Ochiq kirishMaqola
Муртазаев З.И., Байсариев Ш.У. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Travmatik ivigan gemotoraks (SG) bilan kechgan 78 ta kuzatuv tahlil qilindi (25 (32,05%) bemorda SG ko‘krak qafasining kirib boruvchi jarohatlari natijasida, 53 (67,95%) bemorda esa ko‘krakning yopiq shikastlanishi natijasida yuzaga kelgan). Shikastlanishdan keyingi birinchi sutkada 28 (35,90%) jabrlanuvchi, 7 sutkagacha – 23 (29,49%), ikki haftagacha – 12 (15,38%), bir oygacha – 10 (12,82%) va undan keyin – 5 jabrlanuvchi (6,41%) kelib tushdi. Barcha bemorlarda rentgenologik tekshiruvlar o‘tkazildi. Bunda 36 (46,15%) bemorda plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikning gorizontal sathi aniqlandi, 25 (32,05%) bemorda suyuqlik sathi ustida havo mavjudligi aniqlandi. Biroq 17 (21,79%) bemorda faqat gemitoraksning pastki qavatidagi qorayish aniqlandi. Kech murojaatlarda 15 bemorda ko‘krak qafasi MSKT tekshiruvi qo‘llanildi. SGni davolashning quyidagi usullari qo‘llanildi: 7 (8,97%) bemorda konservativ davolash; plevra bo‘shlig‘ini takroriy punksiya qilish yo‘li bilan – 12 (15,39%) bemorda; fermentlar (streptaza) yuborib plevra bo‘shlig‘ini drenajlash – 16 (20,51%) bemorda; plevra bo‘shlig‘ini videotorakoskopik sanatsiya qilish – 38 (48,72%) bemorda; o‘pka dekortikatsiyasi va plevrektomiya bilan torakotomiya – 5 (6,41%) bemorda. Plevra bo‘shlig‘ini videotorakoskopik sanatsiya qilish TSGda eng oqilona va miniinvaziv jarrohlik taktikasi hisoblanadi.