Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада Ўзбекистон иқлими шароитида бино ва иншоатларни иситишда қуёший нурли-панелли тизимлардан самарали фойдаланиш имкониятлари таҳлил қилинган. Ушбу тизимлар анъанавий энергия манбаларини тежаш, энергия самарадорлигини ошириш ва экологик тоза энергиядан фойдаланишда муҳим аҳамият касб этади. Мақолада қуёш панеллари тизимларининг асосий конструкцияси, ишлаш принциплари ва иқтисодий самарадорлиги кўриб чиқилган. Шунингдек, турли бинолар учун қуёш энергиясини интеграциялашнинг афзалликлари ва қўлланиш имкониятлари таҳлил қилинган
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада мавсумий иссиқлик аккумуляторлари асосида ишлаб чиқилган уйғунлашган қуёш иситиш тизимларининг самарадорлиги таҳлил қилинган. Ушбу тизимлар иссиқликни сақлаш ва энергияни тежашда самарали бўлиб, анъанавий энергия манбаларидан фойдаланишни камайтириш имконини беради. Шунингдек, мақолада қуёш энергиясидан максимал фойдаланиш ва иссиқлик ҳажмини оптимал тарзда тақсимлаш йўналишлари ҳам кўриб чиқилган.
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу ишда иссиқликни қабул қилувчи панеллар (қуёш коллекторлари)нинг конструкторлик хусусиятлари ва иссиқлик аккумуляторига эга фаол қуёш иситиш тизимининг динамик модели илмий-энергетик самарадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинди. Мақсад — биноларнинг динамик иссиқлик хоссаларини тегишли математик модель воситасида аниқлаш, энергия тежаш имкониятларини, шу билан бирга экологик ва иқтисодий фойдаларини кўрсатиш.
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich, Yusupov Dilshodbek Turdaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу ишда иссиқликни қабул қилувчи панеллар (қуёш коллекторлари)нинг конструкторлик хусусиятлари ва иссиқлик аккумуляторига эга фаол қуёш иситиш тизимининг динамик модели илмий-энергетик самарадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинди. Мақсад — биноларнинг динамик иссиқлик хоссаларини тегишли математик модель воситасида аниқлаш, энергия тежаш имкониятларини, шу билан бирга экологик ва иқтисодий фойдаларини кўрсатиш.
Yusupov D.T. · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining chiqishlarini parallel ulash usulidan foydalanilgan. Ushbu usul yordamida ikki yoki undan ortiq energiya manbalarini kombinatsiyalash orqali qurilmaning energiya samaradorligini oshirishga erishilgan. Energiya ta‘minoti uzluksizligi ta‘minlangan.
Yunusov B.X., Mamadiyev B.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada bug‘ turbinasi kondensatorlarida vakuum chuqurligini pasaytiruvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda havo so‘rilishining issiqlik almashinuvi koeffitsiyentiga va kondensatning o‘ta sovishiga ta‘siri Dalton qonuni asosida o‘rganilgan. K-300- 240 turbinasi misolida vakuum yomonlashishi natijasida yuzaga keladigan yoqilg‘i isrofi hisoblab chiqilgan va uni bartaraf etishning texnik yechimlari taklif etilgan.
Yigitaliyev Jaloliddin Adxamjon o‘g‘li, Abdullayev Mahmudjon Muxamedovich, Abdiyev Rasul Ernazar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada taroid o‘zakli yuritmani chiziqli dvigatel o‘ramlari tuzilmasi modellashtiriladi, o‘ram simining optimal elektrik parametrlari hisoblab chiqiladi va dvigatel konstruktsiyasining amaliy ishlash xususiyatlariga ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning alohida qismi sifatida sim diametri 2 mm bo‘lgan o‘tkazgichning kesim maydoni, tok zichligi diapazonlari va ruxsat etilgan tok qiymatlari aniqlanadi hamda standart jadvallar bilan taqqoslanadi. Natijalar dvigatelning barqaror ishlashi, issiqlik boshqaruvi va maksimal elektromagnit kuchni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan optimal parametrlarni tanlash imkonini beradi. Mazkur ish taroid o‘zakli yuritmani loyihalash va ularning elektromagnit modellarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy–amaliy asos yaratadi, shuningdek, yuqori aniqlikdagi mexatronik tizimlarda ularni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Кувондиков Камронбек Одилбек угли · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada raqamli energetika sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ularning afzalliklari va qo‘llanish sohalari ko‘rib chiqiladi. Katta ma‘lumotlar asosida ishlovchi raqamli servislar, masofaviy boshqaruv tizimlari, kengaytirilgan diagnostika vositalari, shuningdek yagona axborot modelining kontseptsiyasi yoritilgan. Bundan tashqari, kiberxavfsizlik masalalari, milliy texnologiyalarni rivojlantirish hamda inson xavfsizligini ta‘minlash jihatlariga alohida e‘tibor qaratiladi.
Roziqov Jurabek Yuldashboy o‘g‘li, Ro‘ziboyev Valijon Umarali o‘g‘li, Kamolova Muhabbat Muhiddin qizi, Ahmedova Shalola Yunusali qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh radiatsiyasi intensivligini uchta keng qo‘llaniladigan “ochiq osmon” modellaridan foydalangan holda – ASHRAE 2001, Hottel (1976) va ASHRAE 2009 – kompleks sonli modellashtirish va tekshirish natijalari taqdim etiladi. Tadqiqotning maqsadi yil davomida ushbu modellar aniqligini baholash bo‘lib, hisob-kitoblar Python va MATLAB dasturlash tillarida amalga oshirilgan. Har bir model yilning kuniga hamda qabul qiluvchi sirtning og‘ish burchagiga bog‘liq holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tarqoq quyosh radiatsiyasi miqdorini hisoblashga tatbiq qilindi. Hisoblangan qiymatlar har bir modelning amaliyligini va cheklovlarini aniqlash maqsadida eksperimental ma‘lumotlar bilan grafik tarzda taqqoslandi. Model aniqligini miqdoriy baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlar hisoblab chiqildi hamda natijalar ASHRAE 2001 modeli sinovdan o‘tkazilgan modellar ichida eng yuqori moslikka ega ekanini ko‘rsatdi. Ushbu tadqiqot quyosh energiyasi tizimlarini loyihalashni optimallashtirish, ma‘lum iqlim sharoitlari uchun model tanlash hamda takrorlanuvchanlikni ta‘minlash maqsadida ochiq manbali Python realizatsiyasini taqdim etadi.
Rajabov Jamoliddin Baxtiyar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu ishda 3-6.2 kW quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini mahalliy elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha texnik va muhandislik yechimlari o‘rganildi. Quyosh energiyasidan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiyalash hamda ekologik barqarorlikni ta‘minlash maqsadida kichik quvvatli fotoelektr tizimlarning ahamiyati ortib bormoqda. Tadqiqot davomida quyosh panellari, invertor, muhofaza vositalari va ulash uskunalari tanlovi, shuningdek, Gibrid FES ni on-grid tizimida ulab ishga tushurish va ortiqcha energiyani elektr tarmoqqa uzatish yo‘llari keltirilgan.
Esanaliyeva N.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Quyosh energiyasi tobora ko‘proq energiya manbai sifatida e‘tirof etilmoqda. Quyosh suv isitgichlari (QSI) energiyani qayta tiklanuvchi manbalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi texnologiyalar qatoriga kiradi. Ushbu maqolada kesikkonussimon absorberli QSI kollektorining eksperimental tadqiqot natijalari, uning foydali ish koeffitsienti (FIK) va issiqlik almashinuv samaradorligi tahlil qilinadi.Quyosh suv isitgich kollektorlarining issiqlik uzatish qobiliyati bir nechta omillarga bog‘liq.
