Asosiy mazmunga o‘tish

416 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    ДИАГНОСТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПРОБЫ НА С-РЕАКТИВНЫЙ БЕЛОК ПРИ СТАФИЛОКОККОВОМ СЕПСИСЕ У ДЕТЕЙ

    Маматова Муборак Нурпулатовна, Исакулова Мухаббат Мардановна, Турсунбаев Хусан Садуллаевич, Аламов Темур Сайфиддинович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning stafilokokkli kasalliklari orasida eng katta xavfni stafilokokkli sepsis tashkil etadi. Yangi davolash usullari, avvalo antibiotikoterapiya joriy etilganiga qaramay, sepsisda o‘lim ko‘rsatkichi hamon sezilarli darajada yuqoriligicha qolmoqda. Bularning barchasi kasallikning kechishi va prognozini obyektiv baholash hamda diagnostikani takomillashtirish uchun yangi mezonlarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    КЛИНИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ ФАРМАКОПУНКТУРЫ В СОСТАВЕ КОМБИНИРОВАННОЙ ТЕРАПИИ ПОДРОСТКОВОГО ЭНУРЕЗА

    Каюмова М.Б., Ниязов Ш.Т., Джурабекова А.Т. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Tunda siydik tuta olmaslik (enurez) pediatriya va o‘smirlar tibbiyotining eng keng tarqalgan muammolaridan biridir: bolalar va o‘smirlar orasida tungi enurezning global tarqalishi taxminan 7,2% ni tashkil etadi (128 ta tadqiqot, 445.242 ishtirokchi), ayrim yosh guruhlarida esa 6 yoshlilarda 10% dan ortiqqa yetadi va o‘smirlar orasida 1-3% ni tashkil qiladi. Enurez bemorlar va ularning oilalarining psixoemotsional holatiga, ijtimoiy moslashuviga va hayot sifatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa klinisistlarning yanada samarali va xavfsiz davolash usullarini izlashga bo‘lgan yuqori qiziqishini belgilaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    XALQ TABOBATINI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISH ZAMON TALABI

    Mehmonov Alisher Zafarovich, Asrorov Shaxrizod Umidjonovich, Jalilova Dildora Murot qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Dorivor o‘simliklarga oid kerakli ma‘lumotlar tabiatni e‘zozlash masalasi "Atrof-muhitni muhofaza qilish" umumiy tushunchasi bilan birlashtirilgan alohida o‘simliklarni ham himoya qilish masalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, birinchi navbatda himoya qilinishi kerak bo‘lgan o‘simliklarni bilish kerak. Dorivor o‘simliklar bilan u yoki bu tarzda shug‘ullanadigan ko‘plab ishchilar dorivor o‘simliklar bo‘yicha maxsus qo‘llanmalardan foydalanishga imkon beradigan ta‘limga ega emaslar. Shuning uchun maqsadli dorivor o‘simliklarni o‘rganish, to‘plash, tayyorlash, yetishtirish, qayta ishlash va ulardan foydalanishga qiziquvchilarga o‘simliklarning tashqi ko‘rinishi, o‘sish sharoitlari, dorivor xususiyatlari va ulardan foydalanish mumkinligi haqida asosiy ma‘lumotlarni o‘qib o‘rganish izlash muhimdir. Shundagina xalq tabobatini yuksaltirishga erishiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    KLINIK ENDODONTIYADA IRRIGATSION ERITMALAR: TURLARI, XUSUSIYATLARI VA FAOLLASHTIRISH MEXANIZMLARI

