Maqola
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
2 404 natija
Maqola
2 404 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AYRIM TAQLID SO‘Z TURKUMIGA OID SO‘ZLAR BILAN ISHLASH
Ergashova Mehriniso Husniddin qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonida o‘rgatiladigan taqlid so‘z turkumiga oid ayrim so‘zlar ustida ishlash metodikasi bo‘yicha fikr va qarashlar o‘z ifodasini topgan. Ushbu maqola nazariy tushuncha va tavsiflar berish bilan birgalikda ayrim didaktik o‘yinlarning amalda qo‘llanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘zida aks ettirganligi bilan dolzarbdir.
- Ochiq kirishMaqola
PANDEMIYA DAVRIDA MOBIL SOG‘LIQNI SAQLASH VA FITNES DASTURLARI (PROGRAM)
Azamat Orunbayev · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu tadqiqotda koronavirus pandemiyasi paytida ishlatilgan mobil sog‘liqni saqlash va fitnes dasturlari qanday maqsadlarda xizmat qilganligi o‘rganildi. Hozirgi vaqtda barcha mamlakatlar 2019 yil dekabr oyida Xitoy Xalq Respublikasida tanaga, ayniqsa o‘pka kasalliklariga jiddiy zarar yetkazgan yangi koronavirus (Covid-2019) epidemiyasi bilan kurashmoqda. 2020 yil boshidan beri pandemiya butun dunyoda o‘zini tutishning yangi usullari va turli xil yashash sharoitlarini ochib berdi. Pandemiya boshlanganidan beri turli sohalarda bo‘lgani kabi, sport tashkilotlari ham qoldirildi yoki bekor qilindi. Ushbu davrdagi pandemiyaning eng muhim ta‘sirlaridan biri shundaki, u ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda bo‘lgani kabi sport maydonini (programmalashtirishga, raqamlashtirishga) majbur qildi.
- Ochiq kirishMaqola
YANGIARIQ KULOLCHILIK MARKAZI
Masharib Abdullayev, Xurmatbek Aminov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada Xorazm kulolchilik maktabining asosiy markazlaridan biri – Kattabog‘ kulolchilik markazining bugungi holati, an‘nanalarning davomiyligi, yangi markazning tashkil etilishi, sayyohlik markaziga aylanishi, aholining ish bilan ta‘minlanishi kabi masalalar bayon etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ОЦЕНКА ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ АЛЛЕЯ ОСВЕЩЕНИЯ
Рахимов Дилмурод Марипжанович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Bog‘ yoritilishining hisob-kitobi amalga oshirilgan va qiyosiy iqtisodiy samara aniqlangan.
- Ochiq kirishMaqola
ОЦЕНКА ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ ГЕЛИОУСТАНОВОК В ГОРНЫХ УСЛОВИЯХ
Рахимов Дилмурод Марипжанович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tog‘ mintaqasi omillari ularning gelioqurilmalar ekspluatatsion tavsiflariga ta‘siri bo‘yicha tahlil qilingan va tasniflangan. Tog‘ mintaqasi omillari ta‘siri xususiyatlariga bog‘liq holda gelioqurilmalarning tog‘ va oddiy sharoitlardagi iqtisodiy samaradorliklari nisbatini baholash uchun matematik model olingan.