B. X. Yunusov, B.R. Mamadiyev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqola issiqlik elektr stansiyalari (IES) samaradorligini bevosita belgilovchi bug‘ turbinasi kondensatorlarining ish faoliyatini optimallashtirish usullarini tahlil qiladi. Kondensatorning asosiy ko‘rsatkichlari — vakuum darajasi va issiqlik uzatish koeffitsiyentiga salbiy ta‘sir qiluvchi omillar (ifloslanish, havo so‘rilishi ) o‘rganilgan. Amaliy tavsiyalar yetakchi xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari hamda o‘zimizning ilmiy izlanishlarimiz asosida berilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, kompleks yondashuv orqali stansiyaning umumiy issiqlik samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin.
Юсупов Д.Т., Мирзалиев У.И. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Qayta tiklanadigan energiya manbalarining (QTEM) ulushi ortib borayotgani va O‘zbekiston elektr tarmo‘ida boshqaruv quvvatining yetishmasligi bilan gidroakkumulyatsiyalash elektr stansiyasi (GAES) elektr ta‘minotining ishonchliligi va barqarorligini oshirish uchun strategik yechim hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning qurg‘oqchil sharoitlarida GAESlarni joriy etishning texnik, iqtisodiy, ekologik va geografik shart-sharoitlarini baholashdir. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 400-800 MVt quvvatga ega, samaradorlik 72-85% va xizmat muddati 80 yilgacha bo‘lgan GAESlar minimal saqlash xarajatlarini (0,05-0,13 AQSh dollari/kVt/soat) tashkil qiladi, 2035-yilga kelib CO₂ chiqindilarini 12 million tonnagacha kamaytiradi va yiliga 1,6 milliard kub metrgacha tabiiy gazni tejaydi. GAESlarning past uglerodli o‘tishga va O‘zbekiston energetika xavfsizligini oshirishning asosiy elementi sifatida milliy energetika strategiyasiga kiritish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Bug‘lanish, seysmik xavflar va suv tanqisligini hisobga olgan holda GAES samaradorligini hisoblashning moslashtirilgan modeli taklif etildi.
Yigitaliyev Jaloliddin Adxamjon o‘g‘li, Abdullayev Mahmudjon Muxamedovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada ko‘p chiqishli magnetoelektrli chiziqli qadamli dvigatelning (KChMChQD) nazariy asoslari, tuzilishi va ishlash prinsiplari o‘rganilgan. Dvigatelning elektromagnit jarayonlari differensial tenglamalar yordamida tahlil qilingan. MATLAB/Simulink va ANSYS Maxwell dasturlari yordamida o‘tkazilgan simulyatsiya natijalari, shuningdek, eksperimental tekshiruvlar natijalari taqdim etilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, KChMChQD yuqori aniqlik, barqarorlik va samaradorlikka ega bo‘lib, uni zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar, robototexnika va aniq mexanika sohalarida keng qo‘llash imkoniyati mavjud.
Turaxanov Sherzod Shadiyarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTM) ulanishi sharoitida yuklamani bashoratlash va elektr texnikasi qurilmalarini optimallashtirish uchun ikki pog‘onali integratsiyalashgan yondashuv taklif etiladi. Birinchi pog‘onada SCADA/AMI ma‘lumotlari, ob-havo hamda kalendar ko‘rsatkichlari asosida gibrid LSTM–Transformer modeli yordamida kun- / oldi va yaqin real vaqt yuklama prognozi olinadi. Ikkinchi pog‘onada prognoz noaniqligini inobatga oluvchi MILP asosidagi ko‘p-maqsadli optimallashtirish va modelga asoslangan prediktiv boshqaruv (MPC) orqali kompensatorlar, kuchlanish regulyatorlari/OLTC, invertorlar (PQ-dispatch), talabga javob (DR) signallari hamda saqlash tizimlari ish rejimlari muvofiqlashtiriladi. Simulyatsiya natijalari tarmoqdagi texnik yo‘qotishlarni va kuchlanish cheklovi buzilishlarini kamaytirish, RES curtailmentini qisqartirish, transformator yuklanishini pasaytirish hamda ekspluatatsion xarajatlarni optimallashtirish imkonini ko‘rsatadi. Taklif etilgan usul aqlli tarmoq (smart-grid) muhitida bashorat–boshqaruv bog‘liqligini yagona yechimga birlashtirib, tarmoq barqarorligi va energiya samaradorligini oshiradi.
Sherzod Qorabayev, Xusanxon Bobojanov, Jahongir Soloxiddinov, Sherzod Djurayev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu tadqiqot trikotaj matolaridagi nuqsonlarni aniqlash uchun Konvolyutsion Neyron Tarmoqlari (CNN), Qo‘llab-quvvatlovchi Mashina (SVM) va Random Forest algoritmlarining samaradorligini solishtirmalı tahli qilishga bag‘ishlangan. 5000 ta tasvirdan iborat ma‘lumotlar to‘plamida o‘tkazilgan eksperimentlar natijasida CNN modeli 96.8% aniqlik, SVM 89.3% va Random Forest 91.2% natijalarni ko‘rsatgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, yuqori aniqlik talab qilingan vaziyatlarda CNN, hisoblash resurslari cheklangan bo‘lganda esa Random Forest afzalroq hisoblanadi. Ushbu natijalar trikotaj sanoati uchun avtomatlashtirilgan sifat nazorati tizimlarini loyihalashda amaliy ahamiyatga ega.
Mashhura Xayitbayeva Shavkat qizi, Shahzod Safarov Shavkat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiyalardan manbalaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik doirasida tashkil etilgan o‘quv markazlarining roli va ularning ta‘siri tahlil etilgan. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Germaniya energetika agentligi (DENA) bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Energiya menejeri", “Binolarning energiya samaradorlik” va “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish” o‘quv kurslari orqali mutaxassislarning malakasini oshirish tizimi yoritilgan. Shuningdek, energiya menejmenti, energiya auditi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarining milliy iqtisodiyotga ta‘siri muhokama qilingan. Mavjud muammolar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Юнусов Б. Х., Дадабаев К. К. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu ilmiy maqolada issiqlik elektr stansiyasi gradirnyasida aylanma texnik suv yo‘qotilishini kamaytirish va issiqlik jarayonlarini tadqiq etishga mo‘ljallangan eksperimental qurilmaning gidrodinamik va issiqlik hisob-kitoblari ko‘rib chiqilgan. Qurilmaning konstruktiv tuzilishi, optimal geometrik o‘lchamlari va ish prinsiplari bayon etilgan. Ventilyatorli gradirnya eksperimental modulida suv sarfi va yo‘qotishlari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Suyuqlikning qo‘shimcha issiqlik almashinish moslamasi orqali kondensatsiyalanishini hisoblash natijalari hamda issiqlik almashinish moslamasining gradirnya samaradorligiga ta‘siri ko‘rsatilgan.
Ne‘matov I.L, Xayriddinov B.E, Umarova S.U · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada kombinatsiyalashtirilgan quyosh va yer osti issiqlik energiyalarini akkumulyatsiyalash jarayonlaridan samarali foydalanib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish texnologik jarayonlari xususan issiqlik akkumulyatorli hajmli havo qizdirish kollektorida qovun qirqimlarini va uryukni kuraga massasini nam saqlash miqdorini kinetikasi, quritish intensivligini sifatli quritilgan mahsulot tayyorlashdagi issiqlik almashinuv namlik jarayonidagi diffuzion bug‘lanish xarakteristikasini analiz qilish metodikasi ishlab chiqilgan.
Kayumov Abdubaki Djalilov, Ro‘ziyev Islom Ismoil o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
O‘zbekiston Respublikasining qumli gruntlar tarqalgan xududlarida bino va inshootlar qurilishida ulardan asos sifatida foydalanish davrida kuch ta‘siri ostida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali holatlarni prognoz qilish va ularni oqibatlarini kamaytirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun quyidagi maqolqda qumli gruntlarga tebranma kuch ta‘sir qilganda qarshiligini o‘zgarishi tahlil qilingan.