Iminchaev Rakhmatjon · Research Focus International Scientific Journal · 2023
O‘zbekiston Respublikasining ta‘limga oid konsepsiyalari va qonunlariga muvofiq, bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o‘zaro bog‘liq ta‘lim-tarbiya vazifalari amalga oshiriladi. Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifa bolalarga jonsiz tabiat, o‘simliklar, hayvonlar haqida bilim berish, ularga tabiat hodisalarini adekvat idrok etish imkoniyatini berishdan iborat. Maqolada yosh o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishning tarbiyaviy ahamiyati va ekologik madaniyatni shakllantirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
G.Xasanboyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Yillar o‘tib, davru davron almashinib, tarix yangilanib borgan sari buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur siymosi ko‘z o‘ngimizda tobora ravshan tortib, tiniqlashib, yanada mahobatli kuch-qudrat va mukammallik timsoliga aylanib bormoqda. Maqolada yosh avlodni tarbiyalashda Temuriylar davri ma‘naviy madaniyatining ahamiyati tadqiq etilgan.
Ganieva Malika, Shakhabiddinova Sevara · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu ilmiy maqolada jamiyatimizda amalga oshirilayotgan globallashuv va modernizatsiya davrida oilaviy va tadbirkor ayol munosabatlarining uyg‘unlashuvi ilmiy-nazariy jihatdan shakllanishi, uning ijtimoiy dinamikasi, shuningdek respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishidagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq qilishga xarakat qilingan. Taraqqiyotimizning yangi davrida oilaviy va ayol tadbirkorligi masalasi nafaqat milliy, balki umumbashariy ahamiyatga ega ekanligi ham e‘tibroga molikdir.
Абдуллаев Хусан Абдушукурович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqola yozuvchining inson faoliyati va fikrlash jarayoni, amal va nazariya o‘rtasidagi nisbatni asosiy muammo sifatida ko‘rib chiquvchi eng muhim ijodiy asarlariga taalluqlidir.
Gulnoza Karimova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Korruptsiya muammosi so‘ngi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Hatto, ayrim siyosatchilar tomonidan korruptsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta‘rif beriladi. Ta‘kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat‘iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsadlarini amalga oshirish uchun yaxlit mexanizmdan tashkil topgan. Ushbu mexanizmning har bir detail to‘g‘ri ishlagan taqdirdagina, davlat har tomonlama rivojlana oladi. Biroq, korrupsiya ushbu mexanizmni ishdan chiqishiga olib keladigan eng yomon illatdir.
A.Ahrorqulov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish chora-tadbirlari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
J. Dadaboeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hamma zamonlar va davrlarda ham nikoh bu shaxslarning ixtiyoriyligi va erkinligiga asoslangan hamda shaxsiy masala sifatida ko‘rilgan. Demokratik huquqiy davlatlarda esa nikoh er va xotin o‘rtasidagi shaxsiy munosabat bo‘lib, uning amal qilishi yoki davom etishi er-xotin tomonidan hal etilishi, hech kim majburlab nikoh munosabatlarida bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyillariga asoslanadi. Shunday ekan nikohdan ajralish – er yoki xotinning yoxud ikkalasining ham istagi bo‘lib, hech bir shaxs bu istakni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga yoki bu inkor etishga haqli bo‘lmaydi. Bu holatda davlat va jamiyatning vazifasi er va xotin o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni ularning ichki ishiga va oilaviy hayotiga aralashmagan holda hal etishga ko‘maklashish, er-xotinni yarashtirishga qaratilgan muayyan huquqiy mexanizmlar va choralarni o‘rnatish hamda imkon qadar er-xotin o‘rtasidagi iliqlikni saqlab qolishga undaydigan huquqiy vositalarni belgilashdan iborat.
Akmalkhan Sayitkhanov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati, tadbirkorlikni rivojlantirishda innovatsion faoliyat makonini yaratish ko‘rib chiqilgan. Tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishning dolzarb muammolari o‘rganilgan. Jamiyat taraqqiyotida davlat va jamiyatning rivojlanishi savdo munosabatlari bilan bog‘liq islohotlar samaradorligi, tadbirkorlik faoliyati va ishbilarmonlik munosabatlarini takomillashtirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatuvchi islohotlar samaradorligi orqali baholangan. Mavjud imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar berilgan.
N. Alijonov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Rahbarlik psixologik savodxonlik har qaysi alohida xususiyat, vaziyat, holat, ziddiyat, shaxs qarshiligi, munosabat muammo yechimiga oqilona va omilkorlik bilan individual yoki differentsial yondashishni amaliyotga tatbiq etishga keng ko‘lamli imkoniyat puxta shart – sharoit shaxsiy uslub vujudga kelishiga negiz yaratadi. Binobarin rahbar xodimlarning individual tipologik xususiyatlari bo‘yicha psixologik bilimlar bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ijtimoiy psixologik holatlar, qonuniyatlar, hodisalar rivoji, ularni keltirib chiqaruvchi omillar harakatlanuvchi mexanizmlar ijtimoiy muammolarning yechimi jarayonda qat‘iy qabul qilish va uni bajarilishi bosqichlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bilan qo‘llanilishi lozim. Aks holda jamoa guruh singari mikrotuzilmalarni boshqarishda psixologik muhitni barqarorlashtirida shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda odamlar o‘rtasida o‘zaro ta‘sir, ta‘sirlanish, taassurot o‘zaro tushunish hamdardlik kabi murakkab kechinmalarkuchi davomiyligini anglab yetishda nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi.
Jasurova Navruza Botirjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Yangi adabiyot nafaqat yangi so‘z, balki yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir. Davr va inson muammosi barcha davrlarda bo‘lgani kabi bugungi falsafiy lirikaning bosh tadqiqot obyektlaridan birini tashkil etadi. Lirika esa jamiyat hayotida ro‘y berayotgan har qanday voqea-hodisalarga birinchi bo‘lib aks-sado beradigan ijod turlaridan biridir. Ushbu maqolada Xosiyat Rustamova, Zebo Mirzo, Halima Ahmedova kabi shoiralarimiz lirikasidagi davr va inson talqini va ushbu talqinning o‘ziga xos xarakter kasb etganligi tahlil qilingan. Uch ijodkorimiz she‘riyatida shoirona qarash, poetik kechinma, obrazlar talqini, peyzaj tasviri, lirik qahramon xarakteristikasi kabilarni ifoda etish hamda qo‘llash holatlari bilan bir-biridan farqli tomonlari tahlil qilingan.
M.Nazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Jahon mamlakatlari taraqqiyotining hozirgi XXI asr bosqichida sayyoramizning deyarli barcha qit‘alarida insoniyat o‘zining 3,5 mln yillik faoliyatida mislsiz, xatto aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishdi. Homo sapiuns ming barovar ildamlashga erishdi, madaniylashgan jamoalardan globallashgan mamlakatlar darajasiga yetib keldi. XX asr oxirlarida insoniyat rivojlanishini yangi bosqichiga barqaror taraqqiyotga olib boruvchi yo‘llarni kashf qila boshladi. Buning uchun olg‘a qarab borish ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy va ekologik ta‘lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida uzluksiz ravishda umumlashgan ekologik tizimga o‘tish zarurligini tushunib yetmoqda.
Botirov Baxrom Maxmutaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir. Ma‘lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini ta‘minlash, xalq genofondini bekamu-ko‘st saqlash sog‘lom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Ushbu maqolada sportni rivojlantirishda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va muhim jihatlari tadqiq etilgan.
