MUAMMOLI TA‘LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH - ADABIY TA‘LIMDA MUHIM BO‘LGAN BOSQICH
Rahimova Oyshajon Inomjon qiziAnnotatsiya. Ushbu maqolada adabiyot darslarida muammoli ta‘lim texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va bu jarayondagi pedagogik metodlardan foydalanish uslublari yoritiladi. Maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy salohiyatini o‘stirish hamda badiiy asarlarni chuqur tahlil qilishda muammoli vaziyatlarning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, adabiy ta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, "fishbone", "socratic method" kabi metodlar o‘quvchilarning muammoli vaziyatga qay darajada yechim topa olishiga, aqliy salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari muammoli ta‘lim texnologiyasidan foydalanish o‘quvchilarning kreativ fikrlashini, faol ishtirok etishini va badiiy asarlarni chuqurroq anglashiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 870–875
Annotatsiya
Ushbu maqolada adabiyot darslarida muammolita‘lim texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va bujarayondagi pedagogik metodlardan foydalanish uslublari yoritiladi.Maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiysalohiyatini o‘stirish hamda badiiy asarlarni chuqur tahlil qilishdamuammoli vaziyatlarning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, adabiyta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, "fishbone", "socraticmethod" kabi metodlar o‘quvchilarning muammoli vaziyatga qaydarajada yechim topa olishiga, aqliy salohiyatini rivojlantirishgayordam beradi. Tadqiqot natijalari muammoli ta‘lim texnologiyasidanfoydalanish o‘quvchilarning kreativ fikrlashini, faol ishtirok etishini vabadiiy asarlarni chuqurroq anglashiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaИспользование проблемно-ориентированных образовательных технологий — важный шаг в литературном образовании.
В данной статье рассматривается важность иэффективность использования технологий проблемноориентированного обучения на уроках литературы, а такжеметоды применения педагогических приемов в этом процессе.Анализируется роль проблемных ситуаций в развитиисамостоятельного мышления учащихся, раскрытии их творческогопотенциала и углубленном анализе произведений искусства. Такжеисследуется, в какой степени современные педагогическиетехнологии, такие как «диаграмма Исикавы» и «сократовскийметод», в литературном образовании помогают учащимсянаходить решения проблемных ситуаций и развивать свойумственный потенциал. Результаты исследования показывают,что использование технологий проблемно-ориентированногообучения способствует развитию творческого мышления учащихся,их активному участию и более глубокому пониманию произведенияискусства.
inglizchaUSE OF PROBLEM-BASED EDUCATIONAL TECHNOLOGY - AN IMPORTANT STEP IN LITERARY EDUCATION
This article discusses the importance and effectiveness ofusing problem-based learning technology in literature lessons, as well asthe methods of using pedagogical methods in this process. The articleanalyzes the role of problem situations in developing students‘independent thinking, developing their creative potential, and in-depthanalysis of works of art. It also examines the extent to which modernpedagogical technologies, such as "fishbone" and "Socratic method" inliterary education help students find solutions to problem situations anddevelop their mental potential. The results of the study show that the useof problem-based learning technology contributes to students‘ creativethinking, active participation, and a more thorough understanding of awork of art.
Kalit so‘zlar
- Adabiy ta‘lim
- muammoli ta‘lim
- innovatsion texnologiyalar
- «fishbone» metodi
- sokratik metod
- mustaqil fikrlash
- badiiy tahlil
- ijodiy fikrlash
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH - ADABIY TA'LIMDA MUHIM BO'LGAN BOSQICH
Rahimova Oyshajon Inomjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti, o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 1-bosqich talabasi e-mail: Oyshaxon2440@gmail.com [telefon raqami yashirilgan] Ilmiy rahbar: Tillayeva R.T.
Annotatsiya. Ushbu maqolada adabiyot darslarida muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va bu jarayondagi pedagogik metodlardan foydalanish uslublari yoritiladi. Maqolada o'quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy salohiyatini o'stirish hamda badiiy asarlarni chuqur tahlil qilishda muammoli vaziyatlarning o'rni tahlil qilinadi. Shuningdek, adabiy ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, "fishbone", "socratic method" kabi metodlar o'quvchilarning muammoli vaziyatga qay darajada yechim topa olishiga, aqliy salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanish oʻquvchilarning kreativ fikrlashini, faol ishtirok etishini va badiiy asarlarni chuqurroq anglashiga xizmat qilishini koʻrsatadi. Kalit so’zlar. Adabiy ta’lim, muammoli ta’lim, innovatsion texnologiyalar, "fishbone" metodi, “socratic” metod, mustaqil fikrlash, badiiy tahlil, kreativ fikrlash.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ ПРОБЛЕМНООРИЕНТИРОВАННОГО ОБУЧЕНИЯ В ЛИТЕРАТУРНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация. В данной статье рассматривается важность и эффективность использования технологий проблемноориентированного обучения на уроках литературы, а также методы применения педагогических приемов в этом процессе. Анализируется роль проблемных ситуаций в развитии самостоятельного мышления учащихся, раскрытии их творческого потенциала и углубленном анализе произведений искусства. Также исследуется, в какой степени современные педагогические технологии, такие как «диаграмма Исикавы» и «сократовский метод», в литературном образовании помогают учащимся находить решения проблемных ситуаций и развивать свой умственный потенциал. Результаты исследования показывают, что использование технологий проблемно-ориентированного обучения способствует развитию творческого мышления учащихся, их активному участию и более глубокому пониманию произведения искусства. Ключевые слова. Литературное образование, проблемное обучение, инновационные технологии, метод «fishbone», сократический метод, самостоятельное мышление, художественный анализ, креативное мышление.
THE USE OF PROBLEM-BASED LEARNING TECHNOLOGY IS AN IMPORTANT STAGE IN LITERARY EDUCATION
Abstract.This article discusses the importance and effectiveness of using problem-based learning technology in literature lessons, as well as the methods of using pedagogical methods in this process. The article analyzes the role of problem situations in developing students' independent thinking, developing their creative potential, and in-depth analysis of works of art. It also examines the extent to which modern pedagogical technologies, such as "fishbone" and "Socratic method" in literary education help students find solutions to problem situations and develop their mental potential. The results of the study show that the use of problem-based learning technology contributes to students' creative thinking, active participation, and a more thorough understanding of a work of art. Keywords. Literary education, problem-based learning, innovative technologies, fishbone method, socratic method, independent thinking, literary analysis, creative thinking.
Kirish. Bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. An’anaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar ko’proq, tayyor bilimlarni o’zlashtirishsa, zamonaviy pedagogik yondashuvlar esa uni faol, mustaqil izlanishga o’rgatuvchi shaxs sifatida shakllantiradi. Shu bois, muammoli ta’lim texnologiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiya ayniqsa, adabiyot darslarida muammoli vaziyatlarni yaratish orqali o‘quvchilarni kreativ fikrlashga, savol qo‘yishga, izlanishga va mustaqil xulosa chiqarishga undaydi. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Badiiy asarlarni o‘rganish jarayonida faqat syujetni tushunish yetarli bo’lmaydi, balki undagi g‘oya, obrazlar tizimi, muallif pozitsiyasi va badiiy tasvir vositalarini anglash muhim hisoblanadi. Bu usul o’quvchidan nafaqat o’qish, balki idrok etish, his qilish, jonli tasavvurlarni namoyon qilishni talab etadi. Shu sababli, muammoli ta’lim texnologiyasi adabiy ta’limda samarali metod sifatida qo‘llaniladi. Muammoli yondashuv asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar badiiy asar yuzasidan turli savollarga javob izlaydi, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholaydi, muallif g‘oyasini tahlil qiladi va o‘z shaxsiy fikrlarini asoslashga harakat qiladi. Bu jarayon o‘quvchilarning faolligini oshirib, ularni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Shu bilan bir qatorda, zamonaviy interaktiv metodlar -“fishbone”, “socratic method”, “muammoli vaziyat”, “bahs-munozara” kabi usullar adabiy ta’limni yanada chuqurroq o’rganishga ko’maklashadi. Muammoli ta’lim metodlari orqali o‘quvchilarda nutq madaniyati, muloqot qilish, fikrni dalillash va himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu esa, nafaqat adabiy ta’lim samaradorligini oshiradi, balki shaxsning umumiy intellektual rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, adabiyot darslarini o’qitish jarayonlarida muammoli ta’lim texnologiyasidan hamda interaktiv metodlardan foydalanishning o’ziga xos qulay tomonlari mvjud. Bu maqolada ana shu jarayonlarda metodik asoslar, pedagogik mahoratlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili va metodlar. Adabiyot darslarida muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bugungi ta’lim jarayonining eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Chunki adabiyot fanining asosiy maqsadi o’quvchilarda keng mulohaza yuritish, ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish, tafakkur qilish va hayotiy vaziyatlarga ijodiy yondashish
ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. O’quvchilar o’zlashtirishlari lozim bo’lgan bilimlarni o’zarining kuchi, tafakkuri, bilimi va mehnati bilan o’zlashtirishini ta’minlash maqsadida bolalar oldiga muammo shaklida qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladigan o’qish jarayonini muammoli adabiy ta’lim deb atash mumkin. Shuningdek, muammoli ta’lim asosiga qo’yiladigan, muammoli masala tarzida foydalansa bo’ladigan, o’qish jarayonida muammoli vaziyat hosil qilishga, o’quvchilar orasida tortishuv va fikrlar bahsiga asos bo’ladigan, qarashlar xilma- xilligini keltirib chiqarishga arziydigan ta’limiy masala muammo sanaladi. O’quvchi oldiga muammo shaklida qo’yilgan, uni asar matni ustida o’ylashga, izlanishga undaydigan, uning zamiridagi ma’nolarni tushunish uchun hayotiy tajribalarga qayta-qayta murojaat qilishga majbur qiladigan savol yoki topshiriqlarni muammoli masala yoki muammoli savol-topshiriqlar deyish mumkin. Adabiy talim amaliyotda muammoli vaziyatni tashkil qilish uchun shunday amaliy yoki nazariy masala qo’yilishi kerakki, uning yechilishi davomida o’quvchi o’zlashtirishi lozim bo’lgan yangi bilimlarni o’zi o’rganib olsin. Muammoli vaziyatni hosil qiluvchi masalani qo’yishda quyidagi asosiy shartlarga amal qilinadi: 1. Muammoli topshiriq o’quvchilarda oldin shakllantirilgan bilim, ko’nikma va malakalarga tayanish lozim. O’quvchilar topshiriqning shartlarini tushunib olish va uni bajarishga astoydil urinishlar natijasida uning yechimiga mustaqil ravishda yetib kelishi kerak. 2. O’quvchi oldiga qo’yilgan muammoni hal qilish uchun shu kabi masalalarga doir umumiy qonuniyatni, shu xildagi topshiriqlarni bajarishning umumiy yo’llari yoxud ayrim shartlarini o’zlashtirgan bo’lishi lozim. 3. Muammoli masalani yechish o’quvchilarda yangi bilimlarni o’zlashtirishga ehtiyoj uyg’otishi kerak. Adabiy ta’lim jarayonida darsni yanada samarali tashkillash uchun “fishbone”, “socratic method”, “muammoli vaziyat”, “bahs-munozara” kabi metod va usullardan foydalanish o’rinlidir.
Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim tizimidagi eng samarali tahliliy metodlardan biri “Fishbone” metodi muammoli ta’lim texnologiyasining samarali vositalaridan biri bo’lib, asosan adabiy ta’lim jarayonida muammolarni chuqur tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu metod orqali muammoning sabab va oqibatlarini tizimli ravishda aniqlash imkonini beradi. Masalan, “O’tkan kunlar” romanini
misol qilib olsak, asardagi asosiy sabablar, ya’ni sxema bo’yicha yuramiz. Asardagi eskicha urf-odatlar, ko’pxotinlilik an’analari va jamiyat bosimi asosiy sabab qilib olinadi. “Baliq boshi” qismiga hal qilinishi kerak bo’lgan asosiy masala yoziladi. O’quvchilar muammoni faqat yuzaki emas, balki tarkibiy qismlarga bo’lgan holda ko’rishni o’rganadilar. Murakkab mavzularni oddiy chizma ko’rinishiga keltirish, ma’lumotning xotirada yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, sabab va oqibat o’rtasidagi bog’liqlikni topish ko’nikmasini rivojlantiradi. Guruhlarda ishlashda esa, har bir a’zoga o’z fikrini ma’lum bir “suyak” ka joylashtirish imkonini beradi.
