Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA VA SAN‘AT ORQALI BOLALARDA LIDERLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

    Abdullayeva Gulnoza Nasimovna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqa va san‘atning bolalar shaxsiyatini shakllantirishdagi roli, xususan, zamonaviy jamiyat uchun o‘ta muhim hisoblangan liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi strategik ahamiyati tadqiq etiladi. Maqolada san‘at orqali boladagi ichki qo‘rquvlarni yengish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, jamoaviy ishlash qobiliyati va emotsional intellektni yuksaltirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, sahna madaniyati va musiqiy ta‘limning bolaning ijtimoiy moslashuvi hamda yetakchilik xususiyatlarini yuzaga chiqarishdagi o‘rni ilmiy-amaliy jihatdan yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA REPERTUAR TANLASHNING PEDAGOGIK TAMOYILLARI

    Yusupova O‘ktamxon Xakimjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Maqolada musiqa san‘atining insonning emotsional va ma‘naviy rivojlanishiga ko‘rsatadigan chuqur ta‘siri o‘rganilgan. Musiqa – insoniyatni birlashtiruvchi va ichki kechinmalarini aks ettiruvchi san‘at turi sifatida tavsiflanadi. Uning estetik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida shaxs shakllanishidagi roli, musiqaning bolalikdan boshlab o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasiga ta‘siri yoritilgan. Maqolada qadimiy faylasuflarning, xususan, Platon va Aristotelning musiqa haqidagi fikr-mulohazalari keltirilgan. Musiqaning inson ruhiy holatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishdagi imkoniyatlari, ritm va kuyning kayfiyatni boshqarishdagi roli ham muhokama qilingan. Shuningdek, maqolada musiqa tarbiyasining estetik tarbiya bilan uzviy bog‘liqligi, uning o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishdagi ahamiyati ta‘kidlangan. Maqolaning xulosasi shuki, musiqa san‘ati inson hayotida nafaqat badiiy, balki tarbiyaviy va falsafiy ma‘noga ega bo‘lib, kelajak avlodning kamolotiga ulkan hissa qo‘shadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘QUVCHILARDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARIDA MUSIQIY KUY BEZAKLARINI IJRO ETISH MAHORATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

    Shokirxanov Baxtiyor Botirxonovich, Ummataliyeva Mahliyo Shahobiddin qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola o‘quvchilarda o‘zbek xalq cholg‘ularida musiqiy kuy bezaklarini ijro etish mahoratini shakllantirish texnologiyalarini o‘rganadi. Musiqa ta‘limida zamonaviy yondashuvlar va metodologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA DARSLARIDA NAZARIY BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

    Tursunpo‘latova Madinabonu Xalimjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqola pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi hamkorlikni, shuningdek, ta‘lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyatini ta‘kidlaydi. O‘qituvchining dars jarayonida faol ishtiroki, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini oshirish va ularning mustaqil fikrlashini rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. Maqolada bilish jarayoni, o‘quvchi faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Dars jarayonini texnologik xarita asosida loyihalashtirish, o‘quvchining imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlash orqali samarali natijaga erishish mumkinligi ta‘kidlanadi. Maqolada, shuningdek, o‘quvchilarning hayotiy tajribasi, avvalgi bilimlari va pedagogik metodlarning ularga ta‘siri haqida psixologik nuqtai nazardan ham fikr yuritilgan. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida sezish, idrok, xotira va tafakkurning roli muhim ekani, o‘qituvchi o‘quvchining qiziqishini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni qo‘llashi zarurligi ta‘kidlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MILLIY RAQS ELEMENTLARI ORQALI RITMIK HARAKATLARNI O‘RGATISH TEXNOLOGIYALARI

    Odilova Gulmira Odilovna, Turdialiyeva Shodiyaxon Yaxyoxon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda milliy raqs elementlari orqali ritmik harakatlarni o‘rgatish texnologiyalarini tahlil qiladi. Maqola, o‘quv jarayonida milliy raqslarning ahamiyatini va ularning bolalarga ta‘sirini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    YANGI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING JAMOA BO‘LIB KUYLASH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

    Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Toshtillayeva Rayhona Mirzohid qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada yangi innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarning jamoa bo‘lib kuylash faoliyatini shakllantirish texnologiyalari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va jamoaviy ishlarni kuchaytirish maqsadida samarali metodlar tavsiya etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA O‘TILAYOTGAN MUSIQA MASHG‘ULOTLARINING SIFATI

    To‘rayeva Nilufar · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Maqola maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida musiqa mashg‘ulotlarining sifatini tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, u bolalarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonidagi pedagogik metodlar, o‘qituvchilar malakasi va dasturiy ta‘minotning samaradorligini chuqur o‘rganadi. Tadqiqot jarayonida musiqa mashg‘ulotlarining sifatini aniqlash mezonlari, bolalarning musiqiy qobiliyatlarini baholash usullari va ta‘lim jarayonida kuzatiladigan pedagogik qiyinchiliklar ilmiy asoslangan. Shuningdek, maqolada xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan musiqiy tarbiya va maktabgacha ta‘lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinib, ular o‘zaro taqqoslangan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari maktabgacha ta‘lim tizimida musiqiy faoliyat sifatini oshirish uchun strategik yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GIBRID TA‘LIM FENOMENI VA UNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK PARADIGMALAR TIZIMIDAGI O‘RNI

    Tolibjanova Iqboloy Toxirjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada gibrid ta‘lim fenomenining mohiyati, uning zamonaviy pedagogik paradigmalardagi o‘rni hamda raqamli transformatsiya sharoitida ta‘lim tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, musiqa ta‘limi misolida gibrid yondashuvning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TA‘LIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

    Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, To‘xtasunova Oltinoy Sharobiddin qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada umumta‘lim maktablarida musiqa ta‘limining samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash usullari va ularning ta‘siri tahlil qilinadi. Musiqa ta‘limida innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini va musiqa ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTABGACHA TA‘LIMDA TABIAT BILAN TANISHTIRISH ORQALI BOLALARDA EKOLOGIK QADRIYATNI SHAKILLANTIRISH

    Tirkasheva Sabrina Bahodir qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Maqolada maktabgacha ta‘lim yoshdagi bolalarda tabiat tushunchalarini shakllantirish orqali ularda axloqiy sifatlarni tarbiyalashning ahamiyati, tabiat bilan tanishtirish ish shakllari va metodlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTAB MUSIQA DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARI ORQALI MA‘NAVIY TARBIYA BERISH METODIKASI

    Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Siddiqjonov Azizbek Azimjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola maktab musiqa darslarida o‘quvchilarga o‘zbek xalq qo‘shiqlari orqali ma‘naviy tarbiya berish metodikasini tahlil qiladi. O‘zbek xalq musiqa merosining o‘quvchilarga ta‘siri va tarbiyaviy ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTAB MUSIQA TALIMIDA INNOVATSION USULLAR ORQALI O‘QUVCHILARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

    Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Shamsiddinova Ziyoda Sobirjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola maktab musiqa ta‘limida innovatsion usullar orqali o‘quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish metodikasini tahlil qiladi. Musiqa ta‘limining ahamiyati va yangi yondashuvlar haqida ma‘lumotlar beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSIQAGA JO‘R BO‘LISH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

    Ahmedov Bahodir Sayfiddinovich, Sadriddinova Xurshida Kamoliddin qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida musiqaga jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirish metodikasi tahlil qilinadi. Musiqa ta‘limining ahamiyati, metodlar va usullar, shuningdek o‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan tavsiyalar keltiriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARI

    Usmonjanova Gulxayo Alisher qizi, Qosimova Mehribon · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqa darslarida interfaol metodlardan foydalanish orqali ta‘lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Musiqa ta‘limida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilib, interfaol metodlarning o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, musiqiy eshitish qobiliyati, estetik didi hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, dars jarayonida “aqliy hujum”, guruhli ishlash, savol-javob, rol o‘ynash kabi interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni dars jarayoniga faol jalb etish hamda ta‘lim sifati va samaradorligini yuksaltirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada musiqa ta‘limini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari musiqa darslarini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta‘lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA FANINI BOSHQA FANLAR BILAN UYG‘UNLASHTIRIB O‘QITISH YO‘LLARINING SAMARADORLIGI

    Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich, Obidjonov Samandar Rustamjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada maktabda musiqa fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan holda o‘qitish metodlari yoritilgan. Unda fanlararo integratsiyaning mohiyati, musiqa fanining adabiyot, tarix, matematika, tasviriy san‘at va ona tili fanlari bilan bog‘liqligi hamda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, integratsion ta‘limning o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va bilimlarni mustahkamlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqola zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, musiqa ta‘limi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA DARSLARIDA ZAMONAVIY METODLAR ASOSIDA TA‘LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

    Nuraddinova Ruxshona Ozodjon qizi, Nizomiy Nomidagi O‘zMPU · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada musiqa ta‘limida zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. An‘anaviy va zamonaviy yondashuvlar o‘rtasidagi didaktik farqlar ochib berilib, interfaol, multimodal hamda audio-analitik refleksiya metodlarining o‘quvchilarning musiqiy tafakkuri, ijrochilik ko‘nikmalari va reflektiv faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijasida zamonaviy metodlarning kompleks kompetensiyalarni shakllantirishdagi ustunligi asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BOLALARDA MUSIQIY TA‘LIMIY O‘YINLAR VOSITASIDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

    Ismoilova Rano Ravshan qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqiy ta‘limiy o‘yinlarning ahamiyati yoritiladi. Musiqiy o‘yinlar bolalarda ritmni his qilish, musiqani eshitish, qo‘shiq kuylash va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada musiqiy o‘yinlarning turlari va ularning ta‘lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA INTERFAOL TA‘LIM ASOSIDA RITMIK FAOLIYAT TURIDAN FOYDALANISH METODIKASI

    Odilova Gulmira Odilovna, Idrisova Zarema Rustemovna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqa madaniyati darslarida interfaol ta‘lim asosida ritmik faoliyat turidan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqiladi. O‘quv jarayonida ritmning ahamiyati va interfaol usullar orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish yo‘llari taqdim etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UMUMTA‘LIM VA MAKTAGACHA TA‘LIM MUASSASALARIDA MUSIQA TA‘LIMINI ZAMONAVIY ART-PEDAGOGIK PARADIGMA ASOSIDA TASHKIL ETISH: INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

    Farruxbek Muqaddasov Said Vaqqos o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola O‘zbekistondagi umumta‘lim maktablari va maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida musiqa ta‘limini zamonaviy art-pedagogik paradigma asosida tashkil etishning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollarini tahlil qiladi. Tadqiqot musiqa ta‘limi jarayoniga innovatsion o‘qitish texnologiyalarini joriy etish, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy va jahon musiqa madaniyatini o‘rganishga qaratilgan uslubiy yondashuvlarni ko‘rib chiqadi. Zamonaviy pedagogikada art-terapiya, multimedia vositalaridan foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim kabi usullarning musiqa ta‘limida qo‘llanilishining samaradorligi baholanadi. Maqolada ta‘lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularning estetik dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan. Shuningdek, musiqa o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish va ularga zamonaviy metodik yordam ko‘rsatishning muhimligi ta‘kidlanadi. Tadqiqot natijalari ta‘lim tizimini isloh qilish va kelajakda musiqa ta‘limining samaradorligini oshirishga hissa qo‘shadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UMUMTA‘LIM MAKTABLARI MUSIQA TA‘LIMIDA MILLIY CHOLG‘ULAR ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODIY RIVOJLANISHINI TA‘MINLASH

    Nizomiy Nomidagi O‘zMPU · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Maqolada umumta‘lim maktablari musiqa ta‘limida milliy cholg‘ular asosida o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishini ta‘minlash masalalari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Milliy cholg‘u ijrochiligining pedagogik, psixologik va estetik imkoniyatlari ochib berilib, musiqa ta‘limida ijrochilik faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy ta‘lim talablari, kompetensiyaviy yondashuv hamda davlat ta‘lim siyosati bilan uyg‘un holda milliy cholg‘ularni o‘qitishning ahamiyati asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya