Asosiy mazmunga o‘tish

2 086 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

Tegishlilik
Kengaytirilgan qidiruvTahlil
Eksport

Joriy tartibdagi birinchi 1 000 ta yozuv yuklanadi (2 086 tadan).

Qidiruvni saqlash

Qidiruvni saqlash va yangi yozuvlar haqida xabar olish uchun hisobingizga kiring. Kirish

  1. Ochiq kirishMaqola

    THE MAIN ASPECTS OF THE FORMATION OF PHYSICAL CULTURE IN THE EDUCATIONAL PROCESS

    Gayrat Goynazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini yaratish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning muntazam jismoniy madaniyat va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning iroda, kuch va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, onalik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘usini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralashni tizimli tashkil etish hamda jismoniy madaniyat va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada ta‘lim tizimida jismoniy madaniyat fanining roli va vazifalari ilmiy jihatdan o‘rganiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex1
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    IMPORTANT ASPECTS OF FOCUSING ON PHYSICAL ACTIVITY IN SPORTS

    Ismatulla Tukhtanazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Muntazam jismoniy faollik yurak-qon tomir kasalliklari, koronar yurak kasalligi, bosh miya insulti, yuqori qon bosimi, bel og‘rig‘i, qandli diabet, ko‘krak bezi va yo‘g‘on ichak saratoni, depressiya va semizlik xavfini kamaytiradi, shuningdek, biz oladigan yordam darajasini ham pasaytiradi. Mushaklar va bo‘g‘imlarning egiluvchanligini rivojlantiring, o‘pka sig‘imi va suyaklar salomatligini yaxshilang. Ushbu maqolada sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tushunchalari yoritib berilgan. Xususan, maqolada sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikning o‘zaro bog‘liq jihatlari o‘rganiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex1
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    IMPORTANT ASPECTS OF PHYSICAL EDUCATION IN IMPROVING WORK ACTIVITY

    Shavkat Abdurakhmonov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Jismoniy tarbiya jarayoni ko‘p qirralidir. Bu jarayonda ham ta‘lim, ham tarbiya beriladi. Jismoniy tarbiya jarayonida ta‘lim harakat ko‘nikmalari, malakalarini shakllantirish va takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatiladi. Ta‘limning barcha turlarining birligi, ularning bir-biri bilan o‘zaro ta‘siri asosiy pedagogik qonuniyatlardan biridir. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya tizimi haqida ilmiy ma‘lumotlar berilgan. Jamiyat taraqqiyotida jismoniy tarbiyaning ahamiyati ham ilmiy jihatdan o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    DEVELOPMENT OF PHYSICAL CULTURE AND PHYSICAL CULTURE - AS A FACTOR OF PHYSICAL MATURITY

    Adkhamjon Makhmutaliev · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Yoshlarning jismoniy va intellektual resurslarini uyg‘un rivojlantirishdagi muhim vazifalardan biri jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanish asoslari imkoniyatlaridan keng foydalanishdir. Ushbu maqolada jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanish asoslari bo‘yicha nazariy ma‘lumotlar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    WELLNESS EXERCISE AND THE STAGES OF ITS IMPLEMENTATION

    Ikromjon Yuldashov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Barkamol avlodni shakllantirishning asosiy vositalaridan biri jismoniy madaniyat va sportdir. Chunki jismoniy tarbiya va sport yoshlarning o‘sishi va sog‘lig‘ida muhim rol o‘ynaydi. Sog‘lom inson o‘ziga ishonch, qat‘iyat, boshlagan ishini yakunlash uchun ko‘nikma va fazilatlarni rivojlantiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    THE IMPORTANCE OF INNOVATION AND INFORMATION TECHNOLOGY IN IMPROVING EDUCATIONAL EFFICIENCY

    M.Matmusayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyatning o‘z hayotining barcha sohalarida rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochib berdi. Insoniyatning davlat va jamiyat qurish borasidagi ko‘p asrlik tajribasi yangi yondashuvlar asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga nisbatan ilg‘or yondashuvlarning qabul qilinishiga olib keldi. Ushbu maqolada ta‘lim mazmuni, pedagogik mahorat tushunchalari yoritilgan. Shuningdek, ta‘lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yuzasidan tadqiqot o‘tkazildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex1
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    MORAL, EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF ACQUAINTANCE OF STUDENT-YOUTH WITH NATURE

    Iminchaev Rakhmatjon · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    O‘zbekiston Respublikasining ta‘limga oid konsepsiyalari va qonunlariga muvofiq, bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o‘zaro bog‘liq ta‘lim-tarbiya vazifalari amalga oshiriladi. Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifa bolalarga jonsiz tabiat, o‘simliklar, hayvonlar haqida bilim berish, ularga tabiat hodisalarini adekvat idrok etish imkoniyatini berishdan iborat. Maqolada yosh o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishning tarbiyaviy ahamiyati va ekologik madaniyatni shakllantirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA TEMURIYLAR DAVRI MA‘NAVIY MADANIYATINING AHAMIYATI