Adabiy ta’limda o’quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va matnni chuqur tahlil qilish har doim muhim bo’lib kelgan. Odatda, an’anaviy darslarda o’qituvchi ko’proq ma’lumot beradi, ilm o’rganuvchi esa faol bo’lmagan holda ma’lumotlarni qabul qiladi. Shu sababli, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, jumladan, “problem-based learning”, “socratic method” adabiy ta’limda o’quvchilarni faol, ijodiy va tanqidiy fikrlashga o’rgatadi. Bu metod orqali matnni tahlil qilish, qahramon xatti-harakatini tushunish va muallif uslubini aniqlash ko’nikmalarini rivojlantiradi. O’quvchillar muammoni tahlil qiladi, fishbone metodi yordamida sabablarni ifodalaydi. Bu orqali shaxsiy fazilatlar, ijtimoiy vaziyatlar, ichki konfliktlar, atrof-muhit ta’siri uchun guruh bilan birgalikda savol-javob orqali yechim topiladi. Shu kabi metodlar o’quvchilarda badiiy asarlarni qiziqarli va kengroq tushunishiga, fikrlash doirasini o’stirishga va asar g’oyasini yaxshiroq yetkazib berishga xizmat qiladi. Natijalar va muhokama. Adabiy ta’lim jarayonida muammoli yondashish o’quv dasturlarida ham, o’qituvchi bilimlarini bayon qilishda ham, o’quvchilarning mustaqil ishi ham o’z ifodasini topishi lozim. Shu bilan birga, o’quvchilarning har qanday masalani izlanishi muammoli ta’limga kiritmaslik kerakligini nazarda tutish kerak. U yoki bu muammo hayotiy muhim masalalarni o’rganish jarayoninig o’zida vujudga kelsa va ma’lum yangilik hisoblansagina muammoli ta’lim bo’ladi. Uni yoritishda turli sharhlarga va yechish usullariga yo’l qo’yiladi. Mummoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish o’quvchilarning ta’lim va tarbiya jihatdan kamol topishiga, aqliy salohiyatini rivojlanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, interfaol metodlar asosida o’tiladigan darslarda
o’quvchilarning faolligi, fanga bo’lgan qiziqishi, faol qatnashishi badiiy asarni yaxshi tushunganidan dalolat beradi. Bahs-munozara, muammoli metodlar, fishbone hamda socratic metodlari qo’llanilganda o’quvchilarning nutq madaniyati va fikrini erkin bayon qila olish ko’nikmasi, muammoga tezda yechim topa olish qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qissa, hikoya va roman janrlarini tahlil qilishda qo’l keladi. Muhokama davomida interfaol va interaktik metodlardan samarali tarzda foydalanish uchun o’qituvchidan yetarli miqdorda yuqori bilim, uzoq yillik ko’nikma va malaka bo’lishi talab etiladi. Dars davomida turli badiiy adabiyotlarni tahlil qilishda muammoli ta’lim metodikasidan qolaversa, fishbone va socratic metodlaridan foydalangan holda darsni yanada samarali tarzda o’tilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Amaliyot davomida natijalar shuni ko’rsatadiki, muammoli metodlardan foydalanish dars samaradorligini 20-30 foizga yaxshilagani, o’quvchilarning qiziqishini va ishtirokini ham yuqori saviyada tashkil etilishiga muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Xulosa. Xulosa sifatida shuni aytish joizki, adabiy ta’lim jarayonida muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish natijasida o’quvchilarning adabiy tahlil qilish ko’nikmalarini, ijodiy yondashish qobiliyatini, muammoli savollarga yechim topishiga ko’maklashadi. Bunday yondashuv esa, adabiyot darslarini zamonaviy va yangicha uslubga moslashtirgan holda, asar mazmuni, uning g’oyasini o’quvchiga yetkazib berishdan iborat. Shu sababli muammoli metodlardan foydalanish adabiy asarlar bilan ishlashda muntazam ravishda qo’llash ta’lim jarayonining muhim qismiga aylanishi zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- 1.Azizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat — Toshkent, 2006.
- 2.Yo‘ldoshev B. Ta’lim texnologiyalari — Toshkent, 2012.
- 3.Nishonova S. Pedagogika nazariyasi va tarixi — Toshkent, 2010.
- 4.Mavlonova R. Pedagogika — Toshkent, 2009.
- 5.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami — Toshkent, 2022.
- 6.Tillayeva R. Adabiyot darslarida asarlar matni ustida ishlashda interaktiv metodlardan foydalanish shart-sharoitlari — 2025.
- Foydalanilgan internet manbalar;
- 1.https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/adabiyot/adabiyot-oqitishda-muammoli-ta-limning-ahamiyati-1
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011868
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/977
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 870–875
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25