Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

DAVR SHE‘RIYATIDA AYOL “MEN”NI VA TUYG‘ULAR SUVRATI (Z. MIRZO, H. AHMEDOVA, X. RUSTAMOVA IJODI MISOLIDA)

Jasurova Navruza Botirjon qiziQo‘qon davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisisligi 2-bosqich magistranti2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 1Son 4Sahifa 236–240

Annotatsiya

Yangi adabiyot nafaqat yangi so‘z, balki yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir. Davr va inson muammosi barcha davrlarda bo‘lgani kabi bugungi falsafiy lirikaning bosh tadqiqot obyektlaridan birini tashkil etadi. Lirika esa jamiyat hayotida ro‘y berayotgan har qanday voqea-hodisalarga birinchi bo‘lib aks-sado beradigan ijod turlaridan biridir. Ushbu maqolada Xosiyat Rustamova, Zebo Mirzo, Halima Ahmedova kabi shoiralarimiz lirikasidagi davr va inson talqini va ushbu talqinning o‘ziga xos xarakter kasb etganligi tahlil qilingan. Uch ijodkorimiz she‘riyatida shoirona qarash, poetik kechinma, obrazlar talqini, peyzaj tasviri, lirik qahramon xarakteristikasi kabilarni ifoda etish hamda qo‘llash holatlari bilan bir-biridan farqli tomonlari tahlil qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaПОРТРЕТ ЖЕНСКОГО «Я» И ЧУВСТВ В ПОЭЗИИ ЭПОХИ (НА ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА З. МИРЗО, Х. АХМЕДОВОЙ, Х. РУСТАМОВОЙ)

Новая литература означает не только новое слово, но и новое страдание, новое мышление, новую высоту. Проблема эпохи и человека, как и во все времена, составляет один из главных объектов исследования современной философской лирики. Лирика же является одним из видов творчества, который первым откликается на любые события, происходящие в жизни общества. В данной статье анализируется интерпретация эпохи и человека в лирике таких наших поэтесс, как Хосият Рустамова, Зебо Мирзо, Халима Ахмедова, а также то, как эта интерпретация приобрела своеобразный характер. В поэзии трёх наших авторов проанализированы отличающиеся друг от друга стороны в выражении и использовании таких элементов, как поэтический взгляд, поэтическое переживание, интерпретация образов, описание пейзажа, характеристика лирического героя.

inglizchaPORTRAIT OF FEMALE PERSONALITY AND EMOTIONS IN PERIOD POETRY (EXAMPLE OF THE WORKS OF Z. MIRZO, H. AHMEDOVA, KH. RUSTAMOVA)

New literature is not only a new word, but also a new suffering, a new way of thinking, a new height. The problem of time and human is one of the main research objects of today‘s philosophical lyrics, as in all times. Lyric poetry is one of the types of creativity that first resonates with any events happening in the life of society. This article analyzes the era and human interpretation in the lyrics of our poets such as Khosiyat Rustamova, Zebo Mirzo, Halima Akhmedova and how this interpretation acquired its own character. In the poetry of these three creators, the different aspects of the poet‘s vision, poetic experience, interpretation of images, landscape description, lyrical character characteristics, etc., and the cases of expression and application, have been scientifically concluded.

Kalit so‘zlar

  • poetik kechinma
  • obrazlar talqini
  • peyzaj tasviri
  • lirik qahramon xarakteristikasi
  • adabiy “men”
  • poetik til
  • ruhiyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DAVR SHE’RIYATIDA AYOL “MEN”NI VA TUYG’ULAR SUVRATI (Z. MIRZO, H. AHMEDOVA, X. RUSTAMOVA IJODI MISOLIDA) Jasurova Navruza Botirjon qizi Qo’qon davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti mutaxassisisligi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7524507 Annotatsiya: Yangi adabiyot nafaqat yangi so’z, balki yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir. Davr va inson muammosi barcha davrlarda bo’lgani kabi bugungi falsafiy lirikaning bosh tadqiqot obyektlaridan birini tashkil etadi. Lirika esa jamiyat hayotida ro’y berayotgan har qanday voqea-hodisalarga birinchi bo’lib aks-sado beradigan ijod turlaridan biridir. Ushbu maqolada Xosiyat Rustamova, Zebo Mirzo, Halima Ahmedova kabi shoiralarimiz lirikasidagi davr va inson talqini va ushbu talqinning o’ziga xos xarakter kasb etganligi tahlil qilingan. Uch ijodkorimiz she’riyatida shoirona qarash, poetik kechinma, obrazlar talqini, peyzaj tasviri, lirik qahramon xarakteristikasi kabilarni ifoda etish hamda qo’llash holatlari bilan birbiridan farqli tomonlari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: poetik kechinma, obrazlar talqini, peyzaj tasviri, lirik qahramon xarakteristikasi, adabiy “men”, poetik til, ruhiyat. PORTRAIT OF FEMALE PERSONALITY AND EMOTIONS IN PERIOD POETRY (EXAMPLE OF THE WORKS OF Z. MIRZO, H. AHMEDOVA, KH. RUSTAMOVA) Annotation: New literature is not only a new word, but also a new suffering, a new way of thinking, a new height. The problem of time and human is one of the main research objects of today's philosophical lyrics, as in all times. Lyric poetry is one of the types of creativity that first resonates with any events happening in the life of society. This article analyzes the era and human interpretation in the lyrics of our poets such as Khosiyat Rustamova, Zebo Mirzo, Halima Akhmedova and how this interpretation acquired its own character. In the poetry of these three creators, the different aspects of the poet's vision, poetic experience, interpretation of images, landscape description, lyrical character characteristics, etc., and the cases of expression and application, have been scientifically concluded. Key words: poetic experience, interpretation of images, landscape image, characteristic of the lyrical hero, poetic language, psyche. KIRISH Davr va inson muammosi barcha davrlarda bo’lgani kabi bugungi falsafiy lirikaning bosh tadqiqot obyektlaridan birini tashkil etadi. Hayotdagi boqiy narsalarda har bir davr o’z muhrini qoldirganidek, bugungi falsafiy lirikada ham davr va inson talqini sershiddat XXI asrning eng serto’lqin yillariga monand o’ziga xos xarakter kasb etadi. Biroq dunyo qiyofasining o’zgara borishi va dunyoqarashlarning almashishi, boyishi ushbu so’z zamiriga yuklangan tushunchaning ham o’zgarib turishiga sabab bo’lmoqda. Lirika jamiyat hayotida ro’y berayotgan har qanday voqea-hodisalarga birinchi bo’lib akssado beradigan ijod turi hisoblanadi. Ruh hayotdan rang va kuch oladi. Ana shu rang va kuchlarni harakatga qay holatda keltirish mahorati shoirning iste’dodini, uning ruh muhandisi sifatidagi faoliyatini har doim yo’lga solib turadi. Zero adabiyotshunos J.Jumaboyeva ta’kidlaganidek, “She’rda lirik qahramon his-tuyg’ulari tasviriga nisbatan uning intellektual dunyo manzarasining aksi ustunlik qiladi. Ya’ni asarda lirik “men”ning ichki dunyosidagi hissiy tolg’onishlar, o’yfikrlar oqimi uyg’unligidan dunyoga kelgan ruhiy holatlari emas, balki lirik qahramon o’zining tashqi olamga munosabatini, kayfiyatini bildiradi, xolos”.[2;23] Darhaqiqat, tuyg’u ifodasi