    G.Xasanboyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Yillar o‘tib, davru davron almashinib, tarix yangilanib borgan sari buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur siymosi ko‘z o‘ngimizda tobora ravshan tortib, tiniqlashib, yanada mahobatli kuch-qudrat va mukammallik timsoliga aylanib bormoqda. Maqolada yosh avlodni tarbiyalashda Temuriylar davri ma‘naviy madaniyatining ahamiyati tadqiq etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    THE IMPORTANCE OF WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF FAMILY ENTREPRENEURSHIP

    Ganieva Malika, Shakhabiddinova Sevara · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Ushbu ilmiy maqolada jamiyatimizda amalga oshirilayotgan globallashuv va modernizatsiya davrida oilaviy va tadbirkor ayol munosabatlarining uyg‘unlashuvi ilmiy-nazariy jihatdan shakllanishi, uning ijtimoiy dinamikasi, shuningdek respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishidagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq qilishga xarakat qilingan. Taraqqiyotimizning yangi davrida oilaviy va ayol tadbirkorligi masalasi nafaqat milliy, balki umumbashariy ahamiyatga ega ekanligi ham e‘tibroga molikdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    СТРУКТУРА СЮЖЕТ РОМАНА И.С.ТУРГЕНЕВА «НАКАНУНЕ»

    Абдуллаев Хусан Абдушукурович · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Ushbu maqola yozuvchining inson faoliyati va fikrlash jarayoni, amal va nazariya o‘rtasidagi nisbatni asosiy muammo sifatida ko‘rib chiquvchi eng muhim ijodiy asarlariga taalluqlidir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    CORRUPTION: ITS HISTORICAL ROOTS AND WAYS TO COMBAT IT

    Gulnoza Karimova · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Korruptsiya muammosi so‘ngi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Hatto, ayrim siyosatchilar tomonidan korruptsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta‘rif beriladi. Ta‘kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat‘iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsadlarini amalga oshirish uchun yaxlit mexanizmdan tashkil topgan. Ushbu mexanizmning har bir detail to‘g‘ri ishlagan taqdirdagina, davlat har tomonlama rivojlana oladi. Biroq, korrupsiya ushbu mexanizmni ishdan chiqishiga olib keladigan eng yomon illatdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary4
    • OpenAlex1
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    THE BASICS OF CIVIL LEGAL REGULATION OF SEPARATION FROM MARRIAGE

    J. Dadaboeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Hamma zamonlar va davrlarda ham nikoh bu shaxslarning ixtiyoriyligi va erkinligiga asoslangan hamda shaxsiy masala sifatida ko‘rilgan. Demokratik huquqiy davlatlarda esa nikoh er va xotin o‘rtasidagi shaxsiy munosabat bo‘lib, uning amal qilishi yoki davom etishi er-xotin tomonidan hal etilishi, hech kim majburlab nikoh munosabatlarida bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyillariga asoslanadi. Shunday ekan nikohdan ajralish – er yoki xotinning yoxud ikkalasining ham istagi bo‘lib, hech bir shaxs bu istakni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga yoki bu inkor etishga haqli bo‘lmaydi. Bu holatda davlat va jamiyatning vazifasi er va xotin o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni ularning ichki ishiga va oilaviy hayotiga aralashmagan holda hal etishga ko‘maklashish, er-xotinni yarashtirishga qaratilgan muayyan huquqiy mexanizmlar va choralarni o‘rnatish hamda imkon qadar er-xotin o‘rtasidagi iliqlikni saqlab qolishga undaydigan huquqiy vositalarni belgilashdan iborat.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex2
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    THE TASKS OF CREATING AN INNOVATIVE ACTIVITY SPACE IN THE DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURIAL CULTURE

    Akmalkhan Sayitkhanov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Maqolada tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati, tadbirkorlikni rivojlantirishda innovatsion faoliyat makonini yaratish ko‘rib chiqilgan. Tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishning dolzarb muammolari o‘rganilgan. Jamiyat taraqqiyotida davlat va jamiyatning rivojlanishi savdo munosabatlari bilan bog‘liq islohotlar samaradorligi, tadbirkorlik faoliyati va ishbilarmonlik munosabatlarini takomillashtirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatuvchi islohotlar samaradorligi orqali baholangan. Mavjud imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF LEADERSHIP ACTIVITY

    N. Alijonov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Rahbarlik psixologik savodxonlik har qaysi alohida xususiyat, vaziyat, holat, ziddiyat, shaxs qarshiligi, munosabat muammo yechimiga oqilona va omilkorlik bilan individual yoki differentsial yondashishni amaliyotga tatbiq etishga keng ko‘lamli imkoniyat puxta shart – sharoit shaxsiy uslub vujudga kelishiga negiz yaratadi. Binobarin rahbar xodimlarning individual tipologik xususiyatlari bo‘yicha psixologik bilimlar bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ijtimoiy psixologik holatlar, qonuniyatlar, hodisalar rivoji, ularni keltirib chiqaruvchi omillar harakatlanuvchi mexanizmlar ijtimoiy muammolarning yechimi jarayonda qat‘iy qabul qilish va uni bajarilishi bosqichlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bilan qo‘llanilishi lozim. Aks holda jamoa guruh singari mikrotuzilmalarni boshqarishda psixologik muhitni barqarorlashtirida shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda odamlar o‘rtasida o‘zaro ta‘sir, ta‘sirlanish, taassurot o‘zaro tushunish hamdardlik kabi murakkab kechinmalarkuchi davomiyligini anglab yetishda nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex1
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    DAVR SHE‘RIYATIDA AYOL “MEN”NI VA TUYG‘ULAR SUVRATI (Z. MIRZO, H. AHMEDOVA, X. RUSTAMOVA IJODI MISOLIDA)

    Jasurova Navruza Botirjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Yangi adabiyot nafaqat yangi so‘z, balki yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir. Davr va inson muammosi barcha davrlarda bo‘lgani kabi bugungi falsafiy lirikaning bosh tadqiqot obyektlaridan birini tashkil etadi. Lirika esa jamiyat hayotida ro‘y berayotgan har qanday voqea-hodisalarga birinchi bo‘lib aks-sado beradigan ijod turlaridan biridir. Ushbu maqolada Xosiyat Rustamova, Zebo Mirzo, Halima Ahmedova kabi shoiralarimiz lirikasidagi davr va inson talqini va ushbu talqinning o‘ziga xos xarakter kasb etganligi tahlil qilingan. Uch ijodkorimiz she‘riyatida shoirona qarash, poetik kechinma, obrazlar talqini, peyzaj tasviri, lirik qahramon xarakteristikasi kabilarni ifoda etish hamda qo‘llash holatlari bilan bir-biridan farqli tomonlari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    EKOSISTEMALAR MAHSULDORLIGI VA OZIQ-OVQAT MUAMMOSI

    M.Nazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Jahon mamlakatlari taraqqiyotining hozirgi XXI asr bosqichida sayyoramizning deyarli barcha qit‘alarida insoniyat o‘zining 3,5 mln yillik faoliyatida mislsiz, xatto aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishdi. Homo sapiuns ming barovar ildamlashga erishdi, madaniylashgan jamoalardan globallashgan mamlakatlar darajasiga yetib keldi. XX asr oxirlarida insoniyat rivojlanishini yangi bosqichiga barqaror taraqqiyotga olib boruvchi yo‘llarni kashf qila boshladi. Buning uchun olg‘a qarab borish ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy va ekologik ta‘lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida uzluksiz ravishda umumlashgan ekologik tizimga o‘tish zarurligini tushunib yetmoqda.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    SPORTNI RIVOJLANTIRISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

    Botirov Baxrom Maxmutaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir. Ma‘lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini ta‘minlash, xalq genofondini bekamu-ko‘st saqlash sog‘lom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Ushbu maqolada sportni rivojlantirishda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va muhim jihatlari tadqiq etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    NUTQ BUZILISHI TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATALRI

    Aripov Zoirjon, Oripova Ominaxon · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Amaldagi barcha harakatlarimiz kommunikativdir. Imo-ishoralar, yuzlar, tovushlar, hidlar va hatto masofalar boshqalarning harakatlari, motivlari va fikrlari to‘g‘risida ma‘lumot olish uchun ishlatilgan. Hatto harakatlarning yo‘qligi ham nimadir haqida dalolat beradi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, inson uchun yana bir element, ya‘ni ramziy ma‘noga ega. Ushbu ramziy element nutq orqali og‘zaki ifoda etiladigan tildir. Nutqning shakllanishi bolaning umumiy rivojlanishining asosiy xususiyatlaridan biridir. Oddiy rivojlanayotgan bolalar o‘z ona tilini yaxshi o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Nutq bola va uning atrofidagi dunyo o‘rtasidagi muhim aloqa vositasiga, faqat odamlarga xos bo‘lgan muloqotning eng mukammal shakliga aylanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex1
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    PATRIOTISM IS THE BASIS OF OUR NATIONAL IDEA

    U.Akhmatkulov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

    Vatanparvar insonlarni tarbiyalashda xalqimizning tarixiy merosi katta ahamiyatga ega. Shu sababli tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va kelajak avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu maqolada vatanparvarlik tushunchasi va uning jamiyat taraqqiyotidagi muhim jihatlari tadqiq etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish