Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

YANGIARIQ KULOLCHILIK MARKAZI

Masharib Abdullayev1, Xurmatbek Aminov22023

  1. 1O‘zR FA San‘atshunoslik instituti doktoranti,
  2. 2Xorazm Ma‘mun akademiyasi tadqiqotchisi

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 7Sahifa 33–36

Annotatsiya

Maqolada Xorazm kulolchilik maktabining asosiy markazlaridan biri – Kattabog‘ kulolchilik markazining bugungi holati, an‘nanalarning davomiyligi, yangi markazning tashkil etilishi, sayyohlik markaziga aylanishi, aholining ish bilan ta‘minlanishi kabi masalalar bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaГОНЧАРНЫЙ ЦЕНТР ЯНГИАРЫК

В статье изложены такие вопросы, как современное состояние гончарного центра Каттабог — одного из основных центров хорезмской школы гончарства, преемственность традиций, создание нового центра, его превращение в туристический центр, обеспечение населения работой.

inglizchaYANGIARIQ POTTERY CENTER

The article sets out such questions as the present-day state of the Kattabog pottery centre, one of the main centres of the Khorezm school of pottery, the continuity of traditions, the establishment of a new centre, its transformation into a tourism centre and the provision of employment for the population.

Kalit so‘zlar

  • Xorazm kulolchiligi
  • Kattabog‘
  • Yangiariq kulolchilik markazi
  • sayyohlik
  • sulola
  • an‘analar
  • ishqor
  • S.Otajonov
  • O.Rahimov

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

YANGIARIQ KULOLCHILIK MARKAZI Masharib Abdullayev O‘zR FA San’atshunoslik instituti doktoranti, Xurmatbek Aminov Xorazm Ma’mun akademiyasi tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8238846 Annotatsiya. Maqolada Xorazm kulolchilik maktabining asosiy markazlaridan biri – Kattabog‘kulolchilik markazining bugungi holati, an’nanalarning davomiyligi, yangi markazning tashkil etilishi, sayyohlik markaziga aylanishi, aholining ish bilan ta’minlanishi kabi masalalar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Xorazm kulolchiligi, Kattabog‘, Yangiariq kulolchilik markazi, sayyohlik, sulola, an’analar, ishqor, S.Otajonov, O.Rahimov. ЯНГАРИКСКИЙ ГОНЧАРНЫЙ ЦЕНТР Аннотация. В статье описывается современное состояние одного из основных центров Хорезмской гончарной школы – гончарного центра Каттабаг, преемственность традиций, создание нового центра, превращение его в туристический центр, занятость населения. Ключевые слова: Хорезмская керамика, Каттабаг, Янгарикский гончарный центр, туризм, династия, традиции, щелочь, С.Отажонов, О.Рахимов. YANGIARYK POTTERY CENTER Abstract. The article describes the current state of one of the main centres of the Khorezm pottery school – the Kattabag pottery center, the continuity of traditions, the creation of a new center, its transformation into a tourist center, employment of the population. Keywords: Khorezm ceramics, Kattabag, Yangaryk pottery center, tourism, dynasty, traditions, alkali, S.Otazhonov, O.Rakhimov.

KIRISH Xorazm kulolchilik maktabi o‘zining moviy rangi, mayda o‘simliksimon naqshlari, sirli koshinlari va keng tarqalgan o‘ziga xos idish – bodiyasi bilan boshqa kulolchilik maktablaridan ajralib turadi. Xorazmda kulolchilikning Xiva, Madir va Kattabog‘markazlari shakllangan. TADQIQOT USULLARI Maqolada tarixiylik, xolislik, qiyoslash usullaridan foydalanildi. Turli adabiyotlar bilan birga bevosita ustalarning ish usti suhbatlari maqolaga manbaviy asos bo‘lib xizmat qildi. NATIJALAR Xorazm kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an’analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o‘ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlar sodda bo‘lsa-da, uning ko‘rinishi, qismlarning saqlanishi, naqshlarning badiiy joylashishi shakli, mazmunining birligi Xorazm kulollarini jahonga tanitib kelgan. XVI asrda mustaqil Xiva xonligi tashkil topgandan keyin Xorazmning ko‘pgina shaharlarida kulolchilik markazlari vujudga keldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazmda kulolchilik yanada taraqqiy etdi va Xiva, Urganch, Madir, Kattabog‘kabi kulolchilik maktablari paydo bo‘ldi hamda sopol buyumlarni sirlab bezashning o‘ziga xos uslublari vujudga keldi [3, 12- b.]. Bu davrda “... 26 ta ustaxonada 200 dan ortiq kulollar ishlaganlar. Jumladan Quramboy kulol, Do‘schon kulol, Avazmat kulol, Matyoqub kulol, Otajon kulol va boshqalar” [10, 11-b.]. “Rishton