Aripov Zoirjon, Oripova Ominaxon · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Amaldagi barcha harakatlarimiz kommunikativdir. Imo-ishoralar, yuzlar, tovushlar, hidlar va hatto masofalar boshqalarning harakatlari, motivlari va fikrlari to‘g‘risida ma‘lumot olish uchun ishlatilgan. Hatto harakatlarning yo‘qligi ham nimadir haqida dalolat beradi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, inson uchun yana bir element, ya‘ni ramziy ma‘noga ega. Ushbu ramziy element nutq orqali og‘zaki ifoda etiladigan tildir. Nutqning shakllanishi bolaning umumiy rivojlanishining asosiy xususiyatlaridan biridir. Oddiy rivojlanayotgan bolalar o‘z ona tilini yaxshi o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Nutq bola va uning atrofidagi dunyo o‘rtasidagi muhim aloqa vositasiga, faqat odamlarga xos bo‘lgan muloqotning eng mukammal shakliga aylanadi.
U.Akhmatkulov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Vatanparvar insonlarni tarbiyalashda xalqimizning tarixiy merosi katta ahamiyatga ega. Shu sababli tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va kelajak avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu maqolada vatanparvarlik tushunchasi va uning jamiyat taraqqiyotidagi muhim jihatlari tadqiq etilgan.
Бекназарова С.С., Ганиева Ш.Н. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar ta‘lim tizimida ta‘limda virtual reallikdan foydalanish tajribasi haqida ma‘lumot berilgan. Shuningdek, virtual reallik texnologiyalari, uskunalar, ularning ishlash prinsipi va bir qator parametrlar tahlil qilinadi. Mamlakatimiz oliy ta‘lim tizimiga joriy etish uchun tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari, virtual reallikning inson salomatligiga ta‘siri ham o‘rganilgan va bir qator xulosalar chiqarilgan.
Ilxomjon Xolbekov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Darsda samaradorlikni oshirish uchun avvalom bor, o‘qituvchining mahorati va ijodkorlgi bo‘lib, bunda o‘qituvchi tomonidan darsning maqsadiga qarab turli vositalardan foydalanishi maqsadga muvofiq. Ta‘lim vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Chunki ta‘lim vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallardir.
Botirov Bakhrom · Research Focus International Scientific Journal · 2023
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yosh avlod salomatligini sog‘lomlashtirish dasturlarni ta‘minlab borilishiga katta e‘tibor qaratilmoqda. Shu bois, ta‘lim muassasalarida asosan bolalik va o‘smirlik davridan jismoniy tarbiya va sportga poydevor qo‘yilgan. niyat taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari tadqiqi etilgan.
R.X.Akbarov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada Turkiston Muxtoriyati vujudga kelishidagi omillar, unga chet ellarda qiziqishning boshlanishi, turk tarixchilarining bu borada amalga oshirgan ishlari, buning sabablari, Mustafo Cho‘qay haqidagi haqiqatlar, Turkiston legioni tuzilishida M.Cho‘qay ishtiroki, M.Cho‘qay o‘limi haqidagi taxminlar, turk tarixchilarining Turkiston Muxtoriyati va muvaqqat parlament hisoblangan – Xalq Sho‘rosi (Millat Majlisi) faoliyati haqidagi qarashlari, Millat Majlisida qabul qilingan qonunlar haqida ma‘lumotlar berilgan.
M.K.Khusanova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada LAN xavfsizligiga oid keng tarqalgan tahdidlar va ularni kamaytirish usullari tavsiflanadi. Shuningdek, unda SNMP protokoli tavsiflanadi hamda uni tarmoq monitoringi uchun qanday yoqish va port analizatorlari yoki IPS qurilmalari yordamida trafikni ushlab olish va monitoring qilish uchun Switched Port Analyzer texnologiyasini lokal ravishda qanday joriy etish ko‘rsatiladi.
Toxirov Rustam · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda tadbirkorlik shakllarining rivojlanishi shundan dalolat beradiki, yuqori darajadagi ushbu jarayonda tadbirkorlik madaniyatini yuksak darajada bo‘lishi talab etiladi. Ushbu omil iqtisodiy yutuqqa erishishning eng muhim omillaridan biri sifatida tan olinadi. Ushbu maqolada tadbirkorlik sub‘ektlarini raqamlitexnologiyalar orqali rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etilgan.