    Ergashev Bekzod Jaloliddin o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu adabiyotlar sharhida klinik endodontikada qo‘llaniladigan irrigatsiya eritmalarining turlari, xususiyatlari va faollashtirish mexanizmlari keng qamrovli tahlil qilingan. 58 ta dolzarb tadqiqot asosida sodium gipoxlorit keng spektrli antimikrobiyal va to‘qima eritish xususiyatlari tufayli asosiy irrigant sifatida e‘tirof etilgan. EDTA smear qatlamini olib tashlashda samarali ekani ko‘rsatilgan. MTAD va QMix kabi zamonaviy irrigantlarning ko‘p funksiyali xususiyatlari ta‘kidlangan bo‘lsa-da, ularning klinik natijalari hali to‘liq isbotlanmagan. Irrigantlarni faollashtirish irrigatsiya samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Passiv ultrasonik irrigatsiya (PUI) irrigant penetratsiyasini oshirish va biofilmni yo‘qotishda eng samarali usul sifatida ajralib turadi. Sonik faollashtirish, salbiy bosim tizimlari va lazer yordamida irrigatsiya muqobil yoki yordamchi variantlar sifatida o‘rganilgan. Tahlil natijasida NaOCl va EDTA ni ultrasonik faollashtirish bilan birlashtirish optimal dezinfeksiya va uzoq muddatli klinik muvaffaqiyat uchun eng yaxshi natija berishini tasdiqlaydi. Xavfsizlik jihatlari, xususan irrigant ekstruziya va to‘qimalarga toksik ta‘siri, klinik protokol tanlashda hisobga olinishi lozim.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    ЧАСТОТА ВСТРЕЧАЕМОСТИ ФЛЕГМОН ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВОЙ ОБЛАСТИ У БЕРЕМЕННЫХ ЖЕНЩИН

    Шадиев Садулла Самехжанович, Мухиддинов Шохрух Гафурджон угли, Джозилов Роман Кобилджонович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada homilador ayollarda jag‘-yuz sohasi flegmonalarining uchrash chastotasi tahlil qilingan. Kelib tushgan bemorlarning eng ko‘p qismi Samarqand viloyatining Urgut va Bulung‘ur tumanlaridan ekanligi qayd etilgan. Bemorlar asosan homiladorlikning uchinchi trimestrida kelib tushgan. Sababchi tish asosan 6- va 8-tishlar bo‘lgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    МОДЕРНИЗАЦИЯ И АКТУАЛЬНЫЕ ПОДХОДЫ К ОРГАНИЗАЦИИ ПОМОЩИ ДЕТЯМ С ДЕТСКИМ ЦЕРЕБРАЛЬНЫМ ПАРАЛИЧОМ В УСЛОВИЯХ МНОГОПРОФИЛЬНОГО ЛЕЧЕБНОГО УЧРЕЖДЕНИЯ

    Джурабекова А.Т., Косимов А.А., Каттаева М.Д. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Barcha bolalar nevrologik kasalliklari orasida eng dolzarbi bolalar serebral falaji bo‘lib qolmoqda; bundan tashqari, ushbu muammo bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar sonining ko‘pligi tufayli kasallik yetakchi o‘rinlarni egallaydi va unda hanuzgacha ko‘plab masalalar ochiq qolmoqda. Agar ilgari bu kasallik etiologik belgilariga ko‘ra ko‘proq tug‘ruq paytidagi jarohat buzilishi deb hisoblangan bo‘lsa, bugungi kunda dalillar bazasi genetik moyillik haqida ko‘plab ma‘lumot to‘plagan va shu bois ushbu kasallik polietiologik deb qaraladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    ВИНКРИСТИНОВАЯ НЕЙРОПАТИЯ

    Гулямова Дурдона Насриддиновна, Абдурахмонова Нигора, Матякубова Хонзода Бектурдиевна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Vinkristin neyropatiyasi vinkristin qo‘llaniladigan kimyoterapiyaning eng keng tarqalgan va eng muhim asoratlaridan biridir. U asosan periferik sensor va motor buzilishlar ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bemorlarning hayot sifatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi va davolashni davom ettirishni cheklashi mumkin. Maqolada vinkristin neyropatiyasining klinik ko‘rinishlari, patogenetik mexanizmlari, xavf omillari, tashxislash usullari hamda profilaktika va davolash yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Samarali neyroprotektiv strategiyalarni ishlab chiqish va vinkristin bilan davolanayotgan bemorlarni olib borishni yaxshilashga qaratilgan keyingi tadqiqotlar zarurligi qayd etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    ЛЕЙКОЭНЦЭФАЛОПАТИЯ У ДЕТЕЙ С ОСТРЫМ ЛИМФОБЛАСТНЫМ ЛЕЙКОЗОМ (ОЛЛ).

    Гулямова Дурдона Насриддиновна, Абдурахмонова Нигора, Матякубова Хонзода Бектурдиевна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Leykoensefalopatiya - markaziy asab tizimining oq moddasi zararlanishi bilan tavsiflanadigan og‘ir patologiya bo‘lib, ko‘pincha o‘tkir limfoblastik leykozli (OLL) bolalarda va uni davolash jarayonida rivojlanadi. OLL bilan og‘rigan bemorlarda leykoensefalopatiya xavfi sitostatik kimyoterapiya, ayniqsa metotreksat kabi preparatlar bilan bog‘liq. Ushbu asoratni erta aniqlash va samarali davolash natijalarni yaxshilash, nevrologik buzilishlarni kamaytirish va bolalarning hayot sifatini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada leykoensefalopatiyaning patogenezi, klinik ko‘rinishlari, tashxislash usullari va profilaktik chora-tadbirlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu holatda individual yondashuv va fanlararo boshqaruvning ahamiyati ta‘kidlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    ANOR PO‘STLIG‘INING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

    Ziyodullayeva Sevinch Qodir qizi, Fayziyeva Gulsanam Muhiddin qizi, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola anor po‘stlog‘ining keng ko‘lamli shifobaxsh xususiyatlarini tahlil qiladi. Anor po‘stida mavjud bo‘lgan pelterin, kaliy, magniy, temir kabi mikroelementlar va antioksidantlar uning dorivorlik jihatlarini belgilaydi. Qadimiy tabobatda, jumladan Gippokrat davrida ham anor po‘stining quritilgan shakli jarohatlar va yaralarni davolashda ishlatilgan.Maqolada anor po‘stidan tayyorlanadigan turli xil damlama, qaynatma va kukun shaklidagi vositalarning ichak kasalliklari (dizenteriya, salmonellyoz, qorin tifi) me‘da va ichak yaralari, disbakterioz, gijja, bavosir, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, tish og‘rig‘i, yo‘tal, soch to‘kilishi va husnbuzarlarni davolashdagi foydasi keng yoritilgan.Uyqu sifatini yaxshilash, immunitetni oshirish, tanani toksinlardan tozalash va yoshartirishda anor po‘stining ahamiyati alohida ta‘kidlangan. Spirtdagi damlama va ko‘k choy bilan aralashtirilgan choy, shuningdek asal qo‘shilgan qaynatma shakllarida iste‘mol qilish orqali ham kasalliklarning oldini olish va davolash mumkinligi isbotlangan.Shuningdek, maqolada anor po‘stining nojo‘ya ta‘sirlari deyarli yo‘qligi, lekin uni me‘yoridan ortiq iste‘mol qilish yoki ba‘zi dori vositalar bilan birga qabul qilishda ehtiyot bo‘lish zarurligi eslatib o‘tilgan. Ushbu maqola anor po‘stlog‘idan xalq tabobatida samarali foydalanish yo‘llarini ilmiy va amaliy nuqtai nazardan yoritadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    THYROID DISEASE HASHIMOTO‘S THYROIDITIS CLINICAL SIGNS AND EXAMINATION BY ULTRASOUND METHODS.

    Yo‘ldosheva Gulsara Bahridinovna, Ro‘zimurodova Sarvinoz Dilmurod qizi, Tursunpo‘latova Dilbar Talatjon qizi, Abunabiev Aziz Akram o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola orqali qalqonsimon bez tuzilishi,  joylashuvi, funksiyalari, ayrim anamaliyalari va ularni  ultratovush  orqali  ko‘rinishi, ularni kasalliklarini bir biridan  farqilash  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lamiz joylashuvi, funksiyalari, ayrim anamaliyalari va ularni  ultratovush  orqali  ko‘rinishi, ularni kasalliklarini bir biridan  farqilash  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lamiz. Qalqonsimon bez tekshirish texnikasi, qoidalari, texnikani noto‘g‘ri qo‘llaganda kelib chiqadigan asoratlar haqida bilimlarga ega bo‘lamiz.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    JIGAR VA O‘T YO‘LLARI KASALLIKLARINI ULTRATOVUSH TEKSHIRUV USULLARI ORQALI BAHOLASH

    Yo‘ldosheva Gulsara Bahridinovna, Abduxoliqova Gavhar Abdurasul gizi, Utemurotov Oybek Ravshanbek uli, Qulmurodova Dildora Azamat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola orqali jigar va o‘t yo‘llari, o‘t yo‘llari  tuzilishi,  joylashuvi, funksiyalari, ayrim anamaliyalari va ularni  ultratovush  orqali  ko‘rinishi, ularni kasalliklarini bir biridan  farqilash  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lamiz. Jigar va o‘t yo‘llari tekshirish texnikasi, qoidalari, texnikani noto‘g‘ri qo‘llaganda kelib chiqadigan asoratlar haqida bilimlarga ega bo‘lamiz.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    MINIMALLY INVASIVE INTERVENTIONS IN SURGICAL TREATMENT OF ACUTE PANCREATITIS

    Vivek Selvapriya, Yunusova Guzal Fayzullaeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada kasallik boshlanganidan keyingi dastlabki 72 soat ichida laparoskopiya o‘tkazilgan, fermentativ peritonit bilan asoratlangan o‘tkir pankreatitli 102 bemorni kompleks tekshirish va davolash natijalariga asoslangan klinik material tahlil qilingan. Klinik taqqoslash guruhini o‘tkir pankreatitning shishli shakli bilan og‘rigan 42 bemor tashkil etdi. Jami 144 bemor (erkaklar - 90, ayollar - 54), o‘rtacha yosh 53,6±3,4 yil.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    GIJJALAR: YUQISH YO‘LLARI, XAVF OMILLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI

    Umarov Xusniddin Nuriddinovich, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqolada gijjalar (gelmintlar) bilan zararlanishning asosiy yo‘llari, ularning inson organizmiga kirish mexanizmlari, yashash joylari, sog‘liqqa salbiy ta‘siri, xavf guruhlari, klinik belgilari, diagnostika usullari hamda zamonaviy davolash va oldini olish choralari haqida batafsil ma‘lumot berilgan. Ayniqsa, bolalar salomatligi va himoyasi, oziq-ovqat gigiyenasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, shuningdek, tibbiy-profilaktik tadbirlarning ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    DEVELOPMENT OF IONOPHORES FOR ION-SELECTIVE ELECTRODES FOR THE DETERMINATION OF MEDICINAL SUBSTANCES.

    Ulug‘murotova Gulhayo Shuhrat qizi, Abdurahmonova Z. E. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada dori vositalarini aniqlash uchun ionselektiv elektrodlar (ISE) ishlab chiqishda qo‘llaniladigan yangi ionoforlar sintezi va ularning xossalari o‘rganildi. Tadqiqotda dododekowolframofosfat va dodekomolibdofosfat kislotalari asosida dibazol, trimekain hamda piridoksin preparatlari uchun selektiv ionoforlar yaratildi. Sintez jarayonlari, elektrod tayyorlash usullari, eritmalar konsentratsiyasi va pH ta‘siri chuqur tahlil qilindi. Ushbu usullar arzon, oson bajariladigan va yuqori aniqlikka ega bo‘lib, farmatsevtik analizda keng qo‘llanilishi mumkin. Olingan natijalar asosida yangi selektiv elektrodlar ishlab chiqishning amaliy ahamiyati asoslab berildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    COMPARATIVE ASSESSMENT OF THE EFFECTIVENESS OF USING OSTEOPLASTIC MATERIAL IN SINUS LIFTING SURGERY

    Shadiev Sadulla Samexjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Sinuslifting operatsiyasi o‘tkazilgan 63 nafar bemorlarda tadqiqotlar o‘tkazilgan. Sinusliftingda ishlatilgan Kolapol KP-3 va Ovis suyak hosil qiluvchi materiallarni samaradorligi baholangan. Rentgenologik nazorat va suyak zichligi aniqlangan. Ovis qo‘llanilgan asosiy guruhdagi bemorlarda 2 yildagi operatsiya samaradorligi 98,4 % tashkil etganligi qayd etilgan. Sinuslifting operatsiyassida suyak hosil qiluvchi materiallarni qo‘llash yonoq implantlarini qo‘yishga muqobil usul bo‘lib hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    MIRACULOUS PLANT — GINSENG: THE SECRET OF HEALTH GIFTED BY NATURE, MEDICINAL PROPERTIES, LATIN NAME