- Ochiq kirishMaqola
QURILISH MATERIALLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Turg‘unboyeva Madina Adxamboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Qurilishning rivojlanish tarixi butun insoniyat paydo bo‘lishining boshlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Insoniyat tsivilizatsiyasi o‘zining butun hayoti davomida kundalik hayoti va yashash joyi uchun eng sifatli va qulay sharoitlarni yaratish uchun tinimsiz mehnat qildi va mustaqillik yaratish va atrof-muhitdan himoya qilish muammosini hal qildi
- Ochiq kirishMaqola
QURUQ QURILISH QORISHMALARI TARAQQIYOTI
Turg‘unboyeva Madina Adxamboy qizi, Axmedov Islombek · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada qurilish qorishmasiga oid masalalar, bog‘lovchi moddalar, to‘ldiruvchilar, qurilish qorishmalari, beton va temir-beton texnologiyasi haqidagi ilmning rivojlanishi, qurilish qorishmalarining O‘zbekiston va chet ellarda turli sohada qo‘llash, qurilish industriyasining rivojlanishi bugungi kunda qurilishda qurilish qorishmalarining yangi tarkiblarini yaratishni, hozirgi kundagi holatini o‘zlashtirish, qurilish qorishma xususiyatlariga ta‘sir etuvchi omillar, qurilish qorishmalarni va beton va temirbeton ishlab chiqarish texnologiyasi haqida ma‘lumot va qo‘yiladigan talablari jarayonning o‘ziga xos tomonlari va mohiyati keltirib o‘tilgan
- Ochiq kirishMaqola
GENLAR POLIMORFIZMINI MA‘LUMOTLAR BAZASI ASOSIDA META-TAHLILI SACCHAROMYCES CEREVISIAE S288C SHTAMMINING MISOLIDA
Axmadjonova Gulshoda Adixamjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Immunoferment tahlili tibbiy va biologik tadqiqotlar uchun qulay, tejamkor va iqtisodiy samarali usul hisoblanadi. Ayni vaqtda jahon aholisining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan ayrim kasalliklarni tez va aniq tashxislashda bir qator muammolarga duch kelmoqdamiz. IFT ni tashkil etishda arzon va samarali konyugatlarni yaratish dolzarb hisoblanadi. Shu jumladan konyugatlarni olish uchun zamburug‘ S. cerevisiae fermetlarining tahlili keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ҚИЗИЛЎНГАЧ ДЕВОРИ ИНТРАМУРАЛ НЕРВ ТУЗИЛМАЛАРИ ҲАҚИДА БАЪЗИ МАЪЛУМОТЛАР
Hamrayev Akbar Xayrulloyevich, Boboyev Asqar Ibodullayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ички аъзоларнинг маҳаллий бошқарувчи тузилмалари (интрамураль нерв аппарати, диффуз эндокрин аппарати ва лимфоид аппарати) улар фаолиятининг бошқарилишида, ҳазм найи қисмларининг функцианал мутаносиблигини ва ўзаро алоқаларини ва уларнинг қўшни аъзолари билан алоқасини (висцеро-висцерал муносабатлар) таъминлашда, шунингдек улар учун хос бўлган махсус вазифаларини амалга оширишда мухим роль ўйнайди. Бу нуқтаи назардан олиб қаралганда бу функцианал муносабатларнинг морфологик асосини ўрганиш мухим аҳамиятга эга. Шу сабабли ички аъзолар интрамураль нерв ва эндокрин аппаратининг морфологияси (айниқса ҳазм системаси аъзоларининг) жуда яхши ўрганилган (Ҳ. Х. Бойкузиев 1998, Т. Д. Дехконов 2002, Э. У. Хусанов 2002 Ф. С.Орипов 2012, ва бошқалар). Шунингдек ички аъзоларнинг диффуз эндокрин аппаратининг морфологиясига бағишланган илмий тадқиқотлар ҳам анчагина.
- Ochiq kirishMaqola
СТРУКТУРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ КИШЕЧНИКА ПРИ ВИРУСНЫХ ДИАРЕЙ
Эшкобилова Сурайё Тураевна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Virusli diareyalar - intoksikatsiya alomatlari bilan namoyon bo‘ladigan, asosan oshqozon-ichak traktining yuqori bo‘limlari zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasalliklar guruhi. Statistikaga ko‘ra, yuqumli diareya tarqalganligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab, faqat nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishlaridan keyin turadi. O‘tkir ichak infeksiyasining qo‘zg‘atuvchilari bakteriyalar, viruslar, parazitlar va sodda jonivorlar bo‘lishi mumkin. Ammo o‘tkir diareya holatlarining yarmidan ko‘pi virusli infeksiya bilan, kamroq (20-25% da) bakterial infeksiya bilan bog‘liq. Virusli diareya - oshqozon-ichak trakti epiteliysiga tropik viruslar keltirib chiqaradigan o‘tkir xarakterdagi kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasining o‘rtacha darajasi hamda hazm qilish va nafas olish traktlarining zararlanishi bilan ajralib turadi.
- Ochiq kirishMaqola
БИРИКТИРУВЧИ ТЎҚИМА ДИСПЛАЗИЯСИ ФОНИДА ОШҚОЗОН-ИЧАК ТРАКТИ ЮҚОРИ ҚИСМИ ПАТОЛОГИЯСИ МАВЖУД БЕМОРЛАРДА КАСАЛЛИК КЛИНИК КЕЧИШИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Shodikulova G.Z., Mirzayev O.V., Gulomov J.I., Xasanov O.G. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Гастроэнтерологиянинг асосий муаммолардан бири бу ошқозон-ичак трактининг юқори қисми сурункали касалликлари бўлиб, улар узоқ муддат кечадиган ва такрорланадиган умумпатологик жараёнлардан бири ҳисобланади. Бириктирувчи тўқима дисплазияси (БТД) - орган ёки тизим кучининг сустлашиши ёки пасайишига қараб вужудга келади. Ушбу синдром кўплаб омилларга асосланиб, турли сурункали касалликлар туфайли шаклланади ва уларнинг кечишига таъсир кўрсатади. Атроф-муҳит деградацияси, метаболик касалликлар ва асаб касаликклари (стресслар) асосий омиллардан бири ҳисобланади [3,4,8]. Барча органлар ва тизимлар асосан бириктирувчи тўқимадан ташкил топган ва организмда бир қатор муҳим вазифаларни бажаради. Беморларда бириктирувчи тўқима патологияси клиник белгилари турлича булиб, тизимли зарарланиши ҳар хил йўллар билан намоён бўлади [2,6]
- Ochiq kirishMaqola
КЛИНИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФИБРИЛЛЯЦИЙ ПРЕДСЕРДИЙ ПРИ ИНФАРКТЕ МИОКАРДА РАЗЛИЧНОЙ ЛОКАЛИЗАЦИИ В УСЛОВИЯХ ЭКСТРЕННОЙ МЕДИЦИНСКОЙ ПОМОЩИ
Хасанжанова Фарида Одыловна, Таджиев Турсунпулат Исмоилжон угли · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ishda chap qorincha sistolik funksiyasi sezilarli pasaymagan holda o‘tkir miokard infarkti (O‘MI) fonida bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (BF) bo‘lgan bemorlarda uning rivojlanish mexanizmlari aniqlashtirilgan va sinus ritmi tiklangandan keyin chap bo‘lmacha funksiyasi baholangan. Tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shoshilinch tartibda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat filialidagi OKS va kardioreanimatsiya bo‘limiga yetkazilgan O‘MI bilan og‘rigan 52 nafar bemor tekshirildi. Infarkt zonasining joylashuviga qarab barcha bemorlar 2 guruhga bo‘lindi. 1-guruhga pastki joylashuvli O‘MI bilan 29 nafar bemor, 2-guruhga oldingi joylashuvli O‘MI bilan 23 nafar bemor kiritildi. BF oldingi joylashuvli O‘MI da kamroq qulay kechadi. Bemorlarning ushbu toifasida xurujlar gemodinamika buzilishlari bilan kechadi, sinus ritmi tiklangandan keyin esa ko‘pchiligida chap bo‘lmachaning mexanik funksiyasi barqaror ravishda buziladi, bu tromboembolik asoratlar xavfining ortishi bilan bog‘liq.
- Ochiq kirishMaqola
ФАКТОРЫ, НЕБЛАГОПРИЯТНО ВЛИЯЮЩИЕ НА КАРДИОВАСКУЛЯРНЫЕ ОСЛОЖНЕНИЯ У БОЛЬНЫХ В МОЛОДОМ ВОЗРАСТЕ С ОКС С ПОДЪЕМОМ СЕГМЕНТА ST НА ФОНЕ ТРОМБОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРАПИИ
Хасанжанова Фарида Одыловна, Абдуллоева Мафтуна Дилшодовна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ishda trombolitik terapiya (TLT) fonida yosh bemorlarda ST segmenti ko‘tarilgan o‘tkir koronar sindromda (ST ko‘tarilgan OKS) xavf omillarining yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish xavfiga ta‘siri o‘rganilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shoshilinch tartibda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat filialidagi OKS va kardioreanimatsiya bo‘limiga yetkazilgan ST ko‘tarilgan OKS bilan og‘rigan 114 nafar bemor tekshirildi. Bemorlar 2 guruhga bo‘lindi: 1-guruh - streptokinaza 1,5 mln. XB bilan TLT olgan 66 nafar bemor, 2-guruh - an‘anaviy terapiya olgan 48 nafar bemor. Giperxolesterinemiya, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha og‘irlashgan irsiyat, turli aritmiyalar va yurak nuqsonlari, arterial gipertenziya qo‘llanilgan trombolitik preparatdan qat‘i nazar bashoratni yomonlashtiruvchi prediktorlar hisoblanadi. Qandli diabet va gipertoniya kasalligi bilan birga kechuvchi ST ko‘tarilgan OKS bilan og‘rigan yosh bemorlarda holat o‘tkazilayotgan trombolitik terapiyadan qat‘i nazar og‘irlashadi, bu esa yana bir bor ushbu guruh shaxslarida yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish xavfi yuqoriligidan dalolat beradi.