bo’lmish she’rda davr kishisining hissiyoti, o’y-hayollari aks etadi. Shunday ekan biz ayni paytdagi ayollar she’riyatini tuyush va anglashimiz uchun biz adabiyotning, zamon va davrning yetakchi tuyg’usi nima ekanligini anqilashimiz lozim bo’ladi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI “Mavjud poetik an’analar soyasida qolib ketmaslikka urunish zamonaviy she’riyatning yetakchi xususiyatidir. Hozirgi shoirlar birov u yoqda tursin, hatto, o’zinida takrorlab qo’ymaslikka intiladi”, -deydi ustoz Qo’chqor Norqobil bir maqolasida. Haqiqatdan ham, har qanday o’zini bilgan ijodkor shaxs o’zidan oldingi ijodkorlarga ergashashi mumkin, lekin aynan takrorlashni fojea deb hisoblashadi. Chunki xar bir davr she’riyatining umumiy bir xususiyati bo’lgani kabi bu umumiylikda xususiylikning ovozi ham, albatta sezilib turadi. Shunday ekan olamni his qilish jaroyonida xohlaysizmi yo’qmi albatta shaxslashib, indivudallashib boraverasiz. Bizning tadqiqot obyektimiz bo’lgan Halima Ahmadevo, Zebo Mirzayeva, Xosiyat Rustamova kabi shoiralar she’rlarida ham poetik olamni idrok etish yangi bosqichga ko’tarilgani namoyon bo’ladi. Endilikda she’riyatda o‘tkir gap aytish,dono fikr bildirish, nasihat, aql o’rgatish emas, balki inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. Endilikda: “Osmonni ko’tarib charchadi yelkam, Tog’lar uvalanib ketdi kaftimda, Azizim… endi men qanday yashayman Quyoshlar isinib tursa taftimda”[7] kabi satrlarni qabul qilish uchun o’quvchida ham muayyan ruhiy-intellektual tayyorgarlik talab etilmoqda. Chunki baland she’riyat yuksak didli she’rxonni talab qilmoqda va uni shakllantirmoqda. Bu she’rlarni mutolaa qilar ekansiz, qavatma-qavat ko’tarilib, hayratlanib, tushunib, alaloqibat, o’zingiz ham birmuncha o’sib borasiz. She’r didingizni, tafakkuringizni, farosatingizni o’z ohangi-yu, tarovati bilan tarbiyalaydi. TADQIQOT NATIJALARI Hozirgi davr ayol she’riyatida yirik ijtimoiy muammolardan ko’ra, alohida bir shaxs tafakkuri va ruhiyitadagi muammolarni tasvirlash dolzarblik kasb etmoqda. Bu she’riyatda tafakkur, lirik qahramon ichki olami va amallaridagi umumiy jihatdan ko’ra, ulardagi qaytarilmas o’ziga xoslikni ko’rsatishga ko’proq e’tibor qaratilgan. Asal deb ichaman ilon qonini, Do’st tutaman qurt-u qumursqani ham. Alanga labiga labimni bosib, Chog’ni o’pib o’lgim kelar, Xudoyim. [3] She’r hamisha darddir. Kamdan-kam holatlarda shodlikdan she’r paydo bo’ladi. Zebo Mirzo yuqoridagi misralari bilan o’quvchiga xulosa bermaydi, lirik qahramonning ruhiy holatini xolis tasvirlaydi. Har qanday so’z belgi, har qanday so’z ma’lum bir vazifani bajaradi. Inson ruhiyatidagi inja holatlarning ingichka tasvirini berishda ko’ngil iztiroblari vositali manzaralashtiriladi. Yoki: Barglar sipqoradi osmon ko’nglini, Shafaq hayolini buzar shabboda. Bulutning soyasi tushgan yo’llarda Hanuz ketayapman poyi piyoda. Shamol kuy bastalar, daraxt kuylaydi. Tinglayman, tinglayman, bari noladay.

Hovliqib har tomon alanglar quyosh, Bolalar uyidan qochgan boladay.[1;41] Halima Ahmedova “Yashil” she’rida go’zallik va “men” o’rtasidagi voqelikni tasvirlash darajasi bilan emas, voqelikni o’zgartirish, uni o’ziga va o’z idealiga moslashtirish, undagi inson va dunyo haqidagi iztiroblar darajasini anglashga harakat qiladi. Nimaga shamol va daraxtlarning bastalagan kuyi shuchalar hazin? Nimaga quyosh ham bolalar uyidan qochgan bola kabi olazarak, bezovta? Keling mushohada qilib ko’ramiz. She’rda lirik “men” tashqi olamni o’ziga qabul qilyapti, uni o’z ideali qadar induviduallashtiryapti, o’ziga bo’ysindiryapti. Unga o’z iztirobidan, a’zob uqubatidan zamin yaratib, tashqi olamdan o’zgacha, boshqa bir dunyo paydo qilmoqda. Zero, voqelikni tasvirlash qobilyat emas, voqelikni yaratish qobilyatdir. Go’zallikni qabul qilish, zavqlanish har qanday hayrati so’nmagan odamning qo’lidan keladi, go’zallik hammani hayratga solishi mumkin, biroq uni yaratish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. MUHOKAMA Buyuk mutafakkir Gyote: «yangi davrning eng betakror yozuvchilari biror yangi narsa yaratganlari uchun emas, balki hammaga ma’lum gapni ulargacha hech qachon aytilmaganidek aytishga qodir bo‘lganliklari uchun betakrordirlar» degan fikrni bejizga aytmagan. Xuddi shu nisbatlarni Xosiyat Rustamovaning quyidagi she’rida ham kuzatishimiz mumkin: Yo Tangrim, Sen menga kuch ber, Ber chidamXuddi daraxtlarday ko’tariyin qad. Ichimga qor yog’ib turganida ham, Men kulib turishim kerak hamma vaqt. Xosiyat Rustamova uslub yaratishda o’ziga xos uslubga ega shoira. U o’z she’rlarini nafis tashbehlar bilan bezatib, ularga o’zgacha sayqal berishga astoydil harakat qiladi. Ushbu she’rda ham ijodkor lirik qahramonning ruhiy olamini noyob poetik topilmalar va tasvir vositalari bilan ifodalaydi. Va voqea-hodisalar mohiyatini teran his qilib, anglab, eng harakterli tomoni bu xususiyatlarni mohirlik bilan she’riy misralar tarkibiga sindirishni o’ta noziklik bilan amalga oshiradi. Qushlar daraxtlarni aylasa ham tark, Chidar ayozlardan o’tar tippa-tik. Shunda ham olmalar yozaverar barg, Shunda ham gullaydi bechora o’rik. Adabiyotimizda daraxt obrazini insonga qiyoslab talqin qilish holatlarini juda ko’p kuzatishimiz mumkin. Masalan Abdulla Jabbor “Shavkat Rahmon va Xurshid Davron she’riyatidagi bir xil poetik obrazlarning ma’no talqini” nomli maqolasida X.Davronning “Men daraxtga aylandim tunda” she’ridagi daraxt obrazi bilan Sh.Rahmonning “Subhidamda yam-yashil daraxt” deb boshlanuvchi she’ridagi daraxt obrazlariga quyidagicha xulosalar beradi: “Yuqorida daraxt obrazi insonga mengzalgan… Bu ikki shoir obrazlarining o’xshash tomoni. Biroq ikkala shoirning timsoliy qarashlarida farq bor. Chunki, bu timsollarning anglatyotgan mohiyati turlicha, bir-biridan ayri. Shavkat Rahmon daraxtga insonni irodali hamda matonatli bo’lishga chorlovchi manba deb qarasa, Xurshid Davron daraxt misolida erk, ozodlik istovchi, qora tunlardan tongga qarab ya’ni hurlikka tomon intiluvchi inson obrazini gavdalantiradi.” Mana shu mavzu doirasidan kelib chiqib xulosa qiladigan bo’lsak, Xosiyat Rustamova esa daraxt qiyofasida insonning, aynan sharq ayolining qanday yashashi kerakligini o’rgatuvchi, taqdir va hayot zarbarilaridan tanasida

madori qolmagan insonga, har ko’klamda yangidan yashnashiga undovchi jasorat va matonat timsolini ko’radi: O’rgat toshlarga ham gapiray mayin, Ayolman! Xudoyim, keltirmayin shak. Men ham daraxtlarday gullayverayin Men ham daraxtlardek yozayin kurtak. [5;4] Ayol bu ona, yaratuvchi, buyuk hilqat egasi. Uning qalbi nozik va shu noziklik qa’rida buyuklik mujassam. Ayol qalbining butun go’zalligini ayolgina yaxshi his qila oladi. Qisqa qilib ushbu she’rda adabiyotshunos Abdug’ofur Rasulov ta’biri bilan aytganda “….shoir zo’riqmasdan, chiranmasdan oddiy so’zlar orqali katta hayotiy falsafani ifodalab qo’ygan”[6;336] Davr she’riyatida ayol tuyg’ulari va lirik “men”ini tadqiq etishda davom etar ekanmiz, tadqiqot obyektimiz bo’lgan uch ijodkorimiz she’riyatida shoirona qarash, poetik kechinma, obrazlar talqini, peyzaj tasviri, lirik qahramon xarakteristikasi kabilarni ifoda etish hamda qo’llash holatlari bilan bir-biridan farq qilishiga guvoh bo’lamiz. Masalan Zebo Mirzo ijodini kuzatar ekanmiz, shoira ijodining salmoqli qismini ishq, muhabbat mavzusi tashkil etganiga guvoh bo’lamiz. Zebo Mirzo qalamga olayotgan tuyg’ular, mavzular tasavvufiyroq va ilohiyroq tuyuladi. Shoiraning lirik qahramoni ko’nglidagi ilohiy nigoh bilan olam shevalariga, atrof-tevaragida kechayotgan voqelik jarayonlariga, odamlar fe’l-atvoriga nazar tashlaydi va bu hodisalarni estetik baholaydi. Bu borada haqiqat tuyg’usi ilohiy nigohning tajallisi sifatida zohir topadi: Iloha qo’llaring bo’yningda bo’lsin! Iloha mehrobing bo’lsin etagim. Olganing tilloga aylansin illo… Iloha qo’llaring ishqqa zor bo’lsin, Aybing Xudo bo’lsin, Xudo yor bo’lsin Yuqoridagi misralarga e’tibor bering, u och-yalang’och sevgini emas, ayol qalbining yashirin kuchi bo’lgan muhabbatni mana shunday sirli tarannum etadi. Va bu muhabbat yaratgan tomonidan o’ziga berilgan ilohiy tuyg’u ekanligiga ishonadi, va o’quvchini ham bunga ishontiradi. Alhamdu surasin ishqqa alishdim, Payg’ambar qoniga qonim tutashdi Suyagim qaladim ming yillik o’tga Qiyomat kuniga jonim tutashdi, Duobad ayladim taning xor bo’lsin Ruhim Xudo bo’lsin, Xudo yor bo’lsin! Olamga o’z nigohimiz bilan emas, ichki, botindagi ko’zlarimiz bilan qarasak, u naqadar jozibali va rangin ekanligiga guvoh bo’lamiz. Shoira she’rlari orqali o’z olamini allaqachon yaratishga ulgurgan. Uning olami ishqning eng inja sohillarida joylashgan. Ketsang yo’llaringga gullar bog’lasin, Parilar bog’lasin, hurlar bog’lasin Baxtdan baxtsizlik top qaytar oningda Menga kelgan sovchi – o’lim bog’lasin Tilayman qasamim ustuvor bo’lsin Yoring Xudo bo’lsin, Xudo yor bo’lsin. Zebo Mirzoning haqparastligi boshqacha haqparastlik. Binobarin so’fiyona she’rlarni his etmoq uchun holatga tushmoq joiz. Aksincha bo’lsa she’r ta’mini sezmaysiz. Uning she’rlarida teran falsafa poetik tilda jilolanadi. Lekin poetik tilni bilish she’r ta’mini sezish yo’lida

kamlik qiladi. Shuning uchun shuur osti qatlamlarini harakatga keltirib ishga kirishasiz. Alalxusus, real voqelik va ro’yo oralig’i – shoirnimg yashash joyi hisoblanadi. Sen shunday tanho bo’l, baxtdan sulton bo’l. Ki, so’ngsiz azobga tila ibtido Ming yil gunohimga qurbonlik uchun Bir kun meni sendan so’rasin Xudo Nomim yuragingda abadiy qolsin, Sevgim Xudo bo’lsin, Xudo yor bo’lsin!!! Shoira ishqni juda go’zal liboslar bilan liboslantiradi, uning kayfiyatini, turli xil vaqtlardagi ko’rinishlarini chizadi. Tatar shoiri Hodi Toqtosh “Muhabbat ul o’zi eski narsa, lekin har bir yurak oni yong’orta” (yangilaydi) deganida naqadar haq edi. Rostdan ham muhabbat har bir oshiq qalbida o‘zgacha bo‘y taratyotgan gul misoli yashaydi. Xuddi shoir Normurod Musomov aytganidek “Sevgi – ikki qalb o’rtasida o’sgan gul. Unga suv kerak emas, non ham ortiqcha. Ko’zingizga ko’rinayotib ko’ylakda bo’ladimi, qiya yalang’och yuradimi bunisi bialn ham ishingiz bo’lmasin. Unga faqat e’tibor kerak, ikki kishilik e’tibor xolos”. Haqiqatdan ham, u gulga parvarish kerak. Bu ilohiy gulning ifori esa hammaga ham nasib bo’lavermaydi. XULOSA Kuzatishlarimiz davomida shuni aytimishmiz mumkinki, inson ruhiy dunyosini, tuyg’ularini to’la tadqiq etish, o’rganib nihoyasiga yetkazish aslo mumkinmas. Olam sir-u sinoatga qanchalik boy bo’lsa, odamzot ruhiy dunyosi ham shunchalik murakkab va chegarasiz. Demak, ushbu rejada ko’tarilgan masalalar umumlashtirilgan holda xulosalanadigan bo’lsa, bugun adabiy “men” o’zini o’zi tiklashga urinyapti. Bugungi adabiyotimizga eng zarur narsa, ana shu “men” kerak! “Men” yo’q joyda biologik maxluq bo’ladi degandi Freyd. “Men”siz adabiyot quruq g’oyaviy, mafkuraviy libosdan boshqa narsa emas. Ustoz Nazar Eshonqul ta’biri bilan aytadigan bo’lsak, “faqat mustahkam “men”gina millat va Vatan uchun bugun hamda ertaga ham o’qiladigan, kuylanadigan, sharaflanadigan so’z yarata oladi, ko’z oldidagi voqelikni ijodkor olami bilan bog’lay oladi. Yuzakalikka o’rangan tasavvurlarni yorib o’tib, o’zining e’tiqod, go’zallik dunyosini yaratadi. Dard va iztirobdan, insonga bo’lgan shafqatdan yuzaga kelgan bu ijod dunyosi yangi adabiyotga, yangilanajak adabiyotga xos dunyodir. Yangi dunyoda “men”lar yangillangan sayin so’z ham, adabiyot ham, odamlar ham yangillanib boradi”.[4;13] Darhaqiqat, yangi adabiyot nafaqat yangi so’z, balki yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Ahmedova H. Yashil: She’rlar - Toshkent: O’zbekiston, 2016. 41-bet
  2. Jumaboyeva J. XX asr o’zbek she’riyatida psixologik tasvir mahorati: monografiya - Toshkent,2004.
  3. Mirzayeva Z. Ishq kukunlari: She’rlar: -Toshkent.
  4. Eshonqul N. Mendan “men”gacha. Toshkent: Akademnashr, 2014. 13-bet
  5. Rustamova X. Ishg’ol. Toshkent. 2011, 4-bet
  6. Rasulov A. Badiiylik bezavol yangillik. Toshkent. 2007, 336-bet
  7. Rustamova X. Sargardon soyalar: She’rlar – Toshkent:

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013895
Nashr sanasi
2023-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v1i4.2959
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
236–240
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11