kulolchiligiga o‘z xususiyatlari jihatidan Xiva va Xonqa kulolchiligi yaqin turadi. Bu rayonlarda tagi chuqurroq sopol buyumlardan bodiya va chanoq idishlari keng tarqalgan” [7, 19-b.]. Xiva “Ichon qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi fondida 927 dona sopol buyumlar saqlanmoqda (arxeolgik topilmalardan tashqari) [12]. Muzey eksponatlari ichida piyola, kosa, lagan, bodiya, ko‘za, xum, koshinlar va turli o‘yinchoqlar saqlanadi. Muzeyda saqlanayotgan va namoyish etilayotgan buyumlarni davriy jihatdan shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin: – Antik davr buyumlari (areologik qazishlar chog‘ida Xorazm viloyati hududidan topilgan minglagan sopol buyumlar); – O‘rta asrlar buyumlari (asosan XIX – XX asr boshlari); – 1924-yildan keyin yasalgan buyumlar (ko‘pchiligi Madir va Kattabog‘maktablari hamda Xiva keramika zavodi mahsulotlari). Kulolchilikda loydan bodiya, piyola, lagan, tovoq, ko‘za, chanoq (kosa), tog‘ora, xum, tandir va har xil o‘yinchoqlar, qurilish materiallari tayyorlanadi. Xorazm kulolchiligi rang-barang, texnologiyasi ancha murakkab. Madirlik kulollar to‘y tavoq, bodiya, chanoq bodiya, kosa, ibrik, oftoba, ko‘za, xum, gupi (kuv), toshchiroq (chiroqdon) kabi mahsulotlar tayyorlaganlar” [2, 98.]. Kulolchilikda maishiy buyumlarni yasalishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin. Yotiq va tik idishlar. Yotiq idishlarga, bodiya, tavoq, chanoq, lagan, piyola va boshqalar kiradi. Tik usulda yasaladigan buyumlarga ibriq, shakasha, ko‘za, gupi, digir va boshqalar [12]. Bodiya - Xorazm kulolchiligida eng keng tarqalgan buyum hisoblanadi. Turli tadqiqotchilar bodiye shaklida ham ishlatganlar, biz ko‘p qo‘llanilgani bois bodiya deb ishlatdik. Bodiyalar hajm jihatidan 3 xil: katta, o‘rta va kichik hajmda ishlanadi. Kattasi ulli bodiya, o‘rtachasi bodiya, kichigi chanoq bodiya deb yuritiladi. Bodiyalar o‘ziga xos shaklda bo‘lib, yoyiq idish (tovoq, lagan) va chuqur idish (chanoq, kosa)ni o‘zida mujassamlashtirgan. Ulli bodiyalar hajmi pastki qismi diametri 13-18 sm, yuqori qismi 35-42 sm va chuqurligi 15-18 sm bo‘ladi. O‘rta bodiyalar hajmi pastki qismi diametri 10-12 sm, yuqori qismi 28-34 sm va chuqurligi 10-14 sm bo‘ladi. Chanoq bodiyalar bola chanoq (ya’ni, bolalar idishi) deb ham yuritiladi, hajmi pastki qismi diametri 8 sm, yuqori qismi 22-26 sm va chuqurligi 8-10 sm bo‘ladi. Chanoq (kosa) - qadimiy va keng tarqalgan kulolchilik buyumlaridan biri. Chanoqlar chuqur idish bo‘lib, suyuq ovqatlar uchun mo‘ljallangan. Chanoqlar hajmi diametri 18-26 sm, chuqurligi 12-15 sm bo‘ladi. Tavoq (lagan, tavox, tabaq) - yoyiq idish. Tavoqlar ham hajmiga ko‘ra katta, o‘rta va kichik tavoqlarga bo‘linadi. Badiiy bezatilishiga ko‘ra bodiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Tavoq yoyiq bo‘lgani uchun keng zaminga naqsh tushirish uchun usta ijodiy erkinlikka ega bo‘lgan. Katta tavoqlar chintavoq deb ham yuritiladi (Chin bu yerda Xitoy idishi degan ma’noda). Piyolalar - turli hajmda bo‘lgan, asosan choy ichishga mo‘ljallangan idishlardir. Ibriq (ko‘za) - suv, moy va boshqa suyuqliklar solishga mo‘ljallangan idish bo‘lib, hajmi turlicha bo‘lgan. Shakasha - sut va sut mahsulotlari solish uchun ishlatilgan idish. Gupi (kuv) - qatiqni moyini ajratib olish uchun ishlatiladigan idish. Bo‘yi taxminan 80-100 sm, diametri 40-60 sm, ichi sirlangan. Siyohdon (dovot) - kichik hajmli, asosan doira shaklli yozuv jihozi. Toshchiroq - uzunchoq shaklda bo‘lib, moy solib qo‘yilgan, bir chetida pilik yonib yorug‘lik taratgan, uy ro‘zg‘or buyumi.

Digir - charxpalakning ko‘zasi bo‘lib, orqa tomoni bog‘lashga qulay bo‘lishi uchun to‘mtoq (musht shaklida) qilib ishlangan. Tarnov - sopoldan ishlangan quvurlar “Ichon qal’a” o‘ziga xos kanalizatsiya tizimiga ega bo‘lgan. Masjid, madrasa, xonadonlar va inshootlarda adan (tashnov, rakovina) mavjud. Adanlardan chiqqan chiqindi suvlar, shuningdek yomg‘ir suvlari tarnovlar orqali shahar tashqarisiga chiqarib yuborilgan. Bu esa binolarga zah yetkazmaslikni ta’minlagan. K.Rahimov o‘z tadqiqotida idishlarning hududlarda qanday nomlanishini keltirgan. Unga ko‘ra 40-50 sm - koshin bodiya, 35-42 sm - bodiya, 30-38 sm - chanoq bodiya, 25-30 sm - to‘y tavoh yo podshohi, 20-8 sm - podshohi deb nomlangan [6, 13.]. Suyuqliklar uchun 8-13 sm - mashadi bodiya, o‘rta hajmda - bola chanoq, kichik hajmda suv uchun - go‘zacha, dastali suv uchun - go‘za, suv saqlash uchun dastali va tumshuqli - ibriq deb keltirgan [6, 14-15.]. Kulolchilikda sog‘, qora, ko‘kimtir, qizil loykor tuproqlar ishlatiladi. Loyning ham bir qancha turlari bo‘ladi: loyi guldon (sershira loy) – elastik xususiyatga ega bo‘ladi (cho‘ziluvchan, egiluvchan); chinni loy (oq loy) – yarim fayans bo‘lib, qoramtir loy va ishqor qo‘shilib tayyorlanadi; koshin loy - loyga karvak qumi qo‘shilib har xil koshinlar tayyorlanadi; tandir yasash uchun pat loy – bu loy sog‘tuproqqa qamishning qazg‘og‘ini aralashtirib tayyorlanadi [3]. Xorazm kulolchiligi IX-XII asrlar Ko‘hna Urganch kulolchiligi asosida taraqqiy etgan degan xulosaga kelish mumkin [8]. Bu an’analar mo‘g‘ullar bosqini va o‘zaro kurashlar natijasida bir muddat turg‘unlikka yuz tutgan bo‘lsa da, XVII asrdan qayta tiklana boshlagan. Xorazm kulolchiligida asosan moviy, oq (lojuvard) va yashil ranglar keng qo‘llanilgan. Kulolchilikda davrlar o‘tishi bilan to‘q moviy va to‘q yashildan och moviy va och yashil rangga o‘tilganini kuzatish mumkin (balki bu ishqorni tejash maqsadida amalga oshirilgandir?). Xorazm kulolchiligini badiiy jihatdan ikki guruhga ajratish mumkin: 1) sirlangan buyumlar; 2) sirlanmagan buyumlar. Birinchi guruhga bodiya, tavoq, piyola, chanoq, chintavoq, siyohdon kabi buyumlarni kiritish mumkin (qurilish bilan bog‘liq buyumlarga alohida to‘xtalamiz). Ikkinchi guruh buyumlariga ibriq, shakasha, ko‘za, xum, xumcha, toshchiroq, digir, tandir kabilarni kiritish mumkin. Tandirchilik alohida soha bo‘lib, oddiy hunarmandchilik sohasi hisoblanadi. Sirlash o‘ziga xos texnologiyaga ega bo‘lib, xorazmlik kulollar chag‘on va qora o‘roq o‘simliklari kulidan tayyorlangan ishqorni tayyor buyum yuzasiga surganlar. Ikkinchi guruh buyumlariga shunchaki angob berilgan. Lekin ayrim buyumlarga bezak berilmasada, ayrimlariga ham (masalan gupining ichki qismiga, toshchiroq sirtiga) sir berilgan. Xorazm kulolchiligi o‘z yasalish usuli, koloriti, bezalishi, sifati bilan boshqa hududlardan farq qiladi. Xorazm sopol buyumlarini ko‘rgan kishi zavqlanmasdan qolmaydi. Xorazm kulolchiligida asosan islimiy naqshlar va yozuvlardan keng foydalanilgan [9]. Xorazm kulolchiligida islom e’tiqodiga ko‘ra arablar bosqinidan keyin o‘simliksimon naqshlar asosiy o‘rin tutgan. Shu bilan birgalikda ular arab yozuvlarini o‘rganishdi. Hozirgi davrda girihlarning keng qo‘llanilishi XX asrda yodgorliklarni, jumladan Toshhovlini ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lib, qurilishdagi girihlar maishiy buyumlarga ko‘chgan va kulolchilikda asosan girih naqshlar ishlatila boshlangan. Biz buni muzey eksponatlaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Bodiyalarga naqsh ishlanganda zamin uch qismga ajratiladi: markaz, hoshiya va oraliq joy. Markaz, ya’ni idishning tubiga biror tasvir tushiriladi: barg, novda va boshqalar. “Xiva bezaklari qarg‘atish, yaproqgul, ko‘k daraxt, shoxchagul, miltiq pichoq, egri naqsh, mehrobi, yulduzgul, koshingul, tanga, ilonboshi, taroqgul, o‘ranaqsh, paxta islimi va boshqalardan iborat” [2, 103]. Badiiy bezalishiga ko‘ra, Xorazm kulolchiligi buyumlarini 4 ta guruhga ajratish mumkin: 1) o‘simliksimon naqshlar: to‘rtiroq gul, bodom guli, zaytun guli, yaproqgul, shoxchagul,

to‘rtyaproq, o‘smagul, olmagul; 2) geometrik naqshlar: o‘ranaqsh, ilonizi, bigiz naqsh, ilmoq, taroq, uchburchak, to‘rtburchak, aylana; 3) ramziy naqshlar: pichoq, dutor, miltiq, qush tumshug‘i, baliq, ilon; 4) aralash naqshlar: o‘simlik yoki girehiy naqshlar ko‘p hollarda ramziy naqshlar bilan yoki o‘zaro uyg‘unlikda tasvirlangan. San’atshunos S.Alieva “Xorazmda tayyorlangan kulolchilik mahsulotlarida qadimiy Xorazm klassik kulolchiligiga xos mahobatlilik mavjud” deb ta’kidlaydi [1, 76-b.]. Haqiqatdan ham buyumlar o‘ziga xos joziba, ko‘rkamlik va uyg‘unlikka ega. Konsentrik ravishda ishlangan kompozitsiyalar ko‘p uchraydi. Bodiyaning o‘rtasiga doira yoki rozetka tasviri tushiriladi, atrofi esa konsentrik ko‘p qavatli parallel hoshiyalar bilan gir aylantirib olinadi. Muayyan tasvir obrazlar miltiq, dutor, pichoqlar hoshiya qavatlarining ichiga naqshsimon qilib chiziladi. Kompozitsiyaning boshqa bir turi sektorli ravishda ishlanadi, ya’ni bodiyaning qoq o‘rtasiga doira shakldagi bezak tushiriladi, atrofi 4, 6 yoki 8 qism(sektor)larga bo‘linib, har bir sektorga ornamental yo‘sinlar joylashtiriladi: gul, yaproqlar, nuqtalar va h. [1, 77-b.] Geometrik arabeska (gireh) kompazitsiyasi uzluksiz taqsim (rapopart)lardan tashkil topadi. Ko‘pincha an’anaviy yulduzlar hosil qliuvchi girihlar ishlatilib, orasiga spiralsimon islimiy naqsh ishlatiladi. Agar besh qirrali yulduzdan tashkil topgan bo‘lsa besh qirrali kompozitsiya deb ataladi. Kattabog‘laganning o‘rtasiga katta to‘rt bargli (to‘rtiroq) tasviri tushiriladi [1, 77-b.]. XULOSALAR VA TAKLIFLAR Yangidan qurilgan Yangiariq kulolchilik markazi Kattabog‘markazi kulolchilik an’analarini davom ettirib kelmoqda. Markazda bodiya, piyola, kosa, ko‘za kabi idishlar bilan birga koshin tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Markazda Bahodir Otajonov, Yashin Otajonov, Odilbek Rahimov, Otabek Rahimovlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar [4]. Markaz faoliyatini yanada kengaytirish, Kattabog‘qishlog‘i aholisini ko‘proq ish bilan ta’minlash maqsadida Markaz faoliyatni kengroq targ‘ib qilish, qishloqda sayyohlik infratuzilmalarini (mehmonxona, choyxona, kafe, do‘kon, hojatxona va boshqalar) yaratish, Markazni sayyohlik yo‘nalishiga kiritish zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Aliyeva S.Sh. 1970-90-yillarda O‘zbekiston xalq kulolchiligi (An’analarning saqlanish va rivojlanish muammolari). – T., 1996. San.f.n. dissertatsiyasi. 138-b.
  2. Atlas of Central Asian Artisttc grafts and trades.Volume I. Uzbekistan. — T., 1999. – page 98.
  3. Bobojonov D., Abdullayev M. Xorazm amaliy san’ati ustalari. – Xiva: Xorazm Ma’mun akademiyasi, 2010. 100-b.
  4. Kulol B.Otajonov bilan suhbat.
  5. Kulol O.Rahimov bilan suhbat. Kulol O.Rahimov muzeyi materiallari.
  6. Raximov M.K. Xudojestvennaya keramiki Uzbeksitana. T., 1961. S. 13.
  7. O‘zbekiston amaliy san’ati muzeyi (o‘zbekcha, ruscha). – T.: “O‘zbekiston”, 1970. 19-b.
  8. San’atshunos O.Sultonov bilan suhbat.
  9. San’atshunos O.Sultonov muzeyi materiallari.
  10. Sultonov O. Zangori kulollik // O‘zbekiston san’ati jurn. 1985-yil № 10. 11-b.
  11. Xakimov A. O‘zbekiston san’ati tarixi. Qadimgi davr, o‘rta asrlar, hozirgi zamon. – T.: Zilol-buloq, 2022. 528-b.
  12. Xiva “Ichon qal’a” muzey qo‘riqxonasi fondi materiallari.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010689
Nashr sanasi
2023-08-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
7
DOI
10.66073/researchfocus.v2i7.413
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
33–36
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
52026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06