O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA UNING FAOLIYATI
Yakubzhanova Gulyora Yorqin kizi1, Pozilova Muqaddas Khikmataliyevna22025
- 1Namangan davlat pedagogika instituti “Fizika” yo‘nalishi 1-kurs talabasi
- 2Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1089–1091
Annotatsiya
har bir rivojlangan demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniya davlatsiyosatiga ham ma‘lum ma‘noda ta‘sir ko‘rsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga aylanmog‘ilozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan o‘quvchilar,tinglovchilar, tomoshabinlar juda ozqismi qamrab olinyotganligi va mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga qisman ta‘sir korsatayotganliginingguvohimiz. Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangichatushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning ta‘sir etuvchi jihatlarini chuqur tahlil etish kerak.Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari tomonidan jamoatchilik fikriga ta‘siro‘tkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy jarayonda obro‘ qozonadigan omillar va shart-sharoitlardanfoydalanishni o‘rganib, muayyan masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish narsalarni o‘z nomibilan atash - tom ma‘nodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi. Aynanshu jarayon bugungi kundagi ommaviy axborot vositalarining faoliyatini belgilab beradi.
Boshqa tillarda
ruschaСредства массовой информации Республики Узбекистан и их деятельность
В любом развитом демократическом обществе пресса, радио и телевидение должны оказывать определенное влияние на государственную политику и становиться неотъемлемой частью политических процессов. Однако сегодня мы наблюдаем, что местная пресса охватывает очень малую часть читателей, слушателей и зрителей и оказывает лишь частичное влияние на общественную жизнь нашей страны. Пришло время по-новому осмыслить роль общественного мнения и его отражение в СМИ. Необходимо глубоко проанализировать аспекты его влияния на прогрессивные силы. Только на основе такого подхода можно понять возможности влияния средств массовой информации на общественное мнение, научиться использовать факторы и условия, которые формируют авторитет в политическом процессе, изучать общественное мнение по конкретным вопросам, называть вещи своими именами – именно это определяет истинный образ прессы в демократическом обществе в истинном смысле этого слова. Именно этот процесс определяет деятельность СМИ сегодня.
inglizchaMASS MEDIA OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND ITS ACTIVITIES
In every developed democratic society, the press, radio and television must have a certain impact on state policy and become an integral part of political processes. However, today we are witnessing the fact that the local press covers a very small part of readers, listeners and viewers and has a partial impact on the social life of our country. It is time to understand the role of public opinion and its reflection in the media in a new way. It is necessary to deeply analyze its influencing aspects of the progressive forces. Only on the basis of such an approach can one understand the possibilities of influencing public opinion by the mass media, learn to use the factors and conditions that gain authority in the political process, study public opinion on specific issues, call things by their names - this is what determines the true image of the press in a democratic society in the true sense of the word. It is precisely this process that determines the activities of the media today.
Kalit so‘zlar
- matbuot
- radio va televideniya
- internet
- veb sayt
- axborot
- kommunikatsiya
- aloqa
- OAV (ommaviy axborot vositalari)
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA UNING FAOLIYATI
Yakubjanova Gulyora Yorqin qizi Namangan davlat pedagogika instituti “Fizika” yo‘nalishi 1-kurs talabasi E-mail: xasanovagulnoza1985@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] Ilmiy rahbar: Pozilova Muqaddas Xikmataliyevna Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya: har bir rivojlangan demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniya davlat siyosatiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga aylanmog‘i lozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan o‘quvchilar,tinglovchilar, tomoshabinlar juda oz qismi qamrab olinyotganligi va mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga qisman ta’sir korsatayotganligining guvohimiz. Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangicha tushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning ta’sir etuvchi jihatlarini chuqur tahlil etish kerak. Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari tomonidan jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy jarayonda obro‘qozonadigan omillar va shart-sharoitlardan foydalanishni o‘rganib, muayyan masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish narsalarni o‘z nomi bilan atash - tom ma’nodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi. Aynan shu jarayon bugungi kundagi ommaviy axborot vositalarining faoliyatini belgilab beradi. Kalit so‘zlar: matbuot, radio va televideniya, internet, veb sayt, axborot, kommunikatsiya, aloqa, OAV (ommaviy axborot vositalari)
СМИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ИХ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
Аннотация: известно, что в каждом развитом демократическом обществе пресса, радио и телевидение должны в определённой степени влиять на государственную политику и становиться составной частью политических процессов. Однако сегодня мы являемся свидетелями того, что местные средства массовой информации охватывают лишь небольшую часть читателей, слушателей и зрителей, оказывая, таким образом, лишь частичное влияние на общественную жизнь нашей страны. Пришло время по-новому осмыслить роль общественного мнения и его отражение в средствах массовой информации. Необходимо глубоко проанализировать воздействующие стороны прогрессивных сил. Только на основе такого подхода можно понять возможности СМИ в формировании общественного мнения, научиться использовать факторы и условия, обеспечивающие авторитет в политическом процессе, а также изучать общественное мнение по конкретным вопросам. Называть вещи своими именами — именно это определяет истинный облик прессы демократического общества. Этот процесс и определяет сегодняшнюю деятельность средств массовой информации. Ключевые слова: пресса, радио и телевидение, интернет, веб-сайт, информация, коммуникация, связь, СМИ (средства массовой информации)
MASS MEDIA OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND ITS ACTIVITIES
Abstract: It is known that in every developed democratic society, the press, radio, and television must, to some extent, influence state policy and become an integral part of political processes. However, today we witness that the local media cover only a small part of readers, listeners, and viewers, and therefore have only a partial impact on the social life of our country. It is time to understand the role of public opinion and its reflection in mass media in a new way. The influential aspects of progressive forces should be deeply analyzed. Only through such an approach can we understand the opportunities for mass media to influence public opinion, learn to make use of the factors and conditions that earn credibility in the political process, and study public opinion on certain issues. Calling things by their proper names – this is what defines the
true nature of the press in a genuinely democratic society. This very process determines the current activities of the mass media. Keywords: press, radio and television, internet, website, information, communication, connection, mass media (OAV)
Kirish. Ommaviy axborot vositalari vazifalaridan biri jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashdir[1]. Demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘mi va ahamiyati juda katta. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog‘lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita . Shunday ekan ommaviy axborot vositalari to‘rtinchi hokimiyat deb bejizga takidlanmagan[1]. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida “Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huqugiga ega” deyilgan[6]. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida ham “Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. Hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston aholisining ko‘p millatli ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti[2]. Buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi - matbuot, radio, televideniya va Internet bo‘lib qolaveradi. Shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo‘lgan davlatda OAV jamoatchilik nazoratining asosiy sub’ yektlaridan biriga aylanadi. Mamlakatimizda ham qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunida OAV jamoatchilik nazoratining sub’yekti sifatida e’tirof etilgan. Zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko‘ra 5 ta asosiy turga ega[2]. Bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, Internet saytlari[2]. Bugun ko‘pchilikning diqqate’tiborini o‘ziga jalb etib kelayotgan, to‘g‘rirog‘i, ommaviy axborotning o‘ziga xos vositasi sifatida namoyon bo‘layotgan Internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. Ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o‘zaro ijtimoiy muloqotida ham OAV muhim vosita sifatida yetakchi o‘rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham OAVda sog‘lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim[3]. Sababi OAV jamiyat hayotining turli-tuman yo nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida xolis, tezkor va to‘la-to‘kis xabardor qiladi, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat qiladigan vositadir[4]. Xulosa: Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir. Ommaviy axborot vositalari albatta shaffof va adolatli tarzda omma e’tiboriga havola etilishi maqsadga muvofiq. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda 7 ta tilda va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq ixtisosliklarda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu kabi jiddiy o‘zgarishlar ommaviy axborot sohasida qonunchilik tizimini yanada rivojlantirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Abdeev RF Axborot sivilizatsiyasi falsafasi RF Abdeev. M.VLADOS, 1994 yil.
- Olshanskiy D.V.Omma psixologiyasi. - SPb.: Piter, 2002.-368 b.
- Freyd Ommaviy psixologiya va inson "men"ining tahlili Freyd 3. Sevimlilar. T. L.L. Akademik matbuot, 1969 yil.
- Ortega Gasset J.Der Aufstan der Massen. B,Xalq Verlag, 1959 yil.
- https://www.lex.uz/acts/20596
- https://cyberleninka.ru/ UDK: 37.013.7 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GEOMETRIK SHAKL TUSHUNCHASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI VA BOSQICHLARI
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011603
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/616
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1089–1091
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25