- Ochiq kirishMaqola
ЛЕЧЕБНЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ ЛАПАРОСКОПИИ ПРИ ЗАКРЫТОЙ ТРАВМЕ ПЕЧЕНИ
Умедов Хушвакт Алишерович, Раджабов Фируз Гиёсиддинович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Jigarning yopiq jarohati bo‘lgan 13 nafar jabrlanuvchini laparoskopik davolash tajribasi keltirilgan: 2015-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan davrda 11 nafar erkak va 2 nafar ayol. Laparoskopiya gemodinamikasi barqaror bo‘lgan va UTT ma‘lumotlariga ko‘ra gemoperitoneum hajmi 500 ml dan oshmagan bemorlarda yoki jarohat muddati 12 soatdan oshganda har qanday hajmda qo‘llanildi. 10 holatda shikastlanishlar laparoskopik yo‘l bilan tuzatildi: jigar yorilishlarini koagulyatsiya qilish - 7 tada, qorin bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish va drenajlash - 3 tada. 13 holatdan 3 tasida kirish yo‘li konversiyasi bajarildi. Operatsiyadan keyingi davrda 2 (15,4%) ta asorat qayd etildi. Bironta ham e‘tibordan chetda qolgan shikastlanish bo‘lmadi. O‘lim 1 (7,7%) kuzatuvda ro‘y berdi. Bemorlarning statsionarda bo‘lish davomiyligi 24,4 (5—105) sutkani tashkil etdi.
- Ochiq kirishMaqola
ЛЕЧЕНИЕ ПОЛИОРГАННОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТИ У БОЛЬНЫХ ТЕРМИЧЕСКОЙ ТРАВМОЙ
Умедов Хушвакт Алишерович, Муродова Раиля Рустамовна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Kuyish jarohati jiddiy tibbiy va iqtisodiy muammo bo‘lib qolmoqda. Kuyish kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda asoratlar chastotasi va o‘lim ko‘rsatkichi yuqori. Maqolada termik jarohat olgan jabrlanuvchilarda kuyish shoki va ko‘p a‘zoli yetishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash hamda davolash masalalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, patogenezning ayrim jihatlari yoritilgan, yuqori texnologiyali usullar ko‘rib chiqilgan.
- Ochiq kirishMaqola
СОВРЕМЕННОЙ МЕТОДЫ ОСОБЕННОСТИ ДООПЕРАЦИОННОЙ ДИАГНОСТИКИ ТОКСИЧЕСКИХ ФОРМ ЗОБА
Тухтаев Джамшид Кодиркулович, Туракулов Джамшид Талантович, Кушаров Шодибек Абдурасулович, Хамидуллаев Сардор · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tadqiqot asosiga zobning toksik shakllari bilan og‘rigan 112 nafar bemorni tekshirish natijalari kiritilgan. Zobning toksik shakllarini kompleks operatsiya oldi tashxislash usullari qalqonsimon bezning o‘lchamlari, topografiyasi, exotuzilishi va unda aniqlanadigan patologik hosilalar to‘g‘risida noinvaziv tarzda ma‘lumot olish, shuningdek regionar limfa oqimi zonalari holatini o‘rganish imkonini beruvchi UTT va KT ni o‘z ichiga olishi lozim. Radionuklid skanerlash qalqonsimon bezning avtonom tugunlarida, toksik zobning qaytalanishida, qalqonsimon bezning atipik joylashuvida ko‘rsatilgan. Qalqonsimon bez funksiyasini gormonal tekshirish TTG, T3, T4, tireoid bog‘lovchi globulin konsentratsiyasi va tireoglobulinga qarshi antitanalar titrini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
- Ochiq kirishMaqola
ҚИЗИЛЎНГАЧ ПАСТКИ (ДИСТАЛ) ҚИСМИ АРТЕРИЯ, ВЕНА ВА ЛИМФА ТОМИРЛАРИНИНГ АРХИТЕКТОНИКАСИГА ВА УЛАРНИНГ ЖИГАР ЦИРРОЗИ ВА ПОРТАЛ ГИПЕРТЕНЗИЯ ШАРОИТИДАГИ ЎЗГАРИШИГА БАҒИШЛАНГАН МАЪЛУМОТЛАР
Oripov Firdavs Sur‘atovich, Boboyev Asqar Ibodullayevich, Hamrayev Akbar Xayrulloyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Илмий адабиётларда жигар циррози ва портал гипертензия шароитида қизилўнгач дистал кисмининг варикоз кенгайган веналаридан қон кетишига бағишланган клиник, экспериментал ва патологик маьлумотлар арсенали жуда катта. Бу мақолада кизилўнгач дистал қисми кон ва лимфа томирларининг морфолгияси, ахитектоникаси ва унинг веналарининг жигар циррози ва портал гипериензия шароитидаги варикоз ўзгаришлари хақидаги замонавий адабиётларнинг шархи ва таҳлили келтирилган. Шунингдек бу шархда қизилўнгач қон томирларининг иннервациясига оид адабиётлар таҳлили хам ўрин олган.
- Ochiq kirishMaqola
ГИСТОЛОГИЧЕСКИЕ МОДЕЛИ АНТИГЕННОЙ ДИФФЕРЕНЦИРОВКИ ЛИМФОИДНЫХ СТРУКТУР ТОНКОЙ КИШКИ В ПОСТНАТАЛЬНОМ ОНТОГЕНЕЗЕ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ)
Мирзаева Сарвиноз Содиковна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi vaqtda nazariy va klinik immunologiya sohasidagi tadqiqotlar sezilarli taraqqiyotga erishdi. Ushbu ilmiy yo‘nalishlarning jadal rivojlanishi va ularning amaliy tibbiyotda joriy etilishi munosabati bilan turli a‘zolar va tizimlarning umuman tuzilish-funksional xususiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tushunarlidir [13]. So‘nggi yillarda paydo bo‘lgan ko‘plab nashrlar immun tizimining markaziy va periferik a‘zolari morfofiziologiyasining turli jihatlarini aks ettiradi. Ilmiy yutuqlarning sezilarli qismi amaliyot tomonidan talab etilmoqda va limfoid a‘zolarning immunomorfologiyasi hamda ultratuzilishini me‘yorda, tajribada va patologiyada o‘rganish ishlarida amalga oshirilgan [12]. Erishilgan yutuqlar immun tizimining me‘yorda, patologiyada, shuningdek hozirgi kunda keng tarqalgan birlamchi va ikkilamchi immunotanqislik holatlaridagi individual xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. So‘nggi yillarda olingan ilmiy ma‘lumotlar immunitetning hujayraviy asoslarini, immunologik tanib olish mexanizmlarini va immun javob shakllanishida hujayralararo o‘zaro ta‘sirlar xarakterini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
APUD СИСТЕМА: СТЕПЕНЬ ИЗУЧАННОСТИ И РЕШЕНИЕ ПРОБЛЕМЫ
Курбонов Хуршед Рахматуллоевич, Дехканова Нилуфар Ташпулатовна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ilmiy maqola APUD tizimining turli jihatlari, jumladan uning faoliyati molekulyar mexanizmlari va turli kasalliklar patogenezidagi o‘zaro bog‘liqligi sharhi hamda tahlilidan iborat. Shuningdek, unda keyingi tadqiqotlar istiqbollari va biologik faol moddalarning potensial klinik qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishMaqola
РОЛЬ НЕЙРОИММУНОЭНДОКРИННОЙ СИСТЕМЫ В ПРОЦЕССЕ ИМПЛАНТАЦИИ
Джуракулов Бунёд Искандарович, Бойкузиев Хайитбой Худойбердиев · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada implantatsiya jarayonining neyroimmunoendokrin boshqarilishiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlil qilinadi va muammoning o‘rganilmagan jihatlari muhokama etiladi. Implantatsiya jarayonida organizmdagi uchta muhim omil katta ahamiyatga ega: endometriyning qabul qiluvchanligi, blastotsistaning hayotchanligi hamda ona to‘qimasi va homilaning mosligi. Ayol organizmi reproduktiv faoliyatining neyroimmunoendokrin boshqarilishi molekulyar mexanizmlarini tahlil qilish shifokorlarga embrionlarning normal rivojlanishi, homiladorlik va tug‘ruqni, shuningdek turli patologik jarayonlarni tashxislash, davolash va ularning oldini olishni tushunishga yordam beradi.