L.Z. Kholmurodov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada tashkiliy ta‘limda 9-10 yoshli bolalarda muvozanat funksiyasini rivojlantirishda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajriba va uning natijalari muhokamasi keltirilgan.
Jumanov Alisher Raxmatkulovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada oyoq bilan zarba berish texnikasi tezligini oshirish muhimligi, inson organizmida zarba tezligiga qanday omillar ta‘sir qilishi va yuqori natijalarga erishish yo‘llari haqida so‘z boradi.
Ikromov Davron Ikrom o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada tasviriy san‘at va chizmachilik fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy ta‘lim texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi, o‘quvchilarda ijodiy ko‘nikmalar hosil qilishdagi o‘rni va ahamiyati mualif tomonidan keng va atroflicha yoritib berilgan
Ikromov Davron Ikrom o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo‘lgan o‘qitish anjomlari, elektron slaydlari ishlanmasi, grafikaviy ta‘lim jarayonini tashkil etishda chizmachilik fanini o‘qitishning nazariy - amaliy asoslari va chizmachilikning fanlararo aloqadorlik ahamiyati keltirilgan
F.Yusupova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda mutaxassislik fanlari taraqqiyoti va uning texnikada qo‘llanilishdagi ijodiy jarayonning o‘ziga xos tomonlarini bilishi muhim. Texnik yo‘nalishdagi talabalarning ilmiy-texnik ijodkorligini rivojlanishida nazariy tushunchalar asosida yotuvchi qonunlarning amaliyotdagi o‘rnini ko‘rsatib o‘tish, ularning yangicha qo‘llanishlarini topishga yo‘l ochadi.
Aralov Bunyod · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur ilmiy maqolada dzyudochilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha tadqiqot natijalar nazariy-uslubiy jihatdan asoslanganligi dzyudochilarning mashg‘ulot jarayonlarining nazariyasi asoslarini olimlar va amaliyotchi murabbiylarning fikr-mulohazalariga asoslanganligi tadqiqot vazifalariga mos, o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tadqiqot usullarining qo‘llanilganligi tahlil va tadqiqot vazifalarini son va sifat jihatdan ta‘minlanganligini tajriba-sinov ishlarini tahlil qilish usullaridan foydalanilgan.
Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, Mamadjanova Muslima · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu tadqiqotda boshlang‘ich sinflarda massa va hajm birliklarini o‘qitishning innovatsion metodikasi o‘rganiladi. Tadqiqot interaktiv ma‘ruzalar, amaliy namoyishlar va guruh mashg‘ulotlarini uyg‘unlashtirgan tizimli yondashuv orqali yosh o‘quvchilarning tushunishini yaxshilashga qaratilgan. Metodika samaradorligini o‘lchash uchun maxsus tayyorlangan o‘quv materiallari hamda baholashdan oldingi va keyingi testlardan foydalanildi. Natijalar sezilarli yaxshilanishlarni ko‘rsatib, o‘qituvchilar uchun qimmatli ma‘lumot beradi. Muhokamada xulosalar pedagogik nazariyalar doirasida talqin qilinib, metodikaning kuchli va kuchsiz tomonlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot massa va hajm tushunchalarini tushunishni yaxshilash uchun tizimli yondashuvni taklif etish orqali boshlang‘ich ta‘limga hissa qo‘shadi.
Chulliyev S.I. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqola boksda turli mahorat darajasidagi sportchilarning oldingi qo‘l bilan to‘g‘ri zarbasi (jeb) ning biomexanik tahlilini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqotda boshlang‘ich, o‘rta va elita darajasidagi bokschilar ko‘rib chiqilib, zarba tezligi, kuchi, yelka va tana aylanishi, son holati hamda energiya uzatilishi kabi turli biomexanik parametrlarga e‘tibor qaratiladi. Oldingi qo‘l bilan to‘g‘ri zarba, ya‘ni jeb, boksda asosiy zarba hisoblanadi va hujum hamda himoya taktikasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda matematik va statistik usullardan foydalangan holda boshlang‘ich, o‘rta va elita darajasidagi bokschilarda oldingi qo‘l bilan to‘g‘ri zarbaning chuqur biomexanik tahlili keltirilgan. Harakatni qayd etish va yuqori tezlikdagi videotahlil orqali biz zarba tezligi, kuchi, yelka va tana aylanishi, son holati va energiya uzatilishidagi farqlarni o‘rganamiz. Statistik tahlil va diagrammalar bilan tasdiqlangan natijalarimiz mahorat darajalari bo‘yicha biomexanikada sezilarli farqlarni ochib beradi va mashg‘ulot dasturlarini optimallashtirish uchun ma‘lumot beradi.
Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyachilarini umummadaniy kompetensiyani rivojlantirishda foydalaniladigan usullar haqida so‘z boradi.