    Narzullayeva Aziza Nodir qizi, Baxriddinov Tolibjon Shamsidin o‘g‘li, Normurodova Sohiba Mallayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada qadimiy va zamonaviy tabobatda keng qo‘llaniladigan dorivor o‘simlik — jenshen haqida so‘z boradi. Jenshenning biologik tarkibi, sog‘liq uchun foydali xususiyatlari, shuningdek, u qanday kasalliklarda va qanday shakllarda ishlatilishi haqida ma‘lumot beriladi. Shuningdek, jenshen iste‘molida e‘tiborli bo‘lish zarur bo‘lgan jihatlar ham yoritilgan. Maqola jenshenning tonik, adaptogen va immunostimulyator xususiyatlarini o‘rganishga qiziquvchilar uchun foydalidir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    XALQ TABOBATINI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISH ZAMON TALABI

    Mehmonov Alisher Zafarovich, Asrorov Shaxrizod Umidjonovich, Jalilova Dildora Murot qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Dorivor o‘simliklarga oid kerakli ma‘lumotlar tabiatni e‘zozlash masalasi "Atrof-muhitni muhofaza qilish" umumiy tushunchasi bilan birlashtirilgan alohida o‘simliklarni ham himoya qilish masalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, birinchi navbatda himoya qilinishi kerak bo‘lgan o‘simliklarni bilish kerak. Dorivor o‘simliklar bilan u yoki bu tarzda shug‘ullanadigan ko‘plab ishchilar dorivor o‘simliklar bo‘yicha maxsus qo‘llanmalardan foydalanishga imkon beradigan ta‘limga ega emaslar. Shuning uchun maqsadli dorivor o‘simliklarni o‘rganish, to‘plash, tayyorlash, yetishtirish, qayta ishlash va ulardan foydalanishga qiziquvchilarga o‘simliklarning tashqi ko‘rinishi, o‘sish sharoitlari, dorivor xususiyatlari va ulardan foydalanish mumkinligi haqida asosiy ma‘lumotlarni o‘qib o‘rganish izlash muhimdir. Shundagina xalq tabobatini yuksaltirishga erishiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    YADRO KIMYOSINING TIBBIYOTDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI.

    Lapasova Madina Alisher qizi, Xudoyberdiyeva Sabina, Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yadro kimyosi – atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari va o‘zgarishlarini o‘rganadigan fan sohasi bo‘lib, bugungi kunda uning tibbiyot sohasidagi qo‘llanilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, diagnostika, terapiya va davolash usullarini rivojlantirishda yadro kimyosining o‘rni beqiyosdir. Ushbu maqolada yadro kimyosining tibbiyotdagi asosiy qo‘llanilish yo‘nalishlari, jumladan, nuklear tibbiyot, radiologik diagnostika, radioterapiya va radiofarmatsevtika haqida batafsil ma‘lumot beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    QON IVISH TIZIMI VA DAVOLASH STRATEGIYALARI: KLINIK AMALIYOTDA KONSERVATIV HAMDA JARROHLIK YONDASHUVLAR

    Islamov Nurali Hikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada konservativ va jarrohlik davolash usullarining qon ivish tizimiga ta‘siri o‘rganiladi. Turli xil kasalliklarda qo‘llaniladigan davolash yondashuvlari gemostaz holatiga qanday ta‘sir qilishi tahlil qilinadi. Xususan, jarrohlik aralashuvlardan so‘ng yuzaga keladigan tromboz yoki qon ketish xavfi, konservativ terapiyada esa antikoagulyant davo fonida kuzatiladigan o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari davolash taktikalarini tanlashda qon ivish tizimini baholash muhimligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    JINSIY YO‘L BILAN YUQADIGAN KASALLIKLAR

    Islamov Nurali Hikmatovich, Kamolov Bobir Tenglashovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu ilmiy ishda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar (JYYK) tahlil qilingan. Tadqiqotda gonoreya, sifilis, xlamidiya va HIV kabi infektsiyalarni o‘rganib chiqildi. JYYKlarning klinik namoyon bo‘lishi, ularning tashxisi, davolash yondashuvlari va ularni boshqarish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, JYYKlarning ko-infektsiya bilan bog‘lanishi, ya‘ni bir vaqtning o‘zida bir nechta kasalliklarning rivojlanishiga ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari JYYKlarning vaqtida davolanmasligi ko‘plab sog‘liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish