Comparative evaluation of the efficacy of different anthelmintic drugs against ovine dictyocaulosis
L. SHARIPOVA, N. YULDASHEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada qo‘ylar diktiokaulyoziga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan turli antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, diktiokaulyoz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, kasallikning uchrash darajasi 18,7–75,5 % ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlarda kasallikning ekstensivligi ayrim hududlarda 65,5 % gacha yetishi qayd etilgan. Shunga qaramay, hozirgi davrda respublikaning turli hududlarida diktiokaulyozning zamonaviy epizootik holati, tarqalish xususiyatlari, shuningdek amaliyotda qo‘llanilayotgan antgelmint preparatlarining samaradorligi va ularga nisbatan parazitlarning rezistentlik darajasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda chorva hayvonlari gelmintozlariga qarshi veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilayotgan Rossiya Federatsiyasining «Nita-Farm» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan LEVAMIZOL 75 va RIKAZOL®, shuningdek Xitoyda ishlab chiqarilgan IVERMEC 1 % antgelmint preparatlarining qiyosiy terapevtik samaradorligi o‘rganildi va olingan natijalar tahlil qilindi.