O. E. Toshmurodov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada kurash bo‘yicha murabbiylar orasida sport maktablarida sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha hanuzgacha yagona fikr mavjud emasligi, shu sababli sport murabbiylarini tayyorlash tizimini ham yanada takomillashtirish lozimligi haqidagi qarashlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari yosh kurashchilarning tayanch-harakat apparati harakatchanligini rivojlantirish muammosi bilan bog‘liq bir qator muhim masalalarni aniqlash imkonini berdi va shu bilan birga jismoniy sifatlar yosh kurashchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini ta‘minlashda katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
М.С.Очилова · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Bizning fikrimizcha, ta‘lim platformalarining afzallik va kamchiliklarini to‘liq baholash mamlakatda allaqachon ommaviy tarzda qo‘llanilayotgan aniq ta‘lim platformalarining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilmasdan turib mumkin emas. Ushbu maqolada biz O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan ta‘lim platformalarini ko‘rib chiqamiz. Shu bilan birga, biz amalda o‘zini oqlagan yoki davlat ta‘lim tashkilotlari bilan hamkorlikda yaratilgan eng ommabop ta‘lim platformalariga e‘tibor qaratdik.
Норпулат Ширинович Бобомурадов · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Normotoniyali sportchilar sport tayyorgarligi davridan qat‘i nazar moslashuv va mushak faoliyatining optimal reaksiyalarini saqlab qoladi. Shu munosabat bilan tadqiqotimizning maqsadi turli sport mashg‘ulotlarida yosh sportchilarda tezkor-kuch sifatlarini mashq qildirish jarayonidagi mushak faolligi ko‘rsatkichlarini taqqoslashda moslashuv xossalarining individual-tipologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Bu mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirish uchun jismoniy mashqlarning optimal rejalarini shakllantirishga qiziqish uyg‘otadi.
Норпулот Бобомурадов · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada ko‘rish qobiliyati zaif yengil atletikachilarning sport mahoratini takomillashtirish guruhlari oldida turgan asosiy vazifalar yuqori tezlik sifatlari, chidamlilik, yuqori sport-texnik natijalarga erishish darajasini yanada oshirish, asosiy aqliy sifatlar va texnikani takomillashtirishdan iborat.
Б.А. Ахмедов, Н.К. Светличная · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‘lajak pedagoglarning inklyuziv kompetentligini shakllantirishning ayrim metodologik jihatlari muhokama qilinadi, inklyuziv ta‘lim tizimining, salomatlikni mustahkamlash va saqlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish sohasida kadrlar tayyorlashning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Abdiyev Sherzod Abduraxmonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
O‘rganish tahlillarga ko‘ra, para sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, paralimpiya zahira sportchilarni bimexanik tavsiflari bo‘yicha saralash uchun zarur bo‘lgan bilim chegaralari kengaytirilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Para atletikachi sportchilarni mashg‘ulot jarayoni uchun zarur bo‘lgan va tanlangan mashqlar, sportchining egilish va burilish burchaklarini holat darajalarini bilish va o‘rganish uchun maxsus kerakli uskuna, sportchilarning biomexanik harakat tahlillarini o‘rganish va tahlil qilish uchun zamonaviy innovatsion qurilmalarga bo‘lgan ehtiyoj talablarini ortishini inobatga olish va adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar bilan ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar ishning dolzarbligini oshiradi.
Shomurotov Hamdambek Qo‘shnazar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada yosh futbolchilarda tezkorlilik-kuch sifatlarini rivojlantirishning dolzarb muammolari, mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish zarurati, bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi mashg‘ulot yuklamalari samaradorligini oshirish hamda tezkorlilik-kuch qobiliyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bayon qilingan.
Niyazova Naima Abdullajonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqola ta‘lim sohasidagi eng so‘nggi rivojlanishlarni o‘rganib, o‘quv tizimlarini yangilash, axborot texnologiyalari va innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyatini ko‘rsatadi. Maqola, kasb ta‘limi o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlashning eng muhim masalalarini taqqoslashda o‘z mavzusini bayon qiladi. Shuningdek, pedagogik faoliyatni o‘rganish va o‘qituvchilar bilimini oshirish, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, ma‘ruzalar va darslarni tuzish va o‘qitish usullarini rivojlantirish kabi muhim muammolarni taqqoslashni o‘z ichiga oladi.
Mirzayev Laziz Tolipovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada 13-14 yoshdagi voleybolchi sportchilarining jismoniy tayyorgarligi masalalarini ochib beradigan yangi amaliyot ma‘lumotlari va ilmiy tadqiqotlar natijalarini aks ettiruvchi materiallar mavjud. Voleybolchilarning jismoniy fazilatlarini takomillashtirish qanday omillarga bog‘liqligi va mashg‘ulotlarning eng samarali vositalari va usullarini qanday tanlash, ularning har bir mashg‘ulotda, mikrosiklda, ma‘lum bir bosqichda, tayyorgarlik davrida va yillik tsiklda ta‘sir qilish darajasini aniqlash ko‘rsatilgan.