev Ravshan Rasuljonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur tadqiqotda tut barglariga ultrabinafsha nurlanish (UV-C: λ = 254 nm va UV-B: λ = 300 nm) berish orqali ularning biologik sifati, mikroflora darajasi va ipak qurti (Bombyx mori) rivojlanishiga ko‘rsatilgan ta‘siri o‘rganildi. 6 xil tajriba varianti asosida UV nurlanishning quvvati (18–90 W), bir xil masofa (30 sm) va vaqt (3 daqiqa) sharoitida tajribalar olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, UV-C va UV-B kombinatsiyasining ma‘lum darajadagi ta‘siri barg sifatini yaxshilab, ipak qurtining fiziologik faolligini oshirgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТУПРОҚЛАРИНИНГ МЕЛИОРАТИВ ХОЛАТИ ВА МОНИТОРИНГИ

    Sh.V.Raxmanov, X.G‘.Nuraliyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Мақолада ер захираларининг чекланганлиги ва сифат таркибининг пастлиги билан боглик, хавф тўхтовсиз ортиб бораётганлиги, айни вақтда ер улкан бойлик бўлибгина колмай, балки мамлакатимизнинг келажагини белгилаб берувчи омил эканлиги, шунинг учун хам ерларни мухофаза килиш, улардан ўта самарали ва оқилона фойдаланишни йўлга куйиш замонамизнинг энг долзарб масаласи эканлиги тахлил этилган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    YER OSTI ISSIQLIK AKKUMULYATORIDAGI NOSTATSIONAR ISSIKLIK JARAYONINI MODELLASHTIRISH

    Xayriddinov B.E, Olimova D.A, G‘aniyev S.Y · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mayda donador shaklidagi issiqlik akkumulyatorda issiq xavoni massiv tarkibidagi qatlam bilan o‘zaro ta‘sirlashib issiqlik miqdorini samaradorligi kuchayadi. Massiv tuproq tarkibidagi katta tog‘ jinsli bloklardan tuzilgan issiqlik akkumulyatorda issiq havoning o‘zaro ta‘sirlashida sodir bo‘ladigan issiqlik miqdori donador qatlamdagiga nisbatan kam bo‘ladi. Agar bloklar oralig‘ini 2-5 sm ga ochilishi g‘ovakligi oshirilishi bilan xavo oqimini bloklar orqali sirkulyatsiyalanishi natijasida issiqlik akkumulyatorini samaradorligi ortadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    ZARARLI GAZLARNI TUTUVCHI DUDBURON QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING SANOATDA QO‘LLANILISHI.

    Mahmudov Begzod Mirzaahmad o‘g‘li, O‘ktamov Ahliyor Yusufjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqolada sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli gazlar — SO₂, NOₓ, P2O5 va CO ning inson salomatligi va atrof-muhitga ta‘siri, shuningdek, ularni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan dudburon qurilmasi haqida fikr yuritiladi. Qurilmada Ca(OH)₂ (kaltsiy gidroksid) asosida neytrallash reaksiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, laboratoriya sharoitida yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Ixtiro sanoatda foydalanish uchun mos, iqtisodiy va ekologik jihatdan foydali yechim sifatida taklif etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    АРРАЛИ ЖИН ИШЧИ КАМЕРАСИДАГИ ХОМАШЁ ВАЛИГИНИНГ ХОЛАТИНИ АНИҚЛАШ

    Qosimjonov Sanjarbek Nosirjon o‘g‘li, Abdujalilov Durbek Ulug‘bek o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Муаллифлар томонидан жин ишчи камерасини геометрик параметрларидан келиб чиққан ҳолда пахта хом ашёсини миқдори, хом ашё валигида тўпланадиган чигитлар миқдори аниқланган. Секундига жинлаш камерасидан колосниклар орқали чиқадиган чигитлар сони, ишчи камера марказида йиғилиб қоладиган чигитлар сони аниқланган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    O‘ZBEKISTONDA BIOGAZNING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANISH SALOHIYATI

    Sh.B.Bekchanov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqolada O‘zbekistonda biogaz sanoatining hozirgi holati va uning rivojlanish salohiyati tahlil qilingan. Biogaz ishlab chiqarish uchun mavjud infratuzilma, huquqiy baza va moliyaviy rag‘batlantirish choralari o‘rganildi. Hozirgi kunda biogaz texnologiyalarining joriy etilishiga texnik, moliyaviy va logistika muammolar to‘siq bo‘layotgani aniqlandi. Shuningdek, xalqaro tajriba tahlil qilinib, O‘zbekiston uchun eng maqbul yechimlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari biogaz sanoatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy takliflarni o‘z ichiga oladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    OPERATIONAL CHALLENGES AND PERFORMANCE DEGRADATION PATTERNS IN MODERN WIND ENERGY SYSTEMS: A COMPREHENSIVE ANALYSIS OF GRID INTEGRATION AND MAINTENANCE ISSUES

    Sa‘dullayev Tuymurod Mardullo oglu, Taniyev Mirzohid Khurramovish · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqolada 450 ta turbinaning 36 oylik tadqiqotiga asoslangan holda zamonaviy shamol energetikasi tizimlaridagi ekspluatatsion muammolarning keng qamrovli tahlili keltirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kurakchalar bilan bog‘liq nosozliklar (32,4%) va reduktor nosozliklari (24,7%) to‘xtab qolishning eng ko‘p uchraydigan sabablari bo‘lib, yiliga har bir turbina uchun o‘rtacha $47,000 xarajat keltiradi. Prognozli texnik xizmat ko‘rsatish strategiyalari rejadan tashqari to‘xtashlarni 34% ga kamaytirdi va tayyorlik koeffitsiyentini 94,2% gacha oshirdi. Kuchlanish tebranishlari va reaktiv quvvat masalalari kabi tarmoqqa integratsiya muammolari ham baholandi. Olingan natijalar shamol energetikasi tizimlarining ishonchliligi va unumdorligini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    QUYOSH VA SHAMOL GİBRİD ENERGİYA TİZİMLARİ: TEXNOLOGİK TUZİLİSHİ, TARMOQ INTEGRATSİYASİ VA ILMİY YONDASHUVLARNİNG TAHLİLİ

    Qahharov Mahmudjon Mamadjonovich, Omonboyev Rahmonjon Ravshan O‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada quyosh va shamol energiyasi asosida ishlab chiqilgan gibrid elektr energiya tizimlarining texnologik tuzilmasi, boshqaruv strategiyalari va ularni mikrogrid, smart grid va elektr transport vositalari bilan integratsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Energiya ishlab chiqarish, uzatish, saqlash va boshqaruv komponentlarining vazifalari chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, iqtisodiy va ekologik tahlillar asosida gibrid tizimlarning istiqbollari va afzalliklari aniqlab berilgan. Maqola tahliliy yondashuvga asoslangan bo‘lib, zamonaviy ilmiy manbalar bilan mustahkamlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    THE EFFECTIVENESS OF APPLYING INFORMATION TECHNOLOGIES IN CONSTRUCTION TESTING LABORATORIES

    Muxtorjon Tohirjonovich Mansurov, Rasuljon Rustamjon o‘g‘li Yo‘ldoshev · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada axborot texnologiyalarini qurilish sinov laboratoriyalariga integratsiya qilish samaradorligi O‘zbekistonda beton mahsulotlari sifatini nazorat qilishni yaxshilashga alohida e‘tibor qaratilgan holda o‘rganiladi. Tadqiqotda qo‘lda bajariladigan sinov jarayonlarining kamchiliklari — hujjatlashtirishdagi xatolar, integratsiyaning yo‘qligi va me‘yoriy standartlarga (masalan, UzDSt 1025:2020, UzDSt 2857:2015) muvofiq kelmaslik ta‘kidlanadi. Mijoz ma‘lumotlarini kiritish va shartnoma tuzishdan tortib namuna olish, sinov kartasini shakllantirish va protokol tayyorlashgacha bo‘lgan sinov ketma-ketligini optimallashtiruvchi yagona avtomatlashtirilgan platforma taklif etiladi. Metodologiya oldingi tadqiqotlar va texnologik yutuqlarni tahlil qilib, xatolarning kamayishi, jarayonlar tezligining oshishi, xalqaro standartlarga (ASTM, AASHTO, ISO 17025) muvofiqlik hamda bulutli texnologiyalar va LIMS integratsiyasi hisobiga shaffoflikning yaxshilanishi kabi afzalliklarni namoyish etadi. Ishlab chiqilgan tizim hisob-kitoblarni avtomatlashtiradi, huquqiy va texnik izchillikni ta‘minlaydi hamda laboratoriyalar samaradorligini 2-3 barobar oshiradi. Qurilish sohasida shaffoflik va ishonchlilikni yanada oshirish uchun sun‘iy intellektga asoslangan algoritmlar, IoT qurilmalari orqali onlayn monitoring va davlat laboratoriyalari bilan integratsiya kabi kelgusi takomillashtirishlar taklif etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    ENERGİYA İSHLAB CHİQARİSH SAMARADORLİGİNİNG ZARURİY SHARTLARİ.

    M.M.Qaxxarov, N.S.Abduxalilov, A.N.Muradov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqola energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun zaruriy shartlarni o‘rganadi. Unda resurslardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlikni ta‘minlash va energiya xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan strategiyalar muhokama qilinadi. Shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalarining ahamiyati va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola energiya sohasidagi innovatsion yondashuvlar va ularning iqtisodiy va ekologik foydalari haqida keng ma‘lumot beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    МОНИТОРИНГ ПРОЦЕССА АДАПТАЦИИ НОВЫХ СОТРУДНИКОВ: ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ

    Рахимов Дилмурод Марипжанович, Садиров Кылымбек Темирзакович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada korxonada yangi xodimlarning moslashuvini monitoring qilish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Moslashuv davrida yuzaga keladigan asosiy muammolar — muloqotning yetarli emasligi, rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning kamligi va korporativ madaniyatni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Ularni hal qilish yo‘llari, jumladan, tuzilmalashtirilgan moslashuv dasturlarini ishlab chiqish, muntazam qayta aloqa va murabbiylikni joriy etish taklif etiladi. Ishning maqsadi — xodimlar moslashuvi samaradorligini oshirish va kadrlar qo‘nimsizligini qisqartirish.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    РОЛЬ СИСТЕМЫ МОНИТОРИНГА В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЦЕССОВ ПОДБОРА И НАЙМА ПЕРСОНАЛА НА ПРЕДПРИЯТИИ

    Рахимов Дилмурод Марипжанович, Садиров Кылымбек Темирзакович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada korxonada xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish jarayonlarini optimallashtirishda monitoring tizimining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Samarali monitoring nafaqat rekrutingning asosiy ko‘rsatkichlarini kuzatib borish, balki kadrlar tanlovining turli bosqichlaridagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini berishi qayd etilgan. Avtomatlashtirilgan tizimlar va raqamli monitoring vositalarining ishga qabul qilish sifatiga, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirishga hamda xodimlar qoniqishining umumiy darajasini oshirishga ta‘siri tahlil qilinadi. Maqola xulosalari barqaror rivojlanish va raqobat ustunliklariga erishish uchun monitoring tizimini korxonaning kadrlar strategiyasiga integratsiya qilish zarurligini ta‘kidlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ НА ФИНАНСОВУЮ УСТОЙЧИВОСТЬ ПРЕДПРИЯТИЯ

    Рахимов Дилмурод Марипжанович, Мамырбеков Раатбек Мамырбекович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada asosiy vositalar hisobining korxona moliyaviy barqarorligiga ta‘siri tahlil qilinadi. Asosiy vositalarni buxgalteriya balansida aks ettirish usullari va ularning amortizatsiyasi, shuningdek, ularning moliyaviy natijalarga, aktivlar tarkibiga va kompaniyaning uzoq muddatli barqarorligiga ta‘siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda asosiy vositalar hisobining moliyaviy risklarni kamaytirish va korxonaning barqaror rivojlanishini ta‘minlashdagi o‘rni aniqlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОВ УЧЕТА И АМОРТИЗАЦИИ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ НА СОВРЕМЕННОМ ПРЕДПРИЯТИИ

    Рахимов Дилмурод Марипжанович, Мамырбеков Раатбек Мамырбекович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada zamonaviy korxonada asosiy vositalarni hisobga olish va amortizatsiya qilish usullarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Asosiy vositalarni baholashga oid turli yondashuvlar, amortizatsiya turlari va ularning buxgalteriya hisobida qo‘llanilishi tahlil qilingan. Zamonaviy biznes sharoitida hisob jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Amortizatsiya siyosatini optimallashtirish hisobiga korxonaning moddiy aktivlaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ish asosiy vositalar hisobi usullarini takomillashtirish orqali moliyaviy hisobot shaffofligini oshirish va korxonaning moliyaviy barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    ИССЛЕДОВАНИЕ И АНАЛИЗ АВАРИЙНЫХ РЕЖИМОВ РАБОТЫ ВОЗДУШНЫХ ЛИНИЙ ЭЛЕКТРОПЕРЕДАЧИ

    Мурзакулов Н.А, Апсамат кызы Гулиза, Тажибаева Гулзар, Умаров Акжол · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada havo elektr uzatish liniyalari ishdan chiqishining sabablari hamda elektroenergetika infratuzilmasi va texnologiyalari doimiy o‘zgarib turadigan sharoitda ularning ishonchliligini oshirish bo‘yicha tavsiya asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ЭЛЕКТРИЧЕСКИХ СЕТЕЙ КЫРГЫЗСТАНА И РОЛЬ ВОЗОБНОВЛЯЕМЫХ ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ В ЭНЕРГОСЕКТОРЕ КЫРГЫЗСТАНА

    Мурзакулов Н.А, Тажибаева Гулзар, Апсамат кызы Гулиза, Шерикбай у Нуртилек · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada Qirg‘iziston energetika tizimining muammolari va rivojlanish salohiyati hamda ushbu muammoning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar asoslab berilgan. Qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish va olinadigan issiqlik hamda elektr energiyasi tannarxini pasaytirishning katta potensial imkoniyatlari aniqlangan bo‘lib, bu kelajakda energetika va ekologiya muammolarini hal qilishning keng istiqbollarini ta‘minlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    NAMANGAN VILOYATI SHAROITIDA SHAMOL VA MIKROGES ENERGIYASIDAN SAMARALI FOYDALANISH

    Saloydinov Sardorjon Qodirjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada Namangan viloyati, xususan Chortoq tumani sharoitida shamol va mikro gidroelektr stansiyalarining (mikroGES) birgalikdagi ishlashi orqali energiya manbalaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi. Mintaqaning geoiqlimiy sharoitlari, shamol tezligi va suv oqimlarining doimiyligi tahlil qilinib, ularning asosida gibrid elektr stansiyasini tashkil etish imkoniyatlari baholandi. Shuningdek, tizimning ishonchliligi va energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun texnik yechimlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari ushbu hududda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kengroq foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi hamda energiya ta‘minotining barqarorligini ta‘minlashda amaliy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    DESIGN AND OPERATING PRINCIPLE OF A SEMICONDUCTOR SENSOR FOR METHANE AND NATURAL GAS

    Khudoyberdiyeva Sabina Murodjonovna, Eshobilova Mavjuda Ergashboyevna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada metan (CH₄) va tabiiy gazni aniqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan yarimo‘tkazgichli gaz sensorining tuzilishi va ishlash prinsiplari keltirilgan. Sensor qalay oksidi (SnO₂), rux oksidi (ZnO) va volfram oksidi (WO₃) kabi metall oksidli yarimo‘tkazgichlarda o‘tkazuvchanlik modulyatsiyasi prinsipi asosida ishlaydi; ularning elektr qarshiligi sensor sirtida gaz adsorbsiyasiga javoban o‘zgaradi. Sezgir element o‘rnatilgan mikroisitgichga ega planar tuzilmaga integratsiya qilingan bo‘lib, bu sezuvchanlik va selektivlikni optimallashtirish maqsadida haroratni boshqarish imkonini beradi. Metan molekulalari xemosorbsiyalangan kislorod turlari bilan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari orqali aniqlanadi, bu esa qarshilikning o‘lchanadigan o‘zgarishlariga olib keladi. Konstruksiya real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beruvchi signalni shakllantirish sxemalari va ma‘lumot yig‘ish modullarini o‘z ichiga oladi. Sensor metanning past konsentratsiyalariga yuqori sezuvchanlikni, tez javob berish va tiklanish vaqtini hamda o‘zgaruvchan atrof-muhit sharoitlarida barqaror ishlashni namoyish etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    RESPONSE TIME AND RECOVERY TIME OF A SEMICONDUCTOR SENSOR FOR DETECTING METHANE AND NATURAL GAS

    Khodieva Nargiza Djurakulovna, Eshkobilova Mavjuda Ergashboyevna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Gaz sensorlarining javob berish va tiklanish vaqtlari ularning dinamik xatti-harakati haqida tasavvur beradi va eksperimental usullar bilan aniqlanadi. Javob berish vaqti gaz konsentratsiyasining keskin o‘zgarishi ta‘siridan so‘ng sensorning o‘z yakuniy signal qiymatining 90% iga yetishi uchun zarur bo‘lgan davrni bildiradi. U ko‘pincha τ₀₉ yoki τ_response deb belgilanadi. Aksincha, τ₀₁ yoki τ_recovery deb belgilanadigan tiklanish vaqti gaz olib tashlanib, toza havo kiritilgandan keyin sensorning boshlang‘ich bazaviy qiymatining 10% iga qaytishi uchun ketadigan vaqtdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    ИССЛЕДОВАНИЕ УРОВНЯ РАЗВИТИЯ ЭЛЕКТРОЭНЕРГЕТИКИ КЫРГЫЗСТАНА

    Абраманова Саламат, Базарбай уулу Жолдубай, Шерикбай уулу Нуртилек · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish va olinadigan issiqlik hamda elektr energiyasi tannarxini pasaytirishning katta imkoniyatlari aniqlangan, bu esa kelajakda energetika va ekologiya muammolarini hal etishning keng istiqbollarini ta‘